Har bir xalqning maʼlum davrda yetishib chiqqan fidoyi ilm kishilari daholari boʻladi.Ular turli sohalarda ma'sulyatni boʻyniga olgan holda buyuk ishlarni qilishadi, fan choʻqqilarini zabt etishadi.Xoh fan boʻlsin, xoh u san'atning ma'lum turi boʻlsin oʻzining buyuklariga ega . Oʻzbek adabiyoti ham ana shunday buyuk dahoni yetishtirdi, tarbiyaladi, buyuk qildi. Ana shu shaxs soʻz mulkining sultoni Alisher Navoiydir. Biz yoshlar Navoiy dahosini oʻrganar ekanmiz, qalbimizda oʻzgacha bir iftixor his qilamiz, qoyil qolamiz. Navoiy sharq adabiyotini shunchalar yuqoriga olib chiqdiki, hali zamonlar boshqa bir shaxs bu choʻqqiga chiqishi amrimahol. Men bugun Navoiyning Aruz vazni va uning takomiliga qoʻshgan hissasi haqida fikr yuritmoqchiman.
Do'stlaringiz bilan baham: |