Hamkorlik shartnomasi №


Tomonlar o‘rtasida paydo bo‘ladigan nizolar belgilangan qonuniy tartibda hal etiladi. 4.4


Download 47.34 Kb.
bet4/5
Sana13.11.2023
Hajmi47.34 Kb.
#1770194
1   2   3   4   5
Bog'liq
шартнома уч томонлама 2023 алохида

4.3. Tomonlar o‘rtasida paydo bo‘ladigan nizolar belgilangan qonuniy tartibda hal etiladi.
4.4. Shartnomadagi barcha bandlar uni imzolagan kundan boshlab, yuridik kuchga ega bo‘ladi.


V. FORS – MAJOR VA JAVOBGARLIKDAN OZOD ETISH:
5.1. Taraflardan biri shartnomani engib bo‘lmaydigan kuch, ya’ni favqulodda va muayyan sharoitlarda oldini olib bo‘lmaydigan vaziyatlar (zilzila, qurg‘oqchilik, suv toshqini, yong‘in, sel, do‘l, jala va boshqa tabiiy ofatlar) (fors-major) tufayli bajarmagan yoki lozim darajada bajarmaganligini isbotlasa, javobgar bo‘lmaydi.
5.2. Shartnoma bajarilishini bir tomonlama rad etishga yoki shartnoma shartlarini bir tomonlama o‘zgartirishga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun hujjatlarda belgilangan hollar bundan istisno.


VI. NIZOLARNI HAL QILISH TARTIBI:
6.1. Mazkur shartnomani bajarishda yuzaga keladigan nizolar va kelishmovchiliklar taraflar o‘rtasida imkon qadar muzokaralar yo‘li bilan hal qilinadi.
6.2. Taraflarning kelishuvi bilan hal qilib bo‘lmaydigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xo‘jalik sudi orqali hal qilinadi.
VII. SHARTNOMAGA O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TARTIBI
7.1. Ushbu shartnomaga kiritilgan barcha o‘zgartirish va qo‘shimchalar faqat ikkala taraf tomonidan yozma ravishda tuzilib, imzo qo‘yilgandan keyingina yuridik kuchga ega bo‘ladi.
7.2. Shartnomani taraflarning o‘zaro kelishuviga asosan yoki O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga hamda amaldagi qonun hujjatlari normalariga binoan keltirilgan zararni to‘lagan holda muddatidan ilgari bekor qilishi mumkin.
VIII. BOSHQA HOLATLAR
8.1. Ushbu shartnoma ikkala taraf uchun bir xil yuridik kuchga ega bo‘lib ikki nusxada tuzilgan.
8.2. Taraflarning boshqa talablari: ________________________________________
8.3. Shartnomaga ilova: ___________________________________________________



Download 47.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling