Halqali chuvalchanglar (Annelides) tipi. Reja: Nеmеrtinalar va tiqonboshlilar tipi


Download 187.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana17.01.2023
Hajmi187.97 Kb.
#1097091
1   2   3   4   5
Bog'liq
Halqali chuvalchanglar (Annelides) tipi. Reja Nåmårtinalar va t

kamar segmentlarining bo’lishiga qarab aniqlash oson. 28-36- (ya’ni 8) segmentdan iborat 
mazkur kamar ko’payish vaqtida “pilla” hosil qilishga xizmat qiladi. 1-bosh segmentining 
pasidagi 2- segmentda (qorin tomonda) og’iz joylashgan bo’lib, shu tomonda 9- va 10- 
segmentlarga urug’ qabul qiluvchi qopchiqlarning yo’llari, 14- segmentga tuxum yo’li, 15- 
segmentga esa urug’ yo’llari ochilgan. Oxirgi segmentda anal teshigi joylashgan.
Tanasi halqaga o’xshash tortmalar bilan ko’p sonli bo’g’imlarga bo’lingan. Har bir tana 
bo’g’imining qorin tomonida to’rt juftdan kalta va ingichka tikansimon tuklar (qil) joylashgan. 
Tuklar harakatlanayotgan chuvalchang uchun harakat va tayanch vazifasini bajaradi. Oldingi 
tomonidagi bir necha tana halqalari yo’g’onlashib, maxsus belbog’ hosil qiladi. 
 Chuvalchang tanasi tashqi tomondan kutikula bilan qoplanib, uning ostidagi bir qavat 
epiteliyaga halqali muskullar, ularga esa juda yaxshi rivojlangan cho’ziq muskullar tutashgan. 
Muskullarining ostki (ichki) tomoni seloteliya hujayralari bilan qoplanib, bularning hammasi 
teri – muskul xaltasini  hosil qiladi. Bu hujayralar ishlab chiqaradigan shilimshiq modda terini 
doim namlab turadi. Bu xalta ichki organlar joylashgan tana bo’shligini o’rab turadi. Cho’ziq 
muskullar bo’yiga cho’zilgan bo’ladi. Chuvalchang shu muskullar yordamida harakatlanadi.
Harakatlanishi-yomg’ir chuvalchangi tanasining tashqi tuzilishi tuproqda in qazib hayot 
kechirishga moslashgan. Chuvalchang halqasimon va bo’ylama muskullari yordamida tanasini 
cho’zadi yoki qisqartiradi va har tomonga burilib, ancha murakkab harakat qiladi.
Tuproq ichida harakatlanayotgan chuvalchangning halqasimon va bo’ylama muskullari 
galma-galdan qisqarib turadi. Dastlab tanasining oldingi tomonidagi halqasimon muskullar 
qisqarishi tufayli chuvalchangning oldingi tomoni cho’zilib ingichkalashadi va chuvalchang 
tanasining qonussimon oldingi uchini tuproq zarralari orasiga tiqadi. Shundan keyin tana 
devoridagi bo’ylama muskullari qisqarib, tananing oldingi qismi yug’onlashadi. Tuproq zarralari 
surilib, chuvalchang tanasining keyingi qismini tortib oladi va o’ziga in ochadi. Zichlashgan 
tuproqda chuvalchang tuproqni ichagi orqali o’tkazib, o’ziga yo’l ochadi. Terida joylashgan 
tuklar chuvalchang harakatlanganida tayanch vazifasini bajaradi. Teri ustidagi shilimshiq modda 
esa chuvalchang tanasining siljishini yengillashtiradi.

Ikkilamchi tana bo’shlig’i- selom 200 tacha segmentlarning har birida alohida bo’lib, 
segment bo’shliqlari maxsus oqish parda – dissepiment pardalari bilan ajralgan. Segmentlarning 
bo’shlig’i – yelka (orqa) tomondagi juda kichik teshikcha orqali tashqari bilan tutashgan. 
Yomg’ir chuvalchangining tana bo’shlig’i suyuqlik bilan to’la bo’lib, unda barcha ichki a’zolari 
joylashgan. Halqali chuvalchanglarning tana bo’shlig’i tugarak chuvalchanglarnikidan farq qilib, 
yupqa pardadan iborat ko’ndalang to’siqlar bilan alohida bo’lmalarga ajralgan. Tana bo’shlig’i 
bo’lmalarining soni tashqi tana halqalari soniga teng. Bundan tashqari, halqali chuvalchanglar 
tana bo’shlig’i devorining ichki yuzasi bir qavat bo’lib joylashgan hujayralar bilan qoplangan. 
Tana suyuqligida harakatlanuvchi amyobotsit hujayralari oziq va kislorod tarqatishga yordam 
beradi. Tana suyuqligi harakatlanishga va ayirishga yordam beradi.



Hazm qilish sistemasi - og’iz teshigi tanasining oldingi uchida, birinchi tana bo’g’imining 
ostida joylashgan. Og’iz – kattagina choziq muskulli qisqa halqumga tutashgan. Halqum 
devoridagi bezlar (so’lak bezlari) hazm qilishga yordam beradi. Halqum uzunroq qizilo’ngach 
bilan tutashgan bo’lib, uning ostki qismiga uch juft ohak bezlari (organik kislotalarni 
neytrallashga xizmat qiladi) ning yo’li ochilgan. Qizilo’ngachning kengaygan keyingi qismi 

Download 187.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling