Hamdo’stligi mamlakatlari


Qirg’iziston Respublikasi pensiya tizimining tavsifi72


Download 316.86 Kb.
bet2/3
Sana08.01.2022
Hajmi316.86 Kb.
#238331
1   2   3

Qirg’iziston Respublikasi pensiya tizimining tavsifi72


2.12-jadval





Ko’rsatkichlar


Bazaviy pensiya


Sug’urta pensiyasi


Jamg’arib boriladigan pensiya

Ixtiyoriy jamg’arib

boriladigan pensiya

Tashkil etish printsiplari

Ijtimoiy qo’llab- quvvatlash

Avlodlar birdamligi prinsipi va ishchining shaxsiy javobgarligi

Ishchining shaxsiy javobgarligi

Ishchining shaxsiy javobgarligi

Pensiyani tayinlash shart- sharoitlar va

moliyaviy manbalari



Respublika byudjetidan transfertlar

Ish beruvchi va ishchining majburiy badallari

Ishchining majburiy badallari

Ishchining ixtiyoriy badallari

Pensiya miqdorini hisoblash tartibi

Pensiya miqdori ish stajiga bog’liq.

Bunda respublika bo’yicha o’rtacha ish haqi miqdori ko’rib chiqiladi.

Jamg’arilgan pensiya mablag’lari miqdori va pensiyadan keyingi umr davomiyligiga bog’liq

Jamg’arilgan va kapitalizatsiya qilingan badallar miqdori, investitsiyalangan daromad va sug’urtalangan shaxsning badallar

to’lagan davriga bog’liq



Pensiya badallarini to’lash bo’yicha tanlangan sxemaga bog’liq






2015-yilda Qirg’iziston Respublikasida pensiyaning o’rtacha miqdori 4817 somni (63,5 AQSh dollari), eng kam ish haqi miqdori 5020 somni (66 AQSh dollari) tashkil qilgan. Qirg’iziston Respublikasida o’rtacha 500 mingdan oshiq pensionerlar bor, ularning 2500 nafari yuqori pensiya oladi.

Qirg’iziston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 24-sentyabrdagi 339-sonli Farmoni asosida Qirg’iziston Respublikasida pensiya ta’minoti tizimini rivojlantirish Kontsepsiyasi tasdiqlandi73. Shu asosda Qirg’iziston Respublikasi pensiya tizimiga jamg’ariladigan pensiya ham qo’shildi. Bu esa, Qirg’iziston Respublikasining pensiya ta’minoti tizimi aralash tizimga (avlodlar birdamligi – jamg’arib boriladigan) o’tganligidan dalolat beradi.

Gruziya Respulikasida 2005-yil 23-dekabrda “Davlat pensiyasi to’g’risida”gi Qonun74 qabul qilindi. Ushbu Qonunning maqsadi keksa yoshdagi fuqarolarning Gruziya Konstitutsiyasi bilan kafolatlangan ijtimoiy-iqtisodiy huquqlarini va davlat pensiyasini belgilash chora-tadbirlarini amalga oshirishdan iborat. Mazkur Qonun pensiya olish huquqi yuzaga kelish asosini, pensiya boshqaruvi organini aniqlash, pensiyani tayinlash, to’lash, to’xtatish, yangilashning umumiy prinsiplarini belgilashni tartibga soladi. “Davlat pensiyasi to’g’risida”gi Qonunning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat: inson huquqini himoya qilish; qonun oldida tenglik; umumiylik; doimiylik; avlodlar birdamligi; pensiya to’lanishining davlat tomonidan kafolatlanishi. “Davlat pensiyasi to’g’risida”gi Qonunga ko’ra pensiya olish huquqining yuzaga kelishi 65 yoshni, shu bilan birga ayollarda bu huquq 60 yoshni tashkil qiladi. Pensiyaning miqdori tegishli yildagi “Gruziya davlat byudjeti to’g’risida”gi Qonun asosida aniqlanadi va pensiyani moliyalashtirish manbasi bo’lib, davlat byudjeti hisoblanadi.


Gruziyada pensiya ishlari bilan Pensiya ma’muriyati organi shug’ullanadi. Ma’lumki, Gruziyada avlodlar birdamligiga asoslangan pensiya tizimi amal qiladi. Jamg’arib boriladigan pensiya tizimini 2018-yildan joriy etilgan75. Gruziya pensiya tizimini isloh qilish Kontseptsiyasi Jahon banki, Osiyo taraqqiyot banki va Gruziya

iqtisodiyot vazirligi bilan hamkorlikda turli mamlakatlar tajribalaridan kelib chiqib ishlab chiqilgan.

1992-yil 17-aprelda Belorus Respublikasining “Pensiya ta’minoti to’g’risida”gi Qonuni qabul qilindi. Ushbu Qonun bilan harbiy xizmatchilar va ular oilalarining pensiya ta’minoti, Chernobil AES halokatidan zarar ko’rganlar va ular oilalarining pensiya ta’minoti, davlat xizmatchilarining pensiya ta’minoti, og’ir mehnat sharoitlarida ishlagan fuqarolarning pensiya ta’minoti, pensiyalarning turlari, pensiya olish huquqi, pensiya to’lovlarini amalga oshirish kabilar belgilab qo’yildi. Mazkur Qonunga ko’ra Belorusda mehnat pensiyasi va ijtimoiy pensiyalar amal qiladi. O’z navbatida, mehnat pensiyalari quyidagi pensiya turlaridan iborat: yoshga doir pensiya; nogrionlik pensiyasi; boquvchisini yo’qotganlik pensiyasi; xizmat qilgan yillari uchun pensiya; respublika oldida alohida xizmatlari uchun pensiya. Jami mehnat va ijtimoiy pensiyalarning 80 foizdan ortig’ini yoshga doir pensiya tashkil qiladi. 2-o’rinni nogironlik pensiyasi egallaydi va bu ko’rsatkich pasayish tendentsiyasiga ega. Bunga sabab ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish sohalarida turli tan jarohatlari olish darajasini kamaytirish va mehnat sharoitlarining yaxshilanganligi hamda pensiya qonunchiligida unga doir imtiyozlarning qisqartilishidir (2.13-jadval).

Download 316.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling