Haqiqatdan ham, fizika qonuniyatlarini chuqur egallamasdan turib, mashinasozlik, elektrotexnika, it, suv va energiyani tejaydigan texnologiyalar kabi bugun zamon talab qilayotgan sohalarda natijaga erishib bo’lmaydi


Radioaktiv nurlanishlarga qarshi kurash chora-tadbirlari


Download 247.37 Kb.
bet11/19
Sana19.06.2023
Hajmi247.37 Kb.
#1600526
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
Abduraimova Madina 2013gr 17

Radioaktiv nurlanishlarga qarshi kurash chora-tadbirlari. Radioaktiv moddalar bilan ishlayotgan ishchilarni nurlanishdan muhofaza qilishning turli xil usullaridan foydalaniladi:
Bunda nurlanish tashqi va ichki bo'lishini hisobga olinish zarur.

  • tashqi nurlanishlardan saqlanishda asosan nurlanish vaqtini belgilash;

  • nurlanayotgan modda bilan ishchi orasidagi masofani saqlash;

  • ekranlar yordamida to'siq vositalaridan foydalanish;

  • ishchining radioaktiv nurlanish zonasida bo'lish vaqti;

  • uning yo'l qo'yilishi mumkin bolgan dozada nurlanish olish vaqtidan oshirmasligi kerak.

Nurlanish intensivligi nurlanayotgan modda bilan ishchi orasidagi masofa kvadratiga teskari proporsional ekanligini hisobga olganda, y ma'lum masofada turib ishlaganda ekranlardan foydalanmasa ham bo'ladi.

1.2.3-rasm. Odamlarni uzoq muddatga saqlash uchun saqlash joyi sxemasi. 1 – germetik himoyali eshik; 2 – shlyuzli kamera (tambur); 3 – sanitar-qutqaruv qism; 4 – odamlarni joylashtirish asosiy qismi; 5 – avariya chiqish yo‘li; 6 – filtrlovchi qism; 7 – tibbiy xona; 8 – oziq-ovqat saqlash joyi.
II-BOB. RADIOAKTIVLIK DARAJASINI O’LCHASH. DOZIMETRLAR
Ionlashtiruvchi nurlanishlar – rentgen nurlari, gamma nurlar, 𝛼-, 𝛽- zarralar, neytronlar oqimi o’tuvchan ionlashtiruvchi nurlanishlardir.
2.1. Shaxsiy himoyalanish vositalari.
Radioaktiv moddalar bilan ishlaydigan shaxslar o’zlarining radiatsion xavfsizliklarini ta‟minlash uchun (ionlashtiruvchi nurlanishlardan himoyalanishda) ma‟lum qoidalarga rioya qilishlari zarur:
1. Kishilarning badan terisi unga radioaktiv modda tushishi natijasida radioaktiv ifloslanishi mumkin. teriga radioaktiv modda tushmasligi uchun badanning barcha qismini – tana, qo’l, bo’yin yuz, oyoqlarni germetik mahkamlash (yopadigan kiyim kiyish) zarur. Yuz terisini tabelnimi vositalar va nafas olish organlarini oddiy vositalari bilan himoya qilish zarur.
Badanning boshqa qismi terisini ionlashtiruvchi nurlanishlardan himoyalanish maqsadida maxsus ishlab chiqarilgan kiyimlar bilan yopish, mahkamlash kerak. Lekin, badanni to’liq ravishda kiyim bilan yopib bo’lmaydi. Ko’krakni yopish uchun qalin materialdan maxsus tayyorlangan ko’krak qopqog’i (klapani) ishlatiladi. Bo’yin va boshning ochiq joylarini germetik yopish uchun qalin sherst yoki paxta ipidan tayyorlangan kapyushondan foydalaniladi. Teriga radioaktiv modda tushganda uni dezaktivatsiya qilish kerak. Buning uchun yuvadigan moddalarning suvlari erishmasi bilan yoki suv bilan yuvish zarur. Burunga, og’izga, quloqqa radioaktiv modda tushganda tezda suv bilan yoki margansovkali suv bilan yuvish kerak.
2. Nafas organlarini radioaktiv moddalardan himoya qilishda turli respiratorlardan foydalaniladi. Masalan, P-2, P-2D, “Лепесток”, “Астра” kabi respiratorlar ishlatiladi. Respiratorlar bo’lmagan taqdirda protivogaz yoki materialdan tayyorlangan PTM-1 tipidagi maskalardan foydalaniladi.
3. Radioaktiv modda bilan ishlaganda qo’lga maxsus perchatka kiyish zarur. Radioaktiv moddalarni ushlaganda uzun dastali maxsus ushlagichlardan (qisqichlardan) foydalanish zarur. Ishni tez bajarish lozim. Iloji boricha radioaktiv moddalardan uzoqlikda turib ish bajarish kerak.
4. Gamma va rentgen nurlanishlardan himoyalanishda bu nurlarni kuchli yutadigan zichligi katta bo’lgan chugun, po’lat, qo’rg’oshin, baritoviy g’isht, qo’rg’oshin shisha kabi materiallardan yasalgan to’siqlar ishlatiladi. Neytronlardan himoyalanishda esa suv, beton kabi atom nomeri kichik bo’lgan moddalardan foydalaniladi. Neytron modda yadrolari elastik to’qnashganda o’z energiyasini tezda yo’qotadi. To’siqlar radioaktiv modda va ishchi orasida bo’lgan belgilangan masofaga qo’yiladi.
Amaliy maqsadlarda moddaning yutish qobiliyati nurlanishning yarim yutilish qatlami d1/2 ni belgilaydi. Yarim yutilish qatlami shunday qalinlikki, bunda tushayotgan 𝛾-nurlanish intensivligi ikki marta kamayadi. To’siqlar radioaktiv modda va ishchi orasida bo’lgan belgilangan masofaga qo’yiladi.
Amaliy maqsadlarda moddaning yutish qobiliyati nurlanishning yarim yutilish qatlami d1/2 ni belgilaydi. Yarim yutilish qatlami shunday qalinlikki, bunda tushqyotgan gamma-nurlanish intensivligi ikki marta kamayadi. To’siqlar tayyorlashda yarim yutilish qalinligi Buger qonuni asosida quyidagicha hisoblanadi.
(2.1-1)
Bundan
(2.1-2)
Bu formulada J0-tushayotgan nurlanishning dastlabki intensivligi;
J d1/2 - d1/2 -qalinlikdan o’tgan nurlanish intensivligi;
μyut -moddaning yutish koeffitsienti. Yutish koeffitsienti μyut - moddaning xususiyatiga, tushayotgan nurlanish energiyasiga bog’liq.
Yarim yutilish qatlami qalinligi kattaligi ham tushayotgan nurlanish energiyasiga bog’liq.
Energiyasi 0,7 va 2,5 MeV oraliqda bo’lgan nurlanish fotonlari uchun yarim yutilish qalinligi ba‟zi moddalar uchun quyidagi jadvalda keltirilgan sm larda

2.1.1-jadval
Jadvaldagi ma‟lumotlardan ionlashtiruvchi nurlanishlardan himoyalanish to’siqlari tayyorlashda foydalaniladi.
5. Radioaktiv modda kishi organizmi ichiga tushgan hollarda (ayniqsa bolalar) iodli kaliy (иодистый калий) tabletkasini ichish zarur. Iodli kaliy radioaktiv iodning qalqonsimon bezga tushishini keskin kamaytiradi (50-100 martagacha) va organizmdan chiqishini tezlashtiradi.
Iodli profilaktika radioaktiv iod bilan ichki nurlanishni kamaytirishda juda effektiv va oddiy usul hisoblanadi.

Download 247.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling