Haqiqatda ham turizmni rivojlantirishdagi muammolar o‘zining majmuali
IV. Bob. “«Trade link korporation” turistik firmasida mehnat faoliyati
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
turistik firmalarda boshqarishning iqtisodiy usullarini takomillashtirish yollari
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.2. Xizmat ko‘rsatish korxonalarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashning tashkiliy chora-tadbirlari
- 3. O ‘z-o‘zidan alangalanish.
- 4. O ‘z-o‘zidan yonib ketish.
- Gazlar va changning yonishi.
- 6. Ishlab chiqarishdagi alanga olish manbalari.
- Karbonat agidrid gazini
- FOYDALANILGAN ADABIY OTLAR RO‘YXATI
IV. Bob. “«Trade link korporation” turistik firmasida mehnat faoliyati xavfsizligi chora-tadbirlari 4.1. Tashkilotlarda hayot faoliyati mehnat muhofazasining qonuniy asoslari Hayot faoliyati xavfsizligi va mehnat muhofazasining huquqiy, qonuniy asosini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, O‘zbekiston Repsublikasi qonunlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va turli vazirliklarning ko‘rsatmalari va buyruqlari tashkil etadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida (1992 il 8 dekabr): Oliy Majlisining vakolatlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qilish, favqulodda holat joriy etish, uning muddatini uzaytirish va to‘xtatish to‘g‘risidagi farmonlarini tasdiqlash kiradi (78- modda). Mahalliy hokimiyat organlarning Konstitutsiyamiz tomonidan belgilangan vazifalari qatoriga jumladan quyidagilar kiradi: - qonuniylikni, huquqiy-tartibotini va
fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash; - mahalliy byudjetni shakllantirish va uni ijro etish, mahalliy soliqlar, yig‘imlar belgilash, byudjetdan tashqari jamg‘armalar hosil qilish; - atrof muhitni muhofaza qilish (100-modda). Yurtimizda fuqaro mehnati muhofazasini O‘zbekiston Respublikasi «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida» qonuni (1993 y. 6 may), Mehnat Kodeksi (1995 yil 21 dekabr, №161-1), «Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risida Nizom» (Vazirlar Mahkamasi 1997 yil 6 iyun, 286-qaror) va turli davlat standartlari va ko‘rsatmalari asosida huquqiy asosi yaratilgan. O‘zbekiston Respubliksi «Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida»gi Qonun jami 5 bo‘lim, 29 moddadan iborat bo‘lib, ishlab chiqarish usullari, mulk shaklidan qat’iy nazar mehnatni muhofaza qilishni tashkil etishning yagona tartibini
belgilaydi hamda fuqarolarning sog‘ligi va mehnatini muhofaza qilinishini ta’minlashga qaratilgan. Qonunning birinchi umumiy qoidalar bo‘limida (jami 7 modda): Mehnatni muhofaza qilish - bu tegishli qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida amal qiluvchi, insonning mehnat jarayonidagi xavfsizligi, sihat-salomatligi va ish qobiliyati saqlanishini ta’minlashga qaratilgan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, texnikaviy, sanitariya-gigiyena va davolash-profilaktika tadbirlari hamda vositalari tizimidan iborat deyilgan (2-modda). Mehnatni muhofaza qilinishini ta’minlash (2 bo‘lim, 8-15 moddalar)da me’yoriy ta’minlash, muhofaza talablariga rioya qilish, mutaxassislarni tayyorlash, moliyaviy ta’minlash, iqtisodiy manfaatdorlik, xavfsiz sharoitlarni ta’minlash, muhofaza xizmatlari va ijtimoiy sug‘urta haqida aytilgan. Ushbu ikki mehnatni muhofaza qilish asosiy hujjatlar asosida, ishlab chiqilgan Nizomda (4 bo‘lim, ilovalardan tashkil topgan) ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish to‘g‘risida aniq tadbir va choralar, qoida va ko‘rsatmalar ishlab chiqilgan. Farzand ko‘rishi kerak bo‘lgan va emizuvchi ayollarga maxsus yengilliklar tug‘idiriladi. Bunday ayollarni va 8 yoshgacha bolalari bo‘lgan ayollarni tungi (soat 22 dan soat 6 gacha), ishdan tashqari, dam olish kunlaridagi ishlarga jalb qilish va komandirovkaga yuborish taqiqlanadi. Ma’muriyat ba’zi hollarda bunday ayollarni vrach xulosasiga asosan, o‘rtacha ish haqini saqlagan holda yengil ishlarga o‘tkazishi lozim. Ayollarga tug‘ish oldidan va tuqqandan keyin 56 klendar kundan haq to‘lanadigan dam olish kunlari beriladi. Bundan tashqari, farzand ko‘tayotgan va emizuvchi ayollar uchun yana bir qancha yengilliklar beriladi. O‘smirlar uchun bir kalendar oy miqdorida yilning eng yaxshi davrlarida yoki o‘zi hohlagan vaqtda dam olish kunlari berilishi kerak. O‘smirlar mehnatidan tunggi ishlarda, ishdan keyin qolib ishlanadigan ishlarda, dam olish kunlarida foydalanish butunlay taqiqlanadi. O‘smirlar sog‘liklari uchun zararli moddalar ajralib chiqish bilan bog‘liq bo‘lgan ishlarda ishlatish mumkin emas. 18 yoshga to‘lmagan o‘smir bolalarga 16 kg gacha, qizlarga esa 10 kg gacha bo‘lgan og‘irlikdagi yuklarni ko‘tarish ruxsat etiladi. O‘smirlar ishga qabul qilinayotgan vaqtda tibbiyot ko‘rigidan o‘tkaziladi, shuningdek 18 yoshga to‘lguncha yiliga belgilangan rejaga muvofiq tibbiyot ko‘rigidan o‘tkazib turiladi. Agar tibbiyot ko‘rigi o‘smir bajarayotgan ish, uning sog‘ligiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani sezilsa, o‘smir darhol xavfsiz va yengilroq ishga o‘tkaziladi. Ba’zi bir sohalarda zararli ish sharoiti bo‘lgan joylar uchrab turadi. Mehnat qonuniyatiga asosan bunday joylarda ishlovchilar uchun ustama haq to‘lanadi yoki ish soati qisqartiriladi. Ish soatining qisqartirilishi natijasida ishchi zararli moddalar bo‘lgan zonada kamroq bo‘ladi va bu bilan u kamroq zaharlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi mazmunida ishlab chiqarish korxonalari ma’muriyati mehnatkashlarga ishlab chiqarish bilan bog‘langan har qanday shikastlanish yoki zararlanishni, shuningdek moddiy yo‘qotishni qoplash majburiyatini oladi. Xavfsiz ishlash sharoitini yaratish borasida yo‘l qo‘yilgan har qanday kamchilik yoki xavfsiz ishlash sharoitini tashkil qilmaslik natijasida ishchining baxtsiz hodisaga uchrashi sanoat korxonasining yoki rahbar xodimlarning aybi hisoblanadi. Moddiy yo‘qotishni qoplash miqdori va tartibi maxsus qoidalar asosida olib boriladi. Yuqorida biz mehnat qonuni, kodeksi va ayrim me’yoriy hujjatlardan qonun, qoida va ko‘rsatmalardan ayrimlarini ko‘rib chiqdik. Shulardan xulosa qilib aytishimiz mumkinki, O‘zbekistonda fuqarolarning hayot faoliyati yetarli qonun va qoidalar bilan kafolatlangan.
4.2. Xizmat ko‘rsatish korxonalarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashning tashkiliy chora-tadbirlari Yonuvchi modda bilan havodagi kislorodning o‘zaro ta’siri natijasida juda tez kechuvchi va ko‘p miqdorda issiqlik ajralib chiquvchi kimyoviy reaksiyaga
deyiladi. Ko‘p hollarda yonish yonuvchi modda zarrachalarining nurlanishi bilan birga kechadi. Yong‘in hosil bo‘lishi va davom etishi uchun yonuvchi modda (qattiq, suyuq yoki gazsimon), oksidlovchi modda (oddiy sharoitda oksidlovchi modda vazifasini havodagi kislorod o‘tashi mumkin) va yondiruvchi manba (uchqun, ochiq alanga va cho‘g‘langan narsa) mavjud bo‘lishi kerak. Xavfliligi bo‘yicha barcha modda va ashyolarni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin: yonmaydigan, yonish yoki yonish va portlash xavfi mavjud hamda portlash xavfi mavjud moddalar. Yonish faqat ma’lum harorat sharoitidagina mavjud bo‘lishi mumkin. Barcha yonuvchi moddalarning tarkibida uglerod va vodorod mavjud. Issiqlik ta’siri ostida yonuvchi moddalar parchalanib yuqoridagi gazlar ajralib chiqqach, havodagi kislorod bilan birikib alanga hosil qiladi. Yonish fazalarining quyidagi xillari aniqlangan. 1. Chaqnash. Agar asta-sekin qizdirilayotgan yonuvchi suyuqlikka vaqti- vaqti bilan tashqaridan alanga ta’sir qildirsak, ma’lum bir haroratga yetganda, undan ajralib chiqayotgan gazsimon mahsulot chaqnaydi va shu zahotiyoq o‘chib qoladi.
2. Alangalanish. Suyuq yonuvchi moddalarni qizdirish chaqnash haroratidan yuqorida ham davom ettirilsa, uning bug‘lanishi jadallashadi va shunday bir vaqt keladiki, unga alanga yaqinlashtirilsa chaqnayotgan bug‘lar chaqnaydi va yonishda davom etadi. Suyuqlikning shu holatidagi harorati alangalanish harorati deb ataladi. 3. O ‘z-o‘zidan alangalanish. Agar yonuvchi suyuqlikni alangalanish haroratidan yuqori bo‘lgan holatda ham qizdirilish davom etirilsa-yu, lekin ochiq alanga yaqinlashtirilmasa, ma’lum bir vaqtda ajralib chiqayotgan bug‘lar o‘z-
o ‘zidan alangalanib ketadi. Yonuvchi suyuqlikning ana shu holatidagi haororati o ‘z-o‘zidan alangalanish harorati deyiladi. 4. O ‘z-o‘zidan yonib ketish. Ayrim yonuvchi qattiq moddalar noto‘g‘ri saqlansa o‘z-o‘zidan yonib ketishi mumkin. Masalan, nam holda g‘aramlangan poxol, paxta, toshko‘mir, moy artilgan latta va boshqalar. O ‘z-o‘zidan yonish jarayoni m a’lum haroratdagina ro‘y berishi mumkin. 5. Gazlar va changning yonishi. Yonuvchi gazlar havo bilan birikib portlash jihatidan xavfli aralashmani hosil qilishi mumkin, shu sababli ular portlash jihatidan xavfli moddalar toifasiga kiradi. Gaz - havo aralashmasining xavflilik darajasi ularning alanga olish harorati va portlashning miqdoriy chegaralariga qarab baholanadi. Gazlar barqaror yonayotganda harorati 14000S gacha, portlashda esa 20000S gacha ko‘tarilishi, bosimi 105 Pa ga yetishi mumkin. 6. Ishlab chiqarishdagi alanga olish manbalari. Yonuvchi ashyolarning alanga olishiga va yonuvchi aralashmalarning portlashiga sabab bo‘luvi issiqlik manbalari o ‘zining issiqlik jam g‘armalari va ularning yuzaga kelish sabablariga ko‘ra turli-tuman b o ‘lsa-da, ammo ularning barchasi qandaydir enregiya yoki kimyoviy reaksiyalarda issiqlik chiqishi yoki yutilishining natijasidir. Yonish jarayoni to ‘xtashi uchun oksidlanish-tiklanish ekzotermik zanjir reaksiyasi tuzilishi kerak. Bu reaksiyada to ‘xtashning fizik hamda kimyoviy usullari qo‘llaniladi. Fizik usullari: alangani yonuvchi modda yuzasidan uzib tashlash, yonuvchi modda yuzasi haroratini alangalanish haroratidan pasaytirish, oksidlovchi modda
(kislorod) konsentratsiyasini kamaytirish (ko‘pincha yonmaydigan gazlar konsentratsiyasini oshirish hisobiga) va yonuvchi modda bilan oksidlovchini bir-biridan ihotalash. Kimyoviy usullar: yonish reaksiyasini tormozlash hisobiga amalga oshiriladi. O ‘t o‘chirish vositalari asosan uch turga bo‘linadi: 1) yonishni tugatish usuli bo ‘yicha - sovituvchi, aralashtiruvchi ixotalovchi, ingibiritlashtiruvchi; 2) elektr o‘tkazuvchanligi bo‘yicha - elektr tokini o ‘tkazuvchi (suv, bug‘, ko‘pik), elektr tokini o ‘tkazmaydigan (gazlar, kukunli birikmalar); 3) zaharliligi bo‘yicha - zaharli (freon, brometil), kam zaharli (karbonat angidrid, azot), zaharsiz (suv, ko‘pik, kukunli birikmalar).
xususiyatlari tufayli o‘tni o‘chirishda eng afzal hisoblanadi. Issiqlik sig‘imi katta, yonayotgan yuzaga tushganda uning issiqligini yutib oldi. Yuqori haroratli yuzalarga tushgan suv tezda bug‘lanadi. Karbonat agidrid gazini yong‘in chiqqan zonaga yo‘naltirish natijasida u yerdagi havoning tarkibida kislorod miqdorini kamaytirish orqali yong‘in o‘chiriladi. Bu gaz yonmaydi. Agar havodagi kislorod miqdorini 15 %gacha turishiga erishilsa, yonish susayadi. Inert gazlardan azot va argon yong‘inni o‘chirishda ishlatiladi. Ular ham karbonat angidrid gazi singari havodagi kislorod miqdorini aralashtirib kamaytiradi va bu yong‘inni o‘chirishga olib keladi. Bu gazlar karbonat angidrid gazichalik samarali emas. Tutun gazlarda kislorod miqdori havodagidan birmuncha kam bo‘lib, taxminan 18-19 %ni tashkil qiladi. Bu gazlar oxirigacha yondirilsa, undagi kislorod miqdorini 5-6 %gacha tushirish mumkin. Bunday gazlar yong‘inni o‘chirishda bemalol qo‘llanilishi mumkin. O‘t o‘chirishda samolyotlarning o‘z ish muddatini o‘tagan reaktiv yuritkichlarini ishlatish ham yo‘lga qo‘yilgan. Bular o‘t o‘chirish mashinalariga o‘rnatiladi va tutun gazlari suv oqimi bilan birga yong‘in yuzalariga yo‘naltiriladi.
kirishidan to‘sadi va ajralib chiqayotgan suyuqlik yonayotgan yuzani sovitadi. Ko‘pik asosan qattiq moddalar va yonuvchan suyuqliklarni o‘chirishda ishlatiladi. U paydo bo‘lishiga ko‘ra ikki xil bo‘ladi: ko‘pik hosil qiluvchi qorishmani havo oqimi bilan mexaniq aralashtiruv orqali olinadigan havomexaniq va ishqor eritmasi bilan kislotaning aralashishi natijasida paydo bo‘ladigan kimyoviy ko‘pik. Korxonalarda, tashkilotlarda xavfsizlikni ta’minlash va ish sharoitini yaxshilash ma’muriyatning asosiy vazifasi sifatida mehnat qonunlari va kodeksida yozib qo‘yilgan. Biz bitiruv oldi amaliyotini o‘tagan “Sezam Voyages” ma’suliyati cheklangan jamiyatida yong‘in xavfsizligi chora-tadbirlari belgilangan me’yorlar asosida tashkil qilingan. Bunda barcha javobgarlik tashkilot ma’muriyatiga yuklangan. M a’muriyat tarkibiga rahbar xodimlar, ya’ni korxonalarda, tashkilotlarda tashkilotchilik, ma’muriy-xo‘jalik ishlarini amalga oshiruvchi, ishlab chiqarish jarayonlarni tashkil qiluvchi, ishlab chiqarishda mehnat qilayotgan kishilarni boshqaruvchi, moddiy mablag‘larni taqsimot bilan ishlatish va uni nazorat qilish ishlarini olib boruvchi shaxslar kiritiladi. Ma’muriyat xodimlariga qo‘yiladigan asosiy talab, ular davlat siyosatini yaxshi tushunishlari va uni amalga oshirishga harakat qilishlari, davlat va xalq manfaatlarini tushunib amalga oshirishlari, mehnat sharoiti tartibini saqlay bilishlari, ishchilarni mehnat intizomini saqlash va ishga rag‘batlantirish, ish unumini oshirish va darajasini bir necha o‘n yil oldindan ko‘ra biluvchi shaxs bo‘lishlari kerak. Ma’muriyat zimmasiga yuklatiladigan majburiyatlar asosan ishchilar bilan ma’muriyat o‘rtasida tuziladigan mehnat shartnomasidan kelib chiqadi. Bu mehnat shartnomasini tuzish majburiyati O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksi bilan belgilangan. Bu qonuniyat sifatida quyidagicha taqlid qilinadi. Ishchi ma’lum mutaxassislik bo‘yicha belgilangan ishni korxona ichki tartib-qoidalariga rioya qilgan holda bajarish, ma’muriyat esa mehnat qilish qonuniyatlariga asosan va jamoat shartnomasida ko‘zda tutilgan ma’lum miqdordagi majburiyatlar mundarijasini o‘z zimmasiga oladi. Mehnat Kodeksida ko‘zda tutilgan majburiyatlar quyidagilardir: har bir ishchi, xizmatchi uchun ish mutaxassisligi va malakasiga qarab ma’lum mashina, stanok va boshqalardan iborat ish joyi tashkil qilish, sog‘lom va xavfsiz ish sharoitini tashkil qilish, sifatli ish qurollari bilan ta’minlash, sanoat va mehnat intizomini har taraflama mustahkamlash, ish sharoitini kundan-kunga yaxshilab borishni ta’minlashga qaratilgan texnik jihozlar o‘rnatish, shuningdek mehnatni muhofaza qilishning nomenklatura chora-tadbirlarni amalga oshirish. Bundan tashqari, rahbar xodimlarga xizmat vazifalari ham yuklanadi. Bu vazifalar boshqarishi lozim bo‘lgan lavozimi taqozo qiladigan tavsiyanomada belgilangan bo‘ladi.
Xulosa va takliflar Boshqaruv usullarini iqtisodiyotning ma’lum aniq sohalarida amal qilishning turli yo‘llari orasidagi umumiy xodisa sifatida ajratish mumkin. Shuningdek, turli sub’ektlri tomonidan qoTlaniladigan boshqaruv usullarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Demak, boshqaruv nazariya va amaliyotida turli boshqaruv usullari mavjuddir. Ular boshqaruv usullarining har bir guruhi o‘z xususiyatlariga ega bo‘lgan tizimni tashkil etgan. Xalq xo‘jaligini boshqarishda quyidagi usullardan foydalaniladi: iqtisodiy, tashkiliy, ijtimoiy, psixologik va xuquqiy. Boshqaruvning bu usullari o‘zaro uzviy bog‘liqdir, shu sababli ularning birortasiga ortiqcha ahamiyat berish butun ishlab chiqarishning normal borishi buzilishiga olib keladi. Xozirgi davrda bozor iqtisodiyotini boshqarishning iqtisodiy usullari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Boshqaruvning iqtisodiy usullari kishilarga iqtisodiy manfaatlar orqali ta’sir ko‘rsatadi. Iqtisodiy usullarning mohiyati xodimlar va ishlab chiqarish jamoasiga ular manfaati bo‘lishini ta’minlovchi iqtisodiy sharoit yaratishdan iboratdir. Boshqaruv usullari tizimida iqtisodiy usullar yetakchi o‘rinni egalaydi. «Trade link korporation” turistik firmasida qo‘llash mumkin bo‘lgan iqtisodiy usullar iqtisodiy ta’sir vositalari yig‘indisidan (narx, kredit, biznes-reja, foyda, soliqlar, ish xaqi, iqtisodiy rag‘batlantirish va x.k.), ya’ni xo‘jalik faoliyatiga ta’sir etishning har bir jamoa mos xo‘jalik bo‘g‘ini bilan uzviy aloqada amal qilishini ta’minlovchi tadbirlaridan iboratdir. Bozor mexanizmining muhim vazifalaridan biri biznes reja va bozorning uzviy bog‘liq bo‘lishiga imkon yaratuvchi pul va tovar resurslari to‘g‘ri nisbatini ta’minlashdir. Rag‘batlantirish funksiyasini amalga oshirish boshqaruvning iqtisodiy usullarini vujudga keltiradi. Boshqaruvning iqtisodiy usullari kishilarga iqtisodiy manfaatlar orqali ta’sir ko‘rsatadi. Shunday qilib, boshqaruvning iqtisodiy usullari juda keng imkoniyatlarga eag bo‘lib, ular mohirona va o‘z vaqtida tashkiliy-farmoyish, ijtimoiy-psixologik va xuquqiy usullar bilan qo‘shib olib borilgan taqdirda yaxshi natijalarga erishish mumkin.
«Trade link korporation” turistik firmasida ham iqtisodiy rag‘batlantirish bo‘yicha birmuncha ishlar amalga oshirilgan bo‘lsada, bunda asosan ish haqi asosiy o‘rin egallaydi. «Trade link korporation” turistik firmasida ish haqi fondi miqdori ancha past darajada belgilangan. Bu esa xodimlar mehnat faoliyatiga ta’sir etishi mumkin. Shulardan kelib chiqqan holda «Trade link korporation” turistik firmasida moddiy rag‘batlantirish tizimini shakllantirish zarur deb hisoblaymiz. Bunda “Trade link korporation” turistik firmasi quydagi tadbirlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega: - Turpaketlar sotilishiga xizmat qilgan yoki bevosita ularning sotilishiga erishgan xodimlarga turpaket narxidan ulush berishni belgilash; - Firma faoliyatining bir xilda amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida turpaketlarning narxlarini mavsumga nisbatan o‘zgaruvchan qilish; - Eng ko‘p turpaket sotgan xodimni rag‘batlantiirish. «Trade link korporation” turistik firmasida xizmat raqobatbardoshligining o‘sishi quyidagilar bilan bog‘liq bo‘ladi deb hisoblaymiz: - turistlar ehtiyojlarini qondirish borasida prinsipial jihatdan yangi bo‘lgan xizmatlarni yaratish; - asosiy
xizmatlar bilan
birgalikda ishlatiladigan xizmatlarni mukammallashtirish yoki yangilarini yaratish; - sotib olish sharoitlarini va iste’molchi tomonidan xizmatning keyingi ishlatilishini yaxshilash. Bu borada tashkilotda kuplab imkoniyatlar mavjud. Shulardan biri narxlarda ustunlikni ta’minlashdir. Bunda tashkilot xizmatlari narxlarini pasaytirish, turli imtiyozlar berish, aksiyalar o‘tkzish mumkin. Xizmatning raqobatbardoshligi ko‘p
jihatdan tashkilotning raqobatbardoshligini belgilaydi. Biroq ushbu ko‘rsatkichlar orasida ma’lum
tafovutlar ham bor. Masalan, tashkilotning raqobatbardoshligi raqib tashkilotlardan farqlarini aks ettirib, ancha uzoq muddat davomida qo‘llanilishi mumkin. Xizmatning raqobatbardoshligi ixtiyoriy, iqtisodiyot nuqtai nazaridan kichik vaqt oralig‘ida aniqlanadi. «Trade link korporation” turistik firmasida xizmatlar samaradorligi ta’minlash, uning raqobatbardoshligini oshirish uchun ko‘plab imkoniyatlar mavjud, kamchiliklardan eng asosiysi xizmatlar narxlarining yuqoriligidir. Shu sababli «Trade link korporation” turistik firmasida narx bo‘yicha peshqadamlik strategiyasini qo‘llash zarur deb hisoblaymiz.
FOYDALANILGAN ADABIY OTLAR RO‘YXATI 1. Узбекистан Республикасининг “Туризм тyFрисида”ги конуни. // «Халк сузи» газетаси, 1999 йил 14 сентябрь. 2. Узбекистан Республикаси Вазирлар Махкамасининг “Сайёхлик ташкилотлари фаолиятини ташкил этишни такомиллаштириш тyFрисида”ги К,арори. // «Халк сузи» газетаси, 1998 й. 9 август. 3. Каримов И.А. Юксак маънавият - енгилмас куч. - Т.: “Маънавият”, 2009. 4. Каримов И.А.Бизнинг йулимиз
— демократик ислохотларни чукурлаштириш ва модернизация жараёнларини изчил давом эттириш йулидир. Узбекистон Президенти Ислом Каримовнинг Узбекистон Республикаси Конституциясининг 19
йиллигига баFишланган тантанали маросимда килган маърузаси. - “Халк сузи” газетаси. 5. Каримов И.А. 2012 йил ватанимиз таракиётини янги боскичга кутариладиган йил булди Узбекистон Республикаси И.А.Каримовнинг 2011 йилнинг асосий якунлари ва 2012 йилда Узбекистоннинг Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling