Haqiqatdan ham, fizika qonuniyatlarini chuqur egallamasdan turib, mashinasozlik, elektrotexnika, it, suv va energiyani tejaydigan texnologiyalar kabi bugun zamon talab qilayotgan sohalarda natijaga erishib bo’lmaydi


Download 247.37 Kb.
bet7/19
Sana19.06.2023
Hajmi247.37 Kb.
#1600526
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
Abduraimova Madina 2013gr 17

Ekvivalent doza.Kishi organizmiga nurlanishlarning ta’siri nafaqat yutilgan energiya bilan, balki ionlashtiruvchi nurlanishlarning birlik masofada hosil qilgan ionlar jufti soni, ionlashish zichligi bilan ham aniqlanadi, ya’ni ionlashtiruvchi zarraning moddada birlik masofada hosil qilgan ionlar jufti miqdori bilan ham aniqlanadi. Turli xildagi radioaktiv nurlanishlarning biologik ta’sirini baholash uchun nisbiy biologik effekt koeffitsienti (η) ishlatiladi. Bu koeffitsient γ-nurlanish va berilgan biror xil nurlanishning modda yutgan energiyalari teng bo’lganda berilgan nurlanishning biologik ta’siri γ-nurlanishning biologik ta’siridan necha marta kuchli ekanligini ko’rsatadi. Namuna qabul qilgan doza ekvivalent doza deyiladi. Ekvivalent doza tirik organizmning surunkali nurlanishining radiatsion xavfini baholash uchun kiritilgan.
Ekvivalent doza (Dekv) alohida turdagi nurlanishlarning yutilgan dozalarining (Di) har bir nurlanishga tegishli bo’lgan nisbiy biologik effekt koeffitsientlariga (ηi) ko’paytmalarining yig’indisiga teng, ya’ni:
(1.1-12)
Ekvivalent dozaning ( ) sistemaga kirmagan birligi sifatida radning biologik ekvivalenti ber qabul qilingan.
Ber- istalgan turdagi ionlashtiruvchi nurlanish energiyasi bo’lib, uning biologik ta’siri 1 rad gamma yoki roentgen nurlanishlarning biologik ta’sirida ekvivalent.
SI sistemasida ekvivalent doza birligi sifatida Zivert (Zv) qabul qilingan. Zivert. 1 kg biologik namunada yutilgan har qanday nurlanishning energiyasi bo’lib, uning hosil qiladigan biologik effekti (ta’siri) rentgen yoki γ-kvantlarning 1 Grey yutilgan dozasi hosil qiladigan biologik effektga teng bo’lgandagi ekvivalent doza birligidir.

Quyidagi jadvalda nurlanishning ayrim turlari uchun nisbiy biologik effekt koeffisienti η va ruxsat etilgan chegaraviy yutilgan doza qiymatlari keltirilgan.




Download 247.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling