Hamroyev temurbek dinshunoslik 3-kredit topshirig’I 1-vazifa. Berilgan savollarga javob yozing


Dunyo tinchligiga xavf solib turgan


Download 20.83 Kb.
bet3/3
Sana05.01.2022
Hajmi20.83 Kb.
#212371
1   2   3
Bog'liq
3 kredit topshirig'i Hamroyev Temurbek

Dunyo tinchligiga xavf solib turgan  diniy ekstremizmning  tahdidi  quyidagilardan  iboratdir:

  • Aqidaparastlikni yoyish orqali islohotchi davlatga ishonchni yo’qqa chiqarishga urinish;

  • Diniy ekstremizm tarafdorlari dindorlarning umumiy soniga nisbatan juda ozchilikni tashkil etsada, ularning ta’siriga tushganlar hisobiga jamiyatda erksiz, mute’, faoliyatsiz kishilar soninni orttirish;

  • ,,Soxta” va ,,haqiqiy” dindorlik belgilari bo’yicha qarama qarshilikni keltirib chiqarish;

  • Bizga qo’shni bo’lgan notinch hududlar jangarilarni tayyorlash uchun qulay zamin ekanligi;

  • G’arbga ,,islomlashtirilgan”, Sharqqa esa, aksincha, ,,dinsiz’’, ,,dahriy’’ shaklda ko’rsatib, O’zbekistonning xalqaro obro’yiga putur yetkazishga urinish;

  • Islom sivilizatsiyasi bilan noislomiy sivilizatsiyalar o’rtasiga yalpi qarama-qarshilikni kuchaytirish va boshqa tahdidlarni misol qilishimiz mumkin.

       Noqonuniy   qurol-yarog’ savdosi va narkobiznes hisobidan katta mablag’lar to’planayotgan, musulmon dunyosida shakllangan o’ziga xoslik tufayli yuzaga kelgan vaziyatda islomni shior qilib olgan ekstremizm va terrorizm xavfsizlikka asosiy tahdid difatida birinchi o’ringa chiqdi. Bu vahshiylikning kelib chiqish sabablari quyidagilar orqali ko’rishimiz mumkin:

  • Diniy ekstremizm- u yoki bu dinning o’ta tajavuzkor, agressiv va jinoiy yo’naltirgan mazhabi va oqimi bo’lishi;

  • Dindan foydalanib dinga aloqasi bo’lmagan siyosiy va boshqa tajovuzlar va maqsadlarni amalga oshirish uchun intilish;

  • Dindan turli siyosiy mojarolar, ziddiyatlarni keltirib chiqarishga urinish;

  • Inson, millatlarning o’z taqdirini o’zi belgilash huquqini emas, balki dinning yashashga bo’lgan huquqni e’tirof etish;

  • O’z-o’zidan ravshanki, bu hodisalar O’zbekistonning mustaqilligini mustahkamlash, uning xavfsizligini ta’minlash zarurligi nuqtai-nazridan qaraganda tashvish tug’dirishi;

  • Dinni dunyoqarash tafakkurinining yagona vositasi deb hisoblash va hokazolardan iborat.

 

   Bu muammoning asosiy paydo bo’lish omillarni aniqlab oldik, xo’sh diniy ekstremizm va terrorizm hamon yechimi muammo bo’lib korinayotganm masala bo’lib qolyapti. U bunchalik kuchni qayerdan olayapti-? degan savol tug’ilishi tabiiy. Bu vahshiylikning oziqlantiruvchi omillardan biri bu qashshoq aholi toifasi bo’lsa, ikkinchi asosiy omillardan biri – bilimsizlik, uquvsizlik va albatta, ongida mafkuraviy bo’shliq shakllangan ijtimoiy qatlamlarning bu yo’lga kirib ketishlaridir. Aynan shu bois ekstremistlar o’zlarining manfur g’oyalariga muqaddas dinimizni niqob qilib olib, odamlar ongiga dinning mavjud bo’lmagan qonun-qoidalari bilan ta’sir etib, ularni atroflariga to’planmoqdalar va bu yo’lda hattoki jonlarni ham ayamayaptilar.  Aslida din ular uchun e’tiqod qilish uchun emas , balki, o’zlarining manfur, g’arazli, jirkanchli  niyatlari bo’lmish – siyosiy hokimiyatni kuch bilan egallashdagi qurol yoki niqob vazifasini bajarib kelmoqda.



    Shunday ekan, barchamiz ularga qarshi kurashda milliy ma’naviyatimiz, o’zligimiz, e’tiqodimiz ramzi bo’lgan – dinimizdan foydalanishlariga yo’l qo’ymasligimiz darkor. Buning uchun avvalo barchamiz musulmonlar sifatida haqiqiy dindan xabardor bo’lishimiz darkor. Darhaqiqat, chin e’tiqodli, bilimli va mustaqil fikrlash kabi ko’rinishlar biz – yoshlarda, jamiyatimizning har bir a’zosida mujassam qilsak, biz hech qachon bunday guruhlarga qo’shilib ketmaymiz. Shu o’rinda birinchi Prezidentimiz I.A Karimovning quyidagi so’zlarini tilga olsak ,,barchamizga ayon bo’lishi kerakki, qayerdaki beparvolik va loqaydlik hukm sursa, eng dolzarb masalalar o’zibo’larchikkka tashlab qo’yilsa, o’sha yerda ma’naviyat eng ojiz va zaif nuqtaga aylanadi.Va aksincha – qayerda hushyorlik va jonkuyarlik, yuksak aql-idrok va taffakkur hukmron bo’lsa, o’sha yerda ma’naviyat qudratli kuchga aylanadi’’. Bu so’zlarni ichida katta ma’no yotadi, biz – yoshlar har doim hushyor, sergak, kuchli iroda va bilimimiz bilan bu jaholatni oldini olishga va Ona-vatanimiz tinchligiga xavf solayotgan bu tahdidlarga qarshi kurashmog’imiz kerak. Demak, bu jaholatga qarshi faqat jaholat bilan emas, balki, ezgulik tarafdori bo’lgan mangu, yorug’, nurli-kuchli bilim va sog’lom tafakkurimiz bilan kurashishimiz zarur.
Download 20.83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling