Hamdo’stligi mamlakatlari
Download 316.86 Kb.
|
Mustaqil davlatlar hamdo’stligi mamlakatlari pensiya ta’minoti tizimi tajribalariMustaqil davlatlar hamdo’stligi (MDH) mamlakatlarida pensiya ta’minoti tizimi rivojlanish pallasida bo’lib, EI va Lotin Amerikasi mamlakatlari pensiya tizimidan farq qiladi. Shu bilan birga, umumiy jihatlarga ham ega. Qirg’iziston Respublikasi pensiya ta’minoti tizimidagi pensiya islohotlarining dastlabki bosqichlaridan buyon belgilangan to’lovlar asosidagi qayta taqsimlash pensiya modeli o’rniga fuqarolarning shaxsiy jamg’arib boriladigan pensiya tizimi joriy qilindi. 1997-yil 21-iyulda Qirg’iziston Respublikasining “Davlat pensiya ijtimoiy sug’urtasi to’g’risida”gi Qonuni qabul qilindi70. 1997-yildagi pensiya islohotlarining dastlabki bosqichida Qirg’iziston Respublikasi pensiya qonunchiligida qator o’zgarishlar sodir bo’ldi71: – pensiya yoshini asta-sekinlik bilan oshirib borish (erkaklar uchun 60 yoshdan 63 yoshgacha, ayollar uchun 55 yoshdan 58 yoshgacha); pensiya bo’yicha bir qancha imtiyolarni bekor qilish, jumladan, ayrim kasb egalari va aholi qatlami uchun erta pensiyaga chiqishni bekor qilish; uch komponentli pensiya tizimini joriy qilish: etarli stajga ega bo’lgan har bir pensionerga kafolatlangan bazaviy pensiya; mehnatga qo’shgan hissasi muvofiq pensiya ta’minoti; pensionerning pensiya hisobraqamiga yig’ilib boruvchi yakka tartibdagi pensiya badallari. Pensiya islohotlarining navbatdagi bosqichlarida Qirg’iziston Respublikasida 2010-yilning 1-yanvaridan boshlab, jamg’arib boriladigan pensiya tizimi joriy qilindi. Bu esa istiqbolda pensiya ta’minoti tizimiga demografik omillar ta’sirini yumshatish va pensiya tizimining jozibadorligini oshirishga imkon beradi. Qirg’iziston Respublikasida jamg’arib boriladigan pensiya ta’minoti joriy qilingandan so’ng pensiya tizimi 3 tarkibiy qismga bo’lindi: majburiy birdamlik (avlodar birdamligi) davlat pensiya tizimi; majburiy jamg’arib boriladigan pensiya tizimi; ixtiyoriy yakka tartibdagi jamg’arib boriladigan pensiya tizimi. Download 316.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling