Haqiqatdan ham, fizika qonuniyatlarini chuqur egallamasdan turib, mashinasozlik, elektrotexnika, it, suv va energiyani tejaydigan texnologiyalar kabi bugun zamon talab qilayotgan sohalarda natijaga erishib bo’lmaydi


Radiatsiyaning ruxsat etilgan dozasi


Download 247.37 Kb.
bet3/19
Sana19.06.2023
Hajmi247.37 Kb.
#1600526
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Abduraimova Madina 2013gr 17

1.1 Radiatsiyaning ruxsat etilgan dozasi
Nurlanish -
1) erkin elektromagnit maydon hosil boʻlish jarayoni. Erkin, yaʼni nurlangan elektromagnit maydonning oʻzi ham "Nurlanish" termini bilan ataladi;
2) radiodiapazondagi elektromagnit toʻlqinlarning gʻalayonlanishi va fazoda tarqalishi. Bunda oʻzga-ruvchan tok yoki zaryadlar energiyasi fazoda tarqalayotgan elektromagnit toʻlqinlar energiyasiga aylanadi (Radiotoʻlqinlar);
3) tabiiy sharoitda tirik organizmga infraqizil, koʻrinadigan va ultrabinafsha nurlarning biologik taʼsiri. Tirik organizm kos-mik nurlar va ion nurlari bilan ham nurlanadi. Davolash maksadida tirik organizm ultrabinafsha, ultrayukrri chastotali nurlar bilan sunʼiy nurlantiriladi. Nurlanishning total (toʻla), lokal (qisman), tez (qisqa vaqt ichida), xronik (uzoq vaqt davomida), tashqi, ichki va boshqa xillari mavjud. Nurlarning biologik taʼsiri nurlanish dozasi, xili, energiyasi va organizmning fiziologik holatiga bogʻliq.
Nurlanish dozalari - nurlarning biror muhitga taʼsirini belgilovchi miqdorlar. Bir necha turlari mavjud. Yutilgan doza - nurlanayotgan muxitning massa birligiga yutiladigan Nurlanish energiyasi; ionlashtiruvchi nurlar (rentgen 7-nurlar, α - va γ -zarralar, neytronlar, kosmik nurlar va h. k.) ning muhitda yutilgan dozalari radlarda ifodalanadi. Nurlantirish dozasi - nurlanish miqdorini ifodalaydigan va havoning tonlanishi bilan oʻlchanadigan miqdor, rentgen va u-nurlari rentgenlarda, boshqa ionlashtiruvchi nurlar esa ber larda ifodalanadi.
Nurlanishlar dozalari. Nurlanish dozasi deyilganda namuna tomonidan yutilgan nurlanish energiyasi miqdori tushuniladi. Quyida dozimetrik kattaliklar qarab chiqiladi:
Yutilgan doza. Biologik namunalarning (masalan tirik organizmning) nurlanish ta’siridan oladigan jaroxatlarining darajasi, chuqurligi, xili biologik namuna tomonidan yutilgan nurlanish energiyasiga bog’liq. Yutilgan energiyani xarakterlash uchun yutilgan doza tushunchasi kiritilgan. Yutilgan doza nurlanayotgan namunaning birlik massasi yutgan energiyadir, ya’ni:
(1.1-1)
Bu formulada  -nurlanayotgan moddaning massa birligida yutilgan nurlanish energiyasi; -energiyani yutuvchi namunaning birlik massasi. Nurlanishning yutilgan dozasi birligi sifatida Grey (Gr) qabul qilingan. Nurlanayotgan namunaning bir kilogrami 1 J energiya yutsa, yutilgan doza bir Grey (Gr) ga teng bo’ladi:
(1.1-2)

Radioaktiv moddalar DNK tuzilmasida qaytmas o’zgarishlarga olib keladi
Radiobiologiyada va radiatsion gigienada nurlanishning yutilgan dozasining birligi sifatida rad birligi ishlatiladi. Nurlanayotgan namunaning bir grammi 100 erg energiya yutsa, yutilgan doza 1 rad ga teng bo’ladi:
 ; (1.1-3)
Amalda millirad (mrad), mikrorad (mkrad) birliklar ham ishlatiladi.


SI birliklar sistemasida yutilgan doza birligi sifatida Grey (Gr) qabul qilingan,



Download 247.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling