Hamshiralik ishi yo’nalishi davlat attestatsiyasi kasbiy nazariy imtixon savollari Hamshiralik ishi asoslari
Download 78.47 Kb.
|
Hamshiralik ishi yo’nalishi davlat attestatsiyasi kasbiy nazariy
Psixologik parvarish
1.Psixologik parvarish rollari to'g'ri ko'rsatilgan qatorni ko'rsating. 2.Ruhiy salomatlikka ta'sir etuvchi qanday tashqi muhit omillari mavjud? 3.Ruhiy salomatlik tamoyillari (JSST bo'yicha) kirmaydi: 4.Psixiatriya bo'limida boshqa bo'limlardan farqli qanday chegaralanishlar mavjud? 5.Psixiatriyada majburlash yoli bilan bajariladigan qanday tibbiy tadbirlar mavjud? 6."Axborotlangan rozilik" tushunchasi qanday talqin qilinadi? 7.Shifokorning bemorga munosabatlarining ilmga asoslangan tizimi: 8.Uyg'oqlik bilan uyquga o'tish orasidagi chala uyqu holati: 9.Autogen trenirovkani taklif etgan olim: 10. Ruhiy salomatlikka ta'sir etuvchi tabiiy muhitga nima kiradi? 11.Ruhiy salomatlikka ta'sir etuvchi ijtimoiy-madaniy muhitga nima kiradi? 12.Ta'sir ko'rsatish va gipnoz hodisalarini muntazam ravishda o'rganish qachondan boshlangan? 13.Psixoterapiyani qadimda qanday atashgan? 14.Bemorlar jamoasining har bir bemorga shifobaxsh ta'sir ko'rsatishi qanday nomlanadi? 15. Kasal shaxsiyatining saqlanib qolgan tomonlarini safarbar etib, uni real turmush sharoitlariga jalb qilish, kasallik natijasida izdan chiqqan funksiyalarni mashq qildirish: 16.Psixologiya fanining "otasi”ni aniqlang:. 17.Statsionardan chiqqanda bemor qayerda nazoratda turadi? 18.Dispanserda qanday davolash usullaridan keng foydalaniladi? 19.Psixiatrik yordamining hammasi kasalxonadan tashqarida ko'rsatilayotgan joylarning noto'g'risini ko'rsating. 20.O'zbekiston Respublikasining "Psixiatriya yordami to'g'risida"gi qonuni qaysi yili chiqarilgan? 21.Psixik hodisalarning asosan ichki, subyektiv tomonini tekshirish uchun qo'llaniladigan usulni aniqlang. 22.Bu usul yordamida bemorning aqliy rivojlanishi, javob va harakat reaksiyalari aniqlanadi: 23.Katta yoshdagilar va bolalar uchun mo'ljallangan, shaxsning intellekti va shaxsiy sifatlarini aniqlashga imkon beradigan usulni aniqlang. 24.Kalla suyagining rentgen tasviri: 25.Umurtqa pog'onasi ichidagi o'simtalar va boshqa o'zgarishlarni kontrast rentgen usullari orqali tekshirish: 26.Kristall va gazli detektorli skanner qurilmasi yordamida miyadagi kasallangan joyini o'rganish usuli: 27.Gallyusinatsiya deb nimaga aytiladi? 28.Paramneziya — bu ... 29.Psixosensor buzilishlarga nimalar kiradi? 30.Ko'tarinki kayfiyat, fikrlashning tezlashuvi va yuqori darajadagi harakat faolligining mujassamlashuvi nima deb ataladi? 31.Insonning ruhiy faoliyati nechaga bo'linadi va uning ketma-ketligini toping. 32.Idrok bu - ... 33.Debillik, Imbesil, Idiotiya ruhiy faoliyatning qaysi qismi buzilishiga kiradi? 34.Bunda "O'zining soyasi xuddi kimdir orqasidan yurgandek”, "Ko'chada ketayotganda yonidan it chiqib qolsa, xuddi yonida bo'ri turgandak va uni tishlab oladigandek ko'rinadi". Bu holat nima deb ataladi? 35.Psixoanalizga ko'ra insonning ruhiy faoliyati necha darajadan iborat? 36.Kim ongning fiziologik mexanizmi haqida ong bosh miya katta yarim sharlari muayyan sohasining ma'lum optimal qo'zg'alishga ega bo'lgan qismining hozirgi paytdagi va hozirgi sharoitdagi nerv faoliyatidir degan edi? 37.O'z shaxsini, mo'ljalini saqlagan holda joy, vaqt va atrof sharoitdagi mo'ljalning buzilishi: 38.Bir lahzada paydo bo'lib, odam ba'zan buning uchun nobop sharoitda odatlanib qolgan qator harakatlarini qilishi: 39.Bu holatda bemor kimligini biladi, ammo o'zini o'zgarganday sezadi,bu ham hamma vaqt bo'lavermaydi va nimasi o'zgarganini aniq aytolmasligi: 40.Uzoq davom etadigan, mo'ljal olish o'zgarmaydi ichimliklardan, uxlatuvchi dori vositalaridan zaharlanganda kuzatiladigan holat: 41.Bemorlar atrofdagi ta'sirotlarga kuchsiz reaksiya ko'rsatishi: 42.Es-hush aynishining juda borib turgan darajasi: 43.Ongning yengil buzilishi, ong bir necha soniya qorong'ilashib, kichik-kichik bulutchalar singari yengil suzib yurishi: 44.Bulut ma'nosini biladiradigan holat: 45.Uyquchanlik ma'nosini bildiradigan holat: 46.Mijozni o'rganishda uning tarjimayi holi ma’lumotlariga nima kисhli ta'sir o'rsatadi? . 47.Bolaning ruhiy jihatdan sog'lom bo'lishi to'g'risida g'amxo'rlikni qachon boshlash kerak? 48.Bemorlarda zaharlanib qolish vasvasasida qanday holat kuzatiladi? 49.Nima sababli mijoz dori qabul qilishdan bosh tortishi mumkin? . 50.Ruhiy kasalikka giriftor bo'lgan bemorlarga nima ijobiy ta'sir ko'rsatadi? 51.Ruhiy bemorlar qanday hollarda ovqat yeyishdan bosh tortishlari mumkin? 52.Aqliy zaiflikning qaysi formasida boshlang'ich ta’lim malumotlarini o'zlashtirishi mumkin (Yaponiyada 12 yoshgacha, O'zbekistonda 10 yoshgacha kundalik hayot faoliyati mustaqil)? 53.Aqliy zaiflikning qaysi formasida bolang'ich talimning boshlang'ich guruhlariga moslashishi mumkin, kundalik hayot va jismoniy qobilyati qoloq va mashq o'tkazish talab qilinadi? 54.Aqliy zaiflikning qaysi formasida boshlang'ich ta'lim dasturini o'zlashtira olmaydi, o'z xohishini so'z bilan bildira oladi, harakat buzilishlari kuzatiladi, lekin mashqlar o'tkazish orqali harakat faolligini kuchaytirish mumkin? 55.Aqliy zaiflikning qaysi formasida, asosan, so'z orqali muloqatda bo'la olmaydi, harakatsiz, aniq harakatlanish buzilishi kuzatiladi, o’z xohishlarini bildira olmaydi, shu tufayli nazorat va umumiy qo'llab- quvvatlashga muhtoj? 56.O'rtacha og'irlikdagi darajasi bo'lib, bunda bemorlarning so'z boyligi chegaralangan bo'ladi, ko'p ishlatiladigan so'zlarni o'zlashtirib oladi, maxsus maktablarda o'qiy olmaydi, chunki ularning nutq va so'zlarni talaffuz qilishi hamda duduqlanib gapirishi kuzatiladi. Qaysi kasallik haqida ma'lumotlar berilgan? 57.Oligofreniyaning og'ir darajasi bo'lib, bunday bemorlarda nutq bo'lmaydi, ma'nosiz tovushlar, kamdan kam hollarda ayrim so'zlarni talaffuz qiladilar. Bunday bemorlarni biror ishga o'rgatib bo'lmaydi, kundalik buyumlardan foydalana olmaydilar. Ular qo'llariga tushgan narsalarni og'izlariga soladilar, birdan baqirib yuboradilar. Qaysi kasallik haqida ma'lumotlar berilgan? 58. Quyonchiq ma'nosini bildiradigan surunkali kasallik bo'lib,mushaklar tortishi va tortistttivisiz qaytarilib turuvchi hamda bemorning shaxsiyati o'zgarib borishi bilan kechadigan kaiallik qanday nommnadi? 59.Kasallikning kelib chiqish sabablari juda ko'p va xilma-xildir. Javoblar orasidan noto'g'risini aniqlang. 60.Epilepsiya bo'lishi uchun nimalar bo'lishi kerak? 61.Miya tizimidagi cheklangan o'zgarish qanday nomlanadi? 62.Epilepsiyaning klinik manzarasi necha bosqichdan iborat? 63.Grekcha "shamol" degan ma'noni bildiradigan, tutqanoq xurujining xabarchisi qanday nomlanadi? 64.Epilepsiyaning ruhiy belgilari: Javoblar orasidan noto'g'risini aniqlang. 65.Ba'zan tutqanoq ketma-ket boshlanib, bir necha kungacha davom etishi qanday nomlanadi? 66.Birdaniga va qisqa (2—5 soniya) vaqtda hushdan ketish bilan kechadigan tutqanoq: 67.Giyohvand moddalar bir marta iste'mol qilganda insonda qanday o'zgarishlar keltiradi? 68.Giyohvand moddalar surunkali iste'mol qilganda insonda qanday o'zgarishlar keltiradi? 69.Giyohvand moddalar uzluksiz iste'mol qilish nimaga olib keladi? 70.Bemorlar giyohvand dorilarni qabul qilmasa, bosh og'riq, lanjlik, tajanglik, yurak o'ynashi, kayfiyat va ruhiyatning yomonlashuvi, ich ketish, uyqusizlik va vahima bosish belgilari kuzatilishi qanday nomalanadi? 71.Giyohvandlikka o'rganib qolgan bemorlarda qanday klinik belgilar kuzatiladi? 72. Nasha chekilganda organizmda qanday o'zgarishlar kuzatiladi? 73. Giyohvandlik necha bosqichda davolanadi? 74.Giyohvandlikning qaysi bosqichida organizmdagi zaharli toksinlarni suyuqliklar quyish natijasida chiqarib yuborish, organizmni umuman mustahkamlash va tetiklashtirish, giyohvand moddalar qabul qilishn to'xtatishga qaratilgan davolash ishlari olib boriladi? 75.Giyohvandlikning qaysi bosqichida xumor holatini to'xtatib turuvchi davolash ishlari olib boriladi? 76.Alkogolli ensefalopatiyada quyidagi somatik tizimdagi o’zgarishlar kuzatiladi: 77.Alkogolli ensefalopatiyada quyidagi asab tizimdagi o'zgarishlar kuzatiladi: 78. Shizofreniyaning qaysi turida bemorlar harakatida katatonik qotib qolish yoki katatonik qo'zg'aluvchanlik bo'lishi, bir joyda qimirlamasdan qotib turishi va bitta so'z yoki harakatni hadeb takrorlayverishi hamda mutizm kuzatiladi? 79. Shizofreniyaning qaysi turida bemorlar hech kimning gapiga ishonmaydi, hammaga shubha bilan qaraydi, o'ziga qarshi tashqaridan jismoniy ta'sirlarni sezgandek boladi? 80.Shizofreniyaning qaysi turida bemorlarda quruq safsatabozlik, mantiqsiz qiliqlar qilishi, aftini burishtirib, so'zlarini, qiliqlarini sun'iy takrorlab turishi kuzatiladi? 81. Mastlikning qaysi turida mastlikka xos baland kayfiyat kamroq bo'lib,qisqa vaqt bo'ladigan jahldorlik, norozilik bilan almashinib turadi? 82. Mastlikning qaysi turida ruhiy taranglik, g'amginlik, jahldorlik, tushkunlikka tushish, atrofdagi kishilarga xavf solish paydo bo'ladi? 83.Mastlikning qaysi turida harakatning buzilishi bo'lib, qo'llarini qiyshaytirib, bezovtalanadi, bunda o'ziga yengil jarohat yetkazishi mumkin. bemorda isterik tutqanoq xuruji paydo bo'lishi mumkin? 84.Mastlikning qaysi turida kayfiyatning pasayishi bo'lib, bemorlar ko'pincha yig'laydilar, g'amginlik, bezovtalanish, o'ziga suiqasd qilish fikrlari paydo bo'ladi? 85.Mastlikning qaysi turida qisqa vaqt ko’tarinki kayfiyatdan so'ng uyqu kelishi va uxlab qolish mumkin? 86. Mastlikning qaysi turida epilepsiya xuruji va harakat qo'zg'alishlari kuzatiladi? 87.Mastlikning qaysi turida harakat va nutq qo'zg'alishi kuchayib, atrofdagi kishilarni haqorat qiladi, urish va janjal qiladi? 88.Ko'proq erkaklarda uchrab, o'z turmush o'rtog'ini begona bilan topishib olgandek fikrlar paydo bo'lishi qanday nomlanadi? 89.Yunoncha so'zdan olingan, ruhning parchalanishi yoki bo'linishi degan ma'noni bildiradigan kasallik qanday nomlanadi? . 90.Kasallikni keltirib chiqaruvchi sabablari orasidan noto'g'risni toping 91.Shizofreniya klinik kechishining qanday shakllari bor? Javoblar orasidan noto'g'risini aniqlang. 92.Shizofreniyaning qanday shaklida klinik belgilar asta-sekin kuchayib, zo'rayib borish bilan o'tadi. Kasallik davomida nevrozsimon vasvasali gallyusinator, gebefrenik va katatonik alomatlar kuzatiladi? 93. Shizofreniyaning qanday shaklida to'satdan qisqa muddatda psixozlar boshlanib, shaxsiyat asta-sekin o'zgarib boradi, ko'proq o'smirlik davridan boshlanadi, dastlab asabiylashish, ortiqcha fikrlash va miyadan ketmaydigan xayollar paydo bo'lishi bilan kechadi? 94. Shizofreniyaning qanday shaklida kasallik xurujlar bilan bolib,uzoqroq davom etadi, shaxsiyat o'zgarishi, aql pastlik tobora zo'rayib boradi, vasvasalar va gallyusinatsiyalar bilan kechadi? 95. Shizofreniyaning qaysi turida bemor beparvo, kamgap, serjahl va kam harakat bolib, yakka qolish, xonalardan chiqmay bir o'zi o'tirish istagi ko'proq bo'lishi hamda negativizm kuzatiladi? 96. Statsionardan chiqqanda, bemorlarga nimalar tavsiya etiladi? 97. Tibbiy psixologiya bemor psixikasini chuqurroq o'rganish maqsadida quyidagilardan foydalanadi: 98. Veksler testlari tizimi so'z bilan ifodalanadigan qanday testlararni o’z ichiga kirmagan javobni ko`rsating. 99. Komputer tomografiya usuli yordamida qanday ma'lumotni aniqlash mumkin emas? 100. O'tkir davrda mijozda qanday salbiy holatlar kuzatilmaydi? 101. Temperamentning nechta tipi mavjud? 102.Qachon Toshkent harbiy gospitali qoshida ruhiy kasallar bo’limi ochildi? 103.Nechanchi yii Toshkent vrachlar malakasni oshirish insitutida psixiatriya kafedrasi ochildi ? 104.Bemor jamoat joylarida, transportda doimiy o'rganib qolgan harakatlarini takrorlaydi: kiyimlarini yechib, kiyadi, poyafzal iplarini yechib bog’laydi. Bu holat ong buzilishining qaysi turiga hos? 105. l%li oltingugurt va malham aralashmasini mushak orasiga yuborish qaysi davo turiga kiradi?) 106.Yatrogeniya bu ... Download 78.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling