Halqalarning ideallari


- rasm. (a) yig‘uvchi va sochuvchi (b) linzalar va ularning shartli belgilanishi


Download 0.67 Mb.
bet3/7
Sana15.06.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1477143
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
HALQALARNING IDEALLARI

2.1- rasm. (a) yig‘uvchi va sochuvchi (b) linzalar va ularning shartli belgilanishi
Linzalar qavariq (2.1.a-rasm) yoki botiq (2.1.b-rasm) bo’lishi mumkin. Nurlar dastasi qavariq linza orqali o’tgach, uning optik o’qi tomon boradi.
Bunday linzalar yig’uvchi linzalar deyiladi. Nurlar dastasi botiq linza orqali o’tgach, tarqaluvchi nurlar tarzida ketadi. Bunday linzalar sochuvchi linzalar deyiladi.

2.2-rasm. Parallel nurlar dastasining yig‘uvchi (a) va sochuvchi (b) linzalarda sinishi O1 O2 - bosh optik o‘q, O-optik markaz, F- bosh fokus, F- yordamchi fokus, OF-yordamchi optik o‘q, F - fokal tekislik

Linzalar shisha prizmalar majmui deb qaralishi mumkin. Havoda har bir prizma nurlarni asosga tomon og’diradi. Shuning uchun linza orqali o’tuvchi nurlar linzaning optik o’qi tomon boradi. Linzaning qalinligi sirtlarni radiuslariga va buyumdan linzagacha bo’lgan masofaga nisbatan e’tiborga olmasa ham bo’ladigan darajada kichik bo’lsa bunday linza yupqa linza deyiladi [4].


Yupqa linza sferik segmentlarining uchlari bir biriga shu qadar yaqin joylashganki, ularni bir nuqta deb qa’bul qilish mumkin. Bu nuqta linza optik markazi deyiladi. Yupqa linzaning bosh optik o’qi uning optik markazidan o’tadi. Linzaning optik markazi orqali o’tuvchi to’g’ri chiziqlar yordamchi optik o’qlar deb ataladi.
Yig’uvchi linzaga uning bosh optik o’qiga parallel ravishda tushadigan nurlar linzada singach bir nuqtada kesishadi. Bu nuqta linzaning ta’sirlashuvi deb ataladi va F xarfi bilan belgilanadi. Linzanig optik markazidan bosh fokusigacha bo’lgan masofa fokus masofa deyiladi. Fokus masofa ham F xarfi bilan belgilanadi. Fokus masofasiga teskari bo’lgan kattalik linzaning optik kuchi deyiladi.
D=1/F (2.1)
Linzaning optik kuchi birligi sifatida fokus masofasi bir metr bo’lgan linzaning optik kuchi qabul qilingan va u 1 diopteriya deb ataldi (dptr).
Linzada tasvir yasash uchun nurlarning asosan 3ta turidan foydalanish qulay: bosh optik o’qqa parallel bo’lgan nur linzada singandan keyin uning fokusidan o’tadi: linzaga uning fokusi orqali boruvchi nur singandan keyin bosh optik o’qqa parallel ravishda ketadi: optik markazi orqali o’tuvchi nur o’z yo’nalishini o’zgartirmaydi.

2.3 - rasm. Yig‘uvchi linzada tasvir hosil qilish
Buyumdan linzagacha bo’lgan a masofa, linzadan tasvirgacha bo’lgan b masofa va linzaning F fokus masofasi quyidagicha bog’langan:
+ (2.2)
bundan
(2.3)
Agar linzalarning ikki chegaralari o’rtasiga nisbatan qalin bo’lsa botiq yoki sochuvchi linza deyiladi. Sochuvchi linza yordamida buyumning haqiqiy tasvirini hosil qilish mumkin emas. Shuning uchun buyum tasvirini ko’z bilan ko’ra olmaymiz. Tushunish uchun sochuvchi linzada buyumning tasviri qanday hosil bo’lishini ko’rib chiqamiz.

2.4-rasm. Sochuvchi linzada buyumning tasviri
2.4-rasmdan ko’rinadiki hosil bo’lgan buyum tasviri hosil bo’lgan buyum tasviri kichik, mavhum, to’g’ri. Buyum va uning tasviri linzaning bir tomonida hosil bo’ladi. Sochuvchi linzalarda fokus masofa va linzadan tasvirgacha bo’lgan masofalar manfiy ishora bilan olinadi.
- yoki

Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling