Hamza imonberdiyev va abdurahmon akbar ijodi


Download 429.65 Kb.
bet2/3
Sana13.09.2023
Hajmi429.65 Kb.
#1676793
1   2   3
Bog'liq
hamza imonberdiyev va abdurahmon akb

O’Q SHE’RI

  • Bolalar shoiri Hamza Imonberdiyev “Oʻq” sheʼrida xuddi shunga yaqin bir voqeani yosh kitobxonga havola qildi. Kamondan bemavrid otilgan oʻq hayotda bosar-tusarini bilmaydi, u oʻta dahshatli, qasd qilish ishtiyoqida hammaga dagʻdagʻa qiladi. Oʻq hech kimni nazar-pisand qilmaydi, chor tomonni nobud qilaman, otaman, bagʻrini tilaman, oʻldiraman, deb oldinga intilaveradi:
  • Kelib qoldi roʻbaroʻ
  • Ona Jayron yoʻlida.
  • Quyosh koʻkda qotdi tosh,
  • Qora ajal qoʻlida.
  • Gullar maʼyus egdi bosh
  • Oʻzligin unutgancha.
  • Qochar Jayron quyunday
  • Tuyogʻidan chaqnar oʻt.

“TARBIYACHI” SHE’RI

  • Shoir sheʼrlarini rang-barang dedik. U haqiqatan ham shunday. “Tarbiyachi” asari buning yorqin isboti boʻla oladi. Inson insofli, adolatli, or-nomusli boʻlsa, har bir bosadigan qadamini oʻylab, bilib tashlaydigan boʻlsa, hayotda qoqilmaydi, baxtiyor boʻladi. Bunday odamlarni vijdonli, or-nomusli kishilar deb atashadi. Insondagi bunday ijobiy fazilatlarni birov unga hadya qilmaydi, oʻzini oʻzi kuzatadi, nooʻrin xatti-harakati uchun oʻzi javob beradi. Uning tarbiyachisi – vijdoni. Shu vijdon kuzatuvi uni har doim toʻgʻri yoʻlga boshlaydi va toʻgʻri yoʻlga solib turadi:
  • Tunov kuni futbolga

    Ketayotsam tez shoshib,

    Koʻzi ojiz chol yoʻlda

    Turgan ekan adashib.

ABDURAHMON AKBAR HAYOTI

  • Oʻzbek bolalar adabiyoti rivojiga salmoqli hissa qoʻshgan Abdurahmon Akbar 1962 yil 22 aprelda Toshkent viloyati Yangiyoʻl tumanidagi Niyozboshi qishlogʻida ziyoli oilada tugʻildi. Oʻzbekiston Milliy universitetining jurnalistika fakulteti kechki boʻlimida (1979–1987) tahsil oldi. Armiya xizmatini quruvchi askarlarning “Stroitel” (“Binokor”) gazetasida (1981–1983) adabiy xodim sifatida oʻtadi. Xizmatdan qaytgach, Yangiyoʻl tumanidagi 25-maktabda ona tili va adabiyoti fanidan (1985–1986) dars berdi. 1986 yildan umrining oxirigacha “Choʻlpon” nomidagi bolalar nashriyoti matbaa ijodiy uyida xizmat qildi.

Download 429.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling