Haqiqatdan ham, fizika qonuniyatlarini chuqur egallamasdan turib, mashinasozlik, elektrotexnika, it, suv va energiyani tejaydigan texnologiyalar kabi bugun zamon talab qilayotgan sohalarda natijaga erishib bo’lmaydi


Katta o’lchamdagi manbaning doza quvvati


Download 247.37 Kb.
bet5/19
Sana19.06.2023
Hajmi247.37 Kb.
#1600526
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
Abduraimova Madina 2013gr 17

Katta o’lchamdagi manbaning doza quvvati. Katta o’lchamdagi manbalarda atrofga sochilgan 𝛾-kvantlarning detektorga tushish imkoniyati faraz qilinadi. 𝛾-kvantlarning detektorga tushish extimoliyati nurlanayotgan namuna o’lchamining kattarishi bilan kattalashadi. Amalda katta o’lchamdagi manba dozasi quvvati hisoblanganda nuqtaviy manba doza quvvati formulasidan foydalaniladi, natija tajribada tekshiriladi.
Moddaga bilvosita ionlashtiruvchi nurlanishlarning ta’sirini aniqlash uchun “Kerma” deyiladigan kattalik kiritilgan. Inglizcha “Kinetic Energy Releazed in Material or per unit Mass” qisqartmasidan olingan. Kerma-bu bilvosita ionlashtiruvchi nurlanishlarning moddaning birlik massasida hosil qilgan zaryadli zarralar kinetik energiyalarining yig’indisiga teng bo’lgan kattalikdir. Kermaning o’lchov birligi yutilgan doza birligi-Grey (Gr) bilan bir xildir, ya’ni bilvosita ionlashtiruvchi nurlanishlarning moddaning 1 kg massasida hosil qilgan elektronlarning kinetik energiyalarining yig’indisi 1 Joul ga teng. Kerma K harfi bilan belgilanadi va quyidagi formula orqali aniqlanadi:
(1.1-7)
bunda elektronlarning kinetik energiyasi, moddaing birlik massasi. Kermaning o’lchov birligi SI birliklar sistemasida:
(1.1-8)
Kermaning sistemaga kirmagan birligi

Yutilgandozanivakermakattaliklarnihammavaqthamto’g’ridan-to’g’rio’lchabbo’lmaydi. Shuning uchun rentgen va γ-nurlanishlari uchun ekspozitsion doza tushunchasi kiritiladi. Ekspozitsion doza bevosita o’lchanishi mumkin bo’lgan kattalik bo’lib rentgen va γ-nurlanishlarining moddani ionlashtirish darajasining o’lchovidir.
Ekspozitsion doza. Ionlashtiruvchi nurlanishlarning havoda ionlashtirish effektiga qarab dozani harakterlashda rentgen yoki γ-nurlanishning ekspozitsion dozasi tushunchasidan foydalaniladi. Ekspozitsion doza rentgen yoki gamma-nurlarning miqdoriy xarakteristikasidir. Ekspozitsion doza bu nurlanishlarning ionlashtirish ta’siriga asoslangan kattalikdir. Ekspozitsion doza havoning birlik hajmida hosil bo’lgan bir ismli ionlarning yig’indi elektr zaryadiga teng. Ekspozitsion doza birligi sifatida Kulon/kg (Kl/kg) qabul qilingan.
Kulon/kg birlik – rentgen yoki γ-nurlarning 1 kg quruq havoda hosil qilgan ionlar jufti har xil ishorali 1 Kulon (1 Kl) elektr zaryadini tashiydi. Ekspozitsion dozaning sistemaga kirmaydigan birligi sifatida Rentgen ( ) qabul qilingan.
Rentgen – rentgen yoki γ-nurlarning shunday dozasiki, bu nurlar normal sharoitda 0,00129 g (1 sm3) havodan o’tganda hosil qilgan ionlar jufti 1 SGSE ga teng bo’lgan har xil ishorali elektr zaryadini tashiydi.
Nurlanishning 1 P dozasiga to’g’ri keladigan zaryad miqdori  ga teng. Bunda  -ionlar soni,  -ion zaryadi,  . U vaqtda 1 P ga to’g’ri keladigan bir elekrostatik zaryad birligini hosil qilish uchun kerak bo’ladigan ionlar juftini hisoblash mumkin.

Bir juft ion hosil qilish uchun o’rtacha  energiya kerak. U vaqtda 1 Rentgen ekspozitsion dozaga to’g’ri keladigan energiya quyidagicha hisoblanadi:

Yoki erglarda

Agar bu hisoblar 1 g havo uchun bajarilsa 1 P ekspozitsion dozaga quyidagi energiya to’g’ri keladi:

yoki

Shunday qilib, 1 P ga teng ekspozitsion doza hosil qilish uchun 1 sm3 havoni ionlashtirishda sarflangan energiya quyidagicha bo’lishi lozim:


 va  kattaliklar rentgenning energetik ekvivalentlari deyiladi. Nurlanishning radlarda ifodalangan yutilgan dozasi va rentgen hamda γ-nurlanishlarning rentgenlarda ifodalangan ekspozitsion dozasi orasida havo uchun quyidagi munosabat mavjud:

Amalda rentgenlardan kichik birliklar ham ishlatiladi:
1 mikrorentgen (mkr)=10-6 rentgen
1 millirentgen (mr)=10-3 rentgen
Agar gamma-nurlanuvchi nuqtaviy manbaining aktivligi berilgan bo’lsa, ekspozision doza kattaligini quyidagi formula orqali hisoblash mumkin:
(1.1-9)
Bunda Kγ-gamma nurlantiruvchi manbaning gamma doimiyligi; A-radioaktiv manba aktivligi; R-manbadan sanagichgacha bo’lgan masofa; t-nurlantirish vaqti.
Nurlanishning yutilgan va ekspozitsion dozalarning vaqt birligiga nisbati yutilgan va ekspozitsion dozaning quvvati deyiladi.
Agar berilgan radionuklidni xarakterlovchi ionizatsion gamma doimiylik ma’lum bo’lsa, γ-nurlanishning ekspozitsion doza quvvatini aniqlash mumkin.

Download 247.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling