Hamma uchun


Download 17.28 Kb.
Sana29.10.2023
Hajmi17.28 Kb.
#1732661
Bog'liq
HAMMA UCHUN 15.10.2023


HAMMA UCHUN 15.10.2023

JASUR: Assalomu alaykum, bizlarni hafta mobaynida intizorlik bilan kutgan muhtaram teletomoshabinlar.


YULDUZ: Assalomu alaykum, “Hamma uchun” dasturining aziz muxlislari.
JASUR: Sizlar bilan oynayi jahon orqali yana diydorlashib turganimizdan nihoyat-da shodmiz.
YULDUZ: Bugun 15-oktabr. Hash-pash deguncha kuz faslining yarmi o‘tib ketibdi. Vaqt oqar daryo deya bejizga aytilmas ekan.
JASUR: Vaqtni mazmunli o‘tkazish uchun esa, avvalo, kitob mutolaa qilish zarur. Zotan, kitob inson tafakkurini charxlaydi, unga ma’naviy ozuqa beradi.
YULDUZ: Bugungi kunda, ayniqsa, kitob o‘qish masalasi juda dolzarb hisoblanadi. Hozirgi tezkor zamonda kishilar qanchalik kitobga, adabiyotga vaqt ajrata olyaptilar?
JASUR: Yulduzxon, keling savolni boshqacha qo‘yaylik. Ayni paytda o‘quvchi yoshlarni adabiyotga qiziqtirish uchun maktablarda qanday ishlar amalga oshirilmoqda, mutolaa madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladigan qanaqa dasturlar yaratilgan? Zero, bugun biz yoshlarga o‘qishni o‘rgata olsak, ertaga ular butun millatga ziyo ulashadilar.
YULDUZ: To‘g‘ri aytasiz, Jasur aka. Shu maqsadda biz studiyamizga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti univeristeti katta o‘qituvchisi Maxfuza To‘ychiyevani taklif etganmiz.

SUHBAT

JASUR: Aziz, teletomoshabinlar biz esa dasturimizni davom ettiramiz. Bilamizki, yurtimiz qadimdan she’r ahliga boy. Bu ulug‘ tuproqda voya yetgan shoir va yozuvchilarni sanab adog‘iga yetib bo‘lmaydi. Ammo bir jihati borki, ulardan ba’zilarini muntazam o‘qib-o‘rganamiz, ba’zilaridan esa umuman bexabarmiz, yoki yuzaki ma’lumotga egamiz, xolos.


YULDUZ: Ushbu lavhamiz orqali esa ulug‘ falsafiy shoir Poshshoxoja ibn Abdulvahobxojaning “Gulzor” va “Miftoh ul-adl” asarlarining yaratilish tarixi haqida ma’lumot beramiz.
JASUR: Marhamat.

BIR ASAR TARIXI

YULDUZ: Jasur aka, bilasizmi, balki, tarixda o‘tgan ko‘plab ijodkorlarimiz hayoti va ijodi borasidagi tadqiqotlarning kamligiga o‘sha davrdagi siyosiy va ijtimoiy vaziyatlar ham sabab bo‘lsa kerak. Qo‘lyozma nusxalari, ehtimol, yaqin yillardagina fanga ma’lum bo‘lgandir.


JASUR: Albatta, moziyga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bundan bir necha asr avval mavjud bo‘lgan xonliklarda toj-u taxt talashishlar va o‘zaro hudud da’volari ham bor edi. Bir-biriga qarindosh bo‘lgan sulolalarning o‘zaro ziddiyatlari ko‘pincha oddiy xalq boshiga katta musibatlarni keltirgan.
YULDUZ: Ana shunday ziddiyatli holatlardan biri Xiva shayboniylari va Buxoro Ashtarxoniylari o‘rtasida sodir bo‘lgan. Buxoro va Xiva xonliklari orasidagi siyosiy munosabatlar haqida navbatdagi lavhamiz.
JASUR: Marhamat!

ASHTARXONIYLAR

JASUR: Yulduzxon, hech sirkka tomoshaga tushganmisiz. Muhit o‘zgacha-a baribir.


YULDUZ: Yoshligimda ko‘p tushardim? Nimasini aytasiz. Menga ayniqsa ot ustida chopish sahnasi ko‘proq yoqardi. Yugurib ketayotgan ot ustida amalga oshadigan harakatlar sirli va zavqli tuyulardi doim.
JASUR: Ana shu ot ustidagi mahorat – chavandozlik san’ati bir inson nomi bilan bog‘lik. Kuni kecha birinchi o‘zbek chavandozi, Respublika estrada va sirk kolleji asoschisi Karim Zaripov tavalludining 130 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston davlat sirkida katta tadbir tashkil etildi. Navbatdagi lavhamiz shu haqida.
YULDUZ: Qani ketdik

SIRK

YULDUZ: Azizlar, dasturimiz davom etadi.


JASUR: Yulduzxon, bilasizmi hozir nimani o‘ylayapman..
YULDUZ: Yo‘q, qani nimani o‘ylayapsiz ekan.
JASUR: Biz bugun foydalanayotgan narsalarning barchasi aslida kimningdir ixtirosi, mehnat mahsuli hisoblanadi. Nuqul o‘tmishda qilingan kashfiyotlar haqida gapiramiz-u ayni paytda amalga oshirilayotgan tadqiqotlar to‘g‘risida so‘z yuritmaymiz.
YULDUZ: Judayam o‘rinli gapirdingiz. Biz aynan shu mavzuda bugun bir lavha tayyorlaganmiz. Hozirgi lavhamiz yosh bo‘lishiga qaramasdan ko‘plab ilmiy tadqiqotlar qilayotgan talaba qiz haqida.
JASUR: Qani ko‘ramiz.

FAOLIYAT.

NEYTRAL

JASUR: Muhtaram muxlislar, ko‘rsatuvimizga ajratilgan vaqt ham tobora nihoyalab bormoqda. O‘zbekiston tarixi telekanali siz uchun qiziqarli ko‘rsatuvlar tayyorlashda davom etadi. Bizdan yiroqlashmang.


YULDUZ: Navbatdagi dasturlarimizda diydorlashgunga qadar omon bo‘ling, azizlar.
Download 17.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling