Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zaruriyati bo’lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi
Download 19.13 Kb.
|
1- маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-MAVZU: Kirish. Plastik deformatsiyalab ishlov berish texnologik jarayonlari va jihozlari fanining tutgan o’rni va boshqa fanlari bilan bog’liqligi. Reja
- Plastik deformatsiya haqida tushuncha .
Kirish Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zaruriyati bo’lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi.Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo’lidan borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomollashtirish, yangi sifat bosqichiga ko’tarish, unga ilg’or pedagogic va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. “ Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayorlash milliy dasturi” ning qabul qilinishi bilan uzluksiz ta’lim tizimi orqali zamonaviy kadrlar tayorlashning asosi yaratildi. Ta’limning barcha bosqichlariga oid umumiy pedagogik va didaktik talab talabaning dasturiy bilim, tasavvur va ko’nikmalari asosida mustaqil ishlash samaradorligini takomillashtirish, ilmiy fikrlashga, o’quv faniga qiziqishini kuchaytirish, kasbiy bilimlarini chuqurlashtirish, nazariy va amaliy mashg’ulot mobaynida ularning faolligini oshirishdan iboratdir. Jahon pedagogic tajribasi, zamonaviy pedagogik texnologiyalarning talabalarni fanlarga qiziqtirishga, ularning mustaqil ishlashda faolliklarini oshirishga imkoniyati cheksiz ekanligini tasdiqlamoqda. Ta’limning bugungi vazifasi o’quvchilarni kun sayin oshib borayotgan axborot- ta’lim muhiti sharoitida mustaqil ravishdafaoliyat ko’rsatishga, axborot oqimida oqilona foydalanishga o’rgatishdan iboratdir. Buning uchun ularga uzluksiz ravishda mustaqil ishlash imkoniyati va sharoitini yaratib berish zarur. Ta’limning samaradorligini oshirish, shaxsning ta’lim markazida bo’lishini va yoshlarning mustaqil bilim olishlarini ta’minlash uchun ta’lim muassasalariga yaxshi tayorgarlik ko’rgan va o’z sohasidagi bilimlarni mustahkam egallashdan tashqari zamonaviy pedagogik texnologiyalarni va interfaol usullarni biladigan, ulardan o’quv va tarbiyaviy mashg’ulotlarni tashkil etishda foydalanish qoidalarini biladigan o’qituvchilar kerak. “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” ga muvofiq respublikamizda jahon andozalariga mos bo’lgan ko’p bosqichli ta’lim yo’nalishlari joriy qilindi. Ta’lim sohasida olib borilayotgan islohatlarning asosini yangi tizimda tashkil qilingan o’quv dasturi ishlab chiqildi va dasturlar tarkibiga zamonaviy texnika va texnologiyani aks ettiruvchi yangi fanlar kiritildi, mavjudlari takomillashtirildi. Ushbu o`quv uslubiy majmuada “Innovatsion texnologilar” usuli asosida nazariy va amaliy dars mashg’ulotlarini o’tkazishda foydalanishi mumkin bo’lgan zamonaviy pedagogik texnologiyalar hamda interfaol darslarda ijodiy ravishda foydalanish mumkin bo’lgan taqdimot materiallari keltirilgan.
Kirish. Mashinasozlik texnologiyalarining tarixi. Ushbu fanning boshqa fanlar bilan uzviy bog’liqligi. Plastik deformatsiya haqida tushuncha. « Plastik deformatsiyalab ishlov berish texnologik jarayonlari va jihozlari » fanining o’quv fani sifatida rivojlanishida oxirgi yillarda mashinasozlikning to’xtovsiz progressi katta axamiyatni kasb etadi. Bu fan ishlab chiqarish maxsuldorligini oshirish qonuniyatlarini, xomashyoga ishlov berish texnologik jarayonining iqtisodiy samaradorligini oshirish va mashina xamda mexanizm detallarini yig’ish jarayonini takomillashtirish chora – tadbirlarini o’rganadi. Plastik deformatsiyalab ishlov berish texnologik jarayonlari va jihozlari fani quyidagi fanlar bilan uzviy bog’langan: - Materiallarni kesish, mashinasozlik texnologiyasi, stanok va asboblar; - Standartlashtirish va sifatni boshqarish asoslari; - Avtomobillarni ta’mirlash va texnik xizmat ko’rsatish; - Mashina detallari; - Metallar texnologiyasi; - Elektrotexnika, va x.k. Avvalgi davrda qurollarni tosh yordamida ishqalab utkirlashgan, undan keyin toshni aylantirib charxlash jarayoni yuzaga kelgan. SHundan so’ng ot bilan yuritiladigan, lekin ishlov beruvchi instrument qo’lda ishlov beriladigan tokarlik stanogi yaratildi. X asrda rus ustalari o’q otar qurollari tayyorlash texnikasiga ega bo’lganlar. XII asrda rus qurolsozlari qo’lda xarakatlantiriladigan parmalash va tokarlik moslamalarini ishlatganlar. XIV-XVI asrda qurollar tayorlashda tokarlik va parmalash stanoklaridan foydalanilgan. Bularni xarakatlantirish uchun suv energiyasidan foydalanilgan. XVI asrda Tula shahrida metallarga ishlov beradigan sanoat rivojlangan. Bu davrda (1718-1725 yil) rus mexanigi va ixtirochisi A.K.Nartov tokarlik stanogi uchun mexanik support yaratdi. SHu bilan birga original konstruktsiyadagi vintqirqar, tishqirqar, arralovchi stanoklarni yaratdi. Rus mexanigi M.V.Sidorov 1714 yilda Tula kurol zavodida suv bilan xarakatlantiriladigan parmalash stanogini yaratdi. Bu parma bilan miltiq stvollari parmalangan. SHu oraliqda Ya.Batishev birdaniga 24 stvolni parmalaydigan va suv bilan xarakatlanadigan stanok yaratdi. Rus olimi M.V.Lomonosov (1711-1765 yillar) old tomondan ishlash tokarlik stanogini, sferatokarlik stanogini, xamda silliqlash stanogini yaratdi. Par mashinasi ixtirochisi I.I. Polzunov (1728-1764 yillar) par kozonning detallariga ishlov berish uchun tsilindrni yunish stanogini yaratdi. Rus mexanigi I.P.Klubin (1735-1818 yillar) soat mexanizmlarining tishli gildiraklarini tayyorlash uchun maxsus stanok yaratdi. Ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalashtirishda ilk qadamni I.I.Polzunov qo’ydi. O’zbekistonimizda xam mashinasozlik asta – sekin rivojlangan, lekin yasalgan qurilmalar e’lon qilinmagan. Bunga misol qilib Ulugbek rasadxonasidagi teleskopni, uning yoysimon tekislikda xarakatlanish jarayonini, pichoqsozlik va qilichsozlikdagi, suv bilan xarakatga keltiriladigan qurilmalarni keltirish mumkin. Metallning qandaydir hajmiga qo’yilgan tashqi kuchlar tizimi uni deformatsiyasini keltirib chiqaradi. Elastik va plastik deformatsiyalar bo’ladi. Agar tashqi kuchlar olingandan so’ng deformatsiyalangan jism o’zining dastlabki shakl va o’lchamlarini to’liq tiklasa, bunday deformatsiya elastik deb ataladi. Agar tashqi kuchlar keltirib chiqargan jismning shakli va o’lchamlarining o’zgarishi, bu kuchlar olingandan so’ng o’z holida qolsa, bunday deformatsiyani plastik yoki qoldiq (qaytmas) deb ataladi. Metallarga bosim bilan ishlov berish usulida detallarni olish homaki mahsulotni plastik deformatsiyalashga asoslangan. Plastik deformatsiya homaki mahsulotni buzmasdan turib, uning alohida hajmlarini nisbiy siljitish yo’li bilan detalning berilgan shaklini olishga imkon beribgina qolmay, balki homaki mahsulot materialining mexanik va fizik-kimyoviy xossalariga ham tahsir ko’rsatadi. Elastik deformatsiya metallda atomlarning turg’un muvozanat holatidan chetlatish hisobiga ro’y beradi va potentsial energiyaning minimum bo’lishi bilan ajralib turadi. Bu chetlanishning kattaligi qo’shni atomlar orasidagi masofadan oshmaydi. Elastik deformatsiya atomlararo masofani o’zgarishi natijasida qaytadigan hajm o’zgarishlarini keltirib chiqaradi. Hajmning qaytadigan o’zgarishi, masalan, 10 MPa bosim bilan har tomonlama siqilishda po’lat uchun 0,6 %, mis uchun 1,3 % ni tashkil etadi. Atomlarni turg’un muvozanat holatidan chetlanishi jismda to’plangan potentsial energiyani oshiradi va belgilangan chegaralargacha chetlanish kattaligi deformatsiyalovchi kuchlar oshishiga proportsional ortib boradi. Har qanday sharoitlarda ham tashqi kuchlarning jismga tahsiri, atomlarni eng kam potentsial energiyali holatga qaytarishga intiluvchi, atomlararo kuchlarning qarshi tahsiri bilan muvozanatlashadi. Plastik deformatsiya atomlarni yangi turg’un muvozanat holatlarga, kristall panjaradagi atomlar orasidagi masofadan ancha katta bo’lgan nisbiy siljishi hisobiga amalga oshadi. Plastik deformatsiyalashda jismga qo’yilgan kuchlar keltirib chiqargan umumiy deformatsiya plastik tashkil etuvchini ham, shu qatorda deformatsiyalovchi kuchlar olingandan so’ng yo’qoladigan elastik tashkil etuvchini ham o’z ichiga oladi. Download 19.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling