Hamshiralik ishi (patronaj hamshiralari) mutaxassisligi bo’yicha
shakllantirilgan og’zaki savollar ro’yxati
Ikkinchi malaka toifalari uchun:
-
Bolalarda infektsiya bilan bog’liq yoki surunkali infektsiya o’chog’ida isitma kuzatilganda patronaj hamshirasi nimalarga rioya qilish kerak.
-
Antenatal davrdagi homilador ayol patronaji vaqtida patronaj hamshiralari nimalarni aniqlashi lozim.
-
Bolaga ko’krak sutiga qo’shimcha mahsulotlar va qo’shimcha qanday ovqatlar berish tartibini sanang.
-
Bolani emizishning samarali darajada va to’laqonli o’rnatilgan emizish qoidalarini sanab bering.
-
Yuqori samarali bolalarni emizishning afzalliklarini ko’rsatib o’ting.
-
Bolalar yiliga bir marta dispanserizatsiya qilinadi va bunda hamshira tomonidan qanday ishlar amalga oshiriladi.
-
Dezinsektsiya orqali qanday bo’g’imoyolilar va hasharotlar yo’q qilinadi.
-
JSSTning sog’lom oilani shakllantirishning asosiy tamoyillarini sanab bering.
-
Go’dakni parvarishlashda ishlatiladigan yo’rgak komplektlarida nimalar bo’lishi kerak.
-
Bizning mamlakatimizda VICh infektsiyasiga kimlar tekshiriladi.
-
VICh infektsiyasini profilaktikasini sanang.
-
VICh yuqtirgan bemorning klinik belgilarini sanang.
-
Chekish tufayli kelib chiqadigan asosiy kasalliklarni sanab bering.
-
Gormonal kontratseptsiya qo’llashdagi nisbiy mone’likka nimalar kiradi.
-
Qon tupurish hollarida ko’krak qafasi a’zolari qanday tekshiruvlardan o’tkazilishi kerak.
-
Haroratning maksimal ko’tarilishi nimalar bilan ifodalanadi.
-
Isitmaning doimiyligi bo’yicha qanday turlari mavjud.
-
Isitmaning ko’rinishlariga qarab nechta turga bo’linadi.
-
Qiz bolalarni 3 yoshgacha bo’lgan davrlari haqida ma’lumot bering.
-
O’smir yoshdagi qizlarda uchraydigan jinsiy a’zolarni kasalliklari haqida ma’lumot bering.
-
Yuvenil qon ketishda birinchi yordam nimadan iborat.
-
Hayz vaqtida qizlarga qanday tavsiyalar beriladi.
-
O’smirlarning ovqatlanish tartibi haqidagi qoidalarni sanab bering.
-
Jinsiy tarbiya haqidagi ma’lumot o’smirga hayotda nimalarga yordam beradi.
-
O’smirlarda ko’p uchraydigan ichki kasalliklarni sanab bering.
-
Jinsiy tarbiya nima.
-
Oilada o’smirlarning o’sishida rioya q/ilishda nimalarga e’tibor berish lozim.
-
O’g’il bolalarda jismoniy yetuklik belgilarini sanab bering.
-
Qiz bolalarda tashki jinsiy balogatga yetish belgilari nimalar kiradi.
-
O’smirlar bilishi lozim bo’lgan reproduktiv salomatlik masalalari qaysilar.
-
Patronaj hamshirasining so’zlashish madaniyatining o’ziga xos tomonlarini sanab bering.
-
Geriatrik bemorlardan anamnez to’plashda hamshiradan nimalar talab qilinadi.
-
Reproduktiv yoshdagi ayollarga xizmat kursatayotgan patronaj hamshiralarning asosiy faoliyat printsiplariga nimalar kiradi.
-
Bolalarda uchraydigan funktsional qayt qilishning oldini olish va parvarish qilishda qanday chora – tadbirlar qo’llaniladi.
-
Chaqaloqlarda qayt qilishning organik sabablari nima.
-
Antenatal davrda xavf tug’diruvchi omillarga qaysilar kiradi.
-
Antenatal davrda patronaj hamshiraning amalga oshirayotgan profilaktik tadbirlarni sanab bering.
-
Tug’ruqdan keyingi davrda bola uchun xavfli omillarni sanab bering.
-
Homilador ayol tomonidan yo’l qo’yilgan qanday xatoliklar bolaning nosog’lom tug’ilishiga olib kelishi mumkin.
-
Uy sharoitida bemor lablarining yorilib ketishiga yo’l qo’ymaslik uchun patronaj hamshirasi qanday muolajalarni bajarishi kerak.
-
Uy sharoitida yotoq yarani parvarish qilish va davolash uchun qanday tadbirlar amalga oshiriladi.
-
Ona tomonidan bolaga salbiy ta’sir ko’rsatadigan va onaning laktatsiya davridagi qiyinchiliklariga olib keladigan sut bezi kasalliklari qaysilar kiradi.
-
Onaning emizish rejimiga qat’iy amal qilish bo’yicha bolaning bir kunlik ovqatlanish hajmi qanday taqsimlanadi.
-
Ona chaqaloqni to’g’ri emizish qoidalarini texnikasini sanab bering.
-
Davolash-profilaktika muassasalarida sanitariya, epidemiyaga qarshi va dezinfektsiya rejimlari to’g’risidagi amaldagi me’yoriy hujjatlarni sanab bering.
-
OIV eng ko’p uchraydigan biologik suyuqliklarni sanab bering.
-
OIV infektsiyasining yuqish yo’llarini aytib bering.
-
OIV infektsiyasining etiologiyasi aytib bering.
-
Biologik suyuqliklar shikastlanmagan teriga sachrab ketganda nima qilish kerak.
-
Biologik suyuqliklar shikastlangan teriga tushganida qanday chora-tadbir qo’llanilishi kerak.
-
OIV infektsiyasining manbai kimlar bo’lishi mumkin.
-
Sterillangan xirurgik qo’lqoplardan qachon foydalaniladi.
-
Necha turdagi rezina qo’qoplarni bilasiz.
-
Qo’l yuvish texnikasi nechta bosqichdan iborat.
-
Bir marotabalik niqoblar necha soatda almashtirilishi kerak.
-
Asfiksiyada birinchi yordam berishning algoritmini aytib bering.
-
Sovuq olishda tez tibbiy yordam ko’rsatish algoritmini aytib bering.
-
Yuqori nafas yo’llariga yot jism tushganda birinchi yordam ko’rsatishni aytib bering.
-
Gipertoniya krizida birinchi yordam ko’rsatishni aytib bering.
-
O’tkir nafas yetishmovchiligida birinchi yordam ko’rsatishni sanab bering.
-
Yurak faoliyati to’xtaganda birinchi yordam ko’rsatish ketma-ketligini sanab bering.
-
Pnevmotoraksning qanday turlari mavjud.
-
O’pkadan qon ketishning tashqi belgilariga nimalar kiradi.
-
Meteorizm nima.
-
Xushdan ketganda tez tibbiy yordam ko’rsatishni aytib bering.
-
Anafilaktik shokning sabablari va belgilarini sanab bering.
-
Gipertermiya turlarini sanab bering.
-
Gipertermiyada hamshiraning taktikasi nimadan iborat.
-
Qon ketish turlarini sanab bering.
-
Klinik o’limning belgilarini sanab bering.
-
Biologik o’limning erta belgilarini aytib bering.
-
Isituvchi kompress qo’yish texnikasini aytib bering.
-
Qariyalarni parvarish qilishning o’ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat.
-
Antropometriya nima.
-
Pedikulyoz nima.
-
Yotoq yaralar nima va ularni oldini olishda hamshiraning o’rni nimadan iborat.
-
Terining funktsiyalarini sanab bering.
-
Tana haroratini o’lchash usullarini sanab bering.
-
Nafas olishning yoshga doir me’yoriy ko’rsatkichlarni sanab bering.
-
Nafas olish tizimi a’zolarini tekshirish usullari sanab bering.
-
Oksigenoterapiya nima.
-
Pulsni aniqlash nuqtalarning nomini sanab bering.
-
Qon bosimni o’lchash texnikasini aytib bering.
-
Zararsizlantiruvchi moddallar bilan zaharlanganda birinchi yordam ko’rsatish.
-
Gijja tuxumlariga tekshirish uchun najas olish texnikasini aytib bering.
-
Ko’zga tomchi tomizish texnikasini aytib bering.
-
Ingalyatorlarni qo’llash texnikasi aytib bering.
-
Mushak orasiga in’ektsiya qilinganidan keyingi yuzaga kelishi mumkin bo’lgan asoratlarni sanab bering.
-
Qusayotgan bemorga ko’rsatiladigan hamshiralik parvarishi nimadan iborat.
-
Ho’qna turlarini sanab bering.
-
Tozalovchi ho’qnaga ko’rsatmalarni sanab bering.
-
Tozalovchi ho’qna algoritmini aytib bering.
-
Buyrak va siydik yo’li kasalliklarida bemorlarga hamshiralik parvarishi nimadan iborat.
-
Ayollarda qovuqni kateterlash texnikasini aytib bering.
-
Erkaklarda qovuqni kateterlash texnikasini aytib bering.
-
Laboratoriya tekshiruvi uchun peshob yig’ish turlarini sanab bering.
-
Yatrogeniya haqida ma’lumotlarni keltirib o’ting.
-
Verbal va noverbal muloqat turlari haqida ma’lumot bering.
-
Gipertoniya kasaligiga olib keladigan sabablarni sanab bering.
-
Oshqozon-ichak yarasidan qon ketish simptomlarini sanab bering.
-
Chala tug’ilgan chaqaloqlarni isitish usullarini ayting.
-
Yangi tug’ilgan chaqaloqni parvarish qilishda hamshira taktikasi nimalardan iborat.
-
Raxit kasalligining sabablarini sanab bering.
-
Revmatizm sabablarini sanab bering.
-
Bolalardagi raxit kasalligini oldini olishda hamshiraning o’rni nimadan iborat.
-
OIV/OITSda organizmning qaysi tizimlari shikastlanadi.
-
OIVni onadan bolaga o’tishi profilaktikasi nimadan iborat.
-
OIV infeksiyasining qo’zg’atuvchisi nima.
-
Dezinfeksiya deganda nimani tushunasiz.
-
Tibbiyotda etika va deontoligiya tushunchasiga ta’rif bering.
-
Tibbiy asbob-anjomlar qaysi usullarda sterilizatsiya qilinadi.
-
Og’ir yotgan bemorni o’rin oqliklarini almashtirish usullari sanab bering.
-
Og’iz bo’shlig’ini gigiyenik parvarishlashda hamshiraning o’rni nimadan iborat.
-
Virusli gepatit turlarini aytib bering.
-
Virusli gepatit “B”ning yuqish yo’llari qaysi.
-
Qandli diabet kasalligida hamshiralik parvarishini aytib bering.
-
Gipotermiya holatida hamshira taktikasi qanday bo’lishi kerak.
-
Allergik holatlarda birinchi tibbiy yordam korsatish nimadan iborat.
-
Diareyada hamshiralik parvarishi.
-
Qabziyatda bemorga hamshiralik parvarishini ko’rsatish.
-
Ishlatilgan tuvak yoki siydikdonlarni zararsizlantirish qanday amalga oshiriladi.
-
Isitgich (grelka) qo’llash uchun ko’rsatma va mone’liklarni sanab bering.
-
Quloqga dori tomizish texnikasini aytib bering.
-
Aseptika turlarini sanab bering.
-
Antiseptika turlarini sanab bering.
-
Qon bosimini o’lchashni aytib bering.
-
Hayotiy muhim ko’rsatkichlarni sanab bering.
-
Emlash texnikasini aytib bering.
-
Pediatriya hamshirasining vazifalari nimadan iborat.
-
Virusli gemorragik isitmalarda o’rnatilgan karantin muddati qancha.
-
Elektr toki urishida hamshira taktikasi nimadan iborat.
-
Cho’kishda tez tibbiy yordam ko’rsatishni aytib bering.
-
Gemorragik shok belgilarini sanab bering.
-
Arterial qon ketishda shifokorgacha yordam berish.
-
Tashqi qon ketishi nima.
-
Bolalarda stenozlovchi laringitda tez tibbiy yordam ko’rsatishni aytib bering.
-
Bronxial astma xurujida tez tibbiy yordam ko’rsatishni aytib bering.
-
Lat yeyishda birinchi yordamni aytib bering.
-
Ko’z ichiga yot jismlar tushganda birinchi yordamni sanab bering.
-
Burundagi yot jismlarni olib tashlash usullarini sanab bering.
-
Burundan qon ketishda shoshilinch yordamni qanday amalga oshiriladi.
-
Oftob urishi belgilarini sanab bering.
-
Bolalarga tozalovchi xo’qna qo’yish texnikasini aytib bering.
-
Kontrasepsiyaning ximiyaviy (spermisidlar) usuli.
-
Laktatsion aminoreya nima.
-
Kontrasepsiya turlarini sanab bering.
-
Uy sharoitida bemorlarni faol patronajini amalga oshirish qanday amalga oshiriladi.
-
Universal patronaj kuzatuvi nima.
Do'stlaringiz bilan baham: |