Haqiqatdan ham, fizika qonuniyatlarini chuqur egallamasdan turib, mashinasozlik, elektrotexnika, it, suv va energiyani tejaydigan texnologiyalar kabi bugun zamon talab qilayotgan sohalarda natijaga erishib bo’lmaydi


Radioaktiv nurlarning inson organizmiga ta’siri


Download 247.37 Kb.
bet10/19
Sana19.06.2023
Hajmi247.37 Kb.
#1600526
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
Abduraimova Madina 2013gr 17

Radioaktiv nurlarning inson organizmiga ta’siri. Radioaktiv moddalar ma’lum xususiy xossalariga ega bo‘lib, inson organizmiga ta’sir qilishi natijasida xavfli vaziyat vujudga kelishi mumkin. Radioaktiv moddalarning eng xavfli tomoni shundaki, uning ta’sirini inson organizmidagi sezish organlariga sezilmaydi. Ya’ni inson radioaktiv nurlar ta’sirida uzoq vaqt ishlashiga qaramasdan, ularning zararli ta’sirlarini mutlaqo sezmasligi mumkin. Buning natijasi esa ayanchli tugaydi. Shuning uchun ham radioaktiv moddalar bilan ishlaganda , ayniqsa , o‘ta ehtiyotkor bo‘lish kerak. Inson organizmining radioaktiv nurlanishi ichki va tashqi bo'lishi mumkin(1.2.1-rasm) . Tashqi tomondan nurlanish ma’lum tashqi nurlanuvchi manba ta’sirida kechganligi sababli, tarqalayotgan nurlarning kirib borish kuchi katta ahamiyatga ega. Kirib borish kuchi yuqori bo'lgan nurlarning organizmga zarari ham kuchliroq bo'ladi.

1.2.1-rasm Inson organizmining radioaktiv nurlanish turlari
Ichki nurlanish nur tarqatuvchi moddalar inson organizmining ichki tizimlariga, masalan, yemirilgan teri qatlamlari orqali qonga, nafas olish a’zolari, o'pkaga va shilimshiq moddalarga, ovqat hazm qilish a’zolariga tushib qolgan taqdirda ro'y beradi. Bunda nurlanish nur tarqatuvchi modda qancha vaqt nurlansa yoki qancha vaqt davomida organizmda saqlansa, shuncha vaqt davom etadi. Shuning uchun ham radioaktiv moddalarning katta parchalanish davriga va kuchli nurlanishga ega bo'lganda, ayniqsa, xavfli hisoblanadi. Radioaktiv nurlanishlarning biologik ta’siri organizmdagi atom va molekulalarning ionlanishi sifatida tavsiflanadi va bu o‘z navbatida har xil kimyoviy birikmalar tarkiblarining o'zgarishiga va normal molekulyar birikmalarda uzilishlar bo'lishiga olib keladi. Bu o'z navbatida tirik hujayralardagi modda almashinuvining buzilishiga va organizmda biokimyoviy jarayonlarning ishdan chiqishiga sabab bo’ladi. Katta kuchdagi nurlanish ta’siri uzoq vaqt davom etsa, ba’zi bir hujayralarning halokati kuzatiladi va bu ayrim a’zolarning, hattoki, butun organizmning halokati bilan tugaydi.

1.2.2-rasm. Odam organizmining radiaktivlikni qabul qilish nisbiy ko‘rsatkichi.
Radioaktiv nurlanishlar ta’sirida organizmning umumiy qon aylanish tizimining buzilishi kuzatiladi. Bunda qon aylanish ritmi susayadi, qonning quyilish xususiyati yo'qola boradi, qon tomirlari, ayniqsa, kapilyar qon tomirlari mo'rt bo'lib qoladi, ovqat hazm qilish a’zolarining faoliyati buziladi, odam ozib ketadi va organizmning tashqi yuqumli kasalliklarga qarshi kurashish qobiliyati kamayadi. Radioaktiv moddalaning qo'lga ta’sir qilishi oldin sezilmaydi. Vaqt o'tishi bilan qo'l qurushqoq bo'lib qoladi, unda yorilishlar kuzatiladi, tirnoqlar tushib ketadi. Radioaktiv nurlarning alfa va beta nurlari tashqaridan ta’sir ko'rsatganda organizmning teri qavati yetarlicha qarshilik ko'rsata oladi. Ammo bu radioaktiv nurlar ovqat hazm qilish a’zolariga tushib qolganda ulaning zararli ta’siri kuchayib ketadi. Ko'pchilik radioaktiv moddalar organizmning ba’zi bir qismlarida yig'ilish xususiyatiga ega. Masalan, jigar, buyrak va suyaklarda yig'ilishi butun organizmni tezda ishda chiqaradi. Ba’zi bir radioaktiv moddalar zaharli bo'lib, ularning zaharlilik darajasi eng xavfli zararli moddalarnikidan ham yuqori bo'ladi.
Radiatsion nurlanish barcha tirik obyektlarga, eng oddiysi (virus va bakteriyalar) dan tortib to insonlargacha, kuchli ta'sir qiladi, ularga shikast yetkazadi, hatto nobud qilishgacha olib keladi. Biologik obyektning nurlanishga radiosezgirlik deb ataladigan ta'sirchanligi va unda to'la yutilgan nurlanish dozasi obyektning shikastlanish darajasini aniqlaydigan asosiy omillardir.
Organizmning radiatsiya ta'sirida zararlanishi asosida molekulyar va hujayra strukturalar shikastlanishining birlamchi jarayonlari—atom hamda molekulalarning ionlashishi va shu tufayli ularning kimyoviy faolligining o'zgarishi yotadi. Buning oqibatida muhim biologik makromolekulalar — oqsillar, fermentlar, nuklein kislotalar, polisaxaridlar va hokazolar nurlanish ta'sirida bir qator o'zgarishlarga, ko'proq qaytmas o'zgarishlarga duchor bo'ladi. Nurlanish ta'sirida biologik makromolekulalarda ularning biologik (fermentativ, gormonal va hokazo) faolligining yo'qolishi, depolimerlashish va, aksincha, yangi kimyoviy bog'lanishning hosil bo'lishi, dezaminlashish (kimyoviy birikmadan NH2 aminoguruhni yulib ajratish), radiatsion oksidlanish va shu kabi o'zgarishlar yuzaga keladi.
Aniqlanishicha, organizmning temperaturasini 0,001 gradusgagina ko'tara oladigan darajada yutilgan nurlanish dozasi organizm hujayralarining hayot faoliyatini izdan chiqarish uchun yetarli ekan. Tirik hujayraning turli qismlari radioaktiv nurlanishning bir xil dozasiga nisbatan turlicha sezgir bo'ladi. Nurlanishga hujayralarning yadrolari, ayniqsa, tez bo'linadigan hujayralarning yadrolari sezgir bo'ladi.
Shuning uchun nurlanish, birinchi navbatda, organizmda ilikni shikastlaydi, buning natijasida qon hosil bo'lish jarayoni buziladi (qon saratoni kasalligiga duchor qiladi), nurlanish ovqat hazm qilish yo'lining hujayralariga — me'da va ichaklarning shilliq qatlamlariga ta'sir ko'rsatadi. Katta dozalardagi nurlanish nobud bo'lishga olib keladi, kamroq dozalarda esa qator kasalliklar (nur kasalligi) paydo bo'ladi.
Yaponiya atom elektr stansiyasidagi halokat dunyoda nurlanish xavfiga doir xavotirlarni kuchaytirmoqda. Ammo hidi va ta'mi yo'q, ko'rib bo'lmas narsadan qo'rqish mumkinmi?
Olimlarning aytishicha, inson har kuni turli xil radiatsiyaga uchraydi. Masalan, rentgen yoki quyosh nurlariga. Hattoki, banandan ham nurlanish mumkin ekan.
Yadro xavfi haqida so'z borganda odatda eski filmlardagi qo'ziqorinsimon ulkan tutun ko'z oldimizga keladi. Ko'plar Sovuq urush davridagi qurollanish poygasini eslab, yadroviy oxiratni xayoliga keltiradi. 66 yil avval AQSh janubi-g'arbidagi cho'lda dunyoda ilk bor sinalgan atom bombasi videotasvirga tushiriladi. So'ng Amerika tomonidan tashlangan ikki atom bombasi Yaponiyaning Xirosima va Nagasaki shaharlarini kul qilib, Ikkinchi jahon urushiga yakun yasaydi.
Sovet Ittifoqi ham yadro qurolini yaratgach, ikki davlat o'zaro ishonchsizlik va qo'rquvda yashab keladi. Maktablarda havo trevogasi mashq qilinib, bolalarga parta ostiga yashirinishni o'rgatishadi. Biroq radiatsiyaning ko'zga ko'rinmas ta'siridan bunday usullar bilan himoyalanib bo'lmas edi.
Keyin ma'lum bo'lishicha, yadro energiyasidan nafaqat qurol, balki elektr quvvati manbasi sifatida ham foydalanish mumkin ekan. Ammo 1979-yilda AQShning Pensilvaniya shtatidagi atom zavodi, so'ng 1986-yilda Sovet Ittifoqining Chernobil atom elektr stansiyalarida falokat ro'y bergach, nurlanish tahdididan xavfsirash yana kuchaydi.
Rossiyalik fan arbobi va ekolog, radiatsiya va yadro xavfsizligi bobida mutaxassis Aleksey Yablokovning aytishicha, AQShdagi avariya Chernobil fojiasi oldida dengizdagi bir tomchiday edi.
Sovet Ittifoqidagi zavodda reaktorlarning birida bir necha portlash yuz berib, atmosferaga ming baravar ko'p radioaktiv moddalar chiqqan. Darhol tezkor chora ko'rish o'rniga, Sovet rasmiylari birinchi portlashdan 36 soat davomida falokat ko'lamini yashirib, qimmatli vaqtni boy bergan. Natijada minglab odamlar nobud bo'ldi. Fojiadan 25 yil o'tib ham uning asoratlarini haligacha ko'rish mumkin.
"Chernobil bir necha avlodni qaqshatdi. Aholi genetikasi, sog'lig'iga jiddiy zarar yetdi. Buni yoddan chiqarib bo'lmaydi", - deydi ekspert. Endi esa Fukushima stansiyasidagi jarayon insoniyatni xavotirga solmoqda. Radiatsiya xavfi qanchalik yuqori degan savol ko'plarni qiynamoqda.
Ekspert Jerald Epstinning aytishicha, odam usiz ham har kuni turli xil radiatsiyaga uchraydi."Sayyoramizdagi barcha o'simligu jonli mavjudotlar va inson hamisha oz miqdordagi radiatsiyaga cho'madi. Gap nurlanishning bor-yo'qligida emas, balki reaktordan chiqqanda inson salomatligiga ta'siri, xavfi qanday bo'ladi? Kundalik hayotimizda radiatsiya miqdori oshsa ham, salomatlikka zarar juda kam", - deydi u.
Har safar yo'lovchilar aeroportda samolyotga chiqishdan oldin xavfsizlik nazoratidan o'tganda, radiatsiyaga uchraydi. Samolyot havoda yuqoriga ko'tarilgani sari yo'lovchilar atmosferadagi kosmik nurni oz miqdorda qabul qiladi.
Jerald Epstinning aytishicha, uy va imoratlarni qurishda ishlatiluvchi toshlarda va tuproqda tabiiy radiatsiya bor. Rentgen va tomografik tibbiy apparatlardan ham nurlanish mumkin. Hatto ba'zi meva va sabzavotlardagi kaliyni iste'mol qilib ham, radiatsiya olsa bo'ladi."Kaliyning bir qismi radioaktiv shaklda bo'lib, biz uni hamisha iste'mol qilamiz", - deydi Epstin.
Yaponiyadagi falokatdan ko'p o'tmay ayrim amerikaliklar dorixonadan kaliy yodi kapsulalarini buyurtirgani ma'lum bo'ldi. Ular shu tariqa atom elektr stansiyalaridan taralayotgan chiqindilar tarkibidagi radioaktiv yoddan o'zini himoya qilmoqchi bo'lgan.
"Kundalik radiatsiyaning hech qanday zarari yo'q. Aksincha, ular iste'mol qilayotgan kapsulalarning sog'liqqa ziyoni kattaroq", - deydi Jerald Epstin.
Mutaxassisning aytishicha, Yaponiyadagi falokat atom elektr stansiyalari qurmoqchi bo'lgan davlatlarni o'ylantirib qo'ygan bo'lsa, ajabmas. Agar yadro yonilg'isidan yuz o'giradigan bo'lsak, elektr quvvatini olishda muqobil manbalarni izlash kerak bo'ladi. Ammo shunda ham bu manbalarning xalq salomatligiga ta'sirini obdon o'rganish kerak.

Download 247.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling