Laboratoriya tashxisi. Tulyaremiyaning klinik belgilari qator yuqumli kasalliklaming belgilariga o'xshash, shu sababli tulyaremiyani boshqa kasalliklardan farqlashda laboratoriya tekshiruvlari muhim ahamiyatga ega. 1. Kasallikning 3-5-kunida tulyarin bilan teri-allergik sinamasi qo'yiladi. 2. Kasallikning 2-haftasida qonda agglutininlar to'planadi, ulami buyum oynachasidagi va kengaytirilgan agglutinatsiya reaksiyalari yordamida aniqlanadi. Ayrim hollarda agglutinatsiya reaksiyasi brutsella diagnostikumi bilan ham musbat reaksiya beradi, chunki ularda umumiy antigen bor. Bulardan tashqari, yanada sezgir BGAR, IFU lar qo'llaniladi. 3. Tulyaremiya qo'zg'atuvchisini ajratib olish uchun qon, bubondan olingan suyuqlik, tomoqdan, ko'zdan olingan ajratmalar maxsus oziq muhitlarga ekiladi, odamlardan qo'zg'atuvchini ajratib olish juda qiyin, shuning uchun bemordan olingan tekshirilishi lozim bo'lgan materiallar oq sichqon yoki dengiz cho'chqachalariga yuboriladi. Hayvonlar o'lganidan so'ng, ulami yoriladi va material olib maxsus oziq muhitlarga ekiladi. Biologik sinama maxsus, rejimli laboratoriyalarda o'tkaziladi. Agar tekshirilayotgan materialda tulyaremiya bakteriyalari bo'lsa, u yuqtirilgan tajriba hayvoni 4-12 kunda o'ladi. Uni yorib a’zolaridan nishonlangan surtma tayyorlanadi va ivitilgan tuxum sarig'i bo'lgan muhitga ekiladi. Olingan sof kulturani atroflicha tekshirib identifikatsiya qilinadi
11. Сўзакнинг лаборатория ташхиси.
Do'stlaringiz bilan baham: |