Hamma suyuqliklar turli darajada o’zaro eriydi. Biroq eruvchanlik shu darajada farqlanadiki, unga qarab sistemalarni bir nechta guruhga bo’lish mumkin


Download 43.4 Kb.
Sana13.04.2023
Hajmi43.4 Kb.
#1352303
Bog'liq
4 лекция Uch komponentli sistemalar Uch komponentli sistemalar


V.13. Suyuq fazada chekli eruvchan sistemalar.
Murakkab holat diagrammalari
Hamma suyuqliklar turli darajada o’zaro eriydi. Biroq eruvchanlik shu darajada farqlanadiki, unga qarab sistemalarni bir nechta guruhga bo’lish mumkin:
1. Bir-birida deyarli erimaydigan suyuqliklar: benzol-suv, simob-suv.
2. Cheklangan miqdorda o’zaro eruvchi suyuqliklar: anilinsuv, metil spirti-geksan, suv-efir-qahrabo kislotasi nitrili, benzolbromoform-chumoli kislota, suv-atseton-ksilol.
3. Bir-birida cheksiz eruvchi suyuqliklar: metil spirti-suv, benzol-xloroform, benzol-xloroform-uglerod to’rt xlorid, 4200C dan yuqorida Bi–Cd–Zn.
Termik analizda ko’rilgan qattiq qotishmalarning hammasi suyuq fazada o’zaro cheksiz eriydi. Suyuqliklar esa, suyuq fazada ham chekli eruvchanlikka ega bo’lishi mumkin. Quyidagi diagrammalar bunga misol bo’la oladi.
Suv-anilin sistemasini ko’rib chiqamiz. V.18-rasmda suv-anilin sistemasining holat diagrammasi keltirilgan. Ushbu rasmdagi AB egrisi suv qavatining tarkibini T ga bog’liqligini, BС egrisi esa anilin qavatining T ga bog’liqligini ko’rsatadi. a1 a2 va b1b2 –konnoda chiziqlari bo’lib, muvozanatdagi qavatlarning fugurativ nuqtalarini birlashtiradi.
B nuqtada ikkala qavatning tarkibi bir xil bo’ladi (440,6K), undan yuqori haroratda suyuqliklar cheksiz eriydi: Tk – erishning yuqori kritik harorati (EYuKH) deyiladi. Demak, harorat ortishi bilan eruvchanlik ortib boradi. ABC egrisidan yuqorida faqat suyuq soha mavjud bo’ladi. ABC egrining ichida fazalarning qavatlanishi kuzatiladi, ya‟ni suv anilin bilan o’zaro aralashmaydi.

V.18-rasm. Suv-anilin sistemasining holat diagrammasi
252

V.19-rasm. Suv-nikotin sistemasining holat diagrammasi
a0 nuqtada sistema 2 ta qavatga ajraladi: a1 va a2 tarkibli aralashmalar hosil bo’ladi va fazalar soni Ф=2, erkinlik darajasi F=k–Ф+1=2–2+1=1 ga teng bo’ladi.
Agar suyuqliklarning o’zaro erishi past haroratlarda ham cheklangan bo’lsa va erishning ushbu harorati minimumdan o’tsa, quyi kritik harorat (EQKH) deyiladi:
Suv-nikotin sistemasi (V.19-rasm) chekli eruvchanlikka ega bo’lib, haroratlarning 330-450 K oralig’idan tashqaridagina ularning o’zaro erishi kuzatiladi.
Erishning yuqori kritik haroratida fazalarning o’zaro erish jarayoni issiqlik yutilishi bilan boradi. Erishning quyi kritik haroratida esa, o’zaro erish jarayoni ekzotermik jarayondir.
Download 43.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling