Har qanday jamiyat uchun inson butun faoliyati davomida, qanaqa faoliyat bilan shug‘ullanishidan qat’i nazar, qadr-qimmatga EGA bo‘lishi lozim


Mehnatni muhofazasi qilish to‘g‘risidagi qonunlar, me’yoriy hujjatlar va qoidalar talablariga amal qilish ustidan nazorat tizimi


Download 12.4 Kb.
bet3/3
Sana23.04.2023
Hajmi12.4 Kb.
#1388484
1   2   3
Bog'liq
Untitled 1

Mehnatni muhofazasi qilish to‘g‘risidagi qonunlar, me’yoriy hujjatlar va qoidalar talablariga amal qilish ustidan nazorat tizimi
Mehnatni muhofaza qilishning qoida, me’yor, qonuniyatlari bajarilishi holatini davlat nazorati tashkilotlari amalga oshiradi. Barcha vazirliklar, birlashmalar, korxonalarda mehnat qonunlarini aniq bajarilishi O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi tomonidan nazorat qilinadi. Mehnatni muhofaza qilishning me’yor va qoidalariga rioya etilishi ustidan jamoat tekshiruvini kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik tashkilotlari amalga oshiradi (Mehnat kodeksi 223-modda).
Iqtisodiyot sohalari bo‘yicha davlat nazoratini quyidagi davlat organlari olib boradi:
1. Sanoatgeokontexnazorat.
2. Davtexnazorat.
3. Davyong‘innazorat.
4. Davsannazorat.
5. O‘zenernazorat.
6. Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati.
7. Davsuvxo‘jaliknazorat.
1. Sanoatgeokontexnazorat – geologiyada, sanoatda, tog‘-kon ishlarida, kommunal soha korxonalarida ishlarning xavfsiz olib borilishini, hamda bug‘ qozonlarini, 0,07 MPa ortiq bosimda ishlaydigan idishlarni, yuk ko‘tarish mexanizmlari va qurilmalarni ishlatish qoidalarini bajarilishini va gaz ta’minot tizimi qurilishini, ishlatilishini va boshqalarni nazorat qiladi.
2. Davtexnazorat – fermer xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari hamda tashkilotlardagi mashina va uskunalarning texnik holatining nazorati. Shahar va viloyat Davlat mehnat texnik inspeksiyalari orqali amalga oshiriladi. Qishloq texnika nazorat organlari traktorlar, kombaynlar va boshqa murakkab uskunalarning texnik holatini, shuningdek ularni ishlatish qoidalariga rioya qilishni, mashinalarni ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish sifatini (ixtisoslashgan ustaxonalar, zavodlar va ta’mirlash korxonalaridan tashqari) davlat nazoratidan o‘tkazadilar.
3. Davyong‘innazorat – uning vazifasiga, yangi qurilayotgan va ta’mirlanayotgan korxona, tashkilotlar va aholi yashaydigan joylar uchun muhandislik-texnikaviy yong‘inga qarshi chora-tadbirlarni ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishini nazorat qilish, ishlab turgan korxonalarda yong‘inga qarshi profilaktik rejim tashkil qilish, yong‘inni oldini olish va o‘chirishga keng jamoatchilikni jalb qilish ishlarini olib boradi.
4. Davsannazorat – Respublikamiz davlat sanitariya nazorati ishlab chiqarishda kasalliklarni kamaytirish, tashqi muhitni (suv hovzalari, tuproq va atmosfera havosi) ifloslanishining oldini olishga, mehnat sharoitini sog‘lomlashtirishga yo‘naltirilgan sanitariya-gigiyena, sanitariya-epidemiologik chora-tadbirlarini o‘tkazilishini nazorat qiladi, shuningdek, kasallanishning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarning o‘tkazilishini tekshirib turadi.
5. O‘zenernazorat – elektr qurilmalarining texnik holatini, ularga xizmat ko‘rsatishda xavfsizlikni ta’minlaydigan chora-tadbirlar o‘tkazilishini nazorat qilib turadi.
6. Yo‘l harakat xavfsizligi xizmati – o‘zining viloyat, tuman inspektorlari orqali avtomobillarning, yuk tashuvchi traktorlarning texnik holatini, haydovchilarning yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishlarini nazorat qilib turadi, shuningdek, yo‘l-transport hodisalarini oldini olishga doir katta profilaktik ishlarni olib boradi.
7. Davsuvxo‘jaliknazorat – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi inspeksiya, u o‘ta muhim va katta suv xo‘jaligi obyektlarining xavfsiz ishlatilishini nazorat qiladi.
Jamoat nazorati. Markaziy kasaba uyushmalari inspeksiyalari tomonidan mehnatni muhofaza qilishning qoida, me’yor, qonuniyatlari bajarilishi ustidan jamoat nazorati olib boriladi. O‘zbekiston Respublikasi markaziy kasaba uyushmasining qo‘mitasi qoshidagi mehnatning texnikaviy va huquqiy inspeksiyalari korxonada nazorat va tekshirishni amalga oshiradi. Mehnat texnik inspeksiyasi qoidalarga amal qilib, mehnat haqidagi qonunlarning va mehnat muhofazasi haqidagi qoidalarga rioya qilishini nazorat qiladi va tekshirib turadi. Mehnat texnik inspektorlari tekshirganda, agarda mehnat muhofazasi qoidalari buzilganligi va natijada ishlovchilar sog‘lig‘iga zarar yetishi mumkinligi aniqlangan bo‘lsa, buyruq berish yoki ta’qiqlash (muhrlash) yo‘li bilan ayrim bo‘lim, dastgoh yoki uskunalarda ishlashni taqiqlab qo‘yishga haqlidirlar.
Korxona nazorati. Korxona nazorat tashkilotlari, komissiyalari, ishlab chiqarish korxonalarida nazorat o‘tkazadilar. Korxona nazorati – korxonada, shuningdek, mehnat muhofazasiga doir ishlarni tashkil qilish va unga umumiy rahbarlik qilish korxona rahbari zimmasiga (amalda o‘rinbosarlardan bittasiga) yuklatiladi.
Jamoat nazorati – bu ish mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi organlari tomonidan mehnat muhofazasi bo‘yicha saylangan vakil tomonidan olib boriladi. Saylangan vakil maxsus tayyorgarliqdan o‘tgan bo‘lishi kerak. Mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha vakil, ish joylarida, mehnat xavfsizligi holatini qarshilik ko‘rsatilmagan holda tekshirish, aniqlangan kamchiliklar va qoida buzishlari bo‘yicha, aybdor shaxslarni javobgarlikka tortish bo‘yicha takliflar kiritish huquqiga egadir. Mehnat muhofazasi bo‘yicha vakil o‘z vazifalarini bajarishligi uchun har hafta mobaynida, ish vaqtida, ikki soatdan kam bo‘lmagan vaqt beriladi. Bu davrda unga o‘zining o‘rtacha ish haqi hajmida haq to‘lash belgilangan.
Ma’muriy-jamoat nazorati (uch bosqichli nazorat). Ma’muriy-jamoat nazorati – mehnat muhofazasini boshqarish tizimida ish joylarida sharoitning va mehnat xavfsizligining holatini ma’muriyat va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan nazorat qilishning shaklidir. Ishlab chiqarish korxonalarining o‘ziga xos tomonlariga qarab ma’muriyatning kasaba uyushmasi bilan birgalikda olib boriladigan samarali nazorat usullaridan biri uch bosqichli nazorat usulidir. Ushbu nazorat mehnat muhofazasi ishlarini tashkil qilish bo‘yicha namunaviy nizomga mos ravishda o‘tkaziladi.
Birinchi bosqich nazorati: mehnat muhofazasi bo‘yicha vakillar tomonidan har kuni ish boshlanishidan oldin, zarur bo‘lganda ish kuni davomida ham amalga oshiriladi. Bu bosqichda kasaba uyushmasi va ma’muriyat o‘rtasida mehnat muhofazasi qoidalarini ish joyiga tatbiq etish, mehnat madaniyatini yaxshilash, ish sharoitini sog‘lomlashtirish kabi tadbirlar birgalikda olib boriladi. Ular mavjud sharoit darajasini xavfsizlik koeffitsienti orqali baholashlari ham mumkin. Ish davomida xavfsizlik texnikasi qoidalarining bajarilishi, havo muhitining tozaligi, ish joylariga o‘tish holati, ish joylarining yoritilishi kabi masalalarga qaratadilar. Kuzatuv natijalari va aniqlangan kamchiliklar, ishchilar tomonidan kiritilgan taklif va mulohazalar, chora-tadbirlarni belgilashda hisobga olinadi. Qoidabuzarlik holatlari aniqlanganda vakil tomonidan maxsus daftarga yoziladi, tartib buzuvchi ogohlantiriladi, keyingi smena boshlanishidan oldin muhokama qilinadi Aniqlangan kamchiliklar tekshiruvchilar ishtirokida shu zahotiyoq yo‘qotiladi, tekshirish natijalari jurnalga yoziladi va u bo‘lim boshlig‘ida saqlanadi.
Nazoratning ikkinchi bosqichi: har haftada javobgar rahbar xodim kasaba uyushmasi xodimi bilan birga nazoratni amalga oshiradi. Ushbu nazorat bo‘lim (sex boshlig‘i) boshlig‘i va mehnat muhofazasi bo‘yicha vakil boshchiligidagi komissiya oyiga kamida 2 marta o‘tkazadi. Komissiya tarkibiga: sexning texnik xizmat boshliqlari, korxonaning mehnat muhofazasi bo‘limining muhandisi va sexga biriktirilgan tibbiy xodim kiradi.
Nazorat jadvali sex mehnat muhofazasi vakili bilan kelishilgan holda sex boshlig‘i tomonidan o‘rnatiladi va hamma bo‘lim boshliqlarining qo‘liga beriladi. Тekshirish natijalari ikkinchi bosqich nazorati jurnaliga yoziladi va sex boshlig‘ida saqlanishi lozim. Komissiya a’zolari chora-tadbirlar ishlab chiqadi, sex boshlig‘i esa bajarish vaqtini va bajaruvchi shaxslarni belgilaydi.
Nazoratning uchinchi bosqichi: korxonaning rahbari yoki bosh muhandisi va kasaba uyushmasining vakili rahbarligidagi komissiya yordamida har kvartalda amalga oshiriladi. Komissiya tarkibiga mehnat muhofazasi bo‘yicha bosh muhandis o‘rinbosari, kasaba uyushmasidagi mehnat muhofazasi bo‘yicha komissiyaning raisi, texnik xizmat ko‘rsatish rahbarlari, texnik nazorat rahbarlari va korxonaning gazdan saqlanish xizmatining boshlig‘i kiradi.
Nazoratga mehnat muhofazasi bo‘yicha vakilni jalb qilish tavsiya qilinadi. Тekshirish natijalari bo‘yicha “Dalolatnoma” tuziladi va bir hafta ichida kasaba uyushmasining faol ishtirokidagi yig‘ilishda muhokama qilinadi. Yig‘ilishni bayonnoma yozish bilan olib borish va unda kamchiliklarni yo‘qotish bo‘yicha chora-tadbirlarni kim tomonidan bajarilishi va sanasi belgilanishi lozim. Ko‘zda tutilishi zarur hollarda korxona rahbari tekshirish natijalari bo‘yicha buyruq chiqaradi. Mehnatni muhofaza qilishning holati ustidan nazorat qilish va tekshiruv o‘tkazish Mehnat kodeksining 223-moddasida, hamda “Mehnatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonunning IV-bo‘limida keltirilgan.
Kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari korxonalarda mehnatni muhofaza qilishning me’yor va qoidalari rioya etilishi ustidan jamoat tekshiruvini o‘tqazadilar.
Korxonadagi, har bir ish joyidagi mehnat sharoiti mehnatni muhofaza qilish
standartlari, qoida va me’yorlari talablariga muvofiq bo‘lishi lozim.
Korxonada nazoratning natijalari mehnatning sog‘lom va xavfsiz sharoitlarini ta’minlash, ishlab chiqarishning xavfli va zararli omillari ustidan nazorat o‘rnatilishini va ularning darajasini mumkin qadar kamaytirishni tashkil etish to‘g‘risida mehnat jamoalarini xabardor qilish ma’muriyat tomonidan amalga oshiriladi.
Korxonada mehnatning sog‘lom va xavfsiz sharoitlarini ta’minlash yuzasidan ma’muriyat bilan xodimlarning o‘zaro majburiyatlari jamoa shartnomasi yoki bitimida ko‘zda tutiladi.
Kasaba uyushmalarining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi huquq va vazifalari. Mehnatga oid munosabatlarda xodimlarning manfaatlarini ifoda etishda vakil bo‘lish va bu manfaatlarni himoya qilishni korxonadagi kasaba uyushmalari va ularning saylab qo‘yiladigan organlari yoki xodimlar tomonidan saylanadigan boshqa organlar amalga oshirishi mumkin, bu organlarni saylash tartibini, ularning vakolatlari muddati va miqdor tarkibini mehnat jamoasining yig‘ilishi belgilaydi. Хodimlar vakillik qilishni hamda o‘z manfaatlarini himoya etishni ishonib topshiradigan organni o‘zlari belgilaydilar. Korxonada vakillik organlari korxonadagi kasaba uyushmalarining faoliyatiga to‘sqinlik qilmasligi lozim.
Kasaba uyushmalarining va ulardagi saylab qo‘yiladigan organlarning davlat, ishlab chiqarish organlari, korxona bilan o‘zaro munosabatlaridagi huquqlari qonuniy hujjatlar asosida shartnomalarda ko‘rsatiladi. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlarida, kasaba uyushmalari va xodimlarning boshqa vakillik organlari bilan o‘zaro munosabatlarda korxonalar manfaatlarini ifoda etish yo‘li bilan xo‘jalik va mehnatga oid munosabatlar sohasida ularning huquqlari himoya qilinadi.
Kasaba uyushmasi, xodimlarning boshqa vakillik organi, o‘zlarini vakil qilgan xodimlar nomidan muzokaralar olib borish, jamoa shartnomasiga, jamoa kelishuviga o‘zlarini vakil qilgan xodimlarning manfaatlarini himoya qiluvchi hujjatlarni imzolash huquqiga haqlidir.
Jamoa shartnomasi kelishuvini tuzish, o‘zgartirish va to‘ldirish uchun ish beruvchi, ish beruvchilar birlashmasi (ularning vakillari) bilan kasaba uyushmalari yoki xodimlarning boshqa vakillik organlari o‘rtasida muzokaralar olib boriladi. Korxona, kasaba uyushmasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organlari mehnatga oid takliflar va ijtimoiy-iqtisodiy masalalar yuzasidan muzokaralar olib borishlari ko‘zda tutiladi.
Download 12.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling