Haqiqatdan ham, fizika qonuniyatlarini chuqur egallamasdan turib, mashinasozlik, elektrotexnika, it, suv va energiyani tejaydigan texnologiyalar kabi bugun zamon talab qilayotgan sohalarda natijaga erishib bo’lmaydi


Doza quvvati (yutilgan doza quvvati)


Download 247.37 Kb.
bet4/19
Sana19.06.2023
Hajmi247.37 Kb.
#1600526
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Abduraimova Madina 2013gr 17

Doza quvvati (yutilgan doza quvvati). Biologik namunalar nurlantirilganda turli vaqt oraliqlarida namuna bir xil doza olishi mumkin. Nurlanishning organizmlarga beradigan biologik effekti faqat doza kattaligiga bog’liq bo’lmay, balki dozani olish tezligiga ham bog’liq. Shuning uchun vaqt birligi ichidagi dozani o’lchash kerak, ya’ni doza quvvatini o’lchash kerak.
Doza quvvati deb vaqt birligi ichida dozaning o’zgarishiga aytiladi. Doza quvvati P harfi bilan belgilanadi. Doza quvvati dozaning to’planishi tezligini ko’rsatadi. Vaqt o’tishi bilan doza quvvati ko’payishi yoki kamayishi mumkin.
Agar qandaydir vaqt oralig’i 𝛥t vaqtda dozaning o’zgarishi 𝛥D bo’lsa, u vaqtda doza quvvatining o’rtacha qiymati quyidagicha aniqlanadi.
 (1.1-4)
Doza quvvatining vaqt o’tishi bilan o’zgarishi qonuniga asosan t vaqtdagi doza quyidagi formula yordamida aniuqlanadi.
 (1.1-5)
Yutilgan doza quvvati birligi sifatida Gr/s qabul qilingan. γ-nurlanishning ionlashtiruvchi ta’sirini aniqlashda manbaning aktivligini, manba bilan nurlanayotgan namuna orasidagi masofani, manbadan chiqayotgan γ-kvantlar energiyasini, manba o’lchamini, shaklini bilish kerak.
Nuqtaviy manba dozasining quvvati. γ-nurlanish chiqarayotgan nuqtaviy manba quvvati quyidagicha aniqlanadi:
 (1.1-6)
Bu formulada:  -ionizatsion gamma doimiylik bo’lib, R.sm2/soat.mKi birlikda o’lchanadi. P-doza quvvati rentgen/soat (P/soat) birlikda o’lchanadi; A γ-manba aktivligi, mKi birlikda; R-nuqtaviy manbadan ionlashtirilgan (nurlantirilayotgan) namunagacha bo’lgan masofa.
Ushbu formuladan foydalanib nuqtaviy manba dozasi quvvatini aniqlash mumkin. Masalan, aktivligi 1 Ki bo’lgan Co60 nuqtaviy manbaning 1 m masofada hosil qilgan doza quvvati (3) formuladan foydalanilanib quyidagicha hisoblanadi:

 -mKi birlikda.
 -bu qiymat 12-jadvaldan olinadi.
 =1 m=100 sm



Download 247.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling