Harakatlarning salbiy va ijobiy ko’chishi. Reja
Download 46.65 Kb.
|
6-Mavzu Harakat faoliyatini shakllashtirishning qonuniyatlari R
Harakat malakalari.
Harakatli mashqlarni ko‘p marotaba stereotip tarzda takrorlash malaka xosil qilishga olib keladi. Bunga takrorlash vaqtida harakat tuzilishiga jiddiy o‘zgartirishlar kiritilmaganva harakat bir xil sharoitlarda bajarilgan taqdirgina erishiladi. Harakat malakasini bir butun harakat aktida harakatlarni boshqarishning avtomatlashgan usuli sifati tariflash mumkin. Harakat akti stereotip ravishda takrorlanaverilsa uni bajarish asta sekin – odatga aylanib qoladi; harakat aktining biror bir qismi (fazasi) ni qanday bajarish ustida toboro kamroq fikir yuritiladi: etarli darajada o‘ylab, sinab ko‘rilgan va odat bo‘lib qolgan harakatlarga fikrni qaratishga endilikda zaruriyat qolmaydi va asta – sekin harakat qismma – kism avtomatlashib boradi. SHunday qilib, malaka reflektorli harakat aktlari tizimi bilan mustaxkamlangan malakaga aylanadi. Avtomatlashish malakaning asosiy xususiyatidir. Avtomatlashish bilan umuman harakat aktini ongli ravishda bajarishga chek qo‘yilmaydi, lekin xar bir alohida xarkatni bajarishga ongning ishtirokiga extiyoj qolmaydi. Malaka xosil qilish davrida ong yo‘q bo‘lib ketmaydi balki o‘z o‘rnini almashtiradi. Harakat avtomatlashishi bilan malaka barqaror va mustahkam bo‘ladi. O‘rganilgan harakatni, uni bajarish sifatini pasaytirmay, ko‘p marotaba takrorlashga imkoniyat bo‘lishi harakat ko‘nikmasining mustahkamlanishini ko‘rsatuvchi tomonlardan biri hisoblanadi. Malakaning mustaxkamlanishi harakat amallarini xatto charchaganda, behollikda, psixologik noqulay xolatda (kuchli xayajonlanish, o‘rganilmagan sharoit ta’siri va shu kabilarda) ham aniq bajara olishga imkon beradi. Bundan tashqari, malakaning mustahkamlanishi harakat aktini maksimal kuch bilan (agar kuch berishga malaka tarkib toptirishda o‘rganilgan bo‘lsa) to‘g‘ri bajarishga imkon berishi ham muhimdir. Masalan, konkida uchuvchi barqaror malakaga bo‘lsa juda tez uchganda ham uchish texnikasini buzmaydi etarli darajada mustahkam bo‘lmagan malakada bunga erishish mumkin emas. Nihoyat, malaka mustahkam bo‘lsa, uni mashq olib bormasdan ham uzoq saqlab qolish mumkindir. Ma’lumki, velosipedda yurish, suzish, chang‘ida yurish kabi mustahkam ko‘nikmalar asosan butun umr saqlanib qoladi. Download 46.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling