Hamid ziyoyev


Download 7.88 Mb.
Pdf просмотр
bet1/24
Sana22.12.2019
Hajmi7.88 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
76375

1
1 am (u 
ym m iv
У Ш
Л^Г)Ч>> 

HAMID  ZIYOYEV
TARIX-
O'TMISH VA KELAJAK 
KO'ZGUSI
(Tarixning dolzarb  masalalari)
G ‘afu r  G ‘u lo m   nom idagi 
A dabiyot  va  sa n ’at  nashriyoti 
T oshkent  —  2000

63.3(5У),
3 - 6 0
M as’ul  m uharrir:  tarix  fanlari  doktori, 
professor 
K A RIM   N O R M A T O V
Z iyoyev  H.
Tarix — o 'tm ish  va  kelajak ko'zgusi:  (Tarixning d olzarb inasalalari) / /   M as’ul 
m uharrir:  K.  N o rm a to v /T .:  G ‘.  G 'u lo m   nom idagi Adabiyot  v a s a n ’at  nashriyoti. 
2000. — 304 b.
Asar yangi  m a ’lu m o tla r  asosida va  shu  kun  talab i  n u q ta i  n az arid a n   yozilgan 
b o 'lib ,  V atanning  o 'tm ish   va  hozirgi  za m o n   tarixiga  d o ir  m asalalarni  o ‘z  ichiga 
oladi.  U n d a  qadim gi  va  o ‘rta  asrlar  tarixi,  shu  ju m la d a n ,  Q u r’oni  K arim   va 
T o sh k en t  o ‘tm ish i  b o ‘yicha fik r-m u lo h aza la r o ‘z  ifodasini  topgan.  S huningdek, 
T urkiston  zam inining  podsho  Rossiyasi  to m o n id an   bosib  olinishi,  sobiq  sovet 
davridagi  m u stam lak ac h lik   siyosatining  m ohiyati  t a ’riflangan.  Ayni  paytda, 
jad id lar h arakati  va  1916 yilgi xalq  q o ‘zg‘oloni bayon  etilgan.  A sarda  M ustaqillik 
davri,  tarix  fanining  ah am iy ati  va  vazifalari  xususida  q im m atli  m a ’lu m o tla r 
mavjud.
U shbu  q o ‘llanm a  m aktab  va  oliy  o ‘quv  y urtlarining  o ‘qituvchilari,  talabalari 
va tarixga qiziquvchi  barcha  kishilarga  m o'ljallangan.
Б Б К   6 3 .3 (5 У )
4 7 0 2 6 2 0 2 0 4 - 45 

M 35 2 (0 4 )  -  
m oo
—  q at’iy b u y u rtm a ,  99
© H a m id   Ziyoyev,  G ‘afu r  G 'u lo m  
n o m i d a g i   A d a b iy o t  v a  s a n ’a t  
nashriyoti,  2000  y.
ISBN  5-635-01764-9

TARIXIY  SHAXSLAR,
YOXUD  ISTIQLOL  UCHUN 
KURASH  QAHRAMONLARI
O 'zb e k isto n n in g   boy  tab iiy   boyliklari,  tu rli-tu m a n   n o z- 
nc’matlariyu  musaffo  havosi,  zilol  suvlari  va  ajoyib  manzarasi 
ko'p jahongashta podshohlam ing diqqatini jalb etgan.  Chunonchi, 
E ronda  tashkil  to p g an   A hrnoniylar  davlati,  m akedoniyalik 
Aleksandr,  Arab  xalifaligi,  Chingizxon  kabi  bosqinchilar  Turon 
/.nminda  o ‘z  hukm ronliklarini  o ‘rnatgan  edilar.  Pirovardida  esa, 
Turkiston chor Rossiyasi va sovet davlati tom onidan urushib olindi. 
Bosqinchilarga  qarshi  kurashda  o ‘n  m inglab  o ‘zbeklar  halok 
bo'ldilar, shaharva qishloqlar xonavayron qilindi, fan va madaniyat 
inqirozga uchradi.
Shuningdek, tabiiy ofatlar, qahatchiliklar, vabo va boshqa yuqumli 
kasalliklar xalq boshiga ko‘pdan-ko‘p azob-uqubatlami solgan.  Ota- 
bobolarim iz  xorijiy  d u sh m an lard an ,  ularning  tajovuzlaridan 
saqlanish  uchun  Toshkent,  Buxoro,  Samarqand,  Xiva  va  boshqa 
shaharlarni  ham da  harbiy  istehkom lam i  devorlar  bilan  o ‘rashga 
majbur bo‘lgan.  Bu devorlar nihoyatda katta mablag4 va mashaqqatli 
m chnat  hisobiga  barpo  qilingan.  Masalan,  12  darvozadan  iborat 
Toshkent shahri devorining balandligi o‘rta hisobda 7-8 metrga borib, 
lining ustida ikki otliq bemalol yura olgan.
Shu  zaylda  asrlar mobaynida  o ‘zbeklar devor qurshovida  xavf- 
xatarda  yashaganlar.  0 ‘rta  asr  mualliflaridan  birining  shohidlik 
bcrishicha,  mahalliy aholi bir qo‘lida ish quroli,  ikkinchisida yaroq 
ushlagan holda hayot kechirgan. Xullas, aholi har qanday sharoitda

ham  dushmanning favqulodda bo ‘ladigan hujumiga tayyor turgan.
S h u n c h a   q iy in c h ilik la rg a   q a ra m a y ,  b o b o la rim iz   V atan  
mustaqilligi  uchun  tinim siz  kurashdi,  m ehnat  qildi,  m adaniy 
merosini ko‘z qorachig‘iday saqlab, avloddan avlodga o ‘tkazib keldi.
Jasoratli,  bilim don  va  o ‘z  vataniga  sodiq  sardorlar  bunday 
kurashlarning tashabbuskori va yo‘lboshchisi bo ‘lganlar.
Tarixiy shaxslaming yuzaga kelishi uzoq o ‘tmishga borib taqaladi. 
C hunonchi,  eram izdan aw algi  592 yilda A hm oniylar davlatining 
podshohi  Kir II  ning ayol podshoh T o‘marisdan sharm andalarcha 
yengilishi uni m ohir lashkarboshi va o ‘ta vatanparvarligidan dalolat 
beradi.  T o‘maris  Kir II  kallasini tanidan  kestirib,  qon to ‘ldirilgan 
xaltachaga solayotganida shunday degan:  “Sen,  Kir, doimo qonsirab 
yurding,  lekin unga hech to ‘ymading,  mana endi to ‘yib qon ich ” .
To‘maris m ashhur davlat arbobi va vatanimizning sodiq farzandi 
sifatida tarixda o‘chmas iz qoldirdi.  Bu o ‘rinda oddiy1  xalq orasidan 
chiqqan  otboqar  Shiroqning  qahramonligini  ham   eslatib  o ‘tish 
jo iz .  A h m o n iy la r  d av latin in g   p o d sh o h i  D o ro   I  h u z u rig a  
ham m ayog‘i  jarohatlangan,  burni  va  qulog‘i  kesilgan  Shiroqni 
olib kelishadi.  U  Doroga:  “Vatandoshlarim  meni shu ahvolga solib 
qo‘ydi,  ulardan  qasos  olish  uchun  huzuringizga  keldim.  Men 
dushm aningizning  orqa  tarafidan  chiqadigan  yo‘lni  bilam an” , 
degan.  Bu taklifni mamnuniyatlik bilan qabul qilgan  Doro I  Shiroq 
boshchiligida  y o ig a   chiqqan.  Biroq  Eron  q o ‘shinlari  c h o ‘lu 
biyobonga kelib qolganlar.  Shundagina Doro  I aldanganligini  bilib 
Shiroqni  oMdirayotganda  u  mag‘rur  ravishda:  “ M en  vatanim  
ozodligi  uchun  siz  yovuzlarni  suvsizlikka  va  ochlikka  m ubtalo 
qildim” , deb halok b o ‘lgan. Tarixda kam uchraydigan bunday o ‘ta 
vatanparvarlik va jasorat har qanday maqtovga sazovardir.
Arab xalifaligining tajovuzi vaqtida ham vatan mustaqilligi  uchun 
kurash umumxalq harakatiga aylangan. Turk hokonlari boshchiligida 
xalq ommasi xalifalikka qarshi kurash  olib bordi.  Ammo xalifalik 
o ik a d a   o ‘z  hukmronligini  o ‘rnatishga  erishdi.  Biroq unga  qarshi 
harakatlar  to ‘xtamadi.
IX asrning oxirlari X asrning boshlarida tarix sahnasiga chiqqan 
Ismoil  Somoniy  xalqning  uzoq  yillardan  buyon  arab  xalifaligiga
1 K itobga  kiritilgan tarix doirga  m asalalar m a tb u o td a e ’lon  qilingan.

qarshi  olib  borgan  kurashiga  yakun  yasab,  vatan  mustaqilligini 
likladi.  Buxoro  —  bu  davlatning  poytaxti  hisoblangan.  Ismoil 
Somoniy 900 yilda Xuroson hokimining qo‘shinlari ustidan g‘alaba 
qilgandan  keyin,  uzil-kesil  butun  0 ‘rta  Osiyo  va  Xurosonning 
egasi  bo‘lib  qoldi.  Shuningdek,  sharqiy va  shimoliy  Erondagi bir 
qator  viloyatlar  unga  b o ‘ysundirildi.  Ismoil  Somoniy  (874-907 
y.) asos solgan  mustaqil va m arkazlashgan o ‘zbek davlati  100 yilga 
yaqin hukmronlik qildi. Shu davrda 0 ‘rta Osiyoning siyosiy, iqtisodiy 
va  madaniy hayotida m uhim  o ‘zgarishlar sodir bo‘ldi.  Chunonchi, 
qishloq xo‘jaligida paxtachilik, bog‘dorchilik va chorvachilik rivojlandi. 
H u n a rm a n d c h ilik d a   h am   ta ra q q iy o t  yuz  b e rd i.  A y n iq sa, 
to ‘qimachilik  keng quloch  yoydi.  0 ‘lkadagi viloyatlarning o ‘zaro 
aloqalari  m ustahkam lanib,  ishlab chiqarish kuchlari  tobora  o'sib 
bordi.  0 ‘rta Osiyoning xorijiy mamlakatlar, xususan, Afg‘oniston, 
H indiston,  A rabiston,  Xitoy  va  Sharqiy  Ovrupo  bilan  savdo 
aloqalari avj oldi.
Shuningdek,  fan  va  m adaniyat  sohasida  yutuqlarga  erishildi. 
Tarixiy  shaxslarga  davlat  arboblari  Bug‘raxon  va  N asr  Ilekxonni 
кiritish  mumkin.  Ular X asrning oxirida Qoraxoniylar zam onida, 
ya’ni XI  asr va XII asming birinchi yarmida 0 ‘rta Osiyo va sharqiy 
Turkistonni o ‘z ichiga olgan o‘zbek  davlatiga asos soldilar.  Bu joylarda 
iqtisodiy  va  m adaniy  rivojlanish  k o ‘zga  tashlandi.  Toshkent, 
O 'zgand,  Buxoro,  Sam arqand,  K o‘xna  Urganch,  Termiz,  Marv 
va boshqa shaharlarda hunarmandchilik va savdo-sotiq o‘sdi. OMkada 
hasham atli  b in o lar  qurildi.  M asalan,  1127  yilda  A rslonxon 
tom onidan  Buxoroda  qurdirilgan  Minorai  Kalon,  Karmanadagi 
Mirsaid  Bahrom  maqbarasi,  Buxoro  atrofidagi  Raboti  Malik, 
Mag‘oki  masjidi,  Vobkentdagi  m inora  shular jum lasidandir.  Bu 
ajoyib binolam ing hammasi o ‘zbek hukmdorlarning tashabbusi va 
boshchiligida  bunyod  etilgan  edi.  Bu  vaqtlarda  tarix,  adabiyot, 
tilshunoslik, tibbiyot va boshqa fanlarga oid ilmiy asariar yaratildi.
0 ‘zbek  xalqining  har  tomonlama  rivojlanishida  Xorazmshohlar 
davlatining  barpo  etilishi  ham   m uhim   ahamiyatga  ega  bo ‘ldi. 
Qoraxoniylar davrida va undan oldingi vaqtlarda ham  Xorazmning 
Eron,  Afg‘on isto n ,  X itoy,  H in d isto n ,  A rabiston  va  boshqa 
mamlakatlar bilan iqtisodiy va madaniy aloqasi ancha kuchaygan edi.

X orazm shohlar  davlatiga  M a’m un  ibn  M uham m ad  (996-997 
y.)  va  uning  o ‘g‘li  Ali  ibn  M a’mun  (997-999  y.)  singari  m ashhur 
shaxslar  asos  solgan  edilar.  X orazm shohlar  davlati,  ayniqsa,  Ali 
ibn  M a’mun vaqtida kuchaygan.  Bu atoqli davlat arbobi  nihoyatda 
bilimdon va madaniyatli kishi sifatida shuhrat qozongan.  U poytaxt 
Ko‘hna  Urganchni yirik fan va madaniyat markaziga aylantirdi.  Bu 
yerda  B eruniy,  Ib n   Sino,  Abu  Solih,  M asihi  A bulxayr  al- 
Xashmar,  Abu  N asr  ibn  Iroq,  Abu  Bakr  M uham m ad  Xorazmiy, 
Abu  Sayid  Shabibiy,  Abul  Hasan  M a’m un,  Abu Abdulloh  Tojar 
al-Vazir,  Abu  M uham m ad  Raqqoshi,  Abu  Abdulloh  Xorazmiy 
va  b o sh q a   m a sh h u r  o lim la r  ilm iy  ta d q iq o t  is h la ri  b ila n  
shug‘ullanganlar.
Shunisi  diqqatga  sazovorki,  shoh  Ali  ibn  M a’mun  tashabbusi 
va g‘am xo‘rligi  tufayli  K o‘hna U rganchda  ilmiy tadqiqot  markazi
— “ M a’mun  akademiyasi” tashkil  topgan edi.  Bu dargohda tarix, 
filologiya,  m atem atika,  astronom iya,  fizika,  jo ‘g‘rofiya,  tibbiyot 
va boshqa  fan  tarm oqlari  b o ‘yicha  ilmiy  ishlar olib  borilgan.  shu 
ravishda  oMkamizda  b u n d a n   salkam   m ing  yil  ilgari  F an lar 
Akademiyasi  bunyod  etilgan  edi.
Biroq  X orazm shohlar  davlatining  umri  uzoqqa  cho‘zilmaydi. 
S h im o liy   H in d is to n d a n   K a sp iy   d e n g iz in in g   ja n u b iy  
qirg‘ochlarigacha  cho‘zilgan  joylarni  —  hozirgi  Afg‘oniston  va 
Shim oli-sharqiy  Eronni  o ‘z  ichiga  olgan  G ‘aznaviylar  davlati 
kuchaygan edi.  1017yildabu  keyingi o ‘zbek davlatining hukmdori 
M ahm ud  G ‘aznaviy  (998-1030  y.)  Xorazm ni  bosib  oladi.  Bu 
vaqtlarda  Saljuqiylar  nomida  yana bir turkiy davlat paydo  bo'ldi. 
Unga Eronning Ajam, Ozarbayjon,  Kurdiston va K o‘histon singari 
jo y la ri  b o ‘y s u n d irilib ,  p o y ta x t  R ay  s h a h ri  h is o b la n g a n . 
Saljuqiylarning hukmdori aw alo G ‘aznaviylarga zarba berdi, so'ng 
1140  yilda  Xorazmni  egalladi.  Keyinchalik  yirik  davlat  arbobi 
Q u tb id d in   M u h a m m a d   O ts iz   (1 1 2 7 -1 1 5 6   y .)  tu fa y li 
Xorazmshohlar davlati ancha rivojlandi.  Alouddin Takash  (1172- 
1200 y.) va Alouddin  M uham m ad  (1200-1220 y.) singari  iqtidorli 
h ukm dorlar  buyuk  X orazm shohlar  saltanatini  barpo  etishga 
muvaffaq boMdilar.  Bu davlat O  rta Osiyodan tashqari, Afg‘oniston, 
Eron,  Ozarbayjon,  Shirvon,  M angishloq  va  boshqa joylarda  o ‘z
•ФзйюОС 
(T'X&cazfr-

Inikm ronligini  o ‘rnatdi.  U m um an  aytganda,  X orazm shohlar 
davlatining chegarasi  Erondan H indistongacha,  Orol  dengizidan 
to  Hind okeani qirg‘oqlarigacha c h o ‘zilgan yerlarni egallagan.
X orazm shohlarning  poytaxti  K o‘h na  U rganch  iqtisodiy  va 
m adaniy  jih a td a n   yanada  yuksalib,  fan  sohasida  ham   ulkan 
vutuqlarga erishdi.  U buyuk Xorazmshohlar davlati  nomida tarixda 
o'chm as iz qoldirdi.  “Xorazmning bu davrdagi iqtisodiy ko‘tarilish 
jarayonini  tekshirar  ekanm iz,  —  deb  yozadi  olim   S.P.Tolstov,
—  biz  bu  buyuk  feodal  monarxiyasining  bizga  qadar  saqlanib 
qolgan skelet suyaklarini go‘yo timirskilab ko‘rib chiqamiz.  Shunda 
yuz  ming gektar unum li yerlarga yangidan jon  bag‘ishlagan  katta 
irrig a tsiy a   q u rilis h i,  x u ro s o n ,  M o v a r o u n n a h r   va  d a sh ti 
Q ipchoqning  ichkarisigaboradigan  strategikvasavdo  yobllarining 
mustahkamlanishi  shahar  hayoti,  hunarm andchilik,  savdoning 
yangidan  gullab-yashnashi,  0 ‘rta  Osiyo,  Eron  va  Volga  b o ‘ylari 
badiiy  m ad an iy atinin g   b u tu n   keyingi  tarixiga  ku ch li  t a ’sir 
ko'rsatgan  “Xorazm   renessansi”  san’atining  hasham ati  va  boy 
taraqqiyoti  ko‘z oldimizdan o ‘tad i”2.
Xorazmshohlar davlati hukmdorlarining aksariyati bilimli kishilar 
sifatida  shuhrat  qozonganlar.  U lar fan va  madaniyat taraqqiyotini 
ta ’minlaganlar.  Ayrim  m a’lumotlarga  ko‘ra,  ud  musiqa  asbobini 
chalishda shoh Alouddin Takashga teng keladigan kishi bo‘lmagan. 
U  nihoyatda madaniyatli va bilimdon kishi bo‘lgan. Xorazmshohlar 
davrida Ko‘hna Urganchda va boshqa joylarda hashamatli saroylar, 
madrasalar  va  turli  jam oat  binolari  qurilgan.  Markazlashgan  va 
mustaqil davlat hunarmandchilikni, dehqonchilikni, ichki va tashqi 
savdoning rivojlanishini ham ta ’minlagan.
Biroq, Xorazmshohlar davlati dahshatli fojeaga duch keldi.  1219 
yilda  Chingizxon  boshchiligidagi  qo‘shinlar Turkistonga  bostirib 
kirib,  0 ‘trom i  qattiq janglardan so‘ng egalladi.  Keyin  Buxoro  va 
Samarqandni bosib olindi.  Bosqinchilarga qarshi kurash umumxalq 
harakatiga  aylangan  ana  shu  og‘ir  dam larda  hukm ron  doiralar 
orasidan  chinakam  o ‘z vataniga sodiq  va jasoratli shaxslar ajralib 
chiqdi.  M asalan,  M uham m adshohning  katta  o ‘g‘li  Jaloliddin  va 
Xo‘jand  hukm dori  Tem ur  Malik  shular jumlasidandir.
2 T  о  1 s t о  v  S.P.  Qadimgi  Xorazm madaniyatini  izlab.  Toshkent,  1964,  301-b.

Chingizxon qo‘shinlari Xo‘jandni qamal qilganlarida xalq ommasi 
T em ur  Malik  boshchiligida  qahram onona  jang  qildi.  D ushm an 
kuchiari  son  jihatdan  bir  necha  bor  ko‘p  bo‘lganligi  va  tashqi 
ta  af-.i:  ’  yoidam  belmaganligi  uchun  T em ur  Malik  askarlarini 
70 ta V.emaga  solib,  Sirdaryodagi  bir orolchaga chiqishga  majbur 
b;<  id).  Bu  yerdan  dushm anga  qarshi  hujum   uyushtirilib  turildi. 
P  :'ov.aid;da.  Tem ur  M alik  kemalarda  Sirdaryoning  quyi  oqimi 
b o ‘viab  vo‘lga  chiqdi.  D aryoning  ikki  qirg‘og‘idan  m o ‘g‘ullar 
tomoxiidau otiigan o ‘qlarga qarshi kemadagilar javob o ‘qini otgan 
hold:;  safdoshlari  bilan  X o‘janddan  chiqib,  1221  yilda  K o‘hna 
Umanchga  keldi.  1221  yilda 50 minglik m o‘g‘ullar qo‘shini K o‘hna 
U rganchni  qurshab oldilar.  Shahar aholisi yoppasiga  dushmanga 
qarshi avovsiz va qonli jang olib bordi. Jaloliddin boshchiligida besh 
oy davom etgan qattiq janglardan so‘ng m o‘g‘ul qo‘shinlari shaharga 
kidb,  ko"pdan-ko‘p   odam larni  qirdilar.  Vatan  uchun  kurashga 
nihoniylar  ham  bosh-qon  boMdilar.  Urganch  shayxi  N ajm iddin 
Kubro jangda qahram onona halok bo‘ldi.
ja lo lid d in   T em u r  M alik  bilan  Afg‘o n isto n d a   va  E ro n d a 
m o‘g‘:.'lb.rga  qarshi  kurashni  davom  ettirib,  bir necha b o r ularga 
qaqshatg‘ich  zarba  berdi.  U  H indistonda,  so'ngra  Kavkazda 
mo"g  aliaiga  qarshi  kuchlarni  uyushtirishga  ko‘p  harakat  qildi. 
U m um an  olganda,  u  10  yil  mobaynida  m o ‘g‘ullarga  zarba  berib 
xorazm shohlar  davlatini  tiklash  uchun  tinim siz  kurashdi.  Biroq, 
turli  sabablar  tufayli  u  o ‘z  maqsadini  ro‘yobga  chiqara  olmadi. 
Jaloliddin  M anguberdi  o ‘ta   vatanparvar,  m ohir  lashkarboshi  va 
jasoratli shaxs sifatida don chiqargan edi.
M o'g'ul  bosqinchilarining  harbiy  yurishlarida  0 ‘rta  Osiyo 
sh?hsr va qishloqlari xarobaga aylandi. Yuz yillar davomida qo ‘lga 
kiritjlgan  moddiy va m a’naviy meroslar ostin-ustun qilib tashlandi. 
В  nd; л  holat  insoniyat tarixida sodir bo ‘lmagan edi.  Bu dahshatli 
voqealarning  guvohi b o ‘lgan  arab  tarixchisi  Ibn  al-Asir  shundan 
yozgan  edi:  “ Kunu  tunlarda  misli  ko‘rilmagan  va  ham m ayoqni, 
xi:4usan,  musulm onlar yaratgan boyliklarni  qam rab  olgan g'oyat 
katta bir falokat bo‘ldi.  Agar birov, ham m a narsa qudrati yetuvchi 
va  nai  narsaning  ustidan  turuvchi  Olloh  odamni  yaratgandan 
biiyen  dunyo  shu  mahalgacha  hech  bunday  narsani  ko‘rmagan,

ilesa  haq  gapni  aytgan  bo ‘lardi,  darhaqiqat,  yilnomalarda  bunga 
o'xshash  va unga teng keladigan, bunday zo‘r falokat b o ‘lmagan. 
IJIarda  tasv irlan g an   vo q ealar  ich id a  —  N av u x o d o n so rn in g  
Isroiliylarni kaltaklash va Quddusni vayron qilish bobidagi qi’mishi 
eng  dahshatlisidir.  Biroq,  bu  la’natilar  (m o ‘g‘ullar)  vayron  qilib 
tash lag an   m a m la k atlar  o ld id a  Q u d d u s  n im a  b o 'lib d i?   Bu 
inamlkatlardagi  har  bir  shahar  Quddusga  ikki  barobar  keladi! 
Tatarlar  qirib  tashlagan  odamlarga  qaraganda,  Isroiliylar  nima 
bo'libdi?  Axir  ayirish  bitta  shaharda  tatarlar  kaltaklagan  aholi 
(b arch a)  isroiliylardan  k o ‘p  b o ‘lgan...  T a ta rla r  hech  kim ni 
ayamaydi:  ayollam i,  erkaklarni,  go‘daklam i  d o ‘pposlayveradi, 
hom iladorlarning qornini yorib,  bolalarini o ‘ldirdi...”3.
Biroq  m o‘g‘ullarning  dahshatli  qirg'in  urushlari  ham  o ‘zbek 
xalqining vatan ozodligi uchun kurashini so‘ndira olmadi.
1238  yilda  Buxoroda  m o‘g‘ullarga va  ularga xizmat qilayolgan 
ayrim mahalliy yuqori tabaqa vakillariga qarshi qo‘zg‘olon ko'tarildi. 
Bu ommaviy harakatga  M ahmud Torobiy boshchilik qildi.  Buxoro 
atrofidagi Torobiy qishlog'ida tug‘ilgan va hunarm andlar suloiasiga 
mansub — M axmud Torobiy o ‘zining aql-zakovati va jasorati bilan 
mehnatkash omma orasida katta obro‘ qozondi. U qo‘zg‘olonchilami 
chet  el  bosqinchilariga  qarshi  kurashga  chaqirib:  “Ey,  haqiqat 
mudofaachilari  endi  ishni  susaytirish  va  kutishning  keragi  yo‘q, 
jahonni  nohaqlardan  tozalash  zarur,  har  kimsa  o ‘zida  b o ig a n  
qurol-yarog‘ yoki kaltak va gurzilarni tayyorlab ishga solsin”, deydi.
Q o ‘zg‘o lo n c h ila rg a   ay rim   ru h o n iy   p esh v o lari,  xususan, 
Shamsiddin  M ahbubiy  ham   q o ‘shilib,  boshliqlardan biri  sifatida 
harakat qildi.  Mahmud Torobiy Buxoro shahridagi va qishloqlardagi 
aholiga tayangan holda hokimiyatni qo ‘lga olgan.
M ahm ud  Torobiy  xalqqa  haddan  tashqari  zulm   o ‘tkazgan 
m ansabdorlarni  jazolab,  oddiy  kishilar  tarafida  turgan.  Biroq, 
qo ‘zg‘olon  shafqatsizlik  bilan  bostirilgan  jangda  halok  etilgan. 
M ahm ud Torobiy va Shamsiddin Mahbubiy singari ozodlik uchun 
jonini  fido  qilgan  shaxslar  aslo  unutilmaydi.
XIV asming 50-60 yillarida o ‘lkada parokandalik avj olib,  keng 
m ehnatkash  om m aning  ahvoli  yanada  yom onlashai.  Shunday
3 Grekov B.D.Yakubovskiy A.YU. Oltin 0 ‘ida va uning qulashi. Toshkent.  1956,46-b.

sharoitda Temur siyosiy maydonga chiqdi.  U  yoshligidanoq kelajagi 
porloq siymo sifatida tanildi.  0 ‘rta asr tarixchisi Mavlono  Lutfulloh 
Nishopuriy so'ziga ko‘ra, Tem ur 7 yoshligida otasi Tarag‘ay bilan 
qarindoshlarinikiga borgan.  Qarindoshlari ko‘pdan-ko‘p mollarga, 
qullarga ega bo‘lib, doim o xavotirlikda yashar ekan.  U Tarag‘ayga 
debdi:  “X udo  m enga  molu  davlat  berdi,  lekin  uni  saqlashga 
tam om an  ojizman.  Qullarim  sabru  toqatli  emaslar,  farzandlarim  
salohiyatsiz.  Shu  onda  T im ur  dedi:  m olu  dunyom ga  nuqson 
yetmasin deb farzandlaringga mollaringizdan bo‘lib bering va undan 
so‘ng  ularni  o ‘z  m olu  mulkiga  dohil  qilgingkim,  (ular)  o ‘z -o ‘zi 
bilan  ovora  bo‘lsin.  (Keyin)  har  uch  qulni  ulardan  aqlliroq  bir 
qulning ixtiyoriga topshiring.  (So‘ng) ularning har birini yettitadan 
qulning  amiri  qiling.  (Keyin)  yetmish  qulga  bosh  b o ig a n   (ana 
shu) yettita qulni bir-birining ta ’zim va tashrifiga buyuring.  Ularni 
k o ‘z d a n   q o c h ir m a n g ,  ( c h u n k i)   b i r - b i r l a r i   b ila n   k o ‘p 
suhbatlashmasinlar” .  Qarindoshi Tem urning aql-zakovatiga qoyil 
qolib,  uning  otasiga  debdi:  “ ...Sening  bu  farzanding  jahonga 
podshoh  b o ‘ladi,  chunki  buni  (uning)  shu  gaplaridan  fahmlab 
turibm an...” (So‘ng) siyohdon va qalam hozirladi va o ‘sha suhbatda 
Tem urdan xat yozdirib oldiki, bunda “ uning farzandlari zurriyoti 
va  yaqinlaridan  xiroj  olmasin;  ularning  gunohlaridan  o ‘tsinlar, 
uning  qavm i  tarx o n   qilin sin 4.  Buni  qarangki,  T em ur  taxtga 
chiqqandan  keyin  va’daga  muvofiq  o ‘sha  badavlat  kishining 
avlodlariga tarxon unvonini beradi5.
T em u rn in g   yoshlikdagi  hayotiga  d o ir  yana  b ir  diq q atg a 
s a z o v o r  m a ’lu m o t  m a v ju d .  T e m u r n in g   o ta s i  T a r a g ‘ay 
kunlarning birida ko ‘p q o ‘ylarni  unga berib sotishni  buyuribdi. 
T em u r  q o ‘ylarni  sotib,  bozorni  aylanib  yurgan  vaqtida  bir 
darvish  q o ‘lida she’r yozilgan qog‘ozni  oltinga  sotam an,  debdi. 
T em u r  u  qog‘ozni  sotib  olibdi.  D arvish  unga,  uni  otangni 
oldida  ochib  o ‘qigin,  debdi.  Shunga  b in o a n ,  T em u r qo g ‘ozni 
otasiga  ko‘rsatgan.  Darvish taniqli  olim  K am ol  X o‘jandiy ekan.
4  Axm edov  B.  “ D avlatshoh  S am arq an d iy ” .  Т .,  “ F a n ” ,  1967,  48-b.
5 Tarxon  — soliq va jarim alardan tam o m an   ozod etilgan kishi. Yirik m ansabdor 
tarxonlar xonning oldiga so'roqsiz kira o lar va  uning  ustidan to 'q q iz  m arta jinoyat 
sodir b o 'lm a g u n ch a jazoga  to rtilm as  edilar.

<)l;isi  sh u n c h a   pulga  b ir  p a rc h a   q o g ‘ozdagi  s h e ’rni  sotib 
olganligiga  ranjigan.  B iroq,  T em u rn in g   bunday  qilishi  uning 
sho’rga  m uhabbatidan  darak beradi.
Turixiy  manbalarda  nufuzli  kishilarning  Tem urning  kelajakda 
buyuk  davlat  arbobi  b o ‘lishligi  haqidagi  karom atlari  k o ‘plab 
kcltirilgan.  Bu  paytlarda,  m o‘g‘ullam ing  aksariyati  islom  dinini 
qabul  qilib,  tu rk lash g an   b o ‘lsa -d a ,  lek in   u la rn in g   orasida 
o'/.larining urf-odatlariga va budda diniga moyil kishilar yo‘q emas 
edi.  Masalan,  m o‘g‘ul  xoni  Qazag‘on  (1346-1358  y.)  Buxoroda 
butxona ochib, islom diniga rahna yetazishga ochiqdan-ochiq harakat 
qildi.  IJ  ko‘plab  mullalarni  o ‘ldirtirdi va islom  diniga  zid  b o ‘lgan 
xatti-harakatlarni  qildi.  Uning  hukmronligi  davrida  madrasalar, 
maktablar va  masjidlar  xarobaga  aylandi.  Bu  holat  o ‘sha  paytda 
quyidagicha  ifodalangan edi.
Qizil  qon bo ‘lib  mavji to ‘fonlar,
Shahid oid ilark im  aziz jonlar.
Ketub  arbobi  din,  chu  islomdin,
Alar  ichra  tushti  ajab  kibru  kin.
Joloyi  vatan bo ‘ldi  ustodlar,
Din  ahli  xafadur,  kuffor  shodlar.
Kalisoyu  butxonalar  zeb  ilon,
Berib  necha oroyu tartib  ilon,
B o iu b   madrasayu  masjid  xarob,
Musulmon  parishonu  hayron  sob,
Shariat  chirog'i  qolibdur  o ‘chib,
Shariatni  talabi  har  yon  qochib,
M usulmon  barisi  g‘am u  qayg‘udafi.
M o lg ‘u lla r  u z o q   v a q t  d a v o m id a   o g ‘ir  s o liq la r   so lib , 
a h o lin in g   tin k a sin i  q u ritg a n   ed ilar.  A m ir  T e m u r  ajn ab iy  
bosqinchilarning shafqatsiz zulm i va  azob-uqubatlarini  ko ‘rib, 
qanday b o ‘lmasin  o ‘z vatanini  ulardan  ozod qilishga ahd qilgan 
edi.  Buni  “T em u r tu zu k lari”da keltirilgan  m a’lu m o tlar yaqqol 
k o ‘rsatib  tu rib d i.  M o ‘g ‘ul  xoni  Q azag‘on  oMgandan  keyin
h  S alohiddin  T oslikandiy.  T e m u m o m a ,  T o sh k en t,  1991,  106-b.
-
4
= $ »
8
(Т Г ^ с з а с з $ >

M ov aro u n n ah rd a  tarq o q lik   hukm   suradi.  M o ‘g ‘u lla r  yakka 
hokim lik  u chun  o ‘zaro   kurash  olib  bordilar.
1360 yilda Yettisuv va sharqiy Turkiston hokimiyatining tepasida 
tu rg a n   m o ‘g ‘ul  x o n i  T u g ‘lu q   T e m u r  M o v a r o u n n a h r n i 
bo ‘ysundirish  uchun  harbiy yurish boshlanganligi  m a’lum  b o ‘ldi. 
Bu  t o ‘g ‘rida  T e m u r  sh u n d a y   deydi:  “ T u g ‘luq  T em u rx o n  
(sarkardalari)  Bekijak  va  Hojibek  e rk in it7,  Ulug‘  T o ‘qtem ur 
kerayit8  va  Jetening  boshqa  am irlaridan  uch  favj  tuzib,  ularni 
M o v a r o u n n a h r   m a m la k a ti n i  t a l o n - t a r o j   q ilis h   u c h u n  
yuborganligi,  o ‘sha  uch  favj  q o ‘shin  Xuzor9  degan  joyga  kelib 
tushganligi  xabari  m ening  qulog‘imga  yetdi.  Shunda  Tug‘luq 
Temurxonni  borib  qo‘rishdan  ilgari  bu  ochko‘z  amirlami  mol- 
dunyo bilan mahliyo qilib,  Movarounnahr viloyatini qatlu g‘oratdan 
qutqarib  qolishga  qaror  qildim...  Ularning  ko‘zlariga  o ‘xshash 
ko‘ngillari ham to rb o ‘lganligidan, sovg‘a-sovurun10  yo‘sinida ularga 
berilgan  h a r  tu rlik  tan siq   m o llar  k o ‘zlariga  k o ‘p  ko ‘rindi. 
Movarounnahrni bosib olish va talon-taroj qilish niyatidan qaytdilar.
(S h u n d an   so ‘ng)  t o ‘g ‘ri  b o rib   T ugT uq  T e m u rx o n   bilan  
ko‘rishdim.  Xon kelishimni  yaxshilikka yo‘yib,  (saltanat ishlarida) 
m endan  kengash  so‘radi.  K o‘rsatgan  kengashlarimni  to ‘g‘ri  deb 
topib,  hammasini  qabul  qildi.
Shu asnoda Tug‘luq Temurxonga xabar keltirdilarkim,  (yuqorida 
aytilgan)  uch favj  am irlari,  yerlik xalqdan  naqd  pul va sovurunlar 
olib,  ular  bilan  kelishmishlar.  Xon  shu  ondayoq  m ol-m ulk  va 
naqd pullarni  qaytarib  olish  uchun  odam  tayin  qildi  va am irlam i 
b u n d a n   b uy o n   M o v a ro u n n a h rg a   b o ris h la rin i  m a ’n  e td i, 
m a n sa b la rid a n   b o ‘sh a td i.  0 ‘rin la rig a   H oji  M ah m u d sh o h  
Yasavuriyni tayin qildi.
Bu  haqda  am irlar  xabar  to p g ach ,  dushm anlik  bayrog‘ini 
ko‘tarib,  yurtlariga qaytib ketdilar. Yo‘lda xonning devonbegisi va
7 Erkinit — C hig‘atoy ulusining Sharqiy qism i  (M o ‘g‘uliston)da  k o'chib vurgan 
tu rk -m o ‘g ‘ul  qabilalaridan  b irining  nom i.
8  K erayit  —  nufuzli  tu rk -m o ‘g‘ul  qavm laridan  birining  nom i.
9  X uzor  —  O 'r ta   asr  shaharchasi.  H ozirgi  G ‘u z o r  tu m a n i  m arkazi.
10  Sovurun  —  0 ‘rta  asrlarda  p o d shoh  va  xonlar,  u m u m a n ,  oliy  m artabali 
k ish ila r  b ila n   u c h r a s h g a n d a   u la rg a   q ilin a d ig a n   ta n s iq   m o lla rd a n   ib o ra t 
q im m atb a h o   tortiq.

bosh  maslahatchisi bo'lm ish 0 ‘g‘lonxo‘jani  uchratdilar.  Uni ham 
o'zlariga og‘dirib olib,  Jete to m o n  yuzlandilar.
Лупап  shu vaqtdaTug‘luq Tem urxonning  Dashti  Q ipchoqdagi 
amirlari ham  isyon tug‘ini ko‘targani haqida xabar olindi.  Bundan 
xon tashvishga tushdi.  U  men bergan maslahatga ko‘ra Jete tarafga 
(qarab) yo‘l oldi.  Movarounnahmi esa menga qoldirdi va bu xususda 
yorlig‘u  ah d nom a  yozib  berdi.  A m ir  Q arachar  n o ‘yonning" 
M ovarounnahrdagi  tum anini  ham   menga  topshirdi.  M en  butun 
M ovarounnahr  viloyatiga,  to  Jayhun  daryosining  sohillarigacha 
cho'zilgan  yerlarga  hukm ron bo‘ldim.
Davlat va saltanatimning boshlanishida eng awal qilgan kengashim 
shut  bo ‘ldi12 ” .
Ko‘rinib  turibdiki,  Am ir  T em ur  m o ‘g‘ullarni  ochko‘zlikda  va 
bag'ritoshlikda  ayblab,  aholini  ularning  talon-tarojidan  ozod 
qilishni  maqsad qilib qo ‘ygan.  U bilimdonlik va tadbirkorlik bilan 
ish  yuritib,  hokimiyatni vaqtinchalik b o isa-d a,  q o lg a  kiritgan.  U 
bu vaqtda 25 yoshida edi.  Biroq Amir Temurning hokimligi uzoqqa 
cho'zilm adi.  1361  yilda T u g iu q  T em ur M ovarounnahrga q o ‘shin 
to rtib   kelib,  h o k im iy a tn i  A m ir  T e m u rd a n   olib  o ‘z  o ‘g ‘li 
I lyosxo‘jaga berdi. Amir Tem ur esa bosh qo‘m ondonlik vazifasiga 
tayinlandi.  S hundan  keyin  o ‘lkada  m o ‘g ‘ullarning  zulm i  va 
zo‘ravonligi yanada kuchayib ketdi.  Biroq,  Ilyosxo'ja tabiatan ojiz 
bo'lganligi  uchun  tartibsizliklarni  bartaraf qila  olmadi.  Bundan 
qattiq  g‘azablangan  Tem ur  m o ‘g‘ullarning  zo'ravonligiga  qarshi 
chiqib,  ularning jazosini  berdi.  “ M en  g‘olib  kelib,  -  yozgan  edi 
Amir  Tem ur,  -  m azlum larni  zolim lardan  xalos  qildim ” .  Uning 
m o‘g‘ullarga  qarshi  ochiqdan-ochiq qarshi  chiqishi  llyosxo'ja  va 
T u g iu q   Tem urxonning  g‘azabini  uyg‘otdi.  H atto,  u  Tem urni 
yashirincha oid irish  haqida ko‘rsatma berdi.
Bu vaqtga kelib, Amir Temurning mamlakat mustaqilligini tiklash 
liarakati,  aholining  barcha  toifalarining  fikru  zikrini  ifoda  etardi. 
Shuning uchun ular ozodlik kurashida Temurga katta umid bogladilar. 
Buni  yaxshi  anglagan  Tem ur atrofiga sodiq  kishilarni to ‘pladi.
11  Q arac h ar  n o ‘yo n   —  boy  am ir,  A m ir  T em u rn in g   beshinchi  ajdodi.
12  T e m u r  tu zu k lari.  G '.G 'u l o m   n om idagi  A dabiyot  va  s a n ’at  nashriyoti. 
T o sh k en t,  1996,  2 8 -29-betlar.

“ M o v aro u n n ah r  xalqi  m ening  bu  ishim dan  xabar  topishi 
bilanoq,-  deb  yozadi  Tem ur,  -  tezda  (m o‘g‘o ‘llar)  ustiga  hujum 
qilishim kerakligi haqida istak bildirdilar. Chunki ularning qalbi zolim 
m o‘g‘ullar toifasidan butunlay bezgan edi.  M ovarounnahr xalqining 
kattayu  kichigi  m en  bilan  birlashdi.  M am lakatning  ulam o  va 
mashoyixlari esa (m o‘g‘ullar) toifasini yo‘q qilish haqida fatvo yozib 
berdilar.  Bu to ‘g‘rida yozilgan ahdnom a va fatvolarning nusxasi bu 
edi:  “T o ‘g‘ri  yo‘ldan  boruvchi  xalifalar,  Olloh  taolo  ularning 
jamisidan rozi bo‘lsin, tutgan yo‘llariga va qilgan ishlariga muvofiq 
Movarounnahrdagi tam om  ahli islom,  sipohu raiyat13  yoki  ulamoyu 
mashoyix bo‘lsin, Amir Temurga izzatu ikrom  ko‘rsatib,  uni  Amir 
Tem ur qutbi saltanati  oliy deb atasinlar va uni  Ollohning (yerdagi) 
qudrati  —  saltanat  taxtiga  munosib  ko‘rsinlar.  Musulmonlarning 
yer-suvi,  nomusi,  mol-m ulki  ham da  joniga  zulm -sitam   qo ‘lini 
cho‘zgan (m o‘g‘ullar) toifasini d a f qilishda va umuman yo'qotishda 
Temurga  (yordamlashish  uchun)  o ‘z  mol  va jonlarini  (ayamay), 
tirishib harakat qilsinlar.  Biz o ‘z ahdu va'damizga sodiq qolurmiz. 
Agar bergan  ahdu-paym onim izdan  qaytsak,  Ollohning  qudratiyu 
quw ati va yordamidan chiqib,  shayton  qudrati  va yordami  yo‘liga 
kirgan boiaylik.
Bu fatvoni menga ko‘rsatganlaridan keyin jangu jadal bayrog‘ini 
k o ‘tarib,  m o ‘g‘ullar  ustiga  lashkar  tortishga  qaro r  qildim   va 
m azlum lar haqini zolim lardan olib berm oqchi bo ‘ldim.  Lekin bir 
necha  razil  kishilar  bu  sirni  fosh  qilib  qo ‘ydilar” 14.
Binobarin,  Amir  Tem ur  aholining  barcha  toifalari  tom onidan 
ajnabiylarga qarshi kurashning ramzi va sardori sifatida tan olingan 
edi.  Biroq,  A m ir  T em u r  ayrim   kishilarning  xoinligi  va  hali 
vaziyatning yetilmaganligi tufayli Samarqanddan bir to'da safdoshlari 
bilan chiqib ketdi.  Shundan keyin  1361-1365 yillar davomida harbiy 
kuch to ‘plash  maqsadida  turli joylarni  kezib yurdi.  Shuningdek,  u 
Tug‘luq  Temurxon  va  Hyosxo‘janing  ashaddiy  dushmani  m o‘g‘ul 
xoni  Amir  Husayn  bilan  ittifoq  tuzib,  unga  qarshi  kurashdi.  U 
Amir  Husaynning  singlisiga  ham  uylangan  edi.
Har ikki am ir qo‘shinlari  Ilyosxo‘ja askarlariga zarba berib,  uni
13  R aiyat  —  soliq  to ‘lovchi  q o ra  xalq.
14  T e m u r  tu zuklari,  30-31  betlar.

Xo'jandga  chekinishga  m ajbur  etdi.  Biroq,  keyingi  Toshkent  va 
chinoz o ‘rtasidagi “ Loyjangi”da Tem ur va Amir Husayn askarlari 
m agiubiyatga uchratildi.  Shundan keyin ular Balxga jo ‘nadi.
1365 yilda  Ilyosxo‘ja Samarqandga harbiy yurish boshlaydi.  Sabr 
kosasi  toiib-toshgan  shahar  aholisi  bir  yoqadan  bosh  chiqarib, 
ajnabiylaiga qarshi chiqdi. Butarixda Sarbadorlar qo‘zg‘oloni nomida 
ma’lumdir.  Sarbador so‘zi “Bosh dorga” demakdir.  Buning m a’nosi 
shuki, “agar g‘alaba qozonsak, xalqni m o‘g‘ul zulmidan ozod qilgan 
boMamiz, bordiyu magiubiyatga uchrasak, unda dorga osilish uchun 
(ayyormiz,  negaki  azob-uqubatlarga ortiq bardosh berish mumkin 
cm as”.  Sarbadorlar  qo‘zg‘olonida,  asosan,  hunarm andlar,  deh- 
qonlar va boshqa oddiy kishilar qatnashgan.  Bularga ruhoniy va savdo- 
sotiq  vakillari  ham   qo‘shilgan.  Uning  tashabbuskori  va  sardori 
Samarqanddagi  m adrasa  talabasi  Mavlonzoda  hisoblanib,  unga 
hunarm and Abu Bakr Kalaviy va X o‘rdak  Buxoriy singari  shaxslar 
safdosh boiganlar.  0 ‘n ming kishilik qo‘zg‘olonchilar shahar devori 
buz.il ib yotganligiga qaramay, mudofaani judayaxshi tashkil qildilar, 
aholi  nima qoiiga tushsa shu bilan qurollandi.  Shaharda ikki kunlik 
dahshatli janglardan so‘ng, Ilyosxo‘ja askarlari magiubiyatga uchrab 
qochishga  majbur  b o id i.  Bu  uzoq  vaqtlardan  buyon  davom  etib 
kclayotgan  m o‘g‘ullar  hukmronligiga  qaqshatqich  zarba  bergan 
xalqning katta g‘alabasi edi. Bu to‘g‘rida mashhur tarixchi Sharafuddin 
Ali  Yazdiy  shunday  yozgan  edi:  “ Podsholik  qudrati  va  tantanasi 
b o im a g a n   m ard  ah o li  shunday  sanoqsiz  va  x o ir  (m o ‘g‘ul) 
qo'shinlari bilan bas keldi.  Dushmanlaming qarshilikva mudofaalariga 
bardosh tarzda turdilarki, bularning g‘alaba va istilo qo‘llari bu shahar 
aholisining nomus va mollariga tegmadi” .
S a rb a d o rla r  q o ‘zg ‘o lo n i  A m ir  T e m u r  u c h u n   ju d a   qulay 
vaziyatni  yuzaga  keltirdi.  1366  yilda  u  A m ir  H usayn  bilan 
Sam arqand  sh ah ri  yonidagi  Konigilga  o ‘rnashdi.  garch an d , 
Sarbadorlar  am ir  Husaynning  ashaddiy  dushm ani  Ilyosxo‘jani 
yenggan  b o isalar-d a,  lekin  ular,  um um an,  m o‘g‘ullarga  qarshi 
bosh  ko‘targan edilar.  Shu boisdan u Sarbadorlaming boshliqlarini 
aldam chilik bilan qarorgohiga chaqirib, ularni oidirtiradi.
Bundan  vaziyatda  A m ir  Tem urning  Sarbadorlarga  nisbatan 
munosabati  q a n d a y b o ig a n   edi?

Bu masalaga tegishli m a’lumotlar juda oz saqlanganligi uchun u 
haqda  to ia  tushuncha  berishning  iloji  yo‘q.  Shu  narsa  m a’lumki, 
qc  zg'olonchilaming boshlig‘i Mavlonzoda Amir Temurning arala- 
shuvi natijasida o ‘limdan ozod qilingan. Ayrim m a’lumotlaiga ko‘ra, 
M avlonzoda  A m ir  Tem ur  bilan  tanish  b o ‘lib,  ular  o ‘zaro  xat 
orqali aloqada boigan. Hatto, u Amir Temuiga Samarqanddagi ahvol 
haqida  xabar  berib  tuigan.  Bu  Temurning  aslida  Sarbadorlarga 
xayrihoxligini  bildiradi.  Biroq,  u  A m ir  H usayn  bilan  aloqasi 
buzilishini hisobga olib, uning hatti-harakatiga ochiq qarshilik ko‘rsata 
olmagan bo‘isa kerak. Chunki, Amir Husayn yetarli kuchga ega edi. 
Amir Temurning Sarbadorlaiga xayrixohligini Erondagi Sarbadorlar 
bilan  aloqasi  ham   tasdiqlaydi.  Sarbadorlar  harakati  aw alo  1337 
yilda  Eronda  yuzaga  kelib,  ular  hokimiyatni  q o ig a   olgan  edi. 
Sarbadorlaming  davlati  1387  yilgacha,  ya’ni  50  yil  davom  etgan. 
0 ‘rta  asr  muallifi  N osir  Buxoriy  o ‘z  asarida  Sarbadorlam ing 
hukmdori Xo‘ja Ali  Muayyadning Amir Tem ur davlati bilan aloqasi 
haqida yozgan:  AU  Muayyad  Sarbadorlar mamlakatini ziyod qildi, 
Q o‘histon,  Tabs  va  Kilikini  bosib  oldi  va  D om og‘ondan  to  
Saraxsgacha (bo‘lgan yerlami) o ‘zining tasarm f tutamiga kiritdi.
All  Mm ivyad  o ‘zining  hukmdorligi  davrida  ulug‘  am ir,  buyuk 
Sohibqiron Tem ur Ko‘ragon janoblar bilan ham jihat va sadoqatli 
do’st ham da xushmuomalada bo‘ldi.
X o‘ja Ali  (Muayyad) bir nencha bor Am ir Vali bilan to ‘qnashdi 
va ularning (bir-biriga) dushmanligi nihoyat kuchayib ketdi. Amir 
Vaii  sabzavor  shahrini  qam al  qildi  va  X o‘ja   Ali  M uayyad  ulug‘ 
Amir Tem ur Ko‘ragondan yordam,  madad  so‘radi va Totu nomli 
kishini  Samarqandga  Sohibqiron  huzuriga  yubordi.  T o ‘rt  oydan 
so  ng  buyuk  sohibqiron  Am ir  Tem ur  Xurosonga  lashkar  tortdi. 
Xo j'a  All  Muayyad  Saraxsga  ulug‘  Amir  Tem ur  K o‘ragonning 
istiqboliga bordi.  Sultonlik  m arham atiga  m usharraf b o ‘ldi.  Ulug‘ 
amir Temumin... unga sadoqati voqe’ bo id i va (Xo‘ja Ali Muayyad) 
Xuroson rr.amlakatini Amir Tem urning tasarrufiga topshirdi.  0 ‘zi 
Sohibqircnning mulozamatiga mashg‘ul b o id i” 15.
Bayon etilgan satrlar va Samarqandda Mavlonzodaning oiim d an  
quiqarilishi,  ayrim  mualliflarning  Am ir  T em ur  Sarbadorlam ing
15  Axm edov  B.  “ D avlatshoh  S am arq an d iy ” .  Т .,  “ F a n ” ,  1967,  45-b.

• ishaddiy  dushm ani  edi,  deb  ko‘rsatishi  haqiqatdan  uzoqdir. 
M cnim cha,  bu  masalani  Ibrohim   M o‘minov  t o 'g i i   yoritgan: 
“ Mo'g'ul zulmi asoratiga qarshi kurash va Movarounnahrda mustaqil 
davlat  tuzish uchun olib borilgan harakatlar Sarbadorlarning ayrim 
rahbarlarini,  birinchi  navbatda,  ularning  ilhomchisi  Mavlonzoda 
va Temurni bir-birlariga yaqinlashtirgan,  ko‘makdosh etgan; xuddi 
sliu  sababdan  sarbadorlar boshliqlari  Tem ur faoliyatining,  asosan, 
birinchi davrida yuqoridagi maqsadni amalga oshirish uchun Temurni 
q o'llab-quvvatlaganlar,  unga  yordam   berganlar.  Sarbadorlar 
ilhomchisi  M avlonzodaningtaqdiri ham juda qiziqarlidir.16 ”
Navoiyning zamondoshi m ashhur tarixchi Xondam ir Sarbador- 
larning  boshliqlari  M avlonzoda,  X o‘rdak  Buxoriy  va  Abu  Bakr 
Kalaviy  Sam arqand  ahlini  o ‘z tom onlariga  olib,  bayroq  ko‘tarib, 
lashkar  (m o‘g4illar)ga  qarshi  chiqib,  shaharni  m azkur  am ir  va 
ha/rati  Sohibqiron  uchun  saqladilar,  deb  qayd  qilgan.
Dcmak,  Sarbadorlar Amir Tem ur bilan  kelishilgan  holda  va  uni 
taxtga  o‘tkazish  maqsadida kurashga otlangan  edilar,  deyishga  asos 
bor.  Shuning  uchun  ham   ularning  bosh  rahbari  Mavlonzoda 
Suinarqandiy Sohibqiron tomonidan o‘limdan saqlanib qolingan edi.
1366-1370 yillar ichida Amir Tem ur va Amir Husayn o ‘rtasidagi 
m unosabat  sirtdan  qaraganda  yaxshi  b o ‘lsa-da,  am alda  Amir 
Husayn Temurning mavqei borgan sari oshib borayotganini  к о 'rib, 
ich-ichidan kuyib,  uni qanday bo‘lmasin yo‘qotishga  harakat qildi. 
“Amir  Huasayn,  - deydi  Sohibqiron,  - men qo ig a  kiritgan g‘alaba 
va  yutuqlarim ni  ko'rolm ay,  hasad  ichini  kem irib,  menga  va 
haramimdagi  o ‘z  singlisiga  ko‘p  ozor  berdi.  U  Movarounnahrni 
mendan  tortib  olishga,  meni  (esa)  oldirib,  taxtga  o ‘zi  o‘tirishga 
bel bog‘lagan edi. 0 ‘rtamizda necha bor urushlar bo'lib o'tgan bolsa- 
da,  barchasida  yengildi.  Uning  adolatsizligi,  insofsizligi  haddidan 
oshgan,  meni yengishi va o ‘ldirishiga oz qolgan vaqt  ham bo‘ldi” 17
Shunga  qaram ay,  T em ur  qarindoshlikning  hurm atini  qilib, 
Amir  Husaynga  Balx bilan  Hisor viloyatlarini  berdi.  Biroq,  Amir 
Husayn  Balxda  kuch  to ‘plab  Am ir  Temurga  qarshi  jang  qilish
16  M o ’m inov  I.  “ A m ir  T em u rn in g   0 ‘rta  osiyo  tarixida  tu tg a n   o ‘m i  va  roli” . 
T o sh k en t,  1998,  ll- b .
17  T em u r  tu zuklari,  52-53-betlar.

yo‘lini  tutdi.  Shu boisdan  1370  yilda A m ir T em ur  BaLxga  hujum  
qilib g‘alabaga erishdi va Am ir Husayi o ‘ldirildi.
0 ‘sha yili  10 aprelda Balxda o ‘tkazilgan qurultoyda Amir Tem ur 
mamlakatning yagona hukmdori, deb e ’lon qilindi.  U Shahrisabzdan 
Samarqandga kelib shahar devorini, harbiy istehkomni va hukumat 
saroyini  qurishga  kirishdi.  Shu  ravishda  S am arqand  T em u r 
davlatining poytaxtiga aylantirildi. Amir Temur nihoyatda bilimdonlik 
va tadbirkorlik bilan ichki va tashqi siyosatni amalga oshirib bordi.
X o‘sh,  A m ir  T em u rn in g   tarixiy  shaxs  sifatida  xizm atlari 
nim adan  iborat bo ‘lgan?
Birinchidan, Amir Temurning beqiyos katta xizmatlari shundaki, 
u xalq om masining uzoq vaqtlardan buyon chet el  hukmronligiga 
qarshi  kurashini  nihoyasiga  yetkazib,  mustaqil  davlat barpo  etdi. 
Natijada  150 yildan buyon davom etib kelayotgan  m o‘g‘ullaming 
zulmi  va talon-taroji ildizi bilan qo‘porib tashlandi.  Shuningdek, 
Amir  Tem ur  m am lakatning  moddiy  va  m a’naviy  hayotiga  katta 
ziyon keltirayotgan o ‘zaro qonli urushlarni tugatib,  markazlashgan 
davlatni  yuzaga  keltirdi.  Shuni  alohida  ta ’kidlab  o ‘tish  lozimki, 
A m ir  T em ur  m am lakatni  qon u n   asosida  boshqardi.  «Davlat 
ishlarini,  - deydi u,  - saltanat qonun-qoidalariga asoslangan holda 
boshqardim.  T o‘ra va tuzukka tayanib,  saltanatda o ‘z m artaba va 
m aqom im ni  m ustahkam   saqlab turdim »18.
Bunday tartibda ish yuritish tarixda kam dan-kam   uchraydigan 
hodisadir.
Ayni  paytda,  Sohibqiron  ichki  va  tashqi  siyosatni  kengash 
a ’zolari  bilan  maslahatlashgan  holda olib borgan.  «Наг bir ishni,
-  deydi  u,  -  qilishga  kirishar  ekanm an,  a w a l  obdon  o ‘ylab, 
(amirlarim  bilan)  kengashdim.  M aslahatchilar  va  kengash  ahli 
yig‘ilganda  oldimizdagi  ishlarning  yaxshi-yomon,  foydayu  ziyon 
tom onlari,  ularni  qilish-qilmaslik  haqida  so‘z  ochib,  (ulardan) 
fikr  so‘rar  edim.  Ularning  so‘zlarini  eshitgach,  ishning  har  ikki 
to m o n in i  m ushohada  qilib,  fo y d a-ziy o n larin i  k o ‘nglim dan 
kechirardim;  uning xatarli tomonlariga ko‘proq e ’tibor nazari bilan 
q a ra rd im ;  qaysi  b ir  ish d a  ikki  x a ta r  m avjud  b o ‘lsa,  uni 
(bajarishdan) voz kechardim va bir xatarlik ishni ixtiyor etardim...
18  O 'shajoyda,  69-b.

Ishlarimning  barisida  aw al  kengash-m aslahat  qo ‘lladim,  ishni 
bajarishga  kirishar  ekanm an,  oldindan  chora-tadbirlar  belgilab 
i|o‘yurdim.  Hamda bu ish qanday yakunlanishi haqida fikr-mulohaza 
qilgan  holda  ish boshlardim ; so‘ngra,  kezi kclganda, to ‘g‘ri tadbir 
va q at’iyjazm , yoxud mulohazakorlik va ehtiyotkorlik yoki  uzoqni 
к о 'rib,  ortini  o'ylagan  holda,  uni  (ko‘ngildagidek)  nihoyasiga 
yctkazardim ...  S ipo h n i  ikkilantiradigan  (turum siz)  kengashni 
eshilishdan saqlanardim.  Kengash ahlidan kimki  kuyinib maslahat 
bersa, quloq solardim, lekin kimki oqilona gaplarni erlarcha keskinlik 
bilan  so'zlasa,  uni  diqqat bilan tinglardim .  Har kimdan  so‘z olib, 
kengash  so 'rar edim.  Lekin  aytilgan  h ar bir  m aslahatning  yaxshi 
va  yomon taraflari haqida o'ylab ko'rgach, to ‘g‘ri va savoblirog'ini 
ta n la b   o l a r d im » 19.  A m ir  T e m u r  m a n sa b d o r  sh ax slarn in g  
xususiyatlari  va  burchlarini  ko‘rsatuvchi  qoidalarni  ham   yaratdi. 
(  hunki  u  hokimiyatning mustahkamligi va faoliyatining samarali 
bo'lishida ma'muriyat vakillarining tutgan o'rinlari kattaligini yaxshi 
bilardi.  U, ayniqsa, vazir va lashkarboshi  mansablariga  zo‘r e ’tibor 
berdi.  Uning  ko 'rsatish ich a,  vazir  aql-farosatli,  sabr-toqatli, 
(inchliksevar va qo'shinga g‘am xo‘r bo'lishi  kerak.  Uning so'zicha: 
«Kamolatga  erishgan  vazir ulkim,  davlat  muomalalarini  tartibga 
kellirib,  mulkiy  va  moliyaviy  ishlarni  to ‘g‘rilik  bilan,  asli-nasli 
tozaligini  ko'rsatib,  ajoyib  tarzda  bajaradi.  Olgulik joyidan  olib, 
bcrgulik yerga beradi.  Ruxsat etuvchi va ta ’qiqlovchi buyruqlarida 
uning asilligi  va toza  naslligi  ko‘rinib tursin.  Dushm anlik va jabr- 
zulm qilmaydi.Xoh  sipohdan,  xoh  raiyatdan bo lsin ,  har  kimning 
nom ini  yaxshi  so ‘zlar  bilan  tilga  oladi.  Birovdan  yom onlik 
axtarmaydi,  aytsalar eshitmaydi. Agar birovdan yomonlik  ko‘rgan 
b o ‘lsa,  unga  nisbatan  shunday  m uom ala  qiladiki,  u  (oxiri) 
yomonligidan  qaytadi.  0 ‘ziga  yom onlik  qilgan  odamga  nisbatan 
shunday  yaxshilik  qiladiki,  (oxiri)  oldiga  bosh  egib  keladi.  Qaysi 
vazir  g'iybat  gaplarni  aytsa,  uydirm a  gaplarga  quloq  solsa,  jabr- 
/ulm   qilsa,  o ‘ziga  yoqmagan  kishilarni  yo‘qotish  payiga  tushsa. 
uni  vazirlikdan tushirish lozim.  Nasliyu zoti  nast,  hasadchi, gina- 
kck  saqlovchi,  qora  ko‘ngilli  kishilarga  zinhor  vazirlik  lavozimi 
berilmasin.  Buzuqi,  qora  ko‘ngilli,  zoti  past  odam  vazirlik  qilsa,
14 O 'sha joyda, 25-27-betlar.

davlatu saltanat tez orada qulaydi... Tajribali, ishbilarmon va bilimdon 
vazir  shunday bo‘ladiki,  mamlakat obodonhgini,  raiyat vasipohning 
tinch-farovonligini,  xazina  boyligini  doim  ko‘zda  tutadi.  Davlat, 
saltanatga foyda keltiradigan ishlarini bajarishga tirishib, harakat qiladi. 
Saltanatga zarar yetkazadigan xatarli  ishlami bartaraf qilishda  molu 
jonini  ayamaydi. Sipohu  raiyatg‘ategishli  muhim  ishlami  yaxshilik 
yo‘li bilan, to ‘g‘ri tadbir ishlatib, amalga oshiradi. Yaxshi xulqli vazir 
shulki,  uning ezgu ishlari  yomon  fe’li atvoridan  ustunlik qiladi»20.
Amir  Tem ur  harbiy  taktika  va  strategiyani  takomillashtirib. 
Q o‘shinning jangovarligini ta ’minlashni bir daqiqa ham unutm adi. 
U  o ‘z  lashkarboshilariga  va  askarlariga  nihoyatda  g‘am xo‘r   va 
m ehribon b o ‘lib, ulardan hech  narsani ayamadi.  N atijada,  harbiy 
qurollari takomillashgan va o ‘z vataniga sodiq qudratli milliy qo‘shin 
yuzaga  kelgan.  Shunisi  diqqatga  sazovorki,  bu  q o ‘shin  A m ir 
T e m u rn in g   35  yillik  h u k m ro n lik   d av rid a  b iro r  m a ro ta b a  
m agiubiyatga uchramaydi.  Bu holat uning m ashhur lashkarboshi 
sifatida dong‘ini olamga taratib, dushmanlarni larzaga soldi.
«Amirlarimvasipohiylarimni,  - deb yozadi Amir  Temur,  -m artaba 
va  unvonlar,  oltin-kumush bilan  xushnud etdim.  Bazmlarda  ularga 
(o‘z  yonimdan)  o‘rin  berdim,  shuning  uchun  janglarda  jonlarini 
fido qildilar.  Dirham va dinorlami ulardan darig‘ tutmadim.  Ularning 
yumushlarini  yengillashtirish  uchun  m ehnatu  m ashaqqatlarini 
o'zim ga oldim  vaulam i  tarbiyat  qildim. Amirlar,  sipohsolorlar, 
bahodirlar bilan  ittifoq  bo£lib,  ularning  mardligu  mardonavorligiga 
tayanib,  shamshir  zarbi  bilan  yigirma  yetti  podshohning  taxtnin 
egalladim.  Turon,  Eron,  Rum,  Mag‘rib,  Shorn,  Misr,  ikki  Iroq, 
Mozandaron,  Gilon,  Shirvon,  Ozarbayjon,  Fors,  Xuroson,  Jete 
D a sh ti,  Q ip c h o q   D a sh ti,  X o razm ,  X o ‘ta n ,  Q o b u listo n , 
Boxtarzamin va Hindistonga podshoh b o iib , hukm surdim21 ”.
Shunday  qilib,  A m ir  T em ur  dunyoni  lol  qoldirgan  qudratli 
saltanatni tashkil etgan edi.



Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling