Halqali chuvalchanglar (Annelides) tipi. Reja: Nеmеrtinalar va tiqonboshlilar tipi


Download 187.97 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana17.01.2023
Hajmi187.97 Kb.
#1097091
1   2   3   4   5
Bog'liq
Halqali chuvalchanglar (Annelides) tipi. Reja Nåmårtinalar va t

jig’ildon deb ataladi. Jig’ildon esa muskulli kichikroq oshqozonga ochiladi. Oshqozondan 
tananing orqa tomoniga qarab ichak ketadi. Chuvalchanglar chiriyotgan o’simlik qoldiqlari bilan 
oziqlanadi. Ular chirindilarni tuproq bilan birga qo’shib ichagidan o’tkazadi. Oziq ichakda hazm 
shirasi ta’sirida o’zlashtiriladi. Ichak devorida juda ko’p bir hujayrali bezlar joylashgan bo’lib, 
bular oziqni hazm qiladigan shira ishlab chiqaradi, (barg, chirindi va b.lar) qizilo’ngach 
devorining qisqarishi bilan jig’ildondan oshqozonga o’tib maydalanadi, so’ng ichakka o’tadi va 
bu yerda hazm bo’ladi. Oziq tarkibidagi moddalar qonga so’riladi. Oziqning hazm bo’lmagan 
qismi tuproq bilan birga anal teshigi orqali tashqariga chiqariladi.
Qon aylanish sistemasi - dastlab halqali chuvalchanglarda kuzatilgan. Yomg’ir 
chuvalchangining qon aylanish sistemasi bir biri bilan tutashib turadigan qon tomirlaridan iborat. 
Chuvalchang tanasida ikkita yirik qon tomir, biri – orqa qorin tomiri, ichak ostida joylashgan. Bu 
ikkala yirik qon tomirlar halqa tomirlar orqali o’zaro tutashgan. Qizilo’ngach atrofida joylashgan 
5–6 ta yo’g’on halqa tomirlarning devori muskullar bilan taminlangan. Bu tomirlar qisqarish 
xususiyatiga ega bo’lganligi tufayli “yurak” deb ataladi. Bu esa qonni tomirlar bo’ylab harakatini 
ta’minlaydi. Halqa tomirlar va yirik qon tomirlardan tanadagi turli organlarga mayda qon 
tomirlar tarqaladi. Qon tomirlarda qizil rangli qon oqadi. Qonda tanachalar (hujayralar) yo’q. Bu 
tomirlar ham o’z navbatida juda mayda tomirlarga ajraladi. Organlarda joylashgan eng mayda 
qon tomirlar kapillyarlar deb ataladi. Kopillayar tomirlar terida va ichak devorida ayniqsa ko’p 
bo’ladi. 
Halqumdagi halqa qon tomirlari qisqarishi natijasida qon orqa tomir bo’ylab tananing 
oldingi tomoniga, qorin tomir bo’ylab orqa tomoniga oqadi. Chuvalchangning qon tomirlari tana 
bo’shlig’i bilan tutashganligi sababli ularning qoni tana suyuqligi bilan aralashib ketmaydi; qon 
esa faqat qon tomirlarda oqadi. Shu sababdan yomg’ir chuvalchangi va boshqa halqali 
chuvalchanglarning qon tomirlari yopiq qon aylanish sistemasini hosil qiladi. Qon orqali 
kislorod va oziq moddalari tashiladi. Ichakda hazm bo’ladigan oziq moddalar ichak devori orqali 
qonga shimiladi va hamma organlarga tarqaladi. 
Maxsus nafas olish organlari yo'q. Terisi orqali nafas oladi. Kislorod tuproq havosidan 
teri orqali kapillyarlardagi qonga o'tib, qon bilan hamma organlarga tarqaladi. Hujayralarda 
moddalar almashinuvi natijasida hosil bo'lgan karbonat angidrid ham teri orqali organizmdan 
chiqib ketadi. Chuvalchang terisi shilimshiq modda bilan namlanib turadi. Nam teri kislorodni 
yaxshi o'tkazadi. 
Ayirish sistemasi - oq planariyanikidan farq qilib, har bir tana bo'g'imida bir juftdan 
sirtmoqqa o'xshash buralgan ingichka uzun naychalar ayirish sistemasi vazifasini bajaradi. 
Naychalarning bir uchi tana bo'shlig'iga, ikkinchi uchi esa teri orqali tashqariga ochiladi. 
Naychalarning tana bo'shlig'iga ochilgan uchi voronkaga o'xshash; kengaygan va juda ko'p 
kiprikchalar bilan ta'minlangan. Bu xildagi nefridiya voronkalari juda ko’p (200 juft) va 
takrorlangani uchun bularni metonefridiya deb nomlangan. Bu naychalarning (nefridiyalar) 
harakati tufayli zararli moddalar tana suyuqligi bilan birga naychalarga o'tadi va teri yuzidagi 
teshikchalar ya’ni metanefridiyalar orqali organizmdan chiharib yuboriladi. 
Nerv sistemasi- tanasining oldingi qismidagi nerv hujayralari aylanib halqumusti va 
halqumosti yirik nerv tugunlarini hosil qiladi. Bu nerv tugunlarini halqumni ikki tomondan 
aylanib o'tadigan halqa nerv tolalari birlashtirib turadi. Halqumosti nerv tuguni qorin bo'ylab 
ketadigan qorin nerv zanjiri bilan to`tashgan. Qorin nerv zanjirida har bir tana bo'g'imi to'g'risida 
bittadan kichikroq nerv tugunlari joylashgan. Hamma nerv to’gunlaridan teriga va ichki 
organlarga nervlar chiqadi. Shunday qilib, yomg'ir chuvalchangining nerv sistemasi oq planariya 
va askaridanikiga nisbatan ancha murakkab tuzilgan bo'lib, halqumusti va halqumosti nerv 
tugunlaridan, qorin nerv zanjiridan hamda ulardan chiqadigan nerv tolalaridan iborat. Sczgi 



Download 187.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling