Haqiqatdan ham, fizika qonuniyatlarini chuqur egallamasdan turib, mashinasozlik, elektrotexnika, it, suv va energiyani tejaydigan texnologiyalar kabi bugun zamon talab qilayotgan sohalarda natijaga erishib bo’lmaydi


Gamma-nurlarni o’lchaydigan asboblar


Download 247.37 Kb.
bet16/19
Sana19.06.2023
Hajmi247.37 Kb.
#1600526
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
Abduraimova Madina 2013gr 17

3. Gamma-nurlarni o’lchaydigan asboblar. 𝛾-kvantlar schyotchigi. 𝛾-kvantlar schyotchik devorlarida fotoeffekt, kompton effekt xodisalari yuzaga kelishidan hosil bo’ladigan ikkilamchi elektronlar orqali qayd qilinadi. 𝛾-schyorchiklar effektivligi elektronning hosil bo’lishi va uning schyotchikning ishchi hajmiga chiqishi ehtimoliyati bilan aniqlanadi. Bunday ehtimoliyat kichik bo’lganligi sababli, 𝛾-schyotchiklar effektivligi-ED 1-2% ga yetadi.
Schyotchiklar effektivligini oshirish uchun schyotchiklar devorlari misdan yoki mis qoplanganshishadan yasaladi. Schyotchikning effektivligi ED schyorchikning nurlar oqimiga nisbatan qanday joylashganligiga (orientatsiyasiga) ham bog’liq bo’ladi. Detektor effektivligi ED va o’lchov qurilmasi effektivligi – E hisoblashda bir necha faktorlarni hisobga olishga to’g’ri keladi.
Amalda ko’p vaqtlarda 𝛾-kvantlar aktivligi manbadan chiqayotgan 𝛾-kvantlar soni orqali aniqlanadi. Quyida gamma-kvantlarni o’lchaydigan ayrim detektorlarni ko’rib chiqiladi.

2.2.1-rasm. Gamma va rentgen nurlanishlarini o‘lchovchi shaxsiy dozimetrlar komplekti DVGI -8D
Hozirda dozimetrlarning yangi turlari yaratilmoqda. Ularga quyidagilarni kiritishimiz mumkin. Dozimetr – Rossiya davlatida ishlab chiqarilayotgan, radiometr MKS - 15D «Snegir» (2.2.2-rasm)
Qo‘llanilishi: gamma nurlanish dozasini N*(10) quvvatini o‘lchash; gamma nurlanish dozasini N*(10) o‘lchash; beta zarrachalar oqimi zichligini o‘lchash.

2.2.2-rasm . Radiometr MKS-15D «Snegir»
Trekli (izli) asboblar. Vilson kameralari, diffusion kameralar gamma kvantlarni qayd qilishda ishlatilmaydi.
Fotoemulsiyalar dozimetriyada keng ishlatiladi.
1. UD-11 xilidagi dozimetrlar to’plami. Individual dozani o’lchaydigan dozimetrlar dastlabki radiatsion jarohatlanishda diagnostika uchun kishilar olgan nurlanishni individual nazorat qilishga mo’ljallangan. UD-11 dozimetrlar to’plamiga 500 ta dozani o’lchaydigan UD-11 dozimetrlar, UY-o’lchash qurilmasi, ikkita ta‟minlash kabeli kiradi (o’zgaruvchan tok manbaiga ulanadigan kabel va doimiy tok olinadigan akkumulyatorga ulangan kabel). Dozimetrlar to’plami massasi 36 kg. Individual dozani o’lchaydigan UD-11 dozimetr gamma nurlanish va gamma-neytron aralash nurlanishning yutilgan dozasini 10 raddan to 1500 radgacha bo’lgan oraliqda o’lchaydi. O’lchashlar xatosi 15 % dan oshmaydi. Nurlanishdan so’ng 6 soat, 14 soat o’tgandan keyin o’lchanganda ham xato 15 % dan oshmaydi. Har bir UD-11 dozimetrning massasi 25 g. Nurlantirilgan dozimetr UD-11 dozani o’lchayotgan qurilmaning ko’rsatishini 15 % xato bilan ko’rsatadi. UD-11 dozimetr konstruktsiyasi dozimetr korpusi, shisha plastinkani ushlagichdan (detektor ushlaydi) iborat. Ushlagichda dozimetrning to’plamidagi tartib raqami va individual o’lchagichning tartib raqami yozilgan bo’ladi.

Download 247.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling