Hamza Imonberdiyev (1954-1997)


Download 29.77 Kb.
Sana03.11.2023
Hajmi29.77 Kb.
#1743192
Bog'liq
Hamza Imonberdiyev



Hamza Imonberdiyev (1954-1997) shu ma’noda o`zbek bolalar adabiyoti rivojiga hissa qo`shgan shoirlardan. U uzoq yillar "Tong yulduzi" gazetasida, so`ngra, 1986-yildan umrining so`nggi damlarigacha "Cho`lpon" bolalar nashriyotida faoliyat ko`rsatgan. Uning turli yillarda nashr qilingan "Quvnoqlar quvonchi", "Shokoladxo`rlar", "G`aroyib pufak", "Kulgi shaharchasi", "Oydagi tomosha", "Lofchilar – aldoqchilar", "G`aroyibkent hangomalari", "Bir kunlik mo’jiza" singari she’riy va nasriy to`plamlari bolalar kitobxonligida shuhrat qozongan. Shoir she’rlarida bolalarning xarakter-xususiyati, orzu-o`ylari aks etgan. Masalan, "Bir so`z" she’rida Loladan astoydil ranjigan, unga birgina "shaddod" degan so`zi uchun "badbashara", "xumbosh" kabi yomon so`zlarni eshitganidan arazlab, boshqa o`rtoq topishga ahd qilgan bola timsoli gavdalanadi. "Urishqoqlar"da esa o`g`il bolalar ko`proq o`ynaydigan "urush-urush" o`yini manzarasi chizib berilgan. Ayniqsa, qo`lda yog`och-avtomat bilan kalishlardan esa granata o`rnida foydalanishlari, bir-birlarini poylab turib, "o`q" uzishlari bolalar tilidan mardona hikoya qilinadi.

  • Paq-puq, otdim, yiqil,– deb. Dushman tan olmas:– O`qing Qiyshiq ketdi,–nuqul deb. Hamma bola o`yinda

"Jang" qiziydi tobora… Faqatgina Nodir bu jangga qo`shilmay, raketa yasash bilan ovora bo`ladi.
Chunki:

  • Urishqoqlar ichida

Yashab netaman,– der u. Olis sayyoralarga
Uchib ketaman,– der u.
Buni eshitib, qolgan bolalar “o`zing bilan bizni ham ola ket”,– deb so`raydilar.
Do`stlari rozi bo`ladi:

  • Chiqinglar,– deb imlaydi. – Biz kashf etgan sayyora Urush nima bilmaydi!

Bolalar garchi "urush-urush" o`ynasalar ham, aslida, urush nimaligini bilmaydigan sayyorani kashf etmoqchi. Uning salbiy oqibatlarini his qila olgan bolagina shunday fikrlaydi. Barcha bolalar tinchlikni sevishlari Nodirga ergashib ketmoqchi bo`lgan do`stlar niyatidan anglashiladi. Binobarin, H.Imonberdiyev yosh qahramoni tilidan, urushqoqlar o`yinini qoralaydi. Ular orasida yashashni xohlamaydi.
Shu o`rinda shoirning "Alla" she’ridagi quyidagi misralar ham e’tiborli:

  • Ana, Bo`ri kelyapti!

Uxlay qol, ovunchog`im. Qo`y shunday deb qo`rqitib, Uxlatar qo`zichog`in.

  • Vuy, anovi ilonni!

Uxla tez, bolajonim, –
Chumchuq shunday qo`rqitib, Uxlatar polaponin.

  • Uxla, Olabo`jiyov

Ko`rsatgan qorasini. –
Odam shunday qo`rqitib, Uxlatar bolasini.
Ona Burgut allalar:

  • Uxla, kuchga to`lib o`s. Ushbu tog`-tosh, osmonning Hukmdori bo`lib o`s!

Pisand etmay xatarni
Shundanmi polaponi,
Tushlarida charx urar
To`ldirib keng samoni.
Nazarimizda, ushbu kichik she’r ulkan ma’naviy-ma’rifiy ahamiyat kasb etadi. Zero, o`zbek bolalar adabiyoti mustaqil O`zbekistonning kelajagini yaratuvchi yosh avlod tarbiyasiga mas’ul ekan, farzandlarimizning erksevar, mard, komil insonlar bo`lib yetishuvi yo`lida doimo baland pardalarda yangramog`i kerak. Toki ijodkorlarimizning har bir asari yosh kitobxon qalbida ezgulik, insoniylikning bir niholi ildiz otishiga xizmat qilsin. Ushbu she’r, dastavval, ana shu jihati bilan e’tiborga loyiq. Chunki, ona burgut polaponi qalbiga "ushbu tog`tosh, osmonning hukmdori bo`lnb o`sish"ni go`dakligidan alla bilan singdirayotganligi sababli burgutcha hatto tushida ham keng samoni to`ldirib charx uradi. Xuddi shuningdek, mustaqil ona yurtimizning kelajagi bo`lmish farzandlarimiz ham bolalikdan o`zlarining shu aziz Vatan egalari, uning baxtsaodatini, porloq kelajagini yaratuvchilar ekanliklariga komil ishonch ruhida tarbiyalanmoqlari lozim.
Bular – masalaning ijtimoiy, ilmiy va amaliy jihatlari. Biroq muammoning ahamiyati bulardan kam bo`lmagan badiiy-estetik jihati ham mavjud. Zero, she’riyat bolalar uchun beg`ubor go`zallik, mehribon va talabchan murabbiydir. She`riyatga oshno qalblar go`zallikni his qiladi, zavq oladi, bunday qalbning o`zi ham go`zal bo`ladi. Ana shu ma’noda ushbu she’r hayotga endigina qadam qo`yib kelayotgan yosh avlodning pok qalbini go`zallik nuri bilan munavvar qiladi, bu beg`ubor Ular orasida "O`jarlar" turkumining qahramoni G`anicha va "G`alati Omon" turkumidagi Omonni alohida tilga olish joiz. G`anining jussasi kichikligi, zaifligi uchun ismiga kichraytiruvchi "cha" qo`shimchasi qo`shilgan. Biroq shunisi qiziqki, qishloq bolalari zo`ravon, "qishloqning shefi" deb nom chiqargan Sanjarni ko`rishlari bilan tumtaraqay bo`lib ketishsa, o`jar G`anicha tap tortmay turaveradi, Sanjar uni har qancha kaltaklasa ham, suvga pishsa ham cho`miladigan joydan ketmaydi. Chunki u cho`miladigan joy birgina zo`ravon Sanjarga emas, barcha bolalarga tegishli deb hisoblaydi. Qo`y boqishga chiqqanlarida bolalarning barchasi navbatma-navbat Sanjarning qo`ylarini boqishsa, ushoqqina G`anicha Sanjarga xizmatkor bo`lishni istamaydi va o`jarligi uchun yana Sanjardan kaltak yeydi. Hamqishloqlari har qancha "bu yo`lingdan qayt, bo`lmasa kaltak tagida mayib bo`lib ketasan" deyishsa-da, u yo`lidan qaytmaydi, haqiqat yo`lida, insoniy qadr-qimmat yo`lida o`zidan kuchli raqib bilan ham tinmay mushtlashaveradi:
Navbatdagi haqorat
Toshi otilgan payti, G`anidagi jasorat Iziga ketdi qaytib.
"Menga nima olishib, Hech biri olmas yonim. Nima azob solishib Og`ritib shirin jonim.
Itligin qo`ymas anu,
Qancha yonmay, kuyinmay..." Shu choq diliga qo`rquv Bosib keldi quyunday. G`ani bir dam tosh qotdi, Borliq rangin yo`qotdi. Oyoq-qo`li bo`shashib, Turib qoldi karaxtday.
Qalqib ketdi, kesilib
Qulayotgan daraxtday.
Birdan hayqirdi: - Yo`q! Yo`q! Va Sanjarga tashlandi. Yana mushtu yana do`q, Yana ur-sur boshlandi.
Ha, bu gal ham qochmoqni Ep bilmadi G`anicha. Ko`p-xo`p yedi kaltakni, Solishdi to`yganicha.
Download 29.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling