Halqali chuvalchanglar(Annelides) tipi


Download 121.5 Kb.
bet1/2
Sana05.04.2023
Hajmi121.5 Kb.
#1276226
  1   2
Bog'liq
Halqali chuvalchanglar


Halqali chuvalchanglar
Halqali chuvalangchanglar tipiga 8000 ming tur kirib dengizlarda, chuchuk suvlarda va tuproqda yashaydi. Ular tanasi birin – ketin joylashgan aniq halqalar – bо‘g‘imlarga bо‘lingan. Shuning uchun ham ularni halqali chuvalchanglar deb aytiladi.
Bu tip uchta sinfga bо‘linadi.
Kо‘p tukli chuvalchanglar sinfi.
Kam tukli chuvalchanglar sinfi.
Zuluklar sinfi.


1.1Kam tukli halqali chuvalchanglar. Yomg‘ir chuvalchangi tuzilishi va hayoti.

Kam tukli halqali chuvalchanglar. (Oligachaeta) sinfi


Kam tukli yoki oz qilli halqali chuvalchanglar – chuchuk suvlarda, chirindi kо‘p zax joylar, ekinzorlar, yaylovlar tuprog‘ida hamda dengizlarda tarqalgan. 3000 ga yaqin turi bor. Qilchalar soni kam. Hammasi deyarli qо‘sh jinsli, jinsiy organlari tanasining bosh qismida joylashgan, pilla qо‘yib kо‘payadi.
Yomg‘ir chuvalchangi tuzilishi va hayoti.
Yomg‘ir chuvalchangi: chirindilari kо‘p zaxroq joylarni, kо‘pincha ariqlarning atrofi yoki nam kо‘p bо‘lgan tuproq ostini kovlab hayot kechiradi. Gavdasi 10-30 sm uzunlikda bо‘lib, qizg‘ich shilimshiqli (buni shilimshiqli) teridagi maxsus hо‘jayralar ajratib chiqaradi. Yomg‘ir chuvalchangini bahor va yoz oylarida kо‘plab uchratish mumkin. Yomg‘irdan sо‘ng yer yuziga chiqqani uchun shu nom berilagn.
Yomg‘ir chuvalchangini yelka (orqa) tomoni qoramtir, qorin tomoni esa oqishroq, bosh va dum tomonlari bir oz ingichkalashgan bо‘ladi. Bosh tomoni yо‘g‘onlashgan.kamar segmentlari bor. Bu kamar kо‘payish vaqtida rol о‘ynaydi. Gavdasi (100-120 ta) segmentga bо‘lingan. Gavdasining birinchi segmentida og‘iz teshigi, ohirgi segmentida esa chiqaruv teshigi joylashgan. Har qaysi bо‘g‘imda sakkiztadan tuklar mavjud. Yomg‘ir chuvalchangining gavdasi bir-biriga zich yondashgan bir qavat hо‘jayralar bilan qoplangan.
Chuvalchang terisining ustki qismi, kutikula bilan qoplanib, uning ostidagi bir qavatli epiteliyaga halqali muskullar, ularga esa juda yaxshi rivojlangan chо‘ziq muskullar rivojlangan. Kutikulada bir hо‘jayrali shilimshiq bezlar juda kо‘p bо‘ladi. Kutikula yomg‘ir chuvalchangini ichki organlarini tashqi muhitdan saqlasa, shilimshiq modda terini qurishdan saqlaydi.
Ovqat hazm qilish sistemasi – uzun naydan iborat bо‘lib, oldingi uchida og‘iz teshigi joylashgan. Og‘izdan-halqum boshlanadi. Halqum – qizilо‘ngachga, qizilо‘ngach oxiri kengayib jig‘ildon hosil qiladi. Bu yerda oziq namlanadi va yumshaydi. Oziq jig‘ildondan muskulli “oshqozoncha” ga tushadi, bu yerda eziladi, bundan sо‘ng ichakka tushadi, ichakning oxirgi qism orqa chiqaruv teshigi anal bilan tomomlanadi.
Qon aylanish sistemasi – Yomg‘ir chuvalchangi – qon aylanish sistemasi bо‘lishi bilan yassi va yumaloq chuvalchanglardan farq qiladi. Agar yomg‘ir chuvalchangining ustki (yelka) tomoniga diqqat bilan qaralsa teri ostiga uzunasiga ketgan ingichka qizil naychani kо‘rish mumkin. Bu yelka qon tomirlaridir. U hazm sistemasining ustida yotadi va butun gavda bо‘ylab chо‘ziladi. Shunday tomir chuvalchang tanasi qorin tomonida ovqat hazm qilish sistemasining ostida ham bor. Bu qorin qon tomirlaridir. Bu tomirlardan qizil rangli suyuqlik –qon oqadi. Yelka qon tomiridan qorin qon tomiriga ichakni о‘rab turadigan halqasimon qon tomirlar о‘tgan. Halqasimon qon tomirlarining yо‘g‘onroq va yirikroqlari qizilо‘ngach atrofida bо‘lib, ular “yurak” deb ataladi va urib turish xususiyatga ega.

Nafas olish sistemasi – Maxsus nafas olish sistemasi yо‘q teri orqali nafas oladi. Shilimshiqli teri tuproq ostida harakatlanish va kislorodni о‘zlashtirishga yordam beradi.


Ayirish organlari – Har bir segmentda bir juftdan ochilgan kiprikli voronkasimon nefridiyalardan iborat bо‘lib, ularning juda uzun buklangan naychalari dissepiment pardalarga yopishib joylashgan. Naychaning uchi esa pastdagi segment orqali tashqariga ochilgan.
Nerv sistemasi – bosh segmentida halqumning ustida joylashgan bir juft halqum usti nerv tuguni (“bosh miya”) va о‘zaro bir-biri bilan tutashgan nerv tugunidan va shu tugunlardan ketadigan nervlardan iborat. Qorin tomonida gavdaning har qaysi bо‘g‘imida bir juftdan nerv tuguni bor.
Kо‘payishi – Yomg‘ir chuvalchangi – germofradit hayvon. Uning kо‘payish organlari gavdaning oldingi qismiga joylashgan, erkaklik jinsiy organlarida – urug‘donda spermatazoidlar, urug‘ochilik jinsiy organlarida – tuxumdonlarda tuxum yetishadi.
Erta kо‘klamda, kо‘payish davri kelishi bilan chuvalchang belbog‘i shilimshiq modda ishlab chiqaradi, belbog‘ atrofida shu moddadan muftacha hosil bо‘ladi. Muskullarning qisqarishi tufayli muftacha chuvalchang gavdasining oldingi qismida sirg‘anib boradi.tuxum yо‘li va urug‘ yо‘li belbog‘ tashqarisiga ochilgan bо‘lib, belbog‘ ustida hosil bо‘lgan murtacha ichiga urug‘ va tuxum hо‘jayra chiqadi. Muftacha ichiga urug‘ va tuxum hо‘jayra urug‘lanadi va chuvalchangdan urug‘lab tushgan ichida urug‘langan tuxum hо‘jayra bо‘lgan muftacha pillaga aylanadi. Yomg‘ir chuvalchangi jinssiz yо‘l bilan kо‘paymaydi. Ammo chuvalchangni ikkiga bо‘lsak uning ayrim qismlari о‘sib, butun organizmga aylanishi mumkin.

Download 121.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling