Har bir yosh guruhda bolalarni predmetlar shakli bilan tanishtirish metodikasi


Download 23.85 Kb.
bet3/3
Sana21.04.2023
Hajmi23.85 Kb.
#1368579
1   2   3
Bog'liq
3 seminar hemis

Tayyorlov guruhi dasturida geometrik figuralar ko‘rinishini o‘zgartirish, bir xil figuralardan boshqa xil figuralar tuzish nazarda tutilgan. Tarbiyachi bolalarga o‘z ixtiyorlaridagi figuralarga qarashni, ularni shakl bo‘yicha taqsimlash, ular qanday atalishini va qanday kattalikda ekanini aytishni taklif qiladi, so‘ngra esa qandaydir ikki-uchta figura olib, ularni birlashtirish yo‘li bilan qanday yangi figura tuzish mumkinligini o‘ylab ko‘rishni taklif qiladi. Bolalar figuralarni tuzganlaridan keyin, qanday yangi figuralar hosil bo‘lganini va ular qanday figuralardan tuzilganligini gapirib berishni taklif qiladi. Qismlardan butun figuralar tuzib, bolalar ikkita yarimta, to‘rtta yarimta, sakkizdan bir qismdan, doiraning to‘rtdan biriga teng qismdan va h.k. dan nechta doira tuzish mumkinligini fahmlaydilar.
Geometrik shakllarni o‘rganishda o‘yin texnologiyalaridan foydalanish samarali sanaladi. Masalan,”Topgan topaloq” didaktik o‘yini
Maqsad: Bolalarda geometrik shakllarni ajratib va uni to‘g‘ri aytish ko‘nikmasini hosil qilish. Fikrlash, tinglash va to‘g‘ri javob berishga o‘rgatish.
1.Uchta uch-u uchta burchak
Va yana uchta tomon,
Uchovi qo‘shilib,
Yashaydi omon-omon. (Uchburchak)

  1. To‘rt burchagi to‘g‘ri burchak, O‘zi to‘rtta tomoni bor.

Hamma tomoni teng uning
Bu nimadir, aytinglar-chi nomini? (To‘rtburchak)

  1. Boshi boru oxiri yo‘q, Ketaverasan bir yo‘lda.

Oxiriga yetay dema,
Yetolmaysan million yilda. ( Doira)
Endi bu shakllardan kuchukcha uyini yasab beramiz.
Maktab yoshidagi katta bolalar bilan ishlashda geometrik mazmunli qiziqarli o‘yinlar va mashqlar katta foyda keltiradi. Ular bolalarning matematik bilimlarga qiziqishini rivojlantiradi, aqliy qobiliyatlarining o‘sishiga yordam beradi.
Nazorat uchun savollar:
1.Geometrik figuralar burchaklari, tomonlari, soni bo‘yicha qanday taqqoslanadi?
2.Geometrik figuralarni o‘lchash tushunchasi qanday usulda shakllantiriladi?
3.Bolalarga geometrik figuralarni burchaklari, tomonlari, soni bo‘yicha taqqoslashni o’rgatishda qanday didaktik oyinlardan foydalaniladi?
Topshiriqlar: Geometrik figuralarni burchaklari, tomonlari, soni bo‘yicha
“Ikki qismli kundalik” metodi asosida taqqoslang va taqdimot tayyorlang.
Adabiyotlar:
1.Hasanboyeva.O.U. va boshqalar. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi. –T.:
Ilm ziyo, 2006.

  1. Бикбаева Н.У., Ибрагимова З.И., Қосимова Х.И. Мактабгача тарбия ёшидаги болаларда элементар математик тасаввурларни шакллантириш. – Т.:

Ўқитувчи, 1995 й.

  1. Jumayev M. Maktabgacha yoshdagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasi va nazariyasi. – T., 2007.

Download 23.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling