Academic Research in Educational Sciences
VOLUME 2 | CSPI CONFERENCE 2 | 2021
Innovative Technologies in Teaching Foreign Languages and Learner Assessment in Online Education
Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region
Google Scholar
Scientific Library of Uzbekistan
Academic Research, Uzbekistan 596 www.ares.uz
CHET TILLARNI ONLAYN TARZDA O'QITISHDA XALQARO BAHOLASH
DASTURLARI VA STANDARTLARINING O'ZIGA XOSLIKLARI
Nasiba Komil qizi Jumayeva
Xorijiy til va adabiyoti ingliz tili yo'nalishi talaba,
Toshkent viyoti Chirchiq Pedagogika
Instituti,
Toshkent, Ўзбекистон
jumayevanasiba@mail.ru
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada Yurtimizda chet tillarni online o'qitishda xalqaro baholash
dasturlari va standartlari shu jumaladan ingliz tilini o'qitishdagi IELTS, CEFR, PISA,
ICILS, PIRSL, TIMSS kabi xalqaro dasturlar va standartlarning o'ziga
xosliklari va
ularni qo'llash jarayonida qay darajada samarali bo'lishi, shuningdek ta'lim sifatini
oshirishda xalqaro ta'limda erishlgan sifat va natijani O'zbekiston yoshlari orqali oshirish
haqida yoritishga harakat qilindi.
Kalit so'zlar: Xalqaor baholash dasturlari va
standartlari, PISA, PIRSL, IELTS,
Sifat va samaradorlik, GMAT.
KIRISH
Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo„lib
kamolga yetishi bilan bog„liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o„z
salohiyatini
namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat.
O„zbekiston Respublikasi Prezidentining “O„zbekiston Respublikasida xorijiy
tillarni o„rganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan
yangi bosqichga olib
chiqish chora-tadbirlari to„g„risida” 2021-yil 19-maydagi PQ-5117-son qaroriga
muvofiq,
shuningdek, xorijiy tillarni o„rganishni ommalashtirish bo„yicha tashkiliy
chora-tadbirlarni samarali amalga oshirish maqsadida Vazirlik Mahkamasi qarori qabul
qilindi.