Hamroqulov xushbaxt sadriddinovich xalqaro moliya munosabatlari barqarorligini


Download 1.17 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana03.05.2020
Hajmi1.17 Mb.
#103121
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
д Hamroqulov X Халкаро молия муносабатлари


I bob bo’yicha xulosa  
So`nggi  yillarda  hukumatimiz  tomonidan  sanoat  tuzilmasini  diversifikatsiya 
qilinishi,  eksportni  qo`llab-quvvatlash,  import  o`rnini  bosuvchi  tovar  va 
mahsulotlarni  ishlab  chiqarishni  yanada  oshirilishi  natijasida  eksport  tarkibida 
sezilarli o`zgarishga erishildi. Jumladan, xom-ashyo eksportidan, qo`shilgan qiymati 
yuqori hamda sarmoya talab tovarlar eksportiga yo`naltirilgan tashqi savdo amalga 
oshirilmoqda. 
Respublikaning  jahon  xo‘jaligi  tizimiga  shaxdam  qadamlar  bilan  kirib 
borishi uchun,  xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan iqtisodiy aloqalarining 

29 
 
 
o‘rnatilishi  tashqi  faoliyatni  boshqaruv  tizimini  tubdan  o‘zgartirishni  talab  qiladi. 
Ushbu ko‘rinish respublika tashqi siyosati  oldiga qo‘yilgan ikki muhim holat bilan 
bog‘liq: 
Birinchidan, 
O‘zbekiston 
mustaqillikka 
erishgach, 
tashqi 
iqtisodiy 
munosabatlar  uchun  o‘zining  mustaqil  siyosatini  ishlab  chiqishi  va  uni  amalga 
oshirishi uchun javobgar bo‘lgan maxsus tashkilotlar tuzish takozo etildi. 
Ikkinchidan,  Respublikada  milliy  iqtisodiyotni  tubdan  o‘zgartirib,  qaytadan 
ishlab  chiqish,  ya‘ni  qayta  qurish  jarayoni  tufayli  tashqi  iqtisodiy  faoliyat 
ishtirokchilari  kengaydi,  ularga  turli  sohada  tashqi  iqtisodiy  bitimlarni  tuzishda 
kengroq  huquqlar  berildi.  Ushbu  sohadagi  shartnomalarni,  bitimlarni  faqat  davlat 
idoralari  emas,  balki  mulkchilikning  boshqa  shakllariga  asoslangan  turli 
birlashmalar, korxona-tashkilotlarga ham tuzish imkoniyati berildi. 
Ushbu omillarni hisobga olgan holda respublikada tashqi iqtisodiy faoliyat va 
xalqaro  moliya  munosabatlarini  boshqarish  tizimi  shakllanmoqda  hamda  uning 
tarkibiy qismiga kirgan tashkilotlar faoliyati takomillashtirilmoqda. 
Tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqarishning tarmoq tashkilotlari tashqi iqtisodiy 
faoliyatni  amalga  oshiruvchi  vazirliklar,  idoralar,  yirik  korxonalar  va 
tashkilotlarning  maxsus  idoralar,  yirik  korxonalar  va  tashkilotlarning  maxsus 
bulnmalaridan  tashkil  topgan.  Ular  tarmoq,  idora,  korxona  va  tashkilotlar  tashqi 
iqtisodiy  faoliyatini  rivojlantirish  dasturini  ishlab  chiqadi,  xorijiy  sheriklar  bilan 
shartnoma  va  bitimlar  tuzadi,  tashqi  iqtisodiy  aloqalarni  rivojlantirishning  aniq 
yo‘nalishlari  bo‘yicha  Vazirlar  Mahkamasiga  takliflar  tayyorlaydi.  Ushbu 
tashkilotlarga:  Davlat  kimyo  sanoati  kontserni,  Davlat  metallurgiya  sanoati 
kontserni, 
«Uzbeksavdo» 
uyushmasi, 
«Uzdonmahsulot», 
«Uzavtotrans», 
«O‘zbekiston  temir  yo‘llari»,  «O‘zbekiston  havo  yo‘llari»,  «Dori-darmon» 
hissadorlik uyushmasi va boshqalar. 
Tashqi  iqtisodiy  faoliyat  boshqarilishida  funktsional  tashkilotlar  ham  muhim 
rol o‘ynaydi. 
Butashkilotlarga:  Iqtisodiyot  vazirligi,  Moliya  vazirligi,  Markaziy  Bank, 

30 
 
 
Davlat  soliq  qo‘mitasi,  Mexnat  vazirligi,  Davlat  texnika  qo‘mitasi  va  boshqalar 
kiradi. 
Tashqi  iqtisodiy  faoliyatni  tartibga  solishning  bilvosita  iqtisodiy  usullari 
ichida  bojxona  bojlari  va  tariflari  juda  muhim  hisoblanadi.  Ular  yordamida 
xalqaro  munosabatlarning  kkrinishlaridan  biri  bo‘lgan  tashqi  savdo  tartibga 
solinadi.  Tariflarni  o‘zgartirish  orqali  davlat  eksport  va  importni  rag‘batlantirishi 
yoki  qisqartirishi,  uning  tuzilishini  vujudga  keltirishi,  bu  orqali  esa,  milliy  ishlab 
chiqarish va iste‘mol munosabatlariga ta‘sir etishi mumkin. 
Bojxona  tariflari,  asosan,  milliy  darajada  qo‘llaniladi  va  bunda  qator 
vazifalarni bajaradi. 
1. Fiskal,  ya‘ni  davlat  byudjeti  daromadlarini  to‘ldirish  manbai  bo‘lib  xizmat 
qiladi; 
2. Protektsionistik,  ya‘ni  milliy  ishlab  chiqaruvchilarni  chet  el  raqobatidan 
himoya qiladi; 
3. Boshqaruv,  ya‘ni  iqtisodiyot  tuzilishini  qayta  qurishni  boshqarish  vositasi 
hisoblanadi  va  ular  yordamida  mamlakat  iqtisodiyotidagi  ilg‘or  siljishlar 
rag‘batlantiriladi. 
Shunday  qilib,  bojxona  bojlari  va  tariflari  milliy  darajada  bo‘lgani  kabi 
millatlararo  darajada  ham,  tashqi  savdoni  tartibga  solishning  muhim  vositalari 
hisoblanadi. 
Xalqaro  moliya  munosabatlariga kadrlar tayyorlash sohasida ham, bir qancha 
murakkab vazifalar qo‘yilgan edi. Bu vazifalarga quyidagilarni kiritish mumkin: 
•  respublikamizda faoliyat  yuritayotgan institut va universitetlarning tashqi   
iqtisodiy  munosabatlari,  xalqaro  marketing  va  menejment  bulimlarida 
qo‘shimcha o‘quv-konsalting markazlarini tashkil etish; 
•  universitet va unstitutlarning ukituvchi kadrlarini tayyorlash va  malakasini 
oshirish; 
•  iqtisodiyotning turli sohalarida faoliyat ko‘rsatyotagan raxbar xodimlar va 
mutaxassislarni tashqi iqtisodiy tarkibda ish olib borishlarini ta‘minlash, malakasini 

31 
 
 
oshirish; 
•  chet  el  universitetlarida  va  kompaniyalarida  ukish  va  amaliyotga  borishni 
tashkil etish va hokazolar. 
Tashqi  iqtisodiy  faoliyatning  yangi  strategiyasi  iqtisodiyotning  tarkibiy 
qismidagi  inqirozni  yengib  o‘tish,  iqtisodiy  taraqqiyot  va  xalqaro  mehnat 
taqsimotida,  jahon  savdosida  yuqori  sifatli  mahsulotlar  bilan  ishtirok  etish  hamda 
tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish asosiy vazifalardandir. Buning uchun: 
Birinchidan,  eksport  saloxiyatini  tiklash,  rivojlantirish  va  eksport  tarkibini 
yaxshilash. Buning uchun, qisqa fursat ichida eksportga mo‘ljallangan mahsulotlar 
ishlab  chiqarishni  kuchaytirish,  bu  yerda  nafaqat  xom-ashyomiz  va  tabiiy 
resurslarimiz  hisobiga  balki,  ilmiy-texnikaviy  bilimlarimiz,  arzon  ishchi  kuchi 
hisobiga,  ishlab  chiqarishning  ustuvor  sohalarini  rivojlantirish  hisobiga  erishish 
kerak. 
Ikkinchidan esa, importni ratsionallashtirish muhim vazifalardan biri bo‘lib, bu 
yerda  import  siyosati  nafaqat  aholining  turmush  tarzi  va  manfaatlarini  ko`zlab, 
balki  iqtisodiyotni  yangilash  va  raqobatbardoshligini  ta‘minlashga  xizmat  qiladi. 
Mashinasozlik importida imkon boricha tayyor mashinalar, transport vositalari va 
texnologik asbob-uskunalari ko‘proq foydali kazilmalar kazish ishlari uchun va 
qayta  ishlovchi  sohalar  uchun  sotib  olinishi  kerak.  Importning  samarasini 
oshirilishida  yana,  O‘zbekiston  iqtisodiyoti  uchun  zarur  bo‘lgan  mahsulotlar 
o‘rnini  bosuvchi  va  kam  xarajatlar  sarflanadigan  (ya‘ni,  bu  yerda  albatta  sotib 
olish  va  olib  kelish  uchun  ketgan  xarajatlar  e‘tiborga  olinib)  mahsulotlar  ishlab 
chiqarishni tashkil etish ham asosiy yo‘nalishlardandir. 
Uchinchidan,  respublikada  ishlab  chiqarilayotgan  mahsulotlarning  jahon 
bozorlarida  raqobatbardoshligini  oshirishdir.  Eksport  potentsialini  kengaytirishda 
va  jahon  xo‘jaligiga  kirishning  integratsiya  jarayonida,  O‘zbekistonda  ishlab 
chiqarilgan  mahsulotlar  iloji  boricha  sifatli  va  kam  xarajat  qilingan,  jahon  bozori 
shartlari  va  talablarini  koniktiradigan  darajada  bo‘lishi  shart.  Buning  uchun  esa, 
asta-sekinlik bilan ichki va jahon ishlab chiqarish andozalari va mahsulotlar sifatini 

32 
 
 
bir-biriga yaqinlashtirish kerak. 
To’rtinchidan,  texnologiyani  yangilash  va  kengaytirilgan  ishlab  chiqarish 
saloxiyatini  tashkil  qilishga  chet  el  investitsiyalarini  jalb  qilish.  Chet  el  kreditlari 
uzoq muddatli va katta masshtabli investitsiyalarni ta‘minlashning yagona manbasi 
ekanligi ma‘lumdir. Bu masalada aniq bir maqsad sari intilish kerakligini ta‘kidlab 
o‘tish lozim. 
Respublikada  chet  el  sarmoyalarini  siyosiy  va  iqtisodiy  riskdan  sug‘urta 
qiluvchi institutlar yaxshi ishlamasa, chet el investitsiyasining respublikamizga kirib 
kelishi  qiyinlashadi.  Shuning  uchun,  respublikamizda  chet  el  investitsiyasi  uchun 
qulay  shart-sharoitlar,  aniq  maqsad  sari  yo‘naltirilgan  vazifalar  yo‘lga  qo‘yilishi 
zarur. 
Beshinchidan, 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
iqtisodiy 
xavfsizligini 
ta‘minlash.  Xalqaro  moliya  munosabatlari  sohasi  shartlari  tashkil  etilishida 
iqtisodiy  xavfsizlik  asosiy  rollardan  birini  o‘ynaydi.  Milliy  xavfsizlikni 
ta‘minlashda tartibga solishning asosiy 3 xil ko‘rinishi mavjud: 
1. Valyuta nazorati. 
2. Eksport va import nazorati. 
3. Xom-ashyoning strategik turlari olib chiqilishini tartibga solish. 
Ushbu sohalarning o‘ziga xos shakllari va tartibga solish uslublari mavjud. 
Albatta,  yuqorida keltirilgan fikr-mulohazalarga, tahliliy qarashlarga hamda nazariy 
xulosalarga ustuvor yo‘nalish sifatida e‘tibor berish, shak-shubxasiz xalqaro moliya 
munosabatlami rivojlantirish uchun xizmat qiladi. 
 
 
 
 
 
 

33 
 
 
II BOB. VALYUTA SIYOSATI, VALYUTA TIZIMI, VALYUTA BOZORI 
VA VALYUTA OPERATSIYALARINING XALQARO MOLIYA 
MUNOSABATLARIDAGI O’RNI 
 
2.1. Valyuta siyosatining iqtisodiy mazmuni va uning asosiy shakllaridan pul 
muomalasini tartibga solishda foydalanish 
Bozor iqtisodiyoti bilan bog‘liq jarayonlarni boshqarishda, milliy valyutaning 
xalqaro mavqeini belgilashda va mamlakatning joriy hamda kelajakdagi iqtisodiy 
munosabatlari  tizimida  valyuta  siyosati  muhim  rol  o‘ynaydi.  U  «ko‘p  qirrali 
bashorat» (iqtisodiy rivojlanish  barqarorligini ta‘minlash, ishsizlikning oldini olish 
va  inflyatsiyani  jilovlash,  to‘lov  balansining  aktivligini  saqlab  turish)  muhiti 
hisoblangan iqtisodiy siyosatning asosini egallashda, yetakchi o‘rin egallaydi.
15
 
Valyuta siyosatining shakli va o‘rni, mamlakatning valyuta-iqtisodiy holati, 
jahon  xo‘jaligining  evolyutsiyasi,  jahon  maydonidagi  o‘rni  bilan  aniqlanadi. 
Tarixiy  rivojlanishiga  nazar  soladigan  bo‘lsak,  birinchi  navbatda,  har  qanday 
valyuta  siyosatining  asosiy  maqsadlari  quyidagi  shakllanib  kelmoqda:  valyutaviy 
inqirozni  bartaraf  etish  va  valyuta  qiymatining  ta‘minlanganligi,  valyutaviy 
cheklashlar, 
valyutaning 
erkin 
almashinuvi, 
valyuta 
operatsiyalarini 
erkinlashtirish 
va 
boshqalar. 
Mamlakatlar-aro 
munosabatlarda 
valyuta 
siyosatining  asosiy  jihati:  hamkorlik  va  kelishuv,  ya‘ni  rivojlanayotgan 
mamlakatlarni  ichki  siyosatiga  moliyaviy  va  maslahat  xizmatlari  orqali  ko‘mak 
berish. 
Valyuta  siyosati  huquqiy  jihatdan  valyutaviy  qonunlar  asosida  tartibga 
solinadi.  Bularga  huquqiy  darajadagi  chegaralaming  umatilishi,  mamlakat 
ichkarisida  va  mamlakat  tashqarisida  valyuta  qimmatliklari  bilan  bo‘ladigan 
munosabatlami  tartibga  solish,  yana  valyutaviy  muammolar  bo‘yicha  ikki 
tomonlama  va  ko‘p  tomonlama,  mamlakatlararo  valyutaviy  kelishuvlami  tuzish 
kiradi.  Yamayka  valyutaviy  kelishuv  XVF  nizomining  o‘zgartirishi  bilan,  yangi 
                                                           
15
 Mamatqulov X.M. Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar. Ma‘ruzalar kursi. Samarqand, 2006. 

34 
 
 
jahon valyuta tizimi yo‘nalishini aniqlab berdi. 
Valyuta  siyosati  amalga  oshirilishining  asosiy  yo‘llaridan  biri,  davlatning 
xalqaro  hisob-kitoblari  bajarilishini  boshqarish  va  milliy,  mamlakatlararo, 
hududlararo valyuta munosabatlarini amalga oshirishdan iborat. Valyutani tartibga 
solishning  bevosita  yo‘li  qonuniy  hujjatlar  va  hukumatning  ijro  organlari  orqali 
amalga  oshirilishi  hisoblansa,  bilvosita  yo‘l  bilan  bozor  agentlarining  iqtisodiy 
harakatlanishiga, iqtisodiy usullar, xususan, valyuta-kredit usullari bilan ta‘sir etiladi. 
Xo‘jalik  aloqalari  umumiylashtirilishi,  davlatlararo  valyuta  boshqarilishining 
rivojlanishiga  sabab  bo‘ldi.  U  quyidagi  maqsadlarni  o‘z  oldiga  qo‘yadi:  ayrim 
mamlakatlar  valyuta  siyosatini  muvofiqlashtirish,  kelishgan  holda  valyuta 
inqirozini  bartaraf  etish,  rivojlangan  mamlakatlar  valyuta  siyosatining  boshqa 
mamlakatlarga  mos  kelishi.  Hududiy  valyutaviy  boshqarish  iqtisodiy  integratsiya 
birlashmalari chegarisida amalga oshiriladi. 
Valyuta  siyosati  -  valyuta  muammolarini  hal  etish  bo‘yicha  qarorlar 
tayyorlash,  qabul  qilish  va  tadbik  etishdan  iboratdir.  Valyuta  munosabatlarini 
tartibga solish bir necha pogonalardan iborat: 
•  xususiy      firmalar,  birinchi      navbatda,  valyuta      munosabatlarida      aktiv   
ishtirok  etayotgan  va  yirik  valyuta  mablag‘lariga  ega  bo‘lgan  milliy  va  xalqaro 
banklar hamda korporatsiyalar kiradi; 
•  xalqaro davlatlar qatoridagi milliy davlatlar (Moliya vazirligi, Markaziy 
bank, valyuta nazorati tashkilotlari). 
Xalqaro tartibga solishda valyuta, kredit va moliya siyosati quyidagi sabablar 
bilan shakllangan: 
1. Milliy iqtisodiyotda valyuta, kredit va moliya munosabatlarining bir-biriga 
o`zaro bog‘liqligi. 
2.  Xo‘jalik  munosabatlarini  erkinlashtirish  sharoiti-da  bozor  va  davlat 
boshqaruvining bozor tomon yuz tutishi. 
3.  Ikkinchi  jahon  urushidan  so‘ng,  jahon  siyosiy  va  iqtisodiy  maydonida 
asosiy  kuch  hisoblangan        AQSH        o‘rnida        uchta        asosiy        hamkorlik        va    

35 
 
 
qarama-qarshi markazlarning tashkil topishi: AQSH, G‘arbiy Yevropa va Yaponiya. 
4.  Jahondagi  yetakchi  valyutalar,  kredit  va  moliya  bozorlari,  ya ‘ni  suzib 
yuruvchi  kurslar,  foiz  stavkalari,  birja  inqirozlari  va  boshqalar  o ‘zgarishining 
barqaror emasligi. 
5. Ichki milliy iqtisodiy siyosatning, shuningdek, valyuta, kredit, moliya, bir-
biriga 
o`zaro 
bog‘liq 
bo‘lmagan 
va 
ularning 
xalqaro 
xo‘jalikdagi 
integratsiyalashuvi. 
Mamlakatlararo  valyutani  boshqarish  tashkiloti  bo‘lib  XVF  hisoblanadi. 
O‘tgan  asrning  70-yillaridan  boshlab  valyuta  siyosatini  muvofiqlashtirish  bo‘yicha 
yig‘ilishlar bo‘lib utdi. Jumladan, 1975  yil  Rambuyeda (Frantsiya) oltita  yetakchi 
mamlakatlar ishtirokida; 1975 yil Parijda Xalqaro iqtisodiy hamkorlik to ‘g‘risida; 
1976  yildan  «Katta  ettilik»ni  (AQSH,  Yaponiya,  Frantsiya,  Buyuk  Britaniya, 
Germaniya, Italiya, Kanada) yillik amaliy yig‘ilishlarini sanab o‘tish mumkin.
16
 
Valyuta  siyosati  maqsad  va  shakliga  ko‘ra  tarkibiy  va  joriyga  bo‘linadi. 
Tarkibiy  valyuta  siyosati  -  jahon  valyuta  tizimi  tarkibini  o‘zgartirishga  qaratilgan 
uzoq  muddatli  tadbirlar  majmuidir.  Ular  barcha  mamlakatlarning  maqsadlariga 
to‘g‘ri  keladigan,  alohida  valyutalarni  shakllantirishga  qarshi  qaratilgan  valyuta 
tadbirlari orqali  amalga  oshiriladi. Tarkibiy  valyuta  siyosati,  joriy  valyuta  tizimiga 
o‘z  ta‘sirini  ko‘rsatadi.  Joriy  valyuta  siyosati  -  valyuta  kursi,  valyuta  operatsiyasi, 
valyuta  bozorining  faoliyati  va  oltin  bozorini  qisqa  vaqtda  tezkorlik  bilan 
boshqarishdir. 
Valyuta  siyosatining  quyidagi  shakllari  mavjud:  diskont,  deviz  siyosati  va 
uning  ko‘rinishlari  -  valyuta  interventsiyasi,  valyuta  zahiralarini  diversifikatsiya 
qilish, valyutaviy cheklashlar, valyutaning almashuv darajasini boshqarish, valyuta 
kursining tartibi, devalvatsiya, revolvatsiya. 
Diskont  (foiz  stavkasi)  siyosati.  Foiz  stavkasi  -  ssuda  kapitalining  yillik 
daromadini uning mutlok kattaligiga nisbatidan kelib chiqadi. 
Foiz o‘zining iqtisodiy ma‘nosi bo‘yicha, ssuda kapitalidan foydalanganlik 
                                                           
16
 Nazarova G.G., Haydarov N.X Xalqaro iqtisodiy munosabatlar. T.: 2005. 

36 
 
 
uchun  to‘lanadigan  qo‘shimcha  qiymatdir.  Foiz  stavkalari  odatda  foyda  me‘yori 
orqali  aniqlanadi,  lekin  amaliyotda  foiz  stavkasi  darajasi  ssuda  kapitallariga 
bo‘ladigan  talab  va  taklifdan  kelib  chiqadi.  Bu  talab  va  taklif  bir  qancha 
fundamental  iqtisodiy  hamda  boshqa  omillarga  bog‘liq,  ya‘ni:  davr  bosqichidan, 
inflyatsiya  darajasidan,  iqtisodni  davlat  tomonidan  monopol  boshqaruvidan, 
Markaziy bank siyosati va boshqalardan. 
Ichki  omillar  ham  muhim  o‘rin  tutadi.  Bular  jumlasiga  xorijiy,  milliy  va 
xalqaro  bozordagi  stavkalar  darajasi,  kapitallar  harakatini  cheklashlar,  to‘lov 
balansini ahvoli kabilarni ko‘rsatish mumkin. Va nixoyat, bir qancha omillar borki, 
ular  stavkalarning  o‘sishiga  tezrok  ta‘sir  etadi.  Ammo,  ular  talab  va  taklifga, 
kutilayotgan  inflyatsiyaning  oldini  olishga,  xavf-xatarlar,  soliqlar,  valyuta  kursi 
tushishi an‘anasiga va shu kabilarga ta‘sir etmaydi. 
Foiz  stavkalarining  joylashish  jarayoni  shu  qadar  murakkablashdiki,  ssuda 
kapitallari  bozoridagi  holatlarni  yoki  foiz  stavkalarini  to‘g‘ri  prognozlashni 
tushuntirib berish murakkabdir. 
Shu bilan birgalikda, foiz stavkalarining tarkibi yetarli darajada egiluvchandir. 
Foiz  stavkalari  tarkibi  asosida  ob‘ektiv  tarzda  pul  bozori  stavkasi  yotadi. 
Ya‘ni, juda keng tarqalgan va likvidli qisqa muddatli operatsiyalar stavkalari tijorat 
banklari o‘z kredit faoliyatini qayta moliyalashtirishda qo‘llaniladi. 
Stavkalar  tarkibi  asosida  pul  bozorining  rasmiy  hisob  stavkasi  (qayd 
qilingan)  yoki  Markaziy  bankning  operatsiyalari  bo‘yicha  joriy  stavkalari  yotadi. 
Bu stavkalar har doim pul  bozori stavkalaridan past bo‘ladi, chunki Markaziy bank 
tomonidan  qayta  hisobga  olingan  tijorat  veksellari,  valyuta  kursi  xavf-xatarlaridan 
xolirok bo‘ladilar. 
Shunday  qilib,  banklar  Markaziy  bank  tomonidan  odatiy  holda  qayta 
moliyalashtirilishlari  mumkin.  Davlat  uchun  rasmiy  hisob  stavka  kursi  valyuta-pul 
bozorini  tartibga  solishning  asosiy  yo‘llaridan  biridir.  Shuning  uchun, 
veksellarning  barchasini  qayta  hisobga  olishda  foydalanilmaydi  (aktseptlovchi 
banklar soni chegaralangan). 

37 
 
 
Pul-valyuta bozorining stavkalar tarkibini ikkinchi asosiy elementlariga xazina 
veksellari  stavkalari  kiradi.  Ba‘zan  bu  alohida  mamlakatlar  (Kanada,  Italiya, 
Shvetsiya,  Yaponiya)  da  rasmiy  foiz  stavkasidan  past  bo‘ladi.  Chunki,  xazina 
veksellariga  kafolatlovchi  sifatida  hukumatning  o‘zi  turganligidir.  Shuningdek, 
hukumatning  o‘zi  kafolat  beruvchi  sifatida  turganligi  uchun  bu  veksellar  eng 
likvidli aktivlar toifasiga kiradi. 
Pul-valyuta bozorining uchinchi asosiy elementlariga banklararo depozitlar va 
unga  yaqin  depozit  sertifikatlari  stavkalari  kiradi.  Bu  stavkalar  rasmiy  kurs 
stavkasidan kam, xazina veksellari stavkasidan esa, hamisha yuqori turadi. 
Hududiy  valyuta  bozorlarning  rivojlanishi  bilan  foiz  stavkalarining  muayyan 
turlari ko‘paymoqda. Masalan, LIBOR (London Interbank Offered Rete - LIBOR) - 
London  banklararo  mablag‘larga  taklif  stavkasi  yuzaga  keldi  va  juda  keng 
kuUanilmoqda.  LIBOR  o‘zida  London  banklarining  bir-biriga  ta‘minlanmagan 
ssudalar (1 oydan 1 yilgacha) berishning o‘rtacha foiz stavkasidir. LIBOR AQSH 
dollarida  qo‘llanilishi  keng  tarqalgan,  lekin  bu  LIBORni  boshqa  evrovalyutalarda 
qo‘llanilmasligini anglatmaydi.
17
 
Xalqaro  ssuda  kapitallari  bozorining  rivojlanishi  bilan  LIBOR  stavkasiga 
o‘xshash boshqa stavkalar paydo bo‘ldi: PIBOR (Parij), SIBOR (Singapur), NIBOR 
(Nyu-York,  Norvegiya),  KUBOR  (Kuvayt),  LYuKSIBOR  (Lyuksem-burg)  va  shu 
kabilar. 
Bularning barchasida valyutadagi foiz stavkalari «tenglashish» an‘anasiga ega, 
chunki  ular  Evrobozorda  hududiy  markaziy  yaqinlikdadirlar.  1985  yildan 
Frankfurt-Maynda  FIBOR  (Germaniya  markasi  uchun),  Amsterdamda  AIBOR 
(gulden uchun) stavkalari qo‘llanila boshlangan. 
Deviz siyosati. Valyuta interventsiyasi.  Markaziy  bankning  deviz  siyosatining 
eng keng tarqalgan shakli, valyuta interventsiyasi hisoblanadi. 
 
 
                                                           
17
 Mejdunarodnie ekonomicheskiye otnosheniya. Pod red. A.I. Yevdokimova. M., 2003. 

38 
 
 
   
 
 
 
 
 
 
 
2.1-jadval 
O’zbekiston banklarida mavjud xorijiy kreditlar yo’nalishlari
18
 
Moliya 
tashkilotining 
nomi 
Korеya 
eksimbanki 
(Koreaeximbank) 
Turkiya 
Eksimbanki 
Xitoy davlat 
tarqqiyot banki 
Xalqaro tiklanish 
va taraqqiyot 
banki 
Krеdit 
yo‗nalishidan 
foydalanish 
maqsadi 
Korеyadan tovarlar
asbob-uskuna va 
xizmatlarni sotib 
olish kontarktining 
85%gacha 
qiymatini 
moliyalashtirish 
Turkiyadan 
tovarlar, asbob-
uskuna va 
xizmatlarni sotib 
olish 
kontarktining 
85%gacha 
qiymatini 
moliyalashtirish 
Xitoydan tovarlar, 
asbob-uskuna va 
xizmatlarni sotib 
olish kontarktining 
100 %gacha 
qiymatini 
moliyalashtirish 
(kamida 50%) 
Mеva-sabzavot va 
boshqa qishloq 
xo‗jaligi 
mahsulotlarini qayta 
ishlash bo‗yicha 
kontraktning 100 
%gacha 
Krеditning 
minimal va 
maksimal 
summasi 

Minimal va 
maksimal 
summa ko‗zda 
tutilmagan 
Maksimal summa - 
ko‗zda tutilmagan; 
Minimal summa - 
100,0 ming AQSh 
dollaridan boshlab. 
Maksimal summa - 
2,0 mln.AQSH 
dollarigacha (4 mln 
AQSh dollari 
klastеr ko‗rinishida 
ajratilganda); 
Minimal summa - 
ko‗zda tutilmagan. 
Krеdit 
yo‗nalishining 
maksimal muddati 
5-7 yil 
10 yilgacha 
9 yilgacha 
7 yilgacha 
Yillik foiz 
stavkasi 
Libor + KЕKSIM 
banki marjasi (har 
bir loyiha bo‗yicha 
aloxida) + 
O‗zmilliybank 
marjasi (har bir 
loyiha bo‗yicha 
alohida) Jami 10-11 
% atrofida 
Libor + chеt el 
banki marjasi + 
O‗zmilliybank 
marjasi Jami 9-
10 % atrofida 
6 oylik Libor + 
yillik 3,2% XDTB 
marjasi + 
O‗zmilliybank 
marjasi Jami 9-10 
% atrofida 
6 oylik Libor + chеt 
el bankining 
o‗zgaruvchan sprеdi 
+ 0.2% MF marjasi 
+ O‗zmilliybank 
marjasi Jami 6-7 % 
atrofida 
Loyiha bo‗yicha 
imtiyozli davr 
1 yilgacha 
Asbob-uskuna 
o‗rnatilganidan 
so‗ng 6 oy 
3 yilgacha, biroq 
2021 yilning 5 
iyunidan 
kеchiktirilmagan 
holda 
2 yilgacha 
Boshqaruv 
komiisiyasi 
Krеdit 
summasining 0,2% 
Krеdit 
summasining 
0,2% 
Krеdit bo‗yicha 
qoldiqning 0,3% to 
krеdit to‗liq 
qoplanmaguniga 
qadar 
Krеdit summasining 
0,5% 
                                                           
18
 
https://nbu.uz/uz/small-business/xorijiy-kredit-yo-nalishlari/
 

39 
 
 
Markaziy  bankning  milliy  valyuta  kursiga  ta‘sir  etish  maqsadida  valyuta 
bozorida  chet  el  valyutalarini  sotib  olish  yoki  sotishiga  valyuta  interventsiyasi 
deyiladi. 
Hozirgi  davrda  valyuta  interventsiyasidan  ko‘zlangan  maqsad  -  valyuta 
kursining  qisqa  vaqt  oralig‘ida,  kutil-maganda  yuzaga  keladigan  keskin 
tebranishlarga  barham  berish  hisoblanadi.  Markaziy  banklar  valyuta  kursini 
istalgan  darajada  o‘zgartirish  imkoniyatiga  ega  emas,  chunki  ular  valyuta 
bozorlarida  tijorat  banklari  bilan  raqobat  kila  olmaydilar.  Shu  sababli,  valyuta 
interventsiyasidan  maqsad  valyuta  kursining  keskin  tebranishlari  oqibatlarini 
yumshatish hisoblanadi.
19
 
Valyuta  interventsiyasi  rasmiy  oltin-valyuta  zahiralari  yoki  Markaziy 
banklarning banklararo «SVOP» bitimlari hisobiga amalga oshiriladi. 
Valyuta  interventsiyasi  XLX  asrdan  boshlab  qo‘llanila  boshladi.  Masalan, 
Gollandiya Markaziy banki, Avstriya-Venger banki milliy valyuta kursini barqaror 
tarzda  ushlash  uchun  undan  foydalanishgan.  Oltin  monometallizmi  bekor 
qilingandan  so‘ng,  valyuta  interventsiyasidan  foydalanish  keng  tarqaldi.  1929-
1933  yilgi  jahon  iqtisodiy  inqirozi  yuzaga  kelgan  sharoitda,  Markaziy  banklar 
valyuta  dempingiga  ko‘mak  berish  uchun  o‘z  valyutalari  kursini  tushirish 
maqsadida valyuta interventsiyasidan foydalandilar. 
Valyuta  interventsiyasi  o‘tkazishning  moddiy  bazasi  vazifasini,  1930-
yillarda  AQSH,  Buyuk  Britaniya,  Frantsiya,  Italiya,  Kanada  va  boshqa 
mamlakatlarda  tashkil  qilingan,  maqsadli  valyuta  fondlari  -  oltin,  chet  el  va  milliy 
valyutalarda tashkil etilgan davlat fondlari o‘tadi. Hozirgi sharoitda bu fondlarning 
roli va yo‘nalishi ayrim davlatlarda alohida xususiyatga egadir. Masalan, Frantsiyada 
bu  maqsadli  valyuta  fondi  mamlakat  rasmiy  oltin-valyuta  zahiralarining  summasi 
miqdorida  ajratilgan  fonddir.  Frantsiya  Markaziy  banki  o‘zining  interventsiya 
operatsiyalari  hajmini  va  xarakterini  oshkor  kilmaslik  uchun  uning  ulchov 
                                                           
19
 
https://www.academia.edu/34974145/Xalqaro_moliya_munosabatlarida_mamlakat_valyuta_siyosatining_orni_va_ah
amiyati_Reja
 

40 
 
 
ko‘rsatkichlarini  matbuotda  e‘lon  kilmaydi.  AQSHda  maqsadli  valyuta  fondi 
haqiqiy  ahamiyati  va  zaruratini  yo‘qotdi  (uning  hajmi  2  mlrd.  AQSH  dollari 
bo‘lib,  u  1934  yil  tashkil  topgan  vaqtdan  beri  o‘zgarmasdan  qolmoqda).  Chunki, 
Federal  Zaxira  banklari  valyuta  interventsiyasini,  asosan,  chet  el  Markaziy 
banklarining  «SVOP»  bitimlari  asosidagi  kreditlari  hisobiga  amalga 
oshirilmoqda.  Buyuk  Britaniyada  maqsadli  valyuta  fondi,  mamlakatdagi  oltin -
valyuta zahiralarini o‘zida mujassamlashtirgandir. 
Brettonvud  tizimi  doirasida  valyuta  interventsiyasi,  asosan,  qat‘iy 
belgilangan  kurslar  qadrini  ushlab  turish  maqsadida  o‘tkazilardi.  Interventsiyani 
o‘tkazishda  asosiy  valyuta  AQSH  dollari  bo‘lgani  uchun,  AQSH  boshqa 
davlatlarga  uning  kursini  ma‘lum  darajada  ushlash  yuzasidan  majburiyat  qo‘ydi. 
Yamayka  tizimida  suzib  yuruvchi  valyuta  kurslariga  o‘tilgandan  so‘ng,  valyuta 
interventsiyasi,  asosan,  kurslar  tez  tebranishining  oldini  olish  maqsadida 
o‘tkazilardi.  AQSH  dollarini  zahira  valyuta  sifatidagi  roli  pasayishi  oqibatida, 
valyuta  interventsiyasida AQSH dollari bilan bir qatorda nemis  markasi hamda bir 
qator G‘arbiy Yevropa va Yaponiya davlatlari valyutalari qo‘llanila boshlandi. 
Hozirgi  vaqtda,  har  qanday  interventsiyaning  oxirgi  maqsadi,  valyuta 
bozoridagi  vaziyatni  barqaror  ushlash  hamda  valyuta  kurslari  tez  tebranishining 
oldini olishdan iborat. Valyuta bozoridagi barqaror holat, birinchi navbatda, tashqi 
iqtisodiy aloqalarni, shu jumladan, butun iqtisodiyotni rivojlanishini ta‘minlaydi. 
Valyuta  interventsiyasining  uzoq  muddatli  maqsadlari  sifatida,  hukumat 
tomonidan  bozordagi  holatni,  mamlakatning  asosiy  iqtisodiy  ko‘rsatkichlari  bilan 
moslash,  xususan,  milliy  valyuta  kursining  oshib  yoki  tushib  ketishining  oldini 
olish,  iqtisodiyotni  xalqaro  valyuta-kredit  kon‘yunkturasining  salbiy  ta‘siridan 
saqlash-larini ko‘rsatish mumkin. Ba‘zan, davlat o‘z valyuta kursini real bo‘lmagan 
kurs darajasida saqlashga harakat qiladi. 
Ko‘pgina  Markaziy  banklar  mamlakatning  oltin-valyuta  zahiralari  bilan 
o‘tkaziladigan  operatsiyalarga  extiyotkorlik  bilan  yondoshmoqdalar  va  kamroq 
xarajat talab qiladigan usullardan foydalanishga intilmoqdalar. 

41 
 
 
Oxirgi yillar davomida, yetakchi mamlakatlar bir necha marta muvofiqlashgan 
valyuta interventsiyasini o‘tkazdilar. Ularning asosiy maqsadi bo‘lib, AQSH dollari 
kursini  tushirish  yoki  hech  bo‘lmaganda  uning  kursi  o‘sishining  oldini  olish  edi. 
Biroq,  o‘tkazilayotgan  operatsiyalar  summasi  nisbatan  kam  bo‘lganligi  sababli, 
sezilarli  yutuqlarga  erishilmadi.  Shunday  bo‘lsada,  shu  narsa  aniq  bo‘ldiki, 
alohida  mamlakatlarning  shartli  interventsiyasiga  nisbatan  muvofiqlashgan 
interventsiyaning natijasi ta‘sirchanroqdir. 
Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling