7-bo’lim.
“Qizlar ovozi” devoriy ro’znomasi.
Maktabdagi xotin-qizlarning faoliyati, ularning olib borayotgan ishlari,
yutuqlari, fikr-mulohaza hamda tavsiyalarini o’zida aks ettiruvchi “Qizlar ovozi”
devoriy ro’znomasini tashkillash juda muhimdir, chunki undagi rang-barang
ma’lumotlar, bayram tilaklari, qiziqarli tavsiyalar va h.k. hech bir ayol qizni befarq
qoldirmaydi. Qo’mita yig’ilishida saylangan tahririyat a’zolari (3 yoki 5 kishidan
iborat) bunga bevosita ma’sul hisoblanib, yil davomidagi xotin-qizlar o’rtasida olib
borilayotgan ishlarni, ularning monitoring to’g’risidagi ma’lumotlarni, qizlar
ijodidan na’munalarni 2 haftada bir marta uzluksiz yuritib beradi. Tahririyat
a’zolarining olib borgan ishlari, ro’znoma sahifalarining qay darajada
tashkillanganligi muhokama qilinib, yig’ilshlarda baho berib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |