Haqiqiy lider Kim?


Download 10.04 Kb.
Sana04.01.2023
Hajmi10.04 Kb.
#1077924
Bog'liq
Xamidova Madina-WPS Office


Xamidova Madina Mamajon qizi
Id:5580954327
91.163 00 88
90.112 88 00
04.12.2000 y

Mavzu: "Haqiqiy lider Kim?"


Reja:
1.Lidernjng o'ziga xos muhim jihatlari
2.Yaxshi liderning qo'shimcha fazilatlar
3.Liderlik qilish uchun maslahatlar

Lider shunday bo'lib tug'ilmaydi va uni kimdir liderlar aylantirmaydi-u o'zini lider qiladi.


Stiven Kovi
Lider so'zi ingliz tilidan tarjima qilinganda :yetakchi,boshliq,rahbar ma'nolarini anglatadi.Rahbar lavozimi ortidan hurmatga erishadi,lider esa hurmat ortidan lavozimga erishadi.Bir taraflama olib qaraganda ularning vazifasi ham ma'suliyati ham,xususiyatlari ham teng.Shunday bo'lishiga qaramasdan rahbarlik rasmiy,liderlik norasmiy lavozim.Rahbar o'z atrofidagi ishchilarga Nima qilish kerakligini aytib turadi.Lider o'z ortidan ergashuvchilarga nima qilish kerakligini ko'rsatib unda o'zi ham ishtirok etadi.Ular bilan birgalikda harakat qiladi.Otabek Hasanov:"Liderni yuzaga chiqaradigan asosiy omil - uning ilmidir." - deb ta'kidlashi bejiz emas.Negaki o'z mutaxassisligi bo'yicha ma'lum bir darajada bilimga ega bo'lish shaxsni o'ziga ishonishi va yetakchi his qilishiga yordam beradi.Agar bilim yetarli bo'lmasa ustunroq bo'lgan inson liderlikni olib ketadi.Shunday ekan lider o'z sohasining mutaxassisi bo'lishi,o'ziga berilishi mumkin bo'lgan savollarning barchasiga aniq javoblari bo'lishi kerak.Mustahkam bilim kishiga ishonch beradi.Liderdagi ishonch har qanday vaziyatda kerak .O'ziga ishongan inson ortidan izdoshlarini ergashtirishga oladi .Qayerda kimlar orasida liderlik qilishdan qat'iy nazar ,o'z ustida ishlashi samaralidir.Lesli Kassidi aytganidek"Maqsadlari sari har kuni kichik qadamlar ajoyib natijalarga olib keladi." Oldinga harakat qilishda davom etish lozim."Hayot velosiped haydashga o'xshaydi .Muvozanatining saqlash uchun,harakat qilishda davom etishini kerak"-deydi Albert Eynshteyn.Haqiqatdan ham bugungi shiddat bilan rivojlanib borayotgan zamonda yashash ,o'z o'rnini topish uchun ham harakat qilishda davom etish lozim.
Liderning boshqalardan ajralib turuvchi tomonlaridan biri- bu liderning o'ziga va unga ergashyotgan izdoshlariga bo'lgan ishonchi.Lider hamma vaqt bir ish qilishdan oldin atrofdagilar bilan maslahatlashish va unga yuklatilgan topshiriqlarning bir qismini sheriklariga ishonib topshirishi darkor.Bu bilan u o'z izdoshlariga ishonchi yuqori darajada ekanligini isbotlaydi.Lider o'zining kuchli va zaif tomonlarni bilishi va zaifligini to'g'rilashga harakat qilishi kerak.Muammolardan qochmaslik,ularni kelishilgan holda o'z muddatda hal qila olish ham samarali liderning kuchli jihatidir.
Lider hamma ishni o'zi qilishi shart emas.Safsoshlarini asta sekinlik bilan tayyorlashi va ularning imkoniyatlarini kengaytirishi;ularning kuchli va zaif tomonlarni hisobga olib murakkab va ma'suliyatli vazifalar topshirishi kerak.Shundagina ilar professional rivojlana oladi.Lider izdoshlari bilan ularning sog'lig'i, kechagi kun qanday o'tgani ,qiziqishlari,maqsadlari haqida samimiy suhbat qurishi ; ishchilarning qiyin vaziyatlarida ularga yordam qo'lini taklif qilishi,qo'llab quvvatlashi kerak.Odamlar o'zlariga berilayotgan e'tiborni qadrlashadi va bunga sadoqat bilan javob qaytarishadi. Xodimlarning muomala munosabatidan kelib chiqib emas aksincha ularning ish natijalaridan kelib chiqib baholash yaxshi natija beradi .Jamoada lider "Men"ni "Biz"ga aylantira olishi zarur.Bu orqali a'zolarni birlashishga,guruh uchun qayg'urishga erishadi.Guruh qanchalik aholi kelishuv chang bo'lsa o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga shunchalik osonlik bilan erishadi.Lider har bir vazifani o'z vaqtida hamda tartib bilan bajarilayotganini nazorat qilishi shart .Shunda har bir maqsadlarni amalga oshirish yanada yengillashadi.
Har bir yangi marra egallangani lider rag'batlantirishini yo'ldan chiqarmasligi lozim Rag'batlantirish orqali izdoshlarini ruhlantiradi va yana yaxshi ishlash koeffitsiеntini oshiradi. Rag'batlantirish bilan bir qatorda jazolash ham o'z o'rnida bo'lish shart. Yo'l qo'yilgan xatolar to'grilanishi va tegishli xulosalar chiqarilishi ish jarayonida muhim.
Zamonaviy liderlar kreativlik va intellektual salohiyat ham yuqori darajada bo'lishi kerak.Liderlar har sohada o'zini sinab ko'rgan bo'lishi ,kompyuter texnologiyalarin7 yaxshi o'zlashtirgan va innovatsion g'oyalarga ega bo'lishi uning faoliyatida muhim o'rin tutadi. Innovatsiya-liderni uni ortidan ergashuvchilardan ajratib turadi. Dunyoning mashhur insonlardan biri Stiv Jobs aynan shu fikri bilan liderning asosiy xususiyatlardan biri innovatsiaga yo'nalganligi yoki innovatsion g'oya va tashabbuslar ekanini isbotlaydi.Innovatsiya bu - yangicha dunyoqarash,yangicha yondashuv demakdir Darhaqiqat har bir inson o'z kelajagini qurishga harakat qilar ekan barcha imkoniyatlardan unumli foydalanmoqda lozim.Chunki ba'zida eng yaxshi imkoniyatlar faqat bir marta berilishi mumkin.
Download 10.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling