Haqiqatdan ham, fizika qonuniyatlarini chuqur egallamasdan turib, mashinasozlik, elektrotexnika, it, suv va energiyani tejaydigan texnologiyalar kabi bugun zamon talab qilayotgan sohalarda natijaga erishib bo’lmaydi


Beta-zarralarni o’lchaydigan asboblar


Download 247.37 Kb.
bet15/19
Sana19.06.2023
Hajmi247.37 Kb.
#1600526
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Abduraimova Madina 2013gr 17

2. Beta-zarralarni o’lchaydigan asboblar. 𝛼, 𝛽-zarralarni o’lchaydigan asboblar bir-biriga o’xshash. Lekin 𝛽- zarralarning moddada chopish masofasi 𝛼-zarralarnikiga nisbatan katta bo’lganligi sababli asboblar konstruktsiyasida (yasalishida) farq bo’ladi.
𝛽-zarralarni qayd qiluvchi schyotchiklar devorlari 𝛼-zarralar schyotchigiga nisbatan qalinroq qilib, yengil metallardan tayyorlanadi. 𝛽-zarralarni qayd qiladigan schyotchiklar effektivligi 100% yaqin bo’ladi.
𝛽-zarralarning ionlashtirish qobiliyati kichik va sochilishi kuchli bo’lganligi sababli 𝛼-zarralarni absolyut qayd qilish (hamma zarralarni qayd qilish) qiyinchilik tug’diradi. Lekin 𝛽-zarralarni absolyut sanash jiddiy qiyinchilik tug’dirmaydi.
4π-schyotchik. 𝛽-zarralarni absolyut o’lchashda 4 -schyotchiklar to’g’ri natijalar berishi mumkin. 4 -schyotchiklarda nurlanish manbai bo’lgan yupqa qatlamli preparatlar schyotchik sezuvchi qatlamining markaziga joylashtiriladi. Bunday holda preparatdan chiqayotgan har bir zarra schyotchik sezuvchi hajmiga tushadi va elektr impulsini hosil qiladi. Bunda schyotchikning o’lchash effektivligi 100% ga yaqin bo’ladi. Bunday o’lchash sistemasini preparatni ikki ssintillyatsion schyotchik kristallari orasiga qisib qo’yganda ham xosil qilish mumkin. 4 - schyotchiklar yordamida absolyut o’lchashlarda yuqori aniqlikda natijalar ( 0,5%) olish mumkin.
𝛽-zarralar aktivligini o’lchashda Bet-radiometr PKB4-1eM tipdagi radiometr keng qo’llaniladi.
Bet-radiometr РКБ4-1еМ radiometr qattiq, suyuq, gaz holdagiatrof-muhit namunalarining solishtirma hajmiy va massaviy 𝛽-aktivligini o’lchashga mo’ljallangan radiometr 𝛽-aktivligi 1,9 – 1,9 1017 Bk/kg (5 10-11̴ 5 10-4 Ku/l ,Ku/kg) oraliqda bo’lgan namunalar aktivligini o’lchashda ishlatiladi. Radiometrning sezgirligi DP-100 radiometrik qurilma sezgirligidan bir necha ming marta yuqori. Radiometr tuproq, suvlar cho’kmalari, o’simliklar, ayrim maxsulotlar tarkibida bo’lishi mumkin bo’lgan Sr90+V90, Cs137, Ce144+Pr144, Ru106+Rh106, Co60 radioaktiv izotoplar 𝛽-zarralarning aktivligini, suvlarda C14 izotopining, gazlarda Ar41, Kr85, Xe13 izotoplarining 𝛽-aktivligini o’lchaydi. Radiometrda detektor sifatida ikki turdagi detektrlash blokidan foydalaniladi:
1. BDJB-02 detektrlash bloki
2. BDJB-07 detektrlash bloki
Radiometrda solishtirma hajmiy va massaviy 𝛽-aktivliklarni o’lchash vaqti 35 minutdan oshmaydi.
Radiometrning o’lchash diapazoni va effektivligi quyidagi 2.2.1-jadvalda keltirilgan.

2.2.1-jadval
Radiometr chastotasi (50±1)Gs, kuchlanishi 220 B bo’lgan elektr tarmog’iga va kuchlanishi 7,5 B bo’lgan alohida doimiy tok manbaiga ulanadi, radiometrning elektr tarmog’idan oladigan quvvati 15 Vatt, alohida doimiy tok manbaidan oladigan quvvati 2 Vatt. O’lchanadigan namunalar hajmi 2.2.2-jadvalda ko’rsatilgan.

2.2.2-jadval
Yumshoq 𝛽-zarralarni o’lchashda darichasi (окошка) qalinligi 2-3 mg/sm 2 bo’lgan schyotchiklardan foydalaniladi. Bunday yumshoq 𝛽-zarralar o’lchanganda 𝛽-aktiv preparat kameraning ichkarisiga ishchi hajmiga kiritiladi yoki oqimli proporsional schyotchikdan foydalanganda schyotchik ishchi hajmiga kiritiladi. Bunda elektronning to’liq chopish masofasi schyotchikdagi gazda bo’ladi. 𝛽-zarra energiyasi schyotchik chiqishida hosil bo’lgan elektr impulsi amplitudasi bilan o’lchanadi.

Download 247.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling