Hamkorlik pedagogikasining tarixi va metodlari omonova Gullola Ulug’murod qizi


Sh.A.Amonashvilining inson-shaxs texnologiyasi


Download 23.88 Kb.
bet2/2
Sana14.02.2023
Hajmi23.88 Kb.
#1198076
1   2
Bog'liq
HAMKORLIK PEDAGOGIKASINING TARIXI VA METODLARI

Sh.A.Amonashvilining inson-shaxs texnologiyasi.

Shalva Aleksandrovich Amonashvili taniqli pedagog olim va amaliyotchidir. U o‘zining eksperimental maktabida hamkorlik pedagogikasini, shaxsiy yondashuvni, til va matematika o‘qitishning ajoyib metodikasini ishlab chiqdi va hayotga tatbiq etdi.


Sh.A. Amonashvilining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
- bolaning shaxsiy xislatlarini namoyon qilish orqali unda olijanob insonning shakllanishi, rivojlanishi va tarbiyalanishiga imkon yaratmoq, bolaning qalbi va yuragini ulug‘lamoq;

  • boladagi bilishga bo‘lgan kuchlarni rivojlantirish va shakllantirish;

  • keng va chuqur bilim hamda malaka olish uchun sharoit tug‘dirmoq;

  • ideal tarbiya – bu o‘z-o‘zini tarbiyalamoq.

Sh.A. Amonashvili o‘zining texnologiyasini amalga oshirish uchun quyidagi metodika va metodik usullardan foydalandi:
- insonparvarlik;

  • shaxsiy yondashuv;

  • muloqot mahorati;

  • oila pedagogikasining qo‘shimcha imkoniyati;

  • o‘quv faoliyati.

Sh.A.Amonashvili texnologiyasida bola faoliyatini baholash alohida ahamiyatga ega. Baholardan foydalanish o‘ta cheklangan. Miqdoriy baholashdan ko‘ra sifatli baholashga urg‘u beriladi, ya’ni tavsif, natijalar paketi, o‘z-o‘zini baholash.

Bu texnologiyani Viktor Fedorovich Shatalov ishlab chiqdi va hayotga joriy qildi. U o‘qitishning an’anaviy sinf-dars usulining hali ochilmagan katta imkoniyatlarini ko‘rsatib berdi.

V.F. Shatalovning maqsad-mo‘ljali:



  1. bilim, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirish;

  2. har qanday individual xususiyatlarga ega bo‘lgan barcha bolalarni o‘qitish;

  3. o‘qitishni tezlashtirish.

  4. materiallar katta hajmda kiritiladi;

  5. materiallar bloklar bo‘yicha joylashtiriladi;

  6. o‘quv materiali tayanch asosida yaratiladi.

Tamoyillar:


  • sxema – konspekt ko‘rinishida rasmiylashtiriladi. ko‘p marta takrorlash, majburiy bosqichma-bosqich nazorat, qiyinchilikning yuqori darajasi, katta bloklarda o‘rganish, faoliyatning dinamik qolipi, xatti-harakatning tayanchi, mo‘ljaldagi asosini qo‘llash;
  • shaxsni ko‘zda tutish asosida yondashuv;


  • insonparvarlik;


  • zo‘rlab o‘qitmaslik;


  • o‘quv vaziyatlarining konfliktsizligi, har bir o‘quvchining muvaffaqiyatlaridan boxabarlik, tuzatish (yo‘lga solish), o‘sish, yutuqlarga istiqbolni ochish;


  • o‘qitish va tarbiyani bog‘lash.



Yuqorida ishlab chiqilgan tamoyillar va metodlar bolalarga har tomonlama chuqur bilim egallashlari uchun sharoit yaratish uchun hisoblanadi. Bolalarni hamkorlikda o’qitish ularda mustaqillikni, qat’iyatni tarbiyalaydi. O’zlariga bo’lgan ishonchni orttiradi, guruhda, jamoada ishlashni shakllantiradi va eng muhimi yurtimiz kelajagiga o’z hissasini qo’sha oladigan avlodni tarbiyalashga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:



  1. Prezident Sh. Mirziyoevning PF-5198-sonli “Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni

  2. Prezident Sh. Mirziyoevning PQ-4312-sonli “Oʼzbekiston Respublikasi maktabgacha taʼlim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʼgʼrisida”gi qarori.

  3. “Ilk qadam” Davlat o’quv dasturi.

  4. http://www.pedagog.uz/

5. http://www.ziyonet.uz
Download 23.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling