Халифат во главе с абу бакром сиддиком


«Sog'inish» she'ri tahlili


Download 53.97 Kb.
bet4/5
Sana26.01.2023
Hajmi53.97 Kb.
#1129509
TuriКурсовая
1   2   3   4   5
Bog'liq
g gulom

3. «Sog'inish» she'ri tahlili.
«O'zbek otasi» ...Albatta, bu iborani eshitishingiz bilan ko‘z oldingizda o‘zpadari buzrukvoringiz siymosi gavdalanishi bor gap. OtangizningSizga bo‘lgan e’tibori, Sizni boqib katta qilish yo‘lida qilayotgan mehnatlari, kun-u tun oila tashvishlari bilan band yurishi...bularning bari mana shu tushunchada jamuljamdir.
Biroq «o‘zbek otasi»ning bo‘rtma, umumiy, hamma uchun tanish, yaxlit siymosini aynan G‘afur G‘ulom hozirgina o‘qiganimiz «Sog‘inish» she’rida aks ettirgan desak, hechmubolag‘a bo‘lmaydi.
Bu she’rda otalarimizga xos bo‘lgan jamiki fazilatlar o‘zining yorqin ifodasini topgan. Ularning samimiyligi, jonsarakligi, hardoim ham oshkor qilinavermaydigan farzandga mehr-u muhab-bati, kuzatuvchanligi, tantiligi, andishasi... barcha-barchasi shushe’rda namoyon bo‘ladi.
Asar misralari ichra urushga ketgan o‘g‘lidan bir mujda – nedir yaxshi xabar kutayotgan Otaning bezovta yuragi gupillab urib turibdi. Uning ko‘ngliga goh vahima-vasvasa ko‘lankasoladi. Atrofga har kuni yuzlab «qoraxat» qo‘nayotgan tahlikali kunlarda bu bezovtalikka, albatta, o‘rin bor – «Ne qilsa otaman, meros hissiyot...»Ko‘pchiligingizga sog‘inch hissi hozircha bir qadar uzoqroqbo‘lishi tabiiy. Negaki, hozir ota-onangiz, aka-ukalaringiz yoni-dasiz – har kuni ularni ko‘rish, diydoridan bahramand bo‘lishimkoniyatingiz bor. Lekin harbiy xizmatdami, uzoqroq xizmatsafaridami bo‘lgan otangiz yoki boshqa qarindoshlaringiz suh-batiga quloq solsangiz, ular uyni, yaqin qarindoshlarni, Vatanniqanchalar qo‘msaganliklarini hikoya qilishadi. Ayniqsa, tunlarioyga qarab, «uyimdagi ota-onam ham uni ko‘rishayotgandir,men ham qarab turibman, demak, bir-birimizni ko‘rgandekbo‘lyapmiz», – degan ilinj mana shu sog‘inch taftini, birozbo‘lsa-da, bosadi...
«Sog‘inish» she’rining lirik qahramoni – Otaning sog‘inchi shunchalar zo‘rki, u har bir narsadan umidlanadi, najot so‘rabto quyoshga qadar zorlanadi:
Eng kichik zarradan Yupitergacha
O‘zing murabbiysan, xabar ber, quyosh.
She’rning:
Tong otar chog‘ida juda sog‘inib,
Bedil o‘qir edim, chiqdi oftob.
Loyqa xayolotlar chashmaday tindi,
Pok-pokiza yurak bir qatra simob.
degan bandiga e’tibor bering. Nima uchun Ota sog‘inch o‘rtaganpaytlari aynan Bedilni o‘qiydi? Nega uni o‘qigach, «loyqa xayo-lotlar chashmaday» tinadi?Gap shundaki, asli nasli turkiylardan bo‘lgan fors shoiriBedil she’riyati o‘zining falsay chuqurligi, o‘quvchini o‘tkinchidunyo g‘am-tashvishlaridan yuqoriroq turib krlashga undashibilan ajralib turadi. Bedil mutolaasi Otaga abadiy haqiqatlardan,o‘lmas va yuksak tuyg‘ulardan saboq beradi. Abdulqodir Bedilshe’riyatida, jumladan, shunday misralarni uchratamiz: Maqomi zolim oxir bar zaifonast arzoniy,Agar otash furu aftad baxokistar dehad jaro...(Mazmuni: Zolimning maqomi – qudrati, zulmi oxir-oqibatzaiashib, kuchdan qoladi. Lovullab yonayotgan olov ham birkun kelib kulga aylanadi.)
Endi bu krning G‘afur G‘ulom she’ridagi ifodasiga e’tiborberaylik:
Iblisning g‘arazi bo‘lgan bu urush
Albatta, yetadi o‘zin boshiga...
Bedilning Otaga – shoirga bergan daldasi, yupanchi, loyqa xayolotlarini chashmaday tindirishi shu emasmi?Aytadilarki, shoirlar yarim avliyodirlar. Bu qarashning naqadar to‘g‘riligini G‘afur G‘ulomning «Sog‘inish» she’ri ham to‘laisbotlaydi.
Qarang, bu she’r 1942-yilda yozilyapti. Urushning tugashiga hali uch yil bor. O‘zbek otasi esa:
...Sizlarni keldi, deb eshitgan kuni
O‘zing to‘qib ketgan katta savatda
To‘latib shaftoli uzib chiqaman,
G‘alaba kunlari yaqin albatta. –
deydi. Urush esa 1945-yilning mayida tugagan, unda tirik qolgan jangchilar ayni shaftoli pishig‘ida uylariga qayta boshlaganlar...
Xulosa qilib aytganda, G‘afur G‘ulomning «Sog‘inish» she’ri nafaqat urush davri va nafaqat o‘zbek she’riyati, balki insoniyatbadiiy tafakkurining eng yuksak cho‘qqilarida turishga arzigulik,o‘zida eng pokiza insoniy hislarni badiiy mukammal tarzda mujassam etgan noyob badiiy asardir.
Xulosa
XX asr о'zbek adabiyoti о'z taraqqiyoti davomida turli to'siq va qiyinchiliklarga qara, g'oyaviy mazmun, badiiy mahorat va uslub rang-barangligi jihatidan yil sayin о 'sib, jahonning ilg 'or adabiyotlari qatoridan joy oldi. G'. G 'ulom, H. Olimjon, U. Nosir, Mirtemir, M Shayxzoda, Uyg'un, A. Maxtor, Zulfiya, E. Vohidov, A. Oripov, R. Parfi, O. Matjon, H. Xudoyberdiyeva, Sh. Rahmon, A. Suyun. U. Azim, A. Qutbiddin, Faxriyor, F. Afro 'z. Iqbol Mirzo she ’riyati o'zbek adabiyotining bebaho bovligidir.
Ozbek adabiyoti muxlislari dunyoning deyarli barclia davlatlarida mavjud. Zero, o'zbek yozuvehilari barcha tirik insonlarga xos tuygularning umuminsoniy qadriyatlar bilan uyg'unlashtirib, milliy vo'sinda ifodalashga intilishadi. Bunda, albatta, keskin ijtimoiy о 'zgarish — milliy mustaqillikning ahamiyati beqiyosdir. Yangi nomlar, yangi badiiy tajribalar, ilgari qol urilmagan mavzularning original talqinlari ijodkorlarning yangi avlodi istiqlol adabivotini yaratayotganligini kо ‘rsatadi.
Ular о‘zlari yaratayotgan asarlar orqali adabiyotning mafkuraviy qurolgina emasligi, faqat tashviqotchigina bo'la olmasligi, vazifasi odamning ijtimoiy jihatlarini emas, tuyg‘ulari, kechinmalari, o'ylarini tasvirlash ekanligini ko'rsatishmoqda. Aslida ham adabiyotning yciralishdagi bosh vazifasi inson kо'ngli tovlanishlarini aks ettirish, ko'ngilning tozaligi uchun kurashishda iboratdir.
Adabiyot jamiyat taraqqiyotining, inson ruhiyatining obrazli in ’ikosidir. Insonni о ‘rab turgan hayot adabiyotning asosiy manbaidir. Binobarin, hayot qanday bo ‘Isa, adabiyot ham, ко ‘p jihatdan, shunday bo'ladi. Jam iyat taraqqiyotining turli bosqichlarida adabiyotda g ‘oyaviy mazmun, estetik ideal va ijobiy qahramon masalalari turlicha talqin etilgan va turlicha hal qilingan. Ana shu bois X X asr o'zbek adabiyoti o'zining asosiy g ‘oyaviy yo ‘nalishi, xarakterli xususiyatlariga ко 'га о ‘tmish davrlardagi so ‘z san ’atidan jiddiy farq qiladi. Ma ’lumki, X X asr xalqimiz hayotiga avvalgi davrlarda bo ‘Imagan yangi-yangi g ‘oyalarni, xilma-xil ijtimoiy muammolarni, eng muhimi, tamomila о ‘zgacha ijtimoiy maqomga ega inson tuyg ‘ularini olib kirdi. Bularni badiiy tarzda yoritish va uning xalq tomonidan qabul qilinishiga erishish esa, adabiyot oldiga yangi-yangi vazifalarni ко ‘ndalang qilib qo ‘ydi.
Shuni qoniqish bilan aytish mumkinki, XXasr о 'zbek adabiyoti jamiyat tomonidan о ‘z oldiga qo ‘yilgan bu murakkab vazifalarni muvaffaqiyatli ravishda bajardi. Ana shuning uchun ham XX asr о ‘zbek adabiyoti xalq va mamlakat hayotining о ‘ziga xos badiiy yilnomasiga aylandi. U jamiyat a ’zolari ruhiyati va tuyg ‘ularida aslo о ‘chmaydigan izlar qoldirdi. Yangi о ‘zbek adabiyoti yangi davrda yangicha yashash niyati bilan birga tug'ildi va и bilan birga о ‘sib, murakkab va mazmundor taraqqiyot yo ‘lini bosib о ‘tdi. Shuni alohida ta ’kidlash kerakki, yangi о ‘zbek adabiyoti о ‘tmish mumtoz adabiyotining qonuniy merosxo ‘ri va uning yangi zam ondagi о ‘ziga xos davomidir. Bu yangi adabiyot о ‘z taraqqiyotida doimo uch muhim manbadan: a) xalq og ‘zaki ijodi boyliklaridan; b) о ‘zbek mumtoz adabiyoti an ’analaridan; d)jahon adabiyotining ijodiy ta ’siri va ко ‘magidan oziqlanib keldi. Yangi о ‘zbek adabiyotining shakllanishi va yuksalishida о ‘tmish yozm a va og'zaki adabiyot namunalari bilan birga, jahon adabiyotining ilg ‘or an ’ana va tajribalari katta ahamiyatga ega bo ‘Idi. Demak, XXasr о ‘zbek adabiyotining ildizlari insoniyatning uzoq tarixli boy adabiy-madaniy an ’analariga borib taqaladi. Qadimgi adabiy an ’analarning amaldagi merosxo ‘ri bo ‘Igan XX asr о ‘zbek adabiyotining boshqa xalqlar adabiyotlari bilan baham ко ‘rishga loyiq bo ‘Igan bebaho boyliklari va yangi an ’analari bor. Zotan, bU yangi о ‘zbek adabiyoti о ‘tgan bir asr ichida jahon adabiyoti rivojiga о ‘zining munosib hissasini qo ‘shishga ulgurdi. U insoniyatga M. Behbudiy, Hamza, Fitrat, A. Qodiriy, Cho'lpon, Oybek, G'afur G'ulom, H. Olimjon, A. Qahhor, O. Yoqubpv, E. Vohidov, A. Oripov kabi bir qator noyob iste ’dodlarni yetkazib berdi hamda badiiy mahorat bobida jiddiy yutuqlarga erishdi.


Download 53.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling