Laboratoriya tashxisi. Infeksiyaga tashxis qo'yish uchun yiring, yara yuzasidagi ajralma, anginada murtak ustidagi shilliq parda, qon, peshob, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqalar tekshiriladi. Bemordan olingan materialdan surtma tayyorlanib, Gram usulida bo'yaladi va mikroskop ostida ko'riladi. Bakteriologik tashxisda tekshirilishi lozim bo'lgan materialni qonli agarga, sepsisga gumon qilinganda qonni qandli bulonga ekib, kulturasi olinadi va identifikatsiya qilinadi. Bakteriyaning virulentlik xususiyati quyonning terisi orasiga uning sof kulturasini yuborish yo'li bilan aniqlanadi (biologik usul). Streptokokklarning qaysi guruhga mansubligi esa (serologik variantlari) maxsus fluoressent zardob yordamida o'rganiladi. Streptokokkli kasalliklarga tashxis qo'yishda yana bemorning qoni va peshobidagi antigenlar streptokokk immun zardoblari bilan pretsipitatsiya reaksiyalari yordamida topiladi. Bundan tashqari, O - streptolizin, antigialuronidaza va dezoksiribonukleazalar ham aniqlanadi.
Қоқшолнинг патогенези ва клиникаси.
4.Қоқшолнинг лаборатория ташхиси. Cl.tetani
Do'stlaringiz bilan baham: |