Harakatlarning salbiy va ijobiy ko`chishi


Download 3.61 Kb.
Sana30.01.2024
Hajmi3.61 Kb.
#1817135
Bog'liq
Harakatlarning salbiy va ijobiy ko`chishi-fayllar.org


Harakatlarning salbiy va ijobiy ko`chishi

HARAKATLARNING SALBIY VA IJOBIY KO`CHISHI
Jismoniy tarbiyaning bilim berish vazifalaridan biri belgilangan harakat malakalari tizimini yaratishdir. Natijada bir vaqtning o’zida yoki birin-ketin harakat malakalari shakllanib, bir-biriga ta’sir ko’rsatishi mumkin. Jismoniy tarbiya jarayonida o’rgatishning asosiy vazifasi harakat ko’nikmalari va maxsus bilimlarini egallashdir. Jismoniy tarbiya jarayonida ham ta’lim ham tarbiya amalga oshiriladi. Bundan o’rgatishning asosiy fani bo’lib o’zaro bog’langan harakat tizimini o’z ichiga oluvchi ratsional harakat faoliyatlari hisoblanadi. Biror bir harakatga o’rgatish shug’g’ullanuvchilarning jismoniy rivojlanishi, fuktsional imkoniyatlarini oshirish va rivojlantirish, sogliqni mustahkamlash va h.k. lar bilan bog’liqdir, hamda jismoniy sifatlarini oshirish sodir bo’ladi.
Fiziologiya nuqtai nazaridan malakalarning o’zaro ta’siri aloqalari shunday jarayonki, bir vaqtning o’zida yoki birin - ketin, koordinatsiyaviy, strukturaviy o’zgarishlar yuzaga kelaveradi. Bir vaqtning o’zida bir necha harakat faoliyatiga o’qitish, masalan:
HARAKATLARNING SALBIY VA IJOBIY KO`CHISHI
darslar seriyasida yoki bitta faoliyatni o’rgatishda boshqa malakalarni ham shakllanishi yuz berishi mumkin.
Malakalarning o’zaro ta’siri bir necha xil bo’ladi:
Malakaning ijobiy ko’chishi. Ijobiy ko’chish malakalarning o’zaro shunday munosabatiki, unda oldin hosil bo’lgan malaka keyingi, yangisini shakllantirishga yordam beradi. Masalan, tennis to’pini uloqtirish malakasi granata uloqtirish malakasini o’zlashtirishni osonlashtiradi.
HARAKATLARNING SALBIY VA IJOBIY KO`CHISHI
Yangi hosil bo’layotgan malakalar hayotiy tajriba va o’rgatish natijasida asoslanib, avval shakllanganlariga tayanadi. Bunda oldin shakllangan malakalarning tuzilish jihatidan o’xshash elementlari yangisini shakllantiradi.
Malakaning salbiy ko’chishi. Oldin shakllangan malaka yangisini shakllantirish jarayonida qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Bu ta’lim jarayonining cho’zilishiga sabab bo’ladi, jismoniy sifatlarning rivojlanishini orqaga suradi.
HARAKATLARNING SALBIY VA IJOBIY KO`CHISHI
Masalan, suvga sakrovchidan, gimnastikachidan sprinter tayyorlash yoki kurashchidan tennischi tayyorlashdek og’ir jarayonni aytib o’tish mumkin.
Jismoniy tarbiya dasturlarini ishlash, o’quv jarayonini rejalashtirish, yo’llanma beruvchi mashqlar tizimini tanlashda malakalarning o’zaro uzviy ta’siri tavsifini o’rganish va xisobga olish jismoniy mashqlarni turkumlashda ko’l keladi.
HARAKATLARNING SALBIY VA IJOBIY KO`CHISHI
Bu bilan harakat malakasining ijobiy ko’chishning foydali effektidan iloji boricha samarali foydalanish va salbiy ko’chish elementlaridan ogoh bo’lish malakasi bo’lajak mutaxassis shakllanishi jarayonini osonlashtiradi.
http://fayllar.org
Download 3.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling