Hamroqulov xushbaxt sadriddinovich xalqaro moliya munosabatlari barqarorligini
Download 1.17 Mb. Pdf ko'rish
|
д Hamroqulov X Халкаро молия муносабатлари
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.2. Milliy iqtisodiyot va xalqaro moliya munosabatlari
- 1.3. Xalqaro moliya munosabatlarini erkinlashtirishning huquqiy asoslari
1.1-rasm. Eksport tarkibi foizlarda 16 Qora va rangli metallarni o`tgan yilning shu davriga nisbatan 29,5 foizga o`sishiga, rux va undan tayyorlangan mahsulotlarni 45,4 foizga, alyuminiy va undan tayyorlangan mahsulotlarni 80,0 foizga, mis va undan tayyorlangan mahsulotlarni 34,7 foizga o`sishi sabab bo`ldi. Import tarkibining umumiy hajmidan 38,9 foizni mashina va asbobuskunalar va 16,5 foizini kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar tashkil qiladi. 1.1-jadval 2017 yilning yanvar-dekabrida respublikaning Eksport aylanmasi quyidagi ma’lumotlarda tavsiflanadi: 6 mln. AQSh dollari o`tgan yilga nisbatan foizda umumiy hajmga nisbatan foizda Eksport 13953,8 115,4 100,0 paxta tolasi 477,0 74,8 3,4 oziq-ovqat mahsulotlari 875,8 126,1 6,3 kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar 883,3 105,0 6,3 energiya manbaalari va neft mahsulotlari 1980,1 115,5 14,2 qora va rangli metallar 917,5 129,5 6,6 mashina va asbob-uskunalar 353,3 160,1 2,5 xizmatlar 3505,7 112,3 25,1 boshqalar 4961,1 119,3 35,6 6 https://stat.uz/uz/432-analiticheskie-materialy-uz/3845-tashqi-savdo-statistikasi1 17 2017 yil yanvar-dekabr oylarida tashqi savdo aylanmasi saldosi 945,5 mln.AQSh dollarni tashkil qildi, shundan MDH davlatlari bilan 809,5 mln.AQSh dollarni va boshqa davlatlar bilan 136,0 mln.AQSh dollarni tashkil etdi. 1.2-jadval 2017 yilning yanvar-dekabrida respublikaning Import aylanmasi quyidagi ma’lumotlarda tavsiflanadi: 7 mln. AQSh dollari o`tgan yilga nisbatan foizda umumiy hajmga nisbatan foizda Import 13008,3 107,2 100,0 oziq-ovqat mahsulotlari 1272,7 88,4 9,8 kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar 2147,6 101,3 16,5 energiya manbaalari va neft mahsulotlari 742,0 126,0 5,7 qora va rangli metallar 1274,3 138,4 9,8 mashina va asbob-uskunalar 5054,0 100,7 38,9 xizmatlar 980,1 121,1 7,5 boshqalar 1537,6 123,8 11,8 1.2. Milliy iqtisodiyot va xalqaro moliya munosabatlari Tashqi iqtisodiy aloqalar majmuasining milliy iqtisodiyotga ta‘sir ko‘rsatishi muayyan miqdor va sifat ko‘rsatkichlarida baholanadi. Eng avvalo, respublikaning xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi ishtiroki va ularga jalb etilishining qanday ekanligini bilish muhimdir. Bu eksportning YAIMga 7 https://stat.uz/uz/432-analiticheskie-materialy-uz/3845-tashqi-savdo-statistikasi1 18 nisbati bilan belgilanadi hamda u mamlakatning eksport kvotasi deb ataladi. U qancha yuqori bo‘lsa, mamlakat xalqaro iqtisodiy munosabatlarga shu qadar yuqori darajada jalb etilgan bo‘ladi. Masalan, AQSHning eksport kvotasi 10-15 foizga, Germaniya, Frantsiya, Italiya, Angliyada 25-30 foiz, Yaponiyada 18 foiz atrofida. O‘zbekistonda eksportning YAIMdagi ulushi 10-12 foizni tashkil etmoqda 8 . Biroq, ushbu ko‘rsatkich xalqaro iqtisodiy munosabatlarning sifat tuzilishini ko‘rsatmaydi. Shu sababli, mamlakatning xalqaro munosabatlardagi ishtirokini aks ettiruvchi yana bir ko‘rsatkich - eksportning mamlakat sanoat ishlab chiqarishiga nisbatidan foydalaniladi. Rivojlangan mamlakatlar uchun mazkur ko‘rsatkich taxminan 40-50 foizga teng. Bu esa, ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlarining yarmi tashqi bozorga olib chiqib ketilishini anglatadi. Mamlakatning tashqi iqtisodiy munosabatlarga jalb etilganligining yana bir ko‘rsatkichi - eksportning elastikligi (eksport va YAMM o‘sish sur‘atlarining nisbati) bilan ham belgilanadi. EIastiklikning birlikdan yuqori bo‘lishi mamlakatning xalqaro iqtisodiy operatsiyalarda shuncha ko‘p ishtirok etishini anglatadi. Tashqi iqtisodiy aloqalardan keladigan samara juda ko‘p miqdordagi eksport, import, kredit va boshqa operatsiyalar, shuningdek, texnikaviy va boshqa xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha barcha ishtirokchilarning bu sohadagi faoliyati natijalaridan tarkib topadi. Hozirgi bosqichda har qanday davlatning tez sur‘atlarda rivojlanishini xorijiy investitsiyalarni jalb etmay turib ta‘minlab bo‘lmaydi. Tashqi iqtisodiy munosabatlar ham yangi sifatlarga ega bo‘lib bormoqda: ikki mamlakatning xo‘jalik vakillari o‘rtasida savdo va xizmat ko‘rsatishdan tashqari, alohida ishlab chiqarish, moliya va savdo-moliya aloqalari ham rivojlanmoqda. Bevosita chet el investitsiyalarining o‘sib borishi, shuningdek, sotsialistik tizimning parchalanishi va bir qancha yangi mamlaqatlaming jahon bozorlariga qo‘shilishi, sarmoya jalb qiluvchi mamlakatlar uchun yangi muhim jarayonlarni keltirib chiqaradi. Bu jarayonlarga quyidagilar kiradi: 8 O‘zbekiston Respublikasida tashqi iqtisodiy faoliyat asosalari I.A.Hamedov, A.M.Alimov 19 Transmilliy korporatsiyalar (TMK) o‘rtasida raqobat kurashi. Tashqi iqtisodiy aloqalarning tobora baynalmilallashuvi va erkinlashuvi milliy kompaniyalarning "bandargoxida" xavfsizlikda yashashga tobora kamroq imkoniyatlar qoldirmoqda. Milliy kompaniyalarni iste‘molchi va mahsulot sotish bozorlari uchun TMK bilan raqobat qilishga majbur etmoqda. Natijada, TMKlar yanada "sezilarli" darajada mahsulotni arzonlashtirmoqda va uning sifatini yaxshilash sari bormoqda. Mazkur tamoyil rivojlanayotgan va o‘tish davri iqtisodiyotiga ega mamlaqatlaming (tegishli sharoitlar mavjud bo‘lganda) yuqorida tilga olingan jarayonga o‘zining ilmiy va intellektual quvvatini jalb etish imkoniyatlarini oshiradi. Mamlakatlar o‘rtasida investitsiyalar uchun raqobat kurashi. TMKlar tomonidan ajratilgan investitsiyalar hajmi o‘sish sur‘atlarining asosiy sabablaridan biri - ulaming o‘zi bilan mablag‘, menejment, nau-xau kabi yaqqol ajralib turadigan va sezilmaydigan juda ko‘p aktivlar, shuningdek, jahon bozorlarida ishlash tajribalarini va ko‘nikmalami olib kirishi bilan izohlanadi. Natijada, keyingi yillarda nafaqat rivojlanayotgan mamlaqatlaming, balki rivojlangan mamlakat hukumatlarining ham investorlar uchun qulay muhitni shakllantirishga intilishi ortmoqda. Ushbu, birinchi navbatda, huquqiy sohaga tegishli bo‘lib, birgina 1991 yildan 1994 yilgacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida, dunyoda chet el investitsiyalari bo‘yicha mavjud qonun hujjatlariga 373 ta o‘zgartirishlar kiritilgan. Ulardan 368 tasi qonunchilikni erkinlashtirishga bag‘ishlangan. O‘tgan asming 90-yillari o‘rtalarida investitsiyalami o‘zaro himoya qilish bo‘yicha 900 dan ortiq ikki tomonlama bitimlar tuzilgan. Xorijiy sarmoyadorlar, potentsial investorlar birinchi navbatda foyda olishdan manfaatdor, ammo investitsiyalar bilan bog‘liq risklar ulami jiddiy havotirga soladi. Investorlarni o‘ziga tortadigan asosiy omillar: rivojlangan infratuzilma, ishonchli va malakali mehnat resurslari, daromad va kapitalni chet elga o‘tkazish, huquqiy kafolatlar, shuningdek, ijtimoiy va siyosiy barqarorlik kabilardan iborat. Bugungi kunda bevosita investitsiya oqimi foyda olishning yangi imkoniyatlariga chaqqon yuz tutadi va shuning uchun ham, u ishlab chiqarish, ish 20 haki potentsial mehnat unumdorligiga nisbatan past bo‘lgan joylarga ko‘chmoqda. Mamlakatga chet el mablag‘larini TMKlar quchok ochib foydalanishga tayyor turgan ichki bozordagi homiylik hisobiga emas, balki oqilona iqtisodiy tamoyillar asosida jalb etish muhimdir. Davlatlararo har tomonlama hamkorlikning bir ko‘rinishi sifatida xalqaro tashkilotlar va fondlar yuzaga chiqmoqda. Ular siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy- texnikaviy va madaniy sohalarda umumiy tusdagi maqsadlarga erishish uchun davlatlar, milliy institutlar, nodavlat assotsiatsiyalarini birlashtiradi. Xalqaro tashkilotlar o‘z faoliyatini har tomonlama muvofiqlashtirish uchun o‘z fondlarini tashkil etadilar. Davlatlararo kelishuvlar asosida ishtirokchi davlatlarning yagona moliya va kredit siyosatlarini amalga oshirish uchun pul mablag‘larining davlatlararo maqsadli fondlari tuziladi. Davlatlararo fondlar (tashkilotlar) daromadlarini shakllantirish usullari va moliyalashtirish tusiga ko‘ra bir qancha turlarga bo‘linadi. Birinchi turga moliya-kredit tashkilotlarining davlatlararo va xalqaro fondlari kiradi. Ular nizom kapitalida ishtirok etuvchilarga maqsadli kreditlar ajratadilar va maqsadli fondlarni tashkil etadilar. Bu tashkilotlar faoliyati davomida olgan daromadlaridan ulushiga ko‘ra dividend to‘laydilar hamda turli maqsadlar uchun zahira fondlarini shakllantiradilar. Mazkur tashkilotlar jumlasiga Xalqaro Investtsiya bankini (XIB), Iqtisodiy Hamkorlik Xalqaro bankini (DTXB), ETTB, XVFni kiritish mumkin. Xalqaro banklar va fondlarning nizom kapitali shakllanishida, olingan daromadlarni taqsimlab, turli fondlarni tashkil etish kabilarda moliyaning rolini ko‘rish mumkin. Milliy va xalqaro moliya-kredit institutlarining mablag‘lari, xalqaro ishtirokchi-tashkilotlar fondi, manfaatdor mamlakatlarning valyuta fondlari va byudjet mablag‘lari to‘lanadigan badallarning manbasi hisoblanadi. EIida ham qator davlatlararo fondlar tashkil etilgan, jumladan, EIning byudjeti, Yevropa Taraqqiyot fondi, Yevropa Valyuta Hamkorlik fondi va 21 boshqalar. Ikkinchi tur tashkilotlar ishtirokchilarning har yillik badallari evaziga byudjetlari tashkil etiladi. Bunday tashkilotlarga ma‘lum sohalardagi milliy tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirib turuvchi xalqaro va umumjahon institutlari kiradi. Ularga: BMT, Xalqaro vaqt byurosi, Atom energetikasi bo‘yicha xalqaro Agentlik, Dengiz yo‘ldosh aloqasi bo‘yicha xalqaro tashkilot, Ilmiy xizmatchilarning umumjahon federatsiyasi va boshqalarni kiritish mumkin. Uchinchi tur xalqaro tashkilotlarga vaqtinchalik tusga ega bo‘lgan ilmiy dasturlar va kongresslarni kiritish mumkin. Ularni moliyalashtirish qatnashuvchi ishtirokchilar tomonidan amalga oshiriladi. Masalan, Xalqaro biologiya dasturi (1964-1974 yy.), Xalqaro geodinamik loyiha (1971-1980 yy.), Xalqaro osoyishta quyosh yili (1964-1965 yy.), 1957 yildan boshlab har ikki-uch yilda chaqiriladigan Xalqaro tog‘ kongressi va boshqalar. Ushbu tashkilotlar turli mamlakat olimlari bilan yaxlit ilmiy tadqiqotlar olib boradi. To‘rtinchi tur xalqaro tashkilotlar - xalqaro ilmiy laboratoriyalar, institutlar, ittifoqlar, yaxlit va sohalar assotsiatsiyalari, ma‘lum ilmiy sohalar bo‘yicha byurolar. Ular mamlakatlarni, milliy ilmiy tashkilotlarni, assotsiyatsiyalarni, ilmiy tadqiqotlar bilan shug‘ullanayotgan alohida olimlarni birlashtiradi va ular faoliyatini muvofiqlashtiradi. Ushbu tashkilotlar yillik ulushli badallar, konferentsiyalarda ishtirok etuvchilarni ro‘yxatga olish badallari, yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya mablag‘lari, davriy ilmiy nashrlardan daromadlar hisobidan tashkil etiladigan byudjetlar hisobidan moliyalashtiriladilar. Mazkur tashkilotlarga misol qilib, milliy va qo‘shma dasturlar bo‘yicha ishlaydigan Kuchli magnit maydonlari va past harorat bo‘yicha xalqaro fond, Xalqaro matematik markaz va boshqalarni ko‘rsatish mumkin. Beshinchi tur xalqaro tashkilotlar faoliyatining ma‘lum sohalariga ko‘maklashish va tadbirlarni moliyalashtirish uchun mablag‘larni yig‘ish bilan shug‘ullanadilar. Masalan, Yovvoyi tabiat xalqaro fondi - davlat, jamoat 22 tashkilotlari va xususiy shaxslardan yovvoyi xayvonlar va tabiatni qo‘riqlash uchun mablag‘larni yig‘uvchi nodavlat tashkilotdir. Ushbu tashkilot boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda ma‘lum tadbirlarni moliyalashtiradi. Fond o‘zining nashriga ega bo‘lib, uni sotishdan olinadigan daromadlar fond byudjetining daromad manbalaridan biri hisoblanadi. "Olimpiya birdamligi" fondi rivojlanayotgan mamlakatlarning milliy olimpiya qo‘mitalariga moliyaviy yordam ko‘rsatish uchun tuzilgan. Mazkur fond milliy olimpiya qo‘mitalarining badallari, xususiy kompaniya, firmalar va xususiy shaxslarning xayriyalari, Xalqaro olimpiya qo‘mitasining investitsion va nashriyotchilik faoliyati natijasida olingan daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Fondga olimpiya o‘yinlarini televizion yoritishdan olingan daromadlaming 1/3 kelib tushadi (ma‘lumki, olimpiya o‘yinlarini televizion yoritishdan olingan daromadlar mos ravishda Xalqaro olimpiya qo‘mitasi, "Olimpiya birdamligi" fondi va olimpiya sport turlari bo‘yicha Xalqaro federatsiya o‘rtasida taqsimlanadi). Fondning byudjeti har yili tasdiqlanadi. Asosiy tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha hududlarga yo‘naltiriladigan mablag‘lar xarajatlarning 75-85 foizini tashkil etadi. Ushbu tadbirlarga: yig‘inlar o‘tkazish, hakamlar majlisini o‘tkazish, sport buyumlarini sotib olish, Milliy olimpiya qo‘mitalariga moliyaviy yordamlar ko‘rsatish va boshqalarni kiritish mumkin. Boshqa mablag‘lar nashriyotchilik faoliyatiga va joriy xarajatlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Yuqorida ko‘rib o‘tilgan fondlarni tarkibiy tuzilishi, maqsadi, vazifalarini yanada chuqurroq o‘rganish maqsadida, birinchi tur fondlar - moliya-kredit tashkilotlariga mansub, XVF haqida ma‘lumotlar keltiriladi. XVF: maqsadi, tashkil etilishi va faoliyat yo‘nalishi. XVF - bu BMTning maxsus tashkiloti. U 1977 yilda Bretton-Vudsdagi valyuta-moliya masalalari bo‘yicha bo‘lib o‘tgan BMT konferentsiyasida tashkil topgan va 1945 yilning 27 dekabrida ushbu kelishuv kuchga kirgan. Amalda u o‘z faoliyatini 1946 yildan boshladi. Brettonvud kelishuviga muvofiq, XVFning vazifasi unga a‘zo bo‘lgan mamlakatlarning oltin va AQSH dollarida ifodalangan valyuta zahiralarini tartibga 23 solish hamda a‘zo-mamlakatlarning valyuta paritetilarining barqarorligini ta‘minlashdan iborat edi. Ushbu kelishuvga ko‘ra, a‘zo-mamlakatlar o‘z valyutalarini belgilangan kurslar asosida xalqaro joriy operatsiyalar bo‘yicha almashinuvlarini ta‘minlashlari shart edi. Shuningdek, mazkur mamlakatlar valyuta operatsiyalarini chegaralash bo‘yicha mavjud to‘siqlami bekor qilishlari kerak edi (amalda 181 mamlakatdan atigi 60 mamlakat ushbu talabni bajargan). XVFning nizom fondi a‘zo mamlakatlarga o‘rnatiladigan kvotalar asosida to‘lanadigan badallardan tashkil etiladi. Kvotalar har bir a‘zo-mamlakatning: moliyaviy badal hajmini aniqlash; proportsional ravishda XVF kreditlari hajmini aniqlash; ovozlar sonini aniqlash uchun xizmat qiladi. Kvotalar hajmi mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi va uning jahon iqtisodiyoti hamda xalqaro savdodagi roliga bog‘liq bo‘ladi. Kvota YAIM, import va eksport hajmi, oltin-valyuta zahiralari hajmi ko‘rsatkichlari asosida hisoblanadi. Kvotalar hajmi har besh yilda qayta ko‘rib chiqiladi. Kvotalar hajmidan kelib chiqqan holda, XVF boshqaruv organlarida ovozlar mamlakatlar o‘rtasida taqsimlanadi. Har bir mamlakat 250 ta ovozga ega va har bir qo‘shimcha 100000 SDR uchun 1 ta ovoz qo‘shib beriladi. Hozirda boshqaruv organida ovozlarning eng ko‘pi AQSHga tegishli -17,7 foiz. 9 Iste‘mol narxlari indeksi (INI), mamlakat iste‘mol sektorida inflyatsiya darajasini ifodalaydigan asosiy indikatordir. Mamlakatimizda INI hisoblash tizimi 1994 yilning yanvar oyidan boshlab Xalqaro Valyuta Fondi (XVF)ning texnik ko‘magi asosida amalga oshirila boshladi. INI ―Iste‘mol narxlari indeksi bo‘yicha qo‘llanma: Nazariya va amaliyot‖ (XVF, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlantirish fondi, Evrostat, EIK, Butunjaxon banki va XMT) uslubiy nizomiga asosan shakllantiriladi. Hozirgi vaqtda INI hisoblashda iste‘moldagi 350 turdagi tovar va xizmatlar 9 https://www.imf.org/external/np/fin/data/rms_five.aspx 24 to‘plamidan foydalaniladi. Bular uch yirik guruhga – oziq-ovqat (96 ta), nooziq- ovqat tovarlari (188 ta) hamda xizmatlarga (66 ta) bo‘lingan. Shunday qilib INIni hisoblash uchun iste‘mol to‘plami, aholi tomonidan eng ko‘p iste‘mol qilinadigan tovar va xizmatlar respublikaning barcha hududlari uchun yagona bo‘lgan guruhini ifodalaydi. Shuni ta‘kidlash lozimki, INIni hisoblashda narx omiliga qo‘shimcha ravishda (ya‘ni, tovar va xizmatlarning haqiqiy narxini o‘zgarishida) ma‘lum tovar va xizmatlarning o‘ziga xos aniq salmoq hissalari ham ta‘sir qiladi. Shunday qilib, iste‘mol narxlari indeksi bo‘yicha butun mamlakat bo‘ylab tovar va xizmatlarning narxlari harakati xilma-xilligi (o‘rtachalashtirib) umumlashtiriladi. 1.3. Xalqaro moliya munosabatlarini erkinlashtirishning huquqiy asoslari O‘zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida amalga oshirilgan tadbirlar natijasida ochiq iqtisodiyotni shakllantirish va tashqi iqtisodiy aloqalarni erkinlashtirish uchun mustahkam huquqiy asoslar yaratildi. Jumladan, «Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida» 10 gi, «Chet el investorlar faoliyatining kafolatlari to‘g‘risidagi» 11 , «Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risidagi» 12 qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va boshqa me‘yoriy hujjatlar tashqi iqtisodiy aloqalar hamda xalqaro moliya munosabatlarini tartibga solib turadi, chet el investitsiyalarini jalb qilish va rag‘batlantirish tartibini belgilab beradi. Xususan, tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirishning asosiy tamoyillari va tartiblari «Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risidagi» Qonunda belgilab berilgan. Xalqaro huquqning umume‘tirof etilgan 10 O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 148-modda; 2003-y., 5-son, 67- modda; O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‗plami, 2004-y., 25-son, 287-modda; 51-son, 514-modda; 2005- y., 49-50-son, 365-modda; 2009-y., 37-son, 403-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda; 2016-y., 52-son, 597-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda 11 O‗zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 128-modda; 1994-y., 11-12-son, 285- modda; Oliy Majlis Axborotnomasi, 1995-y., 6-son, 118-modda; 1997-y., 9-son, 241-modda 12 O‗zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 5-6-son, 58-modda; 2003-y., 5-son, 67-modda; O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‗plami, 2005-y., 49-50-son, 365-modda; 2006-y., 41-son, 405-modda; 2009-y., 39-son, 424-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda; Qonun hujjatlari ma‘lumotlari milliy bazasi, 19.04.2018- y., 03/18/476/1087-son 25 me‘yorlariga muvofiq, mulkchilik shakllaridan qat‘iy-nazar, tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchilarining huquqlari, manfaatlari va mol-mulklari himoya qilinadi. «Chet el investitsiyalari va chet ellik investorlar faoliyatining kafolatlari to‘g‘risidagi» qonunda xo‘jalik jamoalari va shirkatlarida, banklar va sug‘urta tashkilotlarida hissadorlik asosida ishtirok etish, ya‘ni mulklarni aktsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarni sotib olish, shuningdek, yerga (jumladan, ijaraga olingan erga) va tabiiy resurslarga egalik qilish va ulardan foydalanish huquqi ham chet el investitsiyalarini amalga oshirish shakllari bo‘lib xizmat qilishi mumkinligi qayd etilgan. Bu qonunning chet ellik sarmoyador huquqlarini kafolatlovchi muhim jihatlaridan yana biri shuki, agar O‘zbekiston Respublikasining keyingi qonunlari investitsiya sharoitini yomonlashtirib qo‘yadigan bo‘lsa, u holda chet ellik investorlarga nisbatan un yilgacha bo‘lgan muddatga investitsiyalar amalga oshirilib turgan paytda amalda bo‘lgan qonunlar tadbiq etiladi. Shu bilan birga, qonunda chet el investitsiyalari milliylashtirish amalga oshirilmasligi kafolatlanadi, shuningdek, ularni majburan sotib olish ham mumkin emas, lekin tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizootiyalar (xayvonlar ulati) yuz bergan xollar bundan mustasno. Bunday hollarda chet ellik investorlarga to‘lanadigan kompensatsiyani keltirilgan zararga barobar bo‘lishi nazarda tutiladi. Chet ellik sarmoyadorlarning o‘z investitsiyalarini ixtiyoriy ravishda sug‘urta qilish huquqi investorlarni o‘z mulklarining ekspropriatsiya qilinishidan, mamlakat ma‘murlarining sug‘urta tashkiloti bilan investor o‘rtasidagi shartnomaviy munosabatlari aralashuvidan, milliy va boshqa valyutalar almashtirishni hamda ularni mamlakat tashqarisiga chiqarishni cheklashlardan va boshqa xatarlardan muxofaza qilishni ta‘minlaydi. Chet el investitsiyalariga ega bo‘lgan korxonalar o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlarni litsenziyalarsiz xorijga chiqarish va ehtiyojlari uchun chetdan mahsulot keltirish huquqiga egadirlar. Shuningdek, shaxsiy ehtiyojlar uchun 26 chetdan respublikamizga keltirilayotgan mol-mulklarga boj to‘lashdan ozod qilingan. 1996 yilda «Erkin iqtisodiy zonalar to‘g‘risida»gi qonunning qabul qilinishi ham iqtisodiy faoliyatni yanada erkinlashtirishga qaratilgan eng muhim tadbirlardan biri bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasining «Kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida» 13 gi Qonunida kichik va xususiy tadbirkorlik sub‘ektlarining eksport- import operatsiyalaridagi ishtirokini kengaytirish, ularning xalqaro kurgazmalar va yarmarkalarda ishtirok etishlariga ko‘maklashish tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish asosida tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirishga yordam berish nazarda tutiladi. 1995 yil 1 oktyabrdan boshlab, tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning yangi mexanizmi ishga solindi. Bu mexanizm negizida tartibga solishning tarifga asoslanmagan usulidan tarifga asoslangan usuliga o‘tishga, eksport-import operatsiyalarini xalqaro me‘yorlar talablariga mos unifikatsiyalashni amalga oshirishga qaratilgan tadbirlar majmui yotadi. Tayyor mahsulotlarning tashqi bozorlarga kirib borishiga va eksport krediti mexanizmi shakllanishiga ko‘maklashish natijasida respublikamiz Prezidentining «Eksportga mahsulot ishlab chiqaruvchi korxonalarni rag‘batlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoni (1996 yil 20 mart) bilan 1996 yil 1 apreldan ko‘plab korxonalar tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksport hajmlari oshirilishidan erkin almashtiriladigan valyuta shaklida olingan tushum foydasidan (daromaddan) soliq to‘lashdan ozod qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi (1997 yil noyabr) farmoniga ko‘ra, o‘tgan yilning 1 noyabridan boshlab, tovarlarning (ishlar, xizmatlarning) barcha turiga eksport bojxona bojlari hamda tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini litsenziyalash bekor qilindi. Faqat maxsus 13 (O‗zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‗plami, 2017-y., 6-son, 71-modda) 27 mahsulot turlarigagina bu qoidadan mustasno qilib qo‘yildi. 14 Ushbu Farmonda belgilangan chora-tadbirlar - birinchi navbatda, tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirishga, eksport-import operatsiyalarida tarif va notarif boshqarish usullarini tartibga solishga va takomillashtirishga qaratilgan. Farmonda ko‘rsatilgan muddatdan boshlab, raqobat-bardoshli mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish maqsadida erkin muomaladagi valyutaga eksport qiladigan korxonalar uchun bir qator qo‘shimcha imtiyozlar berish joriy etilgan, masalan: - bu korxonalarga o‘z mahsulotini oldindan pul olmasdan va akkreditiv ochmasdan eksport qilish huquqi beriladi; - eksport qilinayotgan tovar ulushi mahsulotni sotishning umumiy hajmi 30 yoki undan ko‘proq foizini tashkil etsa, u holda korxonalaming daromad soligi stavkasi amaldagi stavkaga qaraganda ikki barobar kamaytiriladi; - korxonalar o‘z mahsulotlarini ichki bozor narxlaridan arzon narxlarda eksport qilgan sharoitda ulardan olinadigan soliq baza eksport mahsulotini sotishdan tushgan amaldagi narx bilan hisob-kitob qilinadi. Tashqi iqtisodiy faoliyatning huquqiy asoslari haqida so‘z yuritganda, bu yerda albatta xalqaro bitimlar to‘g‘risida ham biroz tuxtalib o‘tish maqsadga muvofiqdir. Chunki, ikkita yoki bir nechta xalqaro munosabatlar qatnashchilarining har qanday birgalikdagi faoliyati, kelishilgan, huquqiy kuchga ega bo‘lgan hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Ikki va undan ortiq davlatlar o‘rtasida xalqaro bitimlar tuziladi va ular quyidagi turlarga bo‘linadi: • umumiy tusdagi bitimlar. Ushbu bitim ikki davlat o‘rtasida tuzilgan xalqaro bitim bo‘lib, o‘z ichiga munosabatlar asosi, diplomatik munosabatlarni o‘rnatish haqida bitimdir. Unda iqtisodiy munosabatlar alohida bulim sifatida ajratilib ko‘rsatiladi. 14 O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Maxsus turdagi tovarlar eksporti va importini litsenziyalash, shuningdek, eksport kontraktlarini ro‗yxatga olish va import kontraktlarini ekspertizadan o‗tkazishni tartibga solish chora- tadbirlari to‗g‗risida‖gi farmoni va O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Tashqi savdo faoliyatini yanada erkinlashtirish va tadbirkorlik subyektlarini qo‗llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi qarori 28 • maxsus bitimlar. Bu bitimlar asosan, iqtisodiy masalalar bo‘yicha ikki yoki ko‘p tomonlama tuziladigan quyidagi bitimlardir: a) bitimlar va shartnomalar. Bu bitimlar mahsulotlar va xizmatlar eksport- importining umumiy shartlari va tartibini aniqlovchi hujjatlardir. Ular qatorida alohida ahamiyatga ega mahsulotlar va xizmatlarga taalluqli maxsus bitimlar ajratiladi. Masalan, usimlik va xayvonot dunyosiniig yukolib borayotgan turlarining xalqaro savdosi bo‘yicha Konventsiya, shuningdek, ishlab chiqaruvchi va iste‘molchilar manfaatlarini ko`zlagan holda keskin narx tebranishining oldini olish yoki yumshatish maqsadida xom-ashyo resurslari savdosida qo‘llaniladigan ko‘p tomonlama shartnomalar. Bu bitimlar kontrogentlar yoki xorijiy sheriklar o‘rtasida xalqaro tijorat shartnomalari shartnoma tuzish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. b) bojxona bitimlari; v) soliq bitimlari. Masalan, ikki marta soliq olishning oldini olish maqsadida. Xalqaro munosabat qatnashchilarining soliq solish umumiy qoidalari, sharoitlari va tartibi to‘g‘risidagi soliq bitimlari; g) investitsiyalarni himoyalash haqidagi davlatlararo bitimlar, ya‘ni iqtisodiy munosabat o‘rnatilayotgan ikki mamlakat o‘rtasida tuziladigan kapital qo‘yilmalarning o‘zaro kafolati va rag‘batlantirish haqidagi shartnomalardir. Download 1.17 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling