Harbiy-akademik litsey o’quvchilarning tezlik sifatlarini oshirish X. E. Eshtemirov


Download 21.79 Kb.
bet1/2
Sana17.06.2023
Hajmi21.79 Kb.
#1539249
  1   2
Bog'liq
X.Eshtemirov - Tezlik


HARBIY-AKADEMIK LITSEY O’QUVCHILARNING TEZLIK SIFATLARINI OSHIRISH
X.E.Eshtemirov
Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi jismoniy tarbiya va tayyorgalik fani bosh o’qituvchisi

Annotatsiya. Ushbu maqola harbiy-akademik litseylarda va harbiylashtirilgan maktab-internatlarida dars va darsdan keyingi mashg’ulotlar jarayonida o’quvchilarning umumiy tezlik sifatlarini oshirish yuzasidan mashg’ulotlarni tashkillashtirish va natijasini nazorat qilib borish masalasi yoritilgan.


Avvalo, dars deganda – jismoniy tarbiya mashg’ulotlarining tizimli shakli bo’lib, bir xil yoshdagi, bir xil kontigentdagi bolalarga belgilangan vaqt ichida dastur mavzularini o’qitish jarayoni tushuniladi.
Darsning tayyorlov qismi asosiy qismida bajarilishi lozim bo’lgan harakat faoliyati uchun “tayyorlov” va “yo’llanma beruvchi” mashqlar bilan tugallanishi amaliyotda qabul qilingan (tayyorlov qismining bloklarini chizmasida 3-4 blok, 5- chizmaga qaralsin). Tayyorlov mashqlari darsning asosiy qismi o’kuv materialini harakat akti, faoliyatini) o’zlashtirish. Mustahsamlash, takomillashtiriщda zo’riqish namoyon qiladigan mushaklar, paylar, bo’g’inlar, asab tizimi faoliyati va boshqalarni mashqlanish, harakat faoliyatlarini bajarishga tayyorlaydi. Ular umumiy tayyorlov va maxsus tayyorlov mashqlari deb farqlanadi. Yo’llanma beruvchi mashqlar shu darsda o’rgatiladigan, mashq, qilinadigan harakatlarning texnikasiga yaqin, unga o’xshash harakatlar bo’lib, ular aynan o’zlashtiriladigan, mustaxkamlanadigan, takomillashtiriladigan mashqlarni o’zlashtirish, mustaxkamlash, takomillashtiriщda mushaklar faoliyatini osonlashtiradi. Harakat texnikasining asosiga yakin, unga uxshash, harakatlarni bajartirish bilan asosiy harakatni o’rganishga yo’llanma beradi. Chizmalarda tavsiya qilingan tuzilmalar standart deb qabul kilinmasligi lozim. Hozirgi kundagi jismoniy tarbiya darsining tayyorlov qismini tuzilishiga oid innovatsiyalar ularning an’anaviy va noan’anaviy shakllarini 10 dan ortiq xillari amaliyotda foydalanilmoqda.
Umuman barcha ta’lim muassasalarida jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish bo‘yicha bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Yengil atletika seksiyalarida sportchilarni tayyorlash, ularni sog‘lom, baquvvat va albatta o’z ustida doim ishlaydigan, kompetentli qilib tarbiyalash kabi ishlar chin yurakdan bajarilmoqda. Joylarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish ishlari, aynan umumta’lim maktab sport seksiyalaridan boshlab e’tibor berilishi, kelajakda malakali sportchi va mutaxassislarni tayyorlashga zamin yaratib, yurtimiz sharafini munosib himoya qiladigan o‘g‘il - qizlarni tarbiyalashga xizmat qiladi. Qolaversa, harbiy-akademik litseylarda (keyingi o’rinlarda HAL) yengil atletika sportining eng muhim sport turi sifatida e’tirof etilishini hisobga olish kerak. HAL da yengil atletikaning qisqa, o‘rta va uzoq masofalarga yugurish turlarini ommalashish orqali o’quvchilarni tezkor va chaqqon, kuchli va chidamli qilib tarbiyalash ishlari amalga oshiriladi.

Download 21.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling