Gamma-nurlanuvchi radionuklidning ionizatsion gamma-doimiyligi. ( )
Berilgan radioaktiv izotopning ionizatsion gamma doimiyligi – bu ekspozitsion dozaning, Rentgen/soat (P/s) birlikda hisoblangan quvvati sifatida aniqlanadi. Bunday doza quvvati aktivligi 1 mKi bo’lgan nuqtaviy izotop γ-manbaning 1 sm masofada hosil qilgan Rentgen/soat ekspozitsion dozasi quvvatidir. U vaqtda ionizasion gamm-doimiylikni quyidagicha ifodalash mumkin.
(1.1-10)
(1.1-10) – formulada ionizatsion gamma doimiylik - ning birligidir. - ekspozitsion doza quvvati, Rentgen/soat birlikda; -aktivlik, mKi birlikda; -masofa, sm larda. Ionizatsion gamma-doimiylik radioaktiv manbaning xususiyatiga bog’liq. Istalgan radionuklid γ-nurlanishning ionizatsion ta’siri radiy etalon manbaining ionizatsion ta’siri bilan bir xil o’lchash sharoitida taqqoslanib baholanadi va radiyning milligramm – ekvivalentlarida (mg-ekvRa) ifodalanadi.
1 mg (1 mKiRa) hosil qiladigan ekspozitsion doza quvvatiga teng bo’lgan γ-nurlanish ekspozitsion dozasi quvvatini hosil qiladigan istalgan radionuklidning aktivligi radiyning milligram ekvivalenti deyiladi, o’lchashning bir xil sharoitida.
Gamma-nurlanuvchi istalgan radionuklidning gamma-ekvivalenti quyidagi munosabatdan aniqlanishi mumkin:
(1.1-11)
-istalgan radionuklidning ionizatsion gamma doimiyligi;
-berilgan x-radionuklidning aktivligi, mKi birlikda;
-aktivlik, mg-ekv Ra larda.
Nurlanishlarning biologik namunalarga ta’sirini aniqlashda nurlanayotgan namuna (organizm) tomonidan yutilgan energiya miqdori muhim ahamiyatga ega.
Mavjud bo’lgan dozimetrik asboblar yutilgan dozani emas, balki berilgan nurlanishlarning havoni ionlashtirish ta’siriga qarab nurlanish dozasini o’lchaydi. Shuning uchun tirik organizmni nurlanishlardan himoya qilish, hisoblashlar yutilgan dozani emas, balki nurlanishning ionlashtiruvchi ta’sirini ko’rsatuvchi dozasini aniqlash asosida bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |