Hamkorlikni kengaytirish zarur


Download 25 Kb.
Sana31.01.2023
Hajmi25 Kb.
#1142898
Bog'liq
Hamkorlikni kengaytirish zarur

Hamkorlikni kengaytirish zarur


Опубликовано Элдор Хасанов Siyosat
Aprel 29, 2009
Farg‘ona viloyati Beshariq tumanidagi ijtimoiy-iqtisodiyot kasb-hunar kollejida Adliya vazirligi tomonidan “Odam savdosiga qarshi kurashish – davr talabi” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi. Unda mazkur vazirlik xodimlari, huquqshunos mutaxassislar, talaba va o‘quvchi yoshlar ishtirok etdi.
Keyingi vaqtda odam savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar dunyo hamjamiyatini jiddiy tashvishga solmoqda. Mamlakatimizda bu illatga qarshi kurashish borasida mustahkam qonunchilik asosi yaratilgan. Ammo ayrim hamyurtlarimiz o‘z huquqlarini yaxshi bilmasligi, sodda va ishonuvchanligi natijasida odam savdosi qurboniga aylanmoqda.
Mazkur davra suhbati bu boradagi qonun xujjatlarining mohiyatini aholining barcha qatlamlariga yetkazish maqsadida tashkil qilindi.
Tadbirda Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i A.Madolimov, Adliya vazirligi axborot xizmati mutaxassisi A.Nodirov, Toshkent davlat yuridik instituti o‘qituvchisi U.Husainov va boshqalar yurtimizda odam savdosiga qarshi kurash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, qonun ustuvorligiga erishish yo‘lida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar borasida fikr yuritdilar.
Muloqot ishtirokchilari odam savdosiga qarshi kurash ishlarida huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan bir qatorda mahallalar, ta’lim-tarbiya muassasalari, mehnat jamoalarining o‘rni katta ekani, bu boradagi hamkorlikni yanada kengaytirish zarurligini ta’kidladilar.
Download 25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling