Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»
Download 384.22 Kb.
|
ХПП якуний саволлар ва жавоблар
67. Harbiylarning ekologik tarbiyasi
«Ekologiya»-yunoncha so‘z bo‘lib, tirik mavjudotlarning yashash sharoiti va tevarak-atrofdagi muhit bilan o‘zaro munosabatlari hamda shu asosda yuzaga keladigan qonuniyatlarni o‘rganadigan fan. «Ekologiya» atamasi 1866 yilda nemis zoolog olimi E. Gekkel tomonidan fanga kiritilgan. Inson bilan tabiat o‘rtasidagi munosabatlar muammolarini yechish zaruriyati tug‘ildi. Shu borada ekologik vaz’iyatni sog‘lomlashtirish asosiy ishlardan biri bo‘lib qoldi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasida yer va yer osti boyliklarni, suv manbalarini, o‘simlik va hayvonot dunyosini qo‘riqlash, bu boyliklardan ilmiy asosda, oqilona foydalanish havo va suvni toza saqlash, tabiat boyliklarini uzluksiz ko‘paytirib ta’minlash, insonning atrof-muhitni yaxshilash uchun tadbirlar ko‘rish zarurligi ta’kidlangan. O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 9 dekabrda qabul qilgan «Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun», «Sog‘lom avlod uchun» ordenning ta’sis etilishi, shu nomda Davlat dasturi «Ekologik ta’lim-tarbiya konsepsiyasi»ning ishlab chiqilishi «Ekosan» jamg‘armasining tuzilishi mamlakatda ekologik muammolarni bartaraf etishga kirishilganligidan dalolat beradi. Ekologik muammolarning ilmiy, iqtisodi, texnik, gigienik, yuridik, estetik, pedagogik kabi yo‘nalishlari mavjud. Bu yo‘nalishlar ichida pedagogik yo‘nalish muhim ahamiyat kasb etadi, chunki ekologik muammolar inson faoliyati natijasida kelib chiqadi. Pedagogik yo‘nalishda ekologik ta’lim-tarbiya berish ko‘zda tutiladi. Ekologik ta’lim deganda, harbiylarga berilishi lozim bo‘lgan tabiat bilan inson orasidagi munosabatlarni ifodalovchi bilimlar tizimi tushuniladi. Ekologik tarbiyasi esa insonning atrof-muhitga nisbatan munosabatini tarbiyalashdir. Ekologik ta’lim-tarbiyadan bosh maqsad ham yosh avlodda atrof-muhit va uning muammolariga ongli munosabatni shakllantirishdan iborat. Ekologik savodxonlik va madaniyat, avvalo oiladan boshlanadi. Ekologik dunyoqarashlarning shakllantirishning negizi oiladagi tarbiyaga bevosita bog‘liqdir. Agar bu masala oilada to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmagan bo‘lsa, uni maktablarda, keyingi oliy ta’lim bosqichlarida hamda mehnat jarayonlarida qaror toptirish qiyin bo‘ladi. Ekologik tarbiya berishni tayyorlashning mazmuni quyidagilarni o‘z chiga oladi: Atrof muhit va uning shaxs ma’naviy dunyosiga ta’siri; Tabiat va uning ahamiyatini saqlash; Atrof-muhit muhofazasi, bunda harbiylarning vazifalari; Tabiatga ongli munosabat jarayonida harbiylarning dunyoqarashini kengaytirishi; Harbiylarning ekologik tarbiyalashda milliy an’ana va udumlarni qayta tiklash, ularga e’tiborni kuchaytirish. Agar maktabda o‘quvchilarga tabiatni muhofaza qilishga doir bilim tarbiyani geografiya va boshqa darslarida har bir mavzuga bog‘lab berish kerak bo‘lsa, oliy uquv yurtlar va harbiy qismlarda maxsus tarbiya soatlar tashkil qilinadi. Masalan, Respublikada 1200ga yaqin sanoat korxonasi borligi, ular havoga bir yarim ming tonnaga yaqin zaharli moddalarni chiqarayotganlari bunday holat 10-20 yildan keyin shu maromda ketaversa, nimalarga olib kelishi mumkinligi kabi misollar vositasida ekologik falokat oqibatlari yoshlarga tushuntiriladi. Ekologik yo‘nalishdagi ta’limda yoshlar tabiatga zarar etkazmaslikka, tabiat guzalliklaridan zavqlanishga, atrof-muhitni sevishga o‘rgatila boriladi. Mashg‘ulotlarida o‘tiladigan «Tabiatni e’zozlaylik», «Tabiat va inson», «Ekologiya va inson», «Orol madad so‘raydi», «qushlar bizning do‘stimiz» kabi mavzular yoshlarda tabiatga qiziqishni yanada oshiradi. Bag‘ritosh, shavqatsiz, tabiatga mensimaslik kayfiyati bilan qaraydigan ayrim yoshlarni hushyorlikka chorlaydi. Milliy tarbiyamizda to‘rt narsa-yer, suv, tuproq va havo muqaddas hisoblangan. Xalqimiz juda qadim zamonlarda suvga e’tiqod quyib yozning eng jazirama kunlarida «Suv sayli» o‘tkazgan. Ota-bobolarimiz «Suv-tabiat in’omi, hayot manbai» deb bejiz aytishmagan. Har tomchi suvni gavhardek qadrlab, bog‘-rog‘lar yaratishgan. Ajdodlarimiz yoshlar tarbiyasi masalasiga alohida e’tibor bilan qaraganlar va bu borada ibratli an’analarni vujudga keltirilganlar. Bolalaik go‘daklik chog‘laridanoq axloqiy va mehnat tarbiyasini oilada boshlaganlar. Ularga mehnatga muhabbat, atrof-muhitga hurmat, obodonlashtirish va ko‘klamazorlashtirish hissi sabot bilan singdirilgan. Masalan, atrofni ifloslantirmaslik uchun axlatlarni alohida chuqurlarga tashlash, hojatxonalarni ariq, soy, buloq suvlaridan uzoqroq joyga kovlash, yong‘in chiqmasligi chorasini ko‘rish, turli ehtiyojlar uchun yashab turgan daraxtdan emas, balki qurib qolganlaridan foydalanish, nihollarni singdirib, payxon qilmaslik, qushlarni uyasini buzmaslik kabi xatti-harakatlar shakllantirilgan. Oila davrasida farzandlarga «Suvga tuflama, uni iflos qilma, chunki barcha jonvorlar uni ichib bahra oladi», «Gullab turgan mevali daraxtning shoxini sindirma, u meva beradi, uni o‘zing iste’mol qilasan» degan nasihatlarni aytishni unutmasligimiz kerak. Aholining ko‘payib borishi natijasida ekologik muammolar ham ko‘payib bormoqda. Yuqoridagi omillar asosida ekologik tarbiyalash o‘quvchilarda tabiatni muntazam kuzatib borishga qiziqishni o‘yg‘otadi, tabiatni himoya qilish uchun kurashishga, uning guzalligini asrab-avaylashga olib keladi. Tabiatga muhabbatni va unga ehtiyotkorlik hissini tarbiyalash shaxsda axloqiy belgilarini rivojlantirishga yordam beradi. Milliy xafvzlikka yashirin qarshi tahdidlarni ko‘rib chiqar ekanmiz, ekologik xavfsizlik va atrof-muhitni himoya qilish muammosi alohida e’tiborga molikdir. Ochiq e’tirof etish kerakki, uzoq yillar mobaynidan eski ma’muriy buyruqbozlik tizimi sharoitida muammo bilan jiddiy shug‘ullanilmagan. Aniqrog‘i, bu muammo ayrim jonkuyar olimlar uchungina tadqiqot manbai o‘z mamlakatlarning kelajagiga tabiiy boyliklarni saqlanib qolishiga befarq qaramagan, bu haqda qattiq tashvish chekkan, odamlarning esa «qalb nidosi» bo‘lib kelgan. Asrlar tutash kelgan pallada butun imkoniyat mamlakatimiz aholisi juda katta ekologik xavfga duch kelib qoldi. Buni sezmaslik, qo‘lni qovushtirib o‘tirishi, o‘z-o‘zini mahkum etishga barobardir. Ekologik muammo xavfsizligi allaqachonlar milliy va mintaqaviy doiradan chiqib, butun insoniyatning umuiiy muammosiga aylangan. Tabiat va inson o‘zaro muayyan qonuniyatlar asosida munosabatda bo‘ladi. Tabiat va inson o‘zaro muayyan qonuniyatlar asosida munosabatda bo‘ladi. Bu qonuniyatlarni buzish anglab bo‘lmas ekologik falokatlarga olib keladi. Inson tabiatning imkoniyatlarini va uni rivojlanish qonuniyatlarini hisobga olmay jadal yuritilgan xo‘jalik faoliyati Rim klubining XXI asr yo‘li deb atalmish tadqiqotlaridan birida ko‘rsatib o‘tilgandek, «Yer yuzida tuproq kurashi» o‘rmonlardan mahrum bo‘lish, baliqlarning haddan tashqari ko‘p ovlanishlari, tuzli yomg‘irlar atmosfera ifloslanishi, azon qatlami buzilishi va hokazolarning ro‘y berishiga olib keldi. Mutaxassislarning baholashlariga 2003 yilga kelib o‘rmonlar egallab turgan quruqlikning 1G‘6 qisminigina tashkil etdi. Holbuki, 50-yillarda ular 1G‘4 qismini egallagan edi. Hozirgi kunda jahon fan-texnika taraqqiyoti jadal rivojlanishi munosabati bilan tabiiy zaxiralardan xo‘jalik mahsulotlari maqsadida juda ko‘p foydalanilmoqda. Buni ustiga dunyoni aholisini kundan kunga o‘sib borib, ko‘proq miqdorda oziq ovqat chiqarish, kiyim-kechak, yoqilg‘i ishlab chiqarish talab qilinmoqda. Bu esa o‘rmonlar egallab turgan maydonlarning jur’at sur’atlarida qisqarishiga cho‘l sahrolarining bostirib kelishiga, tuproqning buzilishiga, atmosferaning yuqorida joylashgan azon to‘sig‘i kamayib ketishiga, er havosining o‘rtacha haroratining ortib borishiga va boshqa holatlarga sabab bo‘lmoqda. Beto‘xtov davom etayotgan qurollanish poygasi atom kimyoviy qurolllari va ommaviy qirg‘in qurollarining boshqa turlarini ishlab chiqarish, saqlash va sinash insoniyat yashaydigan muhit uchun juda katta xavfdir. Ekologiya muammosi Er yuzining hamma burchaklaridan ham dolzarb masala bo‘lib kelmoqda. Faqat uning keskinlik darajasi dunyoning turli mamlakatlarida va mintaqalarida turlichadir. Markaziy Osiyo mintaqasida ekologik faoliyatning g‘oyat xavfli zonalaridan biri vujudga kelganligini alam bilan ochiq aytish mumkin. Vaziyatning murakkbligi shundaki, u bir necha o‘n yillar mobaynida ushbu muammoni inkor etish natijasidagina emas, balki mintaqada inson hayot faoliyatining deyarli barcha sohalari ekologik xatar ostida qolganligi natijasida kelib chiqqandir. Tabiatga qo‘pol va takabburlarcha munosabatda bo‘lishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Biz bu borada achchiq tajribaga egamiz. Bunday munosabatni tabiat kechirmaydi. Inson tabiatning xo‘jayini degan soxta sotsial-demokratik mafkuraviy da’vo, ayniqsa, Markaziy osiyo mintaqasida ko‘plab odamlar bir qancha xalqlar va millatlarning hayoti uchun fojiaga aylandi. Ularni qirilib ketish yoqasiga keltirib qo‘ydi. Afsuski, bu jarayonlar O‘zbekistonni ham chetlab o‘tmadi. Bu erda mutaxassislarning fikricha, aytish mumkinki, juda murakkab xavfli vaziyat vujudga kelmoqda. Bunday vaziyat nimadan iborat? Birinchidan-erning cheklanganligi va uning sifat tarkibi pastligi bilan bog‘liqligi to‘xtovsiz ortib bormoqda. Markaziy Osiyo sharoitida yer Olloh taolloning bebaho in’omidir. U tom ma’noda odamlarni boqadi, kiyintiradi. Bevosita dehqonchilik bilan bog‘langan oilalarnigina emas, balki ma’lum bir tarzda qishloq xo‘jaligiga aloqador barcha tarmoqlar va ularning ne’matlaridan bahramand bo‘layotgan respublikaning barcha aholisi farovon turmush kechirishi uchun moddiy negizlar yaratdi. Ikkinchidan-er ulkanlik bo‘libgina qolmay, mamlakatning kelajagini belgilab beradigan omil hamdir. Bu hol O‘zbekistonda ayniqsa, yaqqol namoyon bo‘ladi, chunki erning iqtisodiy va demokratik vazifasi yildan-yilga kuchayib bormoqda. Download 384.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling