Harakat miqdori( jadalligi) va oqimi


Download 3.29 Kb.
Sana04.02.2023
Hajmi3.29 Kb.
#1159404
Bog'liq
Harakat miqdori( jadalligi) va oqimi-fayllar.org


Harakat miqdori( jadalligi) va oqimi

Harakat miqdori( jadalligi)
va oqimi
Harakat miqdori yillar, oylar, sutka soatlari va hafta kunlari hamda yo’lning bo’laklariga nisbatan o’zgaruvchan ko’rsatkichdir. Harakat miqdorining o’zgarishini quyida Respublikamiz yo’llariga xos misollar orqali ko’rsatamiz.
Masalan, Toshkent-Qo’qon avtomobil yo’lida harakat miqdorining yildan-yilga oshib borishiga asosiy sabab qo’shni respublikalar va chet el bilan transport aloqalari shu yo’l orqali amalga oshirilishidir.
Umuman O’zbekiston Respublikasi hududidan o’tgan umumfoydalanuvdagi avtomobil yo’llarining asosiy qismi uchun harakat miqdorining yuqori ko’rsatkichlari yalpi qishloq xo’jalik mahsulotlarining yig’im-terim davri avgust, sentyabr va oktyabr oylariga, dam olish zonalari bilan bog’laydigan avtomobil yo’llarida esa yoz oylariga to’g’ri keladi.
Harakat tezligi yo’l harakatining asosiy ko’rsatkichi bo’lib, u yo’lda harakatlanishning asosiy maqsadi shaklida namoyon bo’ladi. Yo’lda eng ob’ektiv ko’rsatkich sifatida harakat tezligining butun marshrut bo’ylab o’zgarishini ko’rsatuvchi grafik hisoblanadi. Lekin bunday tezlikning o’zgarish egri grafigini chizish marshrut bo’ylab laboratoriya avtomobili yordamida amalga oshirilishi lozim. Bu esa amalda ma’lum qiyinchiliklar tug’diradi va ko’pchilik hollarda uni bajarib bo’lmaydi. SHuning uchun harakatni tashkil qilishda yo’lning xarakterli bo’laklarida transport vositalarining oniy tezligini o’lchash orqali xulosa qilishga amaliyotda ko’nikma hosil qilingan.
Yo’l sharoitiga va harakat miqdoriga nisbatan transport oqimi tezligining o’zgarishini real O’zbekiston Respublikasi umumfoydalanuvdagi ikki tasmalik avtomobil yo’llarida ko’rib o’tamiz.
Yo’l sharoitiga va harakat miqdoriga nisbatan transport oqimi tezligining o’zgarishini real O’zbekiston Respublikasi umumfoydalanuvdagi ikki tasmalik avtomobil yo’llarida ko’rib o’tamiz.
Amaliyotda hozirgi vaqtda operativ kuzatuv yo’lning har xil bo’laklarida harakat tezligini «Fara», «To’siq», «To’pponcha» va boshqa tezlik o’lchagich asboblari yordamida aniqlanadi.
Harakat tezligi to’g’risida olingan boshlang’ich ma’lumotlarni matematik statistika usuli bilan tahlil qilinadi. Buning uchun birinchi navbatda kuzatuv natijasida tezlikni turkumlarga (razryadga) ajratiladi. SHundan so’ng har bir turkumga to’g’ri kelgan tezlik ma’lumotlari yig’ib chiqiladi, shundan keyin chastota hisoblanadi. CHastota - bu biror razryadga to’g’ri kelgan avtomobillar soni. CHastota yordamida chastost aniqlanadi. CHastost - bu chastotaning har bir razryaddagi qiymatining jami chastota yig’indisiga nisbati (foizda ko’rsatiladi). CHastostning yig’ilmasi esa chastostning birin-ketin har bir razryaddagi qo’shilmalaridan iborat bo’ladi. Ko’rsatilgan qiymatlarni jadvalga kiritib, u yordamida taqsimot va jamlangan egrilik (2.6-rasm) chizilib, so’ngra tezlik qiymatlari tahlil qilinadi.
http://fayllar.org
Download 3.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling