Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»


Pedagogik madaniyat murakkab tuzilishga ega bo‘lib, quyidagi tarkibiy qismlardan iboratdir


Download 384.22 Kb.
bet139/156
Sana09.04.2023
Hajmi384.22 Kb.
#1346925
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   156
Bog'liq
ХПП якуний саволлар ва жавоблар

Pedagogik madaniyat murakkab tuzilishga ega bo‘lib, quyidagi tarkibiy qismlardan iboratdir:

- pedagogik yo‘naltirilganlik (pedagogik faoliyatga moyillik, qat’iy pedagogik ishonch, bo‘ysunuvchilarga hurmat, g‘amxo‘rlik va shu kabilar);


- keng dunyoqarash;
- yuksak axloqiylik;
- bilimdonlik, zukkolik va ziyolilik;
- pedagogik mahorat;
- ta’lim - tarbiya ishlarini ilmiy izlanishlar bilan uyg‘unlashtira olish qobiliyati;
- yuksak muomala madaniyati, so‘zlashish odobi;
- o‘ziga nisbatan talabchanlik, izlanuvchanlik, kasbiy mahorati va bilimi saviyasini oshirib borishga doimiy ehtiyoj va hokazo.
Pedagogik madaniyatning sanab o‘tilgan tarkibiy qismlari o‘zaro bog‘liq bo‘lib, bir-birini to‘ldirib, rivojlantirib boradi va pedagogik faoliyat jarayonida yagona tizimda namoyon bo‘ladi.
Quyida bu tarkibiy qismlar qanday mazmunga ega ekanligini ko‘rib chiqamiz.
Shaxsning pedagogik yo‘naltirilganligi – ta’lim-tarbiya faoliyatiga bo‘lgan munosabatlarni anglatuvchi, maqsad, intilish, hissiy jarayonlar, qarashlar tizimi bo‘lib, bu faoliyatning mazmuniga va natijalariga ta’sir etuvchi omildir. Mohiyatiga ko‘ra pedagogik yo‘naltirilganlik ofitser shaxsining kasbiy yo‘naltirilganligi hisoblanadi. Chunki ofitser bo‘linmadagi ta’lim-tarbiya jarayonining tashkilotchisi va amalga oshiruvchisi sanaladi. Shuning uchun ofitser shaxsining umumiy kasbiy yo‘naltirilganligining muhim tarkibiy qismi sifatida pedagogik yo‘naltirilganlik uning dunyoqarashi, bilimi, malakasi va ko‘nikmalari tizimi, ma’naviy-axloqiy dunyosi, umumiy ma’rifiy va madaniy saviyasi bilan belgilanadi.
Yuqori madaniyatli pedagoglar pedagogik faoliyatga moyilligi, qiziqishi, o‘z kasbiga muhabbati, oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarishga nisbatan o‘ta mas’uliyatli munasabati bilan ajralib turadi. Faqat shundagina ofitser hamkasblari, boshliqlari va bo‘ysunuvchilari oldida hurmatga sazovor bo‘la oladi, o‘z mehnatidan qoniqish hosil qiladi, yangilikka, yangi natijalarga intilib yashaydi.



Download 384.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling