Har bir sohaning raqamli iqtisodiyoti davrida yangi infratuzilma zarur sanoatning raqamli shakli
Raqamli platformalar xavfsizligini ta’minlash. Raqamli platformalar ekotizimi
Download 113.49 Kb.
|
2.1.Raqamli iqtisodiyotning platformasi va ekotizimi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Raqamli ekotizim
2.1.4.Raqamli platformalar xavfsizligini ta’minlash. Raqamli platformalar ekotizimi.
Hayotimizning barcha sohalarida raqamlashtirish jaryonlari jadavl davom etayotgan hozirgi davrda, raqamli iqtisodiyotning eng muhim va hal qiluvchi texnologiyasi raqamli platformadir. Dasturiy ta’minot mahsuloti sifatida platforma barcha zarur texnologiyalarni to‘playdi, bu ko‘p sonli foydalanuvchilarga ma’lumot olish, yuqori sifatli rejalashtirish, tahlil xizmatlari va eng muhimi, bozorga (mijozlar, ishlab chiqaruvchilar, xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar va boshqalar) kirish huquqini beradi. Platformaning qiymati to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish imkoniyatini taqdim etish va ishtirokchilar o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir o‘tkazish tartibini osonlashtirishdir. So‘nggi yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini(AKT) rivojlanishida to‘rtta holat bilan bog‘liq bo‘lgan sifatli siljishlar kuzatilmoqda: raqamli texnologiyalar doimiy ravishda o‘zlarining qo‘llanilish doirasini kengaytirmoqda; tegishli vositalarni kiritish va ulardan foydalanish xarajatlari doimiy ravishda pasayib bormoqda; iqtisodiy faoliyatni raqamlashtirish darajasi doimiy ravishda o‘sib bormoqda (shu jumladan, dastlabki ikki omil ta’siri tufayli); raqamli qurilmalarning(kompyuterlar, telefonlar, Internetga ulangan aqlli moslamalar va qurilmalar) mavjudligi va tarqalishi doimiy ravishda o‘sib bormoqda. Ushbu holatlar majmui raqamli platformalar tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan raqamli ekotizimlarning rivojlanishiga asoslangan yangi biznes modellarining iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiq bo‘lishi uchun sifat jihatidan yangi shartsharoitlarni shakllantirishga olib keldi. Raqamli ekotizim - bu yangi va biroz noaniq atama. Hatto ingliz tilidagi Vikipediyada ham bu haqda maqola juda kam. Shu bilan birga, har qanday Internet foydalanuvchisi har kuni ushbu ekotizimlarga duch keladi. Ekotizimlar shartli ravishda ichki va tashqi ekotizimlarga bo‘linishni mumkin. Ichki tizimlar asosan korporativ xodimlarga va ichki biznes jarayonlarini takomillashtirishga qaratilgan. Tashqi tizimlar xizmatlar va servislarning iste’molchisi bo‘lgan har qanday odam bilan ishlaydi. Har qanday raqamli ekotizimning asosiy elementi-bu yagona kirish texnologiyasi(Single Sign-On), ya’ni turli xil raqamli xizmatlarda bitta akkauntdan foydalanish (1-rasm). 1-rasm. Google raqamli ekotizimi xizmatlari Dunyoda bunday tizimlarga yorqin misollar bu Apple ID, Google akkaunti, Microsoft akkaunti va boshqalar. Agar bitta foydalanuvchi nomi va parol yordamida siz turli xizmatlarga kirsangiz va sizni qayta autentifikatsiya qilmasdan bir xizmatdan boshqasiga o‘tsangiz, bilingki siz raqamli ekotizim bilan ishlayapsiz. Raqamli ekotizimni yaratishdan maqsad? Ichki ekotizimni yaratishdan maqsad - xodimlarning ishini qulay qilish va jarayonlarni optimallashtirish. Bitta axborot tizimiga bir marta kiritiladigan ma’lumotlardan keyinchalik boshqa ko‘plab tizimlarda foydalanish mumkin. CRM, ERPdagi ma’lumotlarini biznes tahlilchi vositalar yordamida foydalanish uchun yagona omborga yig‘ish. Tashqi ekotizimning maqsadlari biroz boshqacha, ya’ni ma’lumotlarni yig‘ish va pul ishlash. Ko‘pincha – ma’lumotlarni yig‘ish orqali pul ishlash. Siz Internet va xizmatlardan(web va mobil) foydalanasiz, demak siz hech bo‘lmaganda bitta korporatsiyaning(Apple, Google, Microsoft) ekotizimining a’zosisiz(foydalanuvchisisiz). Agar siz Rossiyada Internetdan foydalansangiz, “Yandex”, “Mail.ru” va “Сбер”da sizning faoliyatingiz haqida ma’lumotlar bo‘lishi ehtimoldan yiroq emas. Bulardan tashqari Facebook, Amazon va boshqalar ham bor. Ko‘plab zamonaviy ekotizimlar 90-yillarning oxiri 2000-yillarning boshlarida, hatto Rossiyada ham yaratila boshlandi. 1999 yilda Yandex va Rambler faqat qidiruv tizimlari edi. 2000 yilda ikkala kompaniya ham o‘z ekotizimlarini yaratish yo‘lida jiddiy qadam tashladilar. Download 113.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling