Haqiqatdan ham, fizika qonuniyatlarini chuqur egallamasdan turib, mashinasozlik, elektrotexnika, it, suv va energiyani tejaydigan texnologiyalar kabi bugun zamon talab qilayotgan sohalarda natijaga erishib bo’lmaydi


Download 247.37 Kb.
bet12/19
Sana19.06.2023
Hajmi247.37 Kb.
#1600526
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19
Bog'liq
Abduraimova Madina 2013gr 17

Dozimetrlar. Ionlashtiruvchi nurlanishlarning nurlanish maydonida bo’lgan turli namunalarga beradigan energiyasini o’lchaydigan asboblar dozimetrik asboblarga kiradi. Dozimetrik asboblar nurlanishning moddada yutilgan dozasini, doza quvvatini, ekspozitsion dozani, gamma va rengen nurlanishi dozasi quvvatini, intensivligini va boshqa dozimetrik kattaliklarni o’lchashga mo’ljallangan. Bunday kattaliklar nurlanish maydoni, nurlanish manbai yoki ionlashtiruvchi nurlanishlarning modda bilan o’zaro ta‟sirlashish jarayonlarini xarakterlaydi.
Ionlashtiruvchi nurlanishlarning ekspozitsion dozasini yoki doza quvvatini o’lchaydigan asboblar dozimetrlar deyiladi. Dozimetrlar ikki asosiy qismdan iborat: ionizatsion kamera va o’lchash qurilmasi.
Ionizatsion kamera yopiq metall yoki plastmass idish bo’lib, toza quruq havo bilan (yoki argon, vodorod va b. gazlar bilan) normal atmosfera bosimida yoki undan pastroq bosimda to’ldirilgan.
Kameraga ikkita elektrod joylashtirilgan (ko’pincha ikkinchi elektrod vazifasini korpus bajaradi), elektrodlarga doimiy kuchlanish beriladi. Dozimetrning ishlashi vaqtida ionlashtiruvchi nurlanishlar kameraga to’ldirilgan gazni ionlashtiradi.
Dozimetrlar ikki guruhga bo’linadi:
1. Nurlanish ta‟sirida ionizatsion kamerada hosil bo’lgan zaryad o’lchanadi. Bunday dozimetrlar kondensatorli dozimetrlar deyiladi, bunda o’lchov asbobi sifatida elektrometrdan foydalaniladi. Elektrometr shkalasi ekspozitsion doza birligida darajalangan bo’ladi.
2. Nurlanish ta‟sirida ionizatsion kamerada hosil bo’lgan ionizatsion elektr toki o’lchanadi. Bunday dozimetrlar elektron-lampali bo’ladi, o’lchaydigan elektrometr shkalasi ekspozitsion doza quvvati birligida darajalangan bo’ladi.
Agar nurlanishning ta‟siri har ikki xil dozimetrda bir xil ta‟sir vaqtida bir vaqtda o’lchansa, har ikki dozimetrda ham nurlanish dozasini va doza quvvatini o’lchash mumkin.
Yadroviy nurlanishlar bilan ishlaydigan ishchi-xodimlarning xavfsizligini ta‟minlash maqsadida individual dozimetrlar ishlab chiqilgan. Dozimetrik asboblar orasida kishilar olgan nurlanish dozasini o’lchaydigan individual dozimetrlar keng ishlatiladi. Individual dozimetrlarda bir korpusda detektor, sanash qurilmasi va doza kattaligi indikatsiyasi ulangan. Detektor ma‟lum elementlar bilan nurlanish ta‟sir etadigan joyga qo’yiladi. O’lchash qurilmasi, indikatsiya bloki, zaryadkalar detektordan tashqarida. Bunday detektorning afzalligi, bu istalgan vaqtda dozani dozimetr egasining o’zi nazorat qilishidir. Ikkinchi afzalligi olib yuriladigan dozimetr og’irligining kichikligi. Individual dozimetrlar olib yurishga kishi tomonidan ishlatilishga mo’ljallangan. Kishi hayoti to’g’ri ishlaydigan ishonchli dozimetrga bog’liq bo’lishi mumkin.

Download 247.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling