Haqiqatdan ham, fizika qonuniyatlarini chuqur egallamasdan turib, mashinasozlik, elektrotexnika, it, suv va energiyani tejaydigan texnologiyalar kabi bugun zamon talab qilayotgan sohalarda natijaga erishib bo’lmaydi


Download 247.37 Kb.
bet2/19
Sana19.06.2023
Hajmi247.37 Kb.
#1600526
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Abduraimova Madina 2013gr 17

Kurs ishining dolzarbligi: Kishilar organizmiga o‘tgan radioaktiv izotoplarning xavfsiz deb belgilangan chegaraviy miqdoridan ortib ketishi kishilarning ortiqcha nurlanish olishiga olib keladi. Ortiqcha nurlanish esa sog‘lom hujayralar atomlarini ionlashtirib, hujayralarni yemiradi, qon tarkibini o‘zgartiradi, hayot uchun xavfli bo‘lgan turli patalogik jarayonlar (saraton, nasl kasalligi, bepushtlik, teri, qon kasalliklari) kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ham atrof-muhit namunalarining tarkibidagi radionuklidlar miqdorini, o‘zgarishini, migratsiyasini nazorat qilish, radionuklidlarning to‘planishini kamaytirish chora-tadbirlarini izlash kishilarning radiatsion xavfsizligini ta’minlashda fizika fani oldida turgan dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Ionizatsion nurlanishlarning dozasini o’lchovch asboblar – dozimetrlar , ularning turlari va ishlash prinsiplari kabi masalalar kurs ishi uchun dolzarb masaladir.
Kurs ishining maqsadi: Nurlanishlarning biologik ta’siri va undan himoyalanish, radiatsiyaning ruxsat etilgan dozasi , radioaktiv nurlanishlarning biologik ta’siri hamda nurlanishning inson organizmiga ta’siri, radioaktivlik darajasini o’lchash. dozimetrlar , shaxsiy himoyalanish vositalari, dozimetrlar ularning turlari. ishlash prinsipi, to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘rganish.
Kurs ishining vazifalari:
- Mavzuga oid ilmiy adabiyotlarni tahlil qilish va xulosalarni umumlashtirish;
- Radioaktiv nurlanish va ularning biologik ta’siri , nurlanishlardan himoyalanish , dozimetrlar va ularning turlari mazularini yoritib berish.
Kurs ishining predmeti: “Nurlanishlarning biologik ta’siri va undan himoyalanish. Shaxsiy dozimetrlar” mavzusini o‘rganish davomida bilim va ko‘nikmalarni oshirish hamda kurs ishi mazusiga doir ilmiy -amaliy adabiyotlarni o‘rganish va xulosa qilish.
Kurs ishining tuzilmasi: Ushbu “Nurlanishlarning biologik ta’siri va undan himoyalanish. Shaxsiy dozimetrlar” mazkur kurs ishi 2 ta bob va uning tarkibida 4 ta rejani o’z ichiga oladi, foydalanilgan adabiyotlar va xulosa ham ushbu kurs ishinig bir qismi.
.

I-BOB. NURLANISHLARNING BIOLOGIK TA’SIRI VA UNDAN HIMOYALANISH


Nurlanishning biologik namunalarga ta’sir darajasi namunaning yutgan nurlanish energiyasi kattaligi bilan aniqlanadi. Biologik namunalar olgan nurlanishning ta’sirini baholash uchun dozimetriyaga nurlanish dozasi degan tushuncha kiritiladi.

Download 247.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling