Harakatini o`rgangan, jismlarining erkin tushish qonunini kashf qilgan


Download 23.39 Kb.
Sana18.01.2020
Hajmi23.39 Kb.

Dinamika fan sifatida italyalik olim Galileo Galiley (1546-1642) asos slogan. U inersiya qonuni kashf etibDinamikaga fan sifatida italiyalik olim Galileo Galiley (1564-1642) 

asos solgan. U inersiya qonunini kashf etib jismning qiya tekislikdagi 

harakatini o`rgangan, jismlarining erkin tushish qonunini kashf qilgan. 

Mexanikaning asosiy qonunlarini mashxur ingliz matematigi va 

mexanigi Isaak Nyuton (1643-1727) kashf qilgan. 1687 yilda bosilib 

chiqqan «Natural falsafaning matematik printsiplari» degan kitobida I. 

Nyuton klassik mexanika qonunlarini to`liq sistemasini beradi. 

Nyuton mexanikaning ikkita asosiy qonunlarini ta‘sir va aks ta‘sir 

konuni va butun olam tortishish qonunini kashf etdi. 

XVIII asrga kelib, tez sur‘atlar bilan mexanikaning analitik usuli, 

ya‘ni differensial va integral hisoblash usullari rivojlana boshlaydi. 

Nuqta va qattiq jism dinamikasi masalalarini avval differensial 

tenglamalarini tuzib keyin ularni integrallash yo`li bilan yechish usullarini 

buyuk matematik va mexanik L. Eyler (1707-1783) tomonidan ishlab 

chiqildi. 

1743 yilda fransuz olimi J. Dalamber (1717-1783) bog`lanishdagi 

mexanik sistemalarga ta‘luqli masalalarni Dalamber prinsipi deb ataluvchi 

prinsip asosida yechish usulini berdi. 

Fransuz olimi J. L. Lagranj (1736-1813) o`zining “Analitik 

mexanika” (1788) nomli asarida mexanika masalalarini mumkin bo`lgan 

ko`chish prinsipini qo`llash yordamida yechish usulini beradi. 

XIX asrga kelib, mashinasozlik tez sur‘atlar bilan rivojlana 

boshlaydi. Natijada kinematika mexanikadan aloxida bo`lim bo’lib ajralib 

chiqadi. Hozirgi paytda mashina va mexanizmlarning harakatlarini 

o`rganishda kinematika asosiy o`rinni egallaydi. 

Mexanika fanini rivojlanishiga katta hissa qo`shgan rus olimlaridan 

materiya va harakatning chambarchas bog`liqligini aniqlagan M. V. 

Lomonosov (1711-1765), analitik mexanika sohasida ilmiy ishlari bilan 

shuhrat qozongan M. V. Ostrogradskiy (1801-1862), mashina va 

mexanizmlar nazariyasiga asos solgan P. L. Chebishev (1821-1891), 

raketa nazariyasi va suyuq yoqilg`i bilan ishlaydigan raketa dvigateli 

nazariyasiga asos solgan K.E.Tsialkovskiy (1857-1935), o`zgaruvchan 

massali jismlarning harakatini o`rgangan I. V. Meshcherskiy (1859-1935), 

Yerning sun‘iy yo`ldoshlarini yaratgan va uchirgan S.P. Korolyov (1906-

1966), aerogidrodinamika, tebranishlar nazariyasi va kosmonavtika 

sohalarida tadqiqotlar qilgan M. V. Keldish (1911-1978) larning ishlari 



muhim ahamiyatiga ega.
Mexanikaning asosiy qonunlarini Galiley (1564-1642) anchagina oydinlashtirgan edi. Nyuton (1642-1727) ularni uzul-kesil ta’riflab berdi. Peterburg fanlar akademiyasida ko’p yil ishlagan Leonard Eyler (1707-1783) birinchi bo’lib mexanikaning qonunlariga analitik ko’rinish berdi va mexanikaning taraqqiyotida katta rol o’ynadi. Ammo "klassik mexanika" deb atalgan, Galiley, Nyuton mexanikasi ma’lum jismdagi harakatlarini, Ya’ni tezliklari uncha katta bo’lmagan va o’lchamlari kishi tanasining o’lchamlariga Yaqin bo’lgan jismlar (otilgan tosh) ning harakati yoki o’zi juda katta bo’lgan jismlar (planetalar)ni harakatini kuzatish natijasida vujudga kelgan. Klassik mexanikaning taqribiy xarakterga ega bo’lishiga sabab ana shu. Fanning keyingi taraqqiyoti natijasida ma’lum bo’ldiki, agar tekshirilayotgan jismlar juda ko’p atomlardan iborat bo’lsa (makroskopik jismlar) va ularning tezligi yorug’lik tezligiga qaraganda nihoyat darajada kichik bo’lsa, klassik mexanika haqiqatni juda aniq aks ettira oladi. Tezligi yoruqlik tezligiga Yaqin bo’lgan makroskopik jismlarning harakat qonunlari Eynshteyn tomonidan kashf etilgan nisbiylik nazariyasida bayon etiladi. Mexanika kinematika, statika va dinamika bo’limlariga bo’linadi. ko’p adabiyotlarda kinematika alohida va statika bilan dinamika birga qaraladi.Kinematika-o’rin almashtirishning o’zini vaqtga bog’lab tekshiradi yoki boshqa jismga nisbatan harakatlanuvchi jism harakati shu harakatni keltirib chiqaruvchi sababni qaramagan holda o’rganadi. Dinamika jism harakati bilan u jismga ta’sir etuvchi kuchlar orasidagi bog’lanishni o’rganadi. Statika-kuchlar ta’sirida jismning muvozanat holatini o’rganadi, bu holda kuchlar bir-birini muvozanatlaydi. Mexanikaning taraqqiyoti kishilik jamiyatining madaniy tarixi bilan uzviy bog’langandir. Misr piramidalari va qadimiy qurilmalarining boshqa qoldiqlari qadimiy xalqlar asosiy muvozanat qonunlari haqida muayyan bilimlarga ega bo’lganlar deb hisoblashga majbur qiladi. CHunki, bunday bilimga ega bo’lmay turib, bunaqa buyuk inshootlarni Yaratish mumkin bo’lmasdi. Yunon faylasufi Aflotun (bizning eramizdan oldingi 384-322 yillar) o’zining "Fizika" asarida qadimiy kishilarning mexanika sohasidagi bilimlarini umumlashtirdi; biroq kuch va harakatni bog’lovchi asosiy qonunni u noto’g’ri ta’riflagan edi. Bu qonun XIX asrdan keyingina aniqlandi. Barcha mashinalarning tuzilishi asoslangan bosh qonuni richag muvozanat qonuni va suzuvchi jismlarning muvozanat qonunlari mashhur Arximed (bizning eramizgacha III asr) tomonidan juda aniq ko’rsatilgan edi. SHu vaqtdan boshlab mexanika to’la ma’noda fan sifatida taraqqiy qila boshladi. XYII asrga kelibgina G. Galiley (1564-1642) jismlar harakatining asosiy qonunini to’g’ri ochib berdi. Bu qonun hamda o’z zamonidagi olimlarning Yutuqlarini bilgan holda ulug’ I. Nyuton (1642-1727) bir necha o’n yillardan so’ng mexanik harakatning asosiy qonuniyatlarini aniqladi va ularni shunday ravshan va ihcham shaklda bayon qildiki, u hozirgacha amaliy va texnikaviy masalalarni Yechishda ham, ilmiy tadqiqotlarda ham qo’llanilmoqda. Eyler mexanika qonunlariga analitik ko’rinish berdi. Keyingi tadqiqotlar mexanikaning asosiy qonuniyatlariga umumiyroq shakl berdilar va murakkab mexanikaviy hodisalarni tahlil qilish usullarini takomillashtirdilar. Avvalo L. Eyler, D. Bernulli, J. Dalamber, J. Lagranj va boshqa mashhur olimlarning asarlaridan iborat bo’lgan tadqiqotlarning buyuk natijalari haqida nazariy mexanika kurslarida gap boradi. Mexanika taraqqiyotining Yangi bosqichi A. Eynshteyn (1879-1956) undan oldin o’tgan olimlarning fundamental ishlaridan boshlagan.Bu ishlar yorug’lik tezligidan kichik har qanday tezlik bilan harakatlanayotgan jismlarning harakat qonunlarini o’ziga oluvchi mexanikaqonunlarning ulkan umumlashmasidan iborat bo’lib, endilikda Nyuton mexanikasini Eynshteyn mexanikasini bir qismi deb hisoblash mumkin.

Isaak Nyuton - (ing Sir Isaac Newton) Ingliz fizigi va matematigi, klassik mexanikaning asoschisi Isaak Nyuton tarixdagi eng mashhur olimlardan biri. Nyuton 1643 –yil 4-yanvarida Angliyaning Linkolnshir shahrida fermer oilasida tug’ildi. U Kembrij universitetining matematika fakultetiga o’qishga kirdi va uni 1665-yil tamomladi. O’sha yili chuma epidemiyasi kasalligi keng tarqala boshladi va bu kasallik Kembrij shahrigayam yetib keldi, natijada universitet yopildi. Keyinchalik Nyuton o’z shahri Linkolnshirga qaytdi. 1668 yilda Nyutonga magistr unvoni berildi va shundan so’ng u Kembridj universitetida fizika-matematika kafedrasiga boshchilik qila boshladi. 1672 yilda u London Qirollik jamiyatining a’zosi qilib saylandi, 1703 yilgacha esa uning prezidenti bo’ldi. Isaak Nyutonning ilm- fanga, xususan matematika, fizika faniga qoshgan hissasi benihoyat ulkandir. U fizika va matematika fanlariga juda ko’plab qonunlarni va teoreyalarni kiritdi. Harakat va tortishish qonunlarini, butun olam tortishish qonuni, yorug’lik qonuniyatlari, yorug’likning tarqalishi ni o’rgandi. Nyuton matematik hisoblarni qo’llab ko’p asrlik muammo bo’lgan koinotdagi samoviy jismlar harakati muammolarini hal etdi. Yerning tortish kuchi borligini isbotladi, Aytishlaricha uning bu boradagi izlanishiga sabab: daraxt tagida o’tirganda boshiga olma tushgani ekan. O’zi kashf qilgan butun olam tortishish qonunini Nyuton muvaffaqiyatli ravishda osmon jismlarining harakatini tushuntirishga tadbiq qildi. U ishlab chiqqan mexanika va fizikaning asosiy vazifalari zamonasining ilmiy muammolari bilan uzviy bog’langan edi. Masalan, optika sohasidagi tadqiqotlar optik asboblarning kamchiliklarini bartaraf qilishga qaratilgan edi. “Yorug’lik va ranglarning yangi nazariyasi” (1672) nomli optikaga oid qarashlarini bayon qildi. Bu ish qizg’in bahsga sababchi bo’ldi. Nyutonning yorug’lik tabiati haqidagi korpuskulyar qarashlariga ingliz olimi R.Guk qarshi chiqdi. U vaqtda Nyuton yorug’lik haqidagikorpuskulyar va to’lqin tasavvurlarni o’z ichiga oluvchi gipotezani olg’a surdi. 1704-yilda nyuton o’zining ko’plab mehnati natijasida yozgan “Optika” deb nomlangan kitobini chiqardi. Unda yorug’likning xususiyatlari, uning tarkibi, umuman olganda bu kitob optikaga bag’ishlangan edi. Nyutonning optika sohasidagi tajribalaridan biri, u quyosh nurini shisha prizma orqali qorong’i xonaga o’tkazib spektrdagi 7 xil rangni hosil qildi. U shuni isbotladiki: Oq yorug’lik tarkibida 7 xil rang mavjud ekan. Nyuton barcha sayyoralar quyosh atrofida aylanishini ilmiy ravishda isbotlab, Keplerning sayyoralar harakati haqidagi qonunlarini tasdiqladi. Nyuton matematika faniga ko’plab qonunlar kiritdi, masalan, kombinatorika elementlari, guruhlash, yoki sonlarni o’rnini almashtirishdagi usullar soni va hokazolarni fanga kiritdi. Aytishlaricha, Nyuton yoshligidan o'ta kamgap inson bo'lgan ekan. hech qanday ortiqcha yoki behuda gaplar aytishni xush ko'rmas ekan.

NYUTON (Newton) Isaak (1643.4.1, Vulstorp — 1727.31.3, London; Vestminsterda dafn etilgan) — ingliz olimi, hozirgi zamon tabiatshunosligi asoschilaridan biri. London Qirollik jamiyati aʼzosi (1672 yildan) va uning prezidenti (1703 yildan). Kembrij universitetini tugatgan (1665). Ilmiy ishlari uchun unga lord unvoni berilgan (1705).

N. mexanika va astronomiyaning nazariy asoslarini yaratdi, butun olam tortishish qonunini ochdi, differensial va integral hisob asoslarini ishlab chiqdi, koʻzguli teleskopii kashf qildi. U optikaga oid muhim eksperimental ishlar muallifi. "Yoruglik va ranglarining yangi nazariyasi" asarida (1672) yorugʻlikning korpusku-lyar tuzilishi haqidagi gipotezani ilgari surgan. N. "Optika" asarida (1674) yorugʻlik aberratsiyasi, interferensiya, yoruglikdagi dispersiya, difraksiya, yorugʻlikning qutblanishi va boshqa hodi-salarni yoritgan. U birinchi boʻlib yorugʻlikning toʻlqin uzunligini oʻlchagan. N. "Natural filosofiyaning matematik negizlari" ("Negizlar"; 1687) N.ning eng muxim ilmiy asari hisoblanadi. U bu asarida oʻzidan ilgari oʻtgan olimlar (G.Galiley, R.Dekart, I.Kepler, X.Gyuygens, R.Guk, E. Gatey va boshqalar) hamda oʻzi erishgan ilmiy natijalarni umumlashtirgan va klassik fizikaning asosi boʻlgan Yer va osmon mexanikasi sistemasini yaratgan va osmon jismlarining harakat nazariyasini ishlab chiqqan; klassik mexanikaning asosiy tushunchalari — massasi va zichligiga ekvivalent boʻlgan materiya miqdoriga; impulsiga ekvivalent boʻlgan harakat miqdoriga va kuchning har xil turiga taʼrif bergan; oʻzining 3 mashhur "aksioma yoki harakat qonunlari": inersiya qonuni (N.ning birinchi qonuni), taʼsir va aks taʼsir konuni (uchinchi qonuni)ni taʼriflagan.

N. barcha sayyora va kometalarning quyoshga, yoʻldoshlarning esa sayyoralarga ular orasidagi masofa kvadratiga teskari boʻlgan kuch bilan tortishishini asoslab bergan. U butun olam tortishish qonunidan Kepler qonunlari kelib chiqishini isbotlagan. N. bu asarida Oy harakatining oʻziga xos xususiyatlarini tushuntirgan, shuningdek, Yer shakli va uning harakatiga oid xususiyatlarni aniklagan. U gidrostatika va gid-rodinamikaning baʼzi masalalarini qayta ishlab chiqqan; muhit (gaz va su-yuqlik)dagi jism harakatini shu muhitning aralashish tezligiga bogʻliq holda tekshirgan.

N. ilgari surgan tabiatshunoslik masalalari butunlay yangi matematik usullarni ishlab chikishni talab etardi. U differensial va integral hisob asoslarini ishlab chiqqan, differensial va integral hisobning oʻzaro teskari harakterga ega ekanligini kashf qilgan, cheksiz qatorlar sohasida yangilik yaratgan. N. va undan mustaqil ravishda G.Leybnits tomonidan yaratilgan differensial hisob va integral hisob mat. taraqqiyotida yangi bosqich boʻldi. N. Nyuton binomi formulasini ixtiyoriy koʻrsatkichga umumlashtirgan, hisoblash mat.si sohasida tenglamalarni taqribiy yechish usuli va interpolyasiya formulasini topgan. Uning algebra va geom.ga oid boshqa ishlari ham muhim. N. fizika va kimyoning koʻp sohalariga katta taʼsir koʻrsatdi. Baʼzi optik va kimyoviy hodisalarni tushuntirishda N. mexanik modellardan foydalandi.

Galileo Galilei (Galileo Galiley; 15 fevral 1564 — 8 yanvar 1642) — oʻz davrining ilmiga katta ta'sir koʻrsatgan italyanfaylasufi, fizik va astronom. Galiley asosan oʻzining planetalar va yulduzlar sohasidagi izlanishlari, dunyoning geliomarkazli tizimini faol qoʻllashi va mehanika boʻyicha tajribalari bilan mashhur.

GALILEI (Galilei) Galileo (1564.15.2, Piza - 1642.8.1, Archetri, Florensiya yaqinida) — italyan fizigi, astronomi va mexanigi; aniq tabiatshunoslik asoschilaridan biri. G. aslzodalar oilasida dunyoga kelgan. Otasining undovi bilan Piza universitetiga kirib (1581), tibbiyotni urgana boshlagan. Bu yerda Aristotel fizikasi bilan tanishgan, Yevklid va Arximed mat.sini Urgangan. Geom. va mexanikaga qiziqib ketgach, G. tibbiyotdan voz kechib, 4 yil mobaynida mat.ni oʻrgangan va ixchamgina "Kichik tarozular" asarini yozgan (1586; 1655 yil nashr qilingan). Bu asari uni italyan matematiklari orasida mashhur qilgan. G. mexanika bilan astoydil shugʻullangan. Keyinchalik inersiya qonunink kashf etgan, kuchlarni qoʻshish qoidasini ifodalab bergan, koʻchirma harakat tezligi doimiy boʻlgan chogdagi nisbiylik prinsipini yaratgan, mexanik harakatning asosiy kursatkichlarini miqdoriy jihatdan aniqlagan. Jismning qiya tekislikdagi harakati, maʼlum burchak ostida otilgan jismning harakati, erkin tushish haqidagi qonunlarni dastlab G. kashf etgan, harakatning saqlanishi toʻgʻrisidagi muhim fikrga tegishli tushunchalarni kiritgan. Galiley — Nyuton mexanikasi ilmning muhim tarmogʻiga aylandi. G. olam tuzilishini tushuntirishda N. Kopernik yulidan bordi. Oʻzi yasagan (32 marta katta qilib kUrsatadigan) teleskop yordamida Oy sirtining notekisligini, Venera fazasining Uzgarishini, Quyosh dogʻlarini, Yupiterning 4 ta yuldoshini kashf qildi va Quyoshning uz oʻqi atrofida aylanishini isbotladi. G.ning bu ishlari "Yulduz xabarchisi" (1610—11) asarida bayon qilingan. "Olam tuzilishining ikki asosiy sistemasi haqida dialog" (1632) asarida geliotsentrik sistematlt toʻgʻriligiga asosli dalillar keltirgan. Abu Rayhon Beruniy qabi G. ham Aristotelning "engillik kuchi" tushunchasiga qarshi chiqib, faqat ogʻirlik kuchini tan oldi. U tabiiy hodisalarni tajriba va matematik fikrlash asosida tushuntirishga harakat qilgan.

G. dunyoqarashi — mexanistik materializm. U olamdagi barcha hodisalar moddiy asosga ega boʻlib, mexanika qonunlariga boʻisunadi, deb tushungan, sxolastikata qarshi chiqqan. Mexanistik materializmning barcha nuqsonlari G. dunyoqarashiga ham taalluqli. G. oʻz zamonasining igʻlor goyali kishilaridan bulgan.

G.ning isteʼdodi fan sohalari bilan cheklanib qolmaydi: u musiqachi, rassom, sanʼat shinavandasi, adabiyotshunos ham boʻlgan. Uning ilmiy risolalari ravon va oddiy tilda yozilganligi uchun ularni ham badiiy adabiyot jumlasiga qoʻshish mumkin. U lotin tilini mukammal egallagan. N. Kopernikning geliotsentrizmini qatʼiy yoqlagani uchun G. 1633 yilda katolik cherkov tomonidan inkvizitsiya sudiga berilgan, natijada N. Kopernik taʼlimotidan voz kechishga majbur boʻlgan va 1633 yil 22 iyunda cherkovda taz chukib tavba qilgan; unga Yer harakati toʻgʻrisida gapirish va asarlarini nashr qilish taqiqlab qoʻyilgan. G. umrining oxirigacha "inkvizitsiya asiri" hisoblangan. G. 1637 yilda koʻr boʻlib qolgan. Asrlar oʻtib xaqikat qaror topdi: 1992 yilda Rim papasi Ioann Pavel 2 inkvizitsiya sudi karorini notoʻgʻri deb topdi va G.ni oqladi.





Do'stlaringiz bilan baham:


Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2019
ma'muriyatiga murojaat qiling