Har tomonlama barkamol shaxs fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi. Musiqa o’qituvchisi dars jarayonida o’quvchilar bilan ta’limni tarbiyaga bog’lab olib boradi


Download 243.56 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana11.05.2023
Hajmi243.56 Kb.
#1453192
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
musiqa-o-qituvchisinig-vazifalari (1)



Academic Research in Educational Sciences 
VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021 
ISSN: 2181-1385 
Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 
Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 
DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-77-82 
Google Scholar 
 Scientific Library of Uzbekistan 
Academic Research, Uzbekistan 77  www.ares.uz 
MUSIQA O’QITUVCHISINIG VAZIFALARI 
 
Dilorom Xamdamova 
Namangan davlat universiteti o’qituvchisi 
 
ANNOTATSIYA 
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intellektual va ma’naviy- 
ahloqiy jihatdan tarbiyalash bilan uzviy bog’liq bo’lgan uzluksiz ta’lim tizimi orqali 
har tomonlama barkamol shaxs - fuqaroni shakllantirishni nazarda tutadi. Musiqa 
o’qituvchisi dars jarayonida o’quvchilar bilan ta’limni tarbiyaga bog’lab olib boradi. 
Bunda asosan dars jarayonida o’rgatilayotgan qo’shiqlarning mazmuniga kuchli 
e’tibor berish zarur. Qo’shiqning mazmuni oila, ona, Vatan, tabiat haqida bo’lsa 
tarbiyaviy faoliyatlarni olib borish oson kechadi. 
Kalit so'zlar: o'qituvchi, dars,qo'shiq,tarbiya,odob,musiqali harakat, oila 
KIRISH 
Har bir bolaga qo’shiqni o’rgatish bilan birga unga odob-axloq qoidalari ham 
shakllantirilib boriladi. Bunda milliy raqs san’ati ham darsni qiziqarli kechishida 
yaxshi samara beradi. Milliy raqs san’atimizning oddiy harakatlarini bilishi (ijro eta 
olishi) va darsda qo’llash usullarini puxta egallashi davr talabidir. Chapak va cholg’u 
asboblarida chalish faoliyati ham raqs va musiqali harakatlar singari o’quvchilarning 
musiqa hamda ijrochilik malakalarini rivojlantirish uchun foydalidir. 
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 
Hozirgi vaqtda musiqa darsiga qo’yiladigan talablar quyidagilardan iborat: 
1. Darsda tarbiya ishlarini olib borish, rivojlantirish va tarbiyalash 
funktsiyalarini kompleks tarzda amalga oshirilishini nazarda tutadi. Dars bolaning 
bilimlarini oshiradi, vokal-xor malakalarini rivojlantiradi, axloqiy estetik fazilatlarini 
mexnatga munosabatini shakllantiradi. 
2. Musiqa darslarida tarbiyaviy ishlarning o’tilishi shakliga ko’ra qat’iy bir 
sistema bo’yicha olib boriladi. Musiqiy faoliyat turlari o’zaro bir-biri bilan 
bog’langan bo’lishi, biridan keyin ikkinchisiga o’tishi kerak. 
3. Tarbiyaviy ishlar ham dars o’qitish tamoyillariga muvofiq bo’ladi. U 
tarbiyaviy ta’sir o’tkazadi. Ilmiy tushunish uchun qulay hisoblanadi



Download 243.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling